Sayohatlarniboshqarish. Sayohatni o‘tkazishdan oldin tarbiyachi uni o‘tkazish usullarini atroflicha o‘ylab ko‘radi va sayohat qiziqarli o‘tishi uchun oldindan she’r, topishmoq, maqollarni tanlab ulardan foydalanadi.
Tarbiyachi bu jarayonni birinchi marotaba o‘tkazayotgan bo‘lsa, dastlab bolalarda hosil bo‘lgan qiziqishlarini qondirish hamda kuzatilayotgan narsa haqida birinchi taassurot hosil qilish uchun ularni kamida 1—2 daqiqa tomosha qildirib turadi.
Bolalar kuzatishni boshqarish jarayonida tarbiyachi xilma-xil usullardan — bolalarning yoshlariga mos savol va topshiriqlar, narsani ushlab ko‘rish, qiyoslash, o‘yin harakatlaridan foydalanadi.
Tarbiyachi kuzatishni tashkil qila turib, kerakli ma’umotlarni aytishi, kuzatiladigan obektning muhim xususiyatlarini ajratishi zarur. Bolalarda kuzatishga nisbatan qiziqish uyg‘otish, kuzatilayotgan narsalarni estetik idrok etish uchun tarbiyachi she’rlardan, topishmoqlardan, katta yosh guruhlarda esa badiiy asarlarni o‘qishdan foydalanadi.
Hayvonlarni kuzatishda tarbiyachi izchillikka rioya etib, bolalarning diqqatini «Nima qilyapti?» «Qanday yuryapti?» «Nima eyapti?» «Qanday eyapti?» «Tanasi nima bilan qoplangan?» «Oyoqlari qanday — uzunmi yo qisqami?» «Ko‘zlari qanday (shakli, rangi)?» kabi savollar yordamida hayvonlarning hatti-harakatiga qaratadi.
Tarbiyachi bolalar bog‘chasidan tashqariga qilinadigan sayr kuni bolalarning ko‘p kuch sarflamasdan, hotirjam o‘ynashlariga e’tibor beradi.
Sayr vazifalariga muvofiq bolalar oldindan ogohlantirilishi, ularda sayrni quvonib kutish hissini hosil qilish, sayr maqsadini quyidagi ko‘tarinkilikda ma’lum qilish lozim:
Masalan: ”Yalanglikda o‘ynaymiz, so‘ng cho‘milamiz”, “Yalanglikka jismoniy tarbiya qilgani boramiz”, “Ayiqchalarni olib ketamiz va ular bilan o‘ynaymiz”.
Bolalar sayrga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok eetishlari lozim. Ular tarbiyachi bilan birga ashyolarini tanlaydilar, ko‘tarib borish oson bo‘lsin uchun ularni o‘zaro taqsimlab oladilar.
Sayrga otlanayotganda unga tashqi ko‘rinish berish ham maqsadga muvofiqdir. Masalan: har bir bola kichik nonushta solingan ( konfetlar, pechene, olma, sabzi va h.k.) elkaga osadigan xaltacha taqib oladi.Uning og‘irligi 300-400 g dan oshmasligi kerak.
Tajriba bunday sayrlarning sog‘lomlashtirish va ta’lim- tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini, bolalarda turizmga nisbatan qiziqish, tetik rux, chidamlilik, jamoa hissi paydo bo‘lishini tasdiqladi.
Sayrda barcha yosh bolalarini erkin , istasalar guruh- guruh bo‘lib yurishlari mumkin ( odatda juft bo‘lib yurish bir bolani ikkinchisiga bog‘liq qilib qo‘yadi va nerv sistemasi holatiga nohush ta’sir etadi, salbiy emotsiya uyg‘otadi, erkin harakat qilishga tabiat va uning go‘zalligini his etishga imkon bermaydi).Faqat muayyan sharoitlarda, masalan, bolalar transport yuradigan kesib o‘tishlari kerak bo‘lgandagina juft bo‘lib saflanishi mumkin. Kichik guruh bolalarini tarbiyachidan tashqari yana kattalardan biror kishi kuzatib borishi kerak.U bolalarni yo‘ldan o‘tkazishga, yalanglik va boshqa joylarda o‘yin uyushtirishga ko‘maklashadi.
Agar sayr paytida jismoniy mashg‘ulotni o‘tkazish belgilangan bo‘lsa, unga tabiiy omillardan foydalanib amalga oshiriladigan mashqlar ( qiya daraxtga suratni o‘zgartirib chiqish va pastga sakrash, kim o‘zarga yugurish, jilg‘adan xatlab o‘tish va hokazo),tik turgan, o‘tirgan, yotgan holatdan predmetlar bilan ( bayroqchalar, tayoqchalar, chambaraklar) bajariladigan mashqlar, to‘siqlar osha yugurish, tez yugurish, uzoqqa va nishonni mo‘ljallab uloqtirish va hokazo kititiladi. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining bola organizmiga tushadigan nagruzkasiga ko‘ra mazmuni va uning davomiyligi belgilangan normaga muvofiq bo‘lishi lozim. Sayrlar bolalar tushlik ovqatga kechikmasdan keladigan qilib tashkil etiladi.
Sayr va mashg‘ulot sof havoning bolaning yalang‘och badaniga bevosita ta’sir etishi tufayli ( bolalar faqat ich kiyim, panamka, tufli kiygan bo‘lishlari lozim) harakatda qabul qilinadigan tabiiy havo vannasi hisoblanadi.
Sayr qish faslida ham rejalashtiriladi: bolalar oldindan ogohlantiriladilar va tarbiyachi bilan birgalikda kerakli narsalarni tayyorlaydilar.
Sayrlarni muntazam o‘tkazish bolalarning harakat ko‘nikmalarini takomillashtiradi, organizmni chiniqtiradi, chidamlilikni tarbiyalaydi,hayotiy tasurotlarni yangilaydi, atrof muhitni bilishga yordam beradi, sayohatlarga qiziqishga uyg‘otadi zavq shavq baxsh etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |