2.2. Integrativ yondashuv negizida ta’lim mazmunini
modernizatsiyalash
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan isloxotlarga muvofiq, ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarni uyg‘unlashtirishgan xolda o‘rganish atrof-muxitga ijodiy munosabatni o‘rnatish va shakllantirish muammolarini xal etishga imkoniyat yaratdi. Demak, ta’lim-tarbiyada ham amalga oshiriluvchi isloxotlar mana shu mantiqqa mos tarzda, jamiyatga xizmat ko‘rsatishi lozim. Bu o‘rinda noananaviy o‘qitish shakli-integratsiyaning axamiyati yanada oshib boradi. Negaki, integratsiyaning darajasiga qarab, uning qo‘llanilish texnikasiga ko‘ra, amalga oshirilgan texnologiyasining istiqbolini belgilash mumkin bo‘ladi. Chunki, integratsiya etarlicha namoyon bolgan, turli harakterli mazmunning singdirilishi natijasida yangi sifatiy xolatga o‘tishda asosiy omil bo‘lib yuzaga chiqa oluvchi faktor hisoblanadi. Integratsiya chuqur, noan’anaviy ta’lim bilan tavsiflana oluvchi, turfa harakterdagi katta xajmli o‘quv materialining uyg‘unlashuvini o‘zida namoyon etadi.
Hozirda Respublikamizda ro‘y berayotgan ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy – manaviy, madaniy – marifiy o‘zgarishlar va ularga mos uzluksiz ta’lim – tarbiya tizimida ham tubdan yangilanishlar qilinmoqda. Ayniqsa, zamon bilan hamnafas kadrlar tayyorlash har qachongidan ham dolzarb bo‘lib bormoqda. Bunday zamonaviy kadrlarni tayyorlashni pedagogik innovatsiyalarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Hozirgi kunda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, kasbga o‘rgatish, ularning aqliy va ma’naviy kamol toptirishdan iboratdir. «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqqan holda ta’limning mazmuni va vositalarini yangidan ishlab chiqishni hayotning o‘zi talab qilmoqda. Bu omil ta’lim jarayonini tarkibiy qismlarini yangicha tartibda namoyon bo‘lishini talab etadi. Ana shu tashkiliy-pedagogik jarayonda ta’lim qonuniyatlari va tamoyillariga mos holda yangi tamoyillarga amal qilish, ta’lim metodlarining paydo bo‘lishi, ta’lim vositalarining takomillashuvi, ayniqsa
59
ta’limni tashkil etishda o‘qituvchi mahoratining integrativ shakllari keng ko‘lamda joriy etilishi kuzatilmoqda.
Ushbu o‘zgarishlarning ma’lum qismi integrativ yondashuvlarning tarkibi sifatida chiqqan bo‘lsa, yana bir qismi dunyodagi ta’lim tizimi rivojlangan mamlakatlar olimlarining pedagogik tajribalariga suyangan holda paydo bo‘ladi. Innovatsion va integratsion pedagogik texnologiyalarning mamlakatimiz ta’lim sohasiga kirib kelishi alohida e’tibor qaratadigan yo‘nalishlardan biri ekanligini qayd etish zarur.
Ta’limda integratsiyani amalga oshirishning asosiy muammolaridan biri, bu integrativ darslarning tuzilishini ko‘rsatishga qaratilgan dars ishlanmalari, metodik yo‘riqnomalarning mavjud emasligidir.
Ta’limda integratsiyani amalga oshirishga doir tegishli uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish va uni amaliyotga tadbiq etish bugungi kunning muhim pedagogik muammolaridan biridir.
Ma’lumki, innovatsiyalar zamonaviy muttaxassislar tayyorlashning mustahkam didaktik asosi bo‘la oladi. Bunga sabab, ular orqali bo‘lajak muttaxassislarni turli yo‘nalishlar bo‘yicha innovatsion faoliyatga tayyorlashni takomillashtirish imkoniyatlari yaratiladi.
Mazkur tadqiqot ishlarida ham yuqoridagi imkoniyatlarni hisobga olgan holda bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashga talim mazmunini modernizatsiyalash yo‘nalishlari bayon qilinadi.
Talim mazmunini modernizatsiyalashning qayd etilgan texnologiyasi yana shunisi bilan ahamiyatliki, bunda birinchidan, “fan, ta’lim va amaliyot” uzviyligi taminlanadi, ikkinchidan, nazariy bilim amaliyotdagi uyg‘unlikni va bu orqali bo‘lajak o‘qituvchilar ongida ilmiy–nazariy tadqiqotlar yordamida inson hayotining turli jabhalaridagi amaliy masalalar echimini topish mumkinligi haqidagi tafakkur shakllanadi, uchinchidan, pedagogik innovatsiya bo‘yicha tajriba – sinov ishlarini bajarib bo‘lgandan keyin, ularni amaliyotga joriy etishga
60
tavsiya etish mumkin, aksincha, o‘z sohasidagi sifatli o‘zgarishlarni va samaradorlik natijalarini targ‘ib etish mumkin, to‘rtinchidan, pedagogik innovatsiyaning maqsadi, mazmun – mohiyati, muhim belgilari, ularning uslubiy va axborot ta’minotlari hamda imkoniyatlari bo‘yicha batafsil malumotlar berishga asoslar etarli bo‘ladi, beshinchidan, modernizatsiyalash yo‘nalishlaridan foydalanishda o‘rganilayotgan manbaga qarab ta’lim mazmunini takomillashtirish yoki kerakli qismlarini e’tiborga olmaslik imkoniyati mavjud, oltinchidan, talim mazmunini modernizatsiyalash yo‘nalishlaridan foydalanishda ozgina o‘zgartirishlar kiritish orqali o‘xshash manbalarga o‘rganishda ham foydalanish mumkin.
Demak, xulosa o‘rnida ta’kidlash mumkinki, ta’lim mazmunini modernizatsiyalash, xususan, to‘ldirilgan, boyitilgan va mukammallashtirilgan talim mazmunlarini shakllantirish texnologiyasi keng qamrovli, ko‘p funksiyali murakkab dinamik tashkiliy – pedagogik faoliyat bo‘lib, uning yordamida ta’lim – tarbiya jarayonining istiqbolli va samarali uslubiyatini yaratish mumkin bo‘lar ekan va bu shubhasiz ular ta’lim – tarbiyaga oid faoliyatni optimallashtirishda muhim ko‘rsatmaviy – didaktik asos bo‘ladi.
Ta’limdagi integratsiyaning mohiyati nima bilan xarakterlanadi?
Integratsiya tushunchasi ta’lim jarayoniga tadbiq etilganda ikkita ma’noni anglatadi: birinchidan, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida bizni o‘rab turgan atrof-olamni bir butunlikda deb qabul qilinishiga erishish (bunda integratsiya ta’lim maqsadi sifatida maydonga chiqadi); ikkinchidan, fanga doir bilimlarni umumiy jihatlarini yaqinlashtirish (bunda integratsiyaga ta’lim vositasi sifatida qaraladi).
Bugungi kunda fanlarni integratsiyalash muammosi pedagogik jamoaga, o‘quvchilarga ta’sir etishning yangi pedagogik vazifalarni samarali echimini faol izlashga qaratilgan yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Integratsiya eng avval “katta” ilmda, so‘ngroq uning shoxobchalarida paydo
61
bo‘ldi. U hajm va talab jihatdan kengayib borayotgan fanlarni va uning tarmoqlarini differensatsiyalash jarayonidagi keskin qarama-qarshiliklar zamirida yuzaga keldi. Bu holat avval yagona bo‘lgan fanlardagi chuqurlashuv, uning alohida yo‘nalishlarining yangi va yangi yo‘nalishlarining paydo bo‘lishi, ayrim tor yo‘nalishdagi va bu jarayonda yangi bir fanlarning yuzaga kelishi mutaxassislarning bir-birlarini tushunmasliklari bilan xarakterlanadi.
Odatda, bunday kurslarning mualliflari tabiiy fanlar materiallarini birlashtirib, ularni bir ma’lum tizimga keltirishadi va o‘z kurslarini integrativ yoki kompleks (umumiy) deb ataydilar. Ko‘rinib turibdiki, boshlang‘ich ta’lim tizimidagi tabiiy fanlar materiallarini berishda to‘g‘ri ketma-ketlikka faqat darslar tuzilishini saqlab qolibgina erishish mumkin. Ba’zi e’tiborli olimlar ta’kidlaydilarki, bu an’anaviy maktablarda ham tabiiy fanlarni ketma-ket o‘rganish yo‘li bilan ham hal qilinmoqda. Bir qator olimlar boshlang‘ich ta’limga ham darslarga ajratib o‘qitish an’analari tarqalgan deb hisoblaydilar.
Chegaradosh fanlar asosida tuzilgan kurslar. Keng integratsiya jarayoni oldingi ilmiy yo‘nalishlarni bog‘lovchi yangi tabiiy fanlar va ilmiy yo‘nalishlar hosil bo‘lishiga olib keldi.
Asosiy fanlar asosida tuzilgan kurslar. Zamonaviy bilimlarning har bir bo‘limini qamrab oluvchi asosiy fanlar asosida tuziladi. Ular qatoriga pedagogika, pedagogik texnologiya, pedagogik psixologiya, inson yoshi tarbiyasi, fan rivojlanishi jarayonini o‘rganuvchi pedagogika fanining insonning boshqa hayot jarayonlariga bog‘liqligini o‘rganuvchi: kibernetika-boshqarish, aloqa va ma’lumotlarni qayta ishlash: informatsiyaning tuzilishi va xususiyatlarini, uning shaxs shakl-lanishidagi o‘rnini o‘rganuvchi informatika. Inson hayotining turli jarayonlarida ilmiy yo‘nalish bo‘lgan sistemalarning aloqalarini o‘rganuvchi energetikaning qo‘llanilanishi. Bu guruhdagi integrativ kurslarning mazmuni shu fanlar ma’nosi va strukturasi asosida tuziladi. Umumiy ilmiy tushunchalar, qonuniyatlar, nazariyalar asosidagi kurslar. Bu asosda integrativ kurslar yaratish
62
haqidagi fikrlar yaxshi natijalar berdi. Mualliflar orasida yuqori darajadagi umumiylikni bildiruvchi tushunchalar: « materiya », « harakat », « modda », «maydon», «energiya » va boshqalar ko‘p ishlatildi.
Nazariyalar orasida integrativ kurs yaratish uchun asos bo‘lib asosiy tabiiy-ilmiy nazariyalar xizmat qiladi. Shunisi e’tiborga loyiqki, bu asosda integrativ kurslar yaratishga urinishlar ko‘p bo‘lgan bo‘lsa ham, ular qovishmaganligi va ma’lum ketma-ketlikka, didaktik maqsadga ega emasligi bilan ajralib turadi.
Fan evolyutsiyasi bilan bog‘liq muammolarni, tabiatni ilmiy nuqtai-nazardan o‘rganish uslublarini, olamning ilmiy ko‘rinishini o‘rganish asosidagi kurslar. Yuqoridagi barcha mavzular integrativ mazmunga ega va tadbiq etishga kata imkoniyatlari bor, afsuski, bunday kurslar maktab ish faoliyatida qo‘llaniluvchi materialning va o‘qitish uslubining murakkabligi tufayli hali keng tarqalgani yo‘q.
Kompleks ob’ektlar asosida. Integrativ kurs yaratishga asos bo‘lgan kompleks ob’ektlarga er, biosfera, odam va uning yashash muhiti misol bo‘la oladi. Bu kurslarning bir hil mavzularida bir ob’ekt turli fan nuqtai nazaridan ko‘riladi.
Shu xildagi integratsiya o‘tgan asrning yigirmanchi yillarda maorif tizimida qo‘llanilgan. Keyinchalik u bekor qilingan, lekin bizning davrimizda, aytish mumkinki qaytadan tug‘ildi. Bizning nazarimizda, ma’lum hajmda u tabiiy fanlar ta’limiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
Turli muammolar asosida. Integrativ kurslarni turli lokal (mahalliy) va global (umumjahon) muammolar asosida tadbiq etishga urinishlar ko‘p uchraydi. Bunda tabiiy, ilmiy bilimlarning muammolar asosida birlashtirilishi qo‘llaniladi. Bu guruhdagi integrativ kurslar (asosan ekologiya bilan bog‘liq kurslar) bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ish faoliyatida keng tarqalgan.
Muammolar bo‘yicha tuzilgan integrativ kurslar rivojlanishiga global ta’limning rivojlanishi ham turtki bo‘ldi. Bu yo‘nalishning tarafdorlari zamonaviy
63
shaxsning rivojlanishiga bugungi kunda mamlakatlarning va millatlarning iqtisod, fan, siyosat, ma’naviyatining uzviy bog‘liqligidan kelib chiquvchi globallik omili kuchli ta’sir ko‘rsatadi degan tasdiqlashni asos qilib olganlar.
Faoliyat asosida. Tabiiy fanlar asosini o‘rganishda bo‘lajak o‘qituvchilarni kitob bilan ishlash, kuzatishlar olib borish, tajribalar o‘tkazish, olingan bilimlarni bir tizimga solish turli o‘quv ta’lim ish faoliyati bilan to‘qnashadilar.
O‘quvchilarni faoliyatning bir turi bilan tanishtiruvchi bir butun kurs yaratish maqsadga muvofiqdek ko‘rinadi. U o‘qitish jarayonining har bir vaqtida foydali bo‘lishi mumkin va kichik hajmda ham tabiiy fanlarni o‘qitishda, o‘quvchilarning ortiqcha kuch sarf qilishlari muammosini hal qilishda, mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishda yordam beradi. Bu sinfdagi integrativ kurslarni yaratish va ularni o‘quv jarayoniga tadbiq qilish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Fanlarni o‘zlashtirishni tekshirishlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zimizning ta’lim oluvchilar chet ellik ta’lim oluvchilarga nisbatan ko‘p ma’lumot o‘zlashtirsalar ham, uni tadbiq qilishda sezilarli darajada orqada qoladilar.
Ko‘pchilik bunga sabab asosiy ko‘nikmalarning moslashtirilmaganida deb biladi. Sabab nimada? Balki ularning biri ko‘p yillar davomida an’anaviy ta’limda integrativ darslarga e’tibor berilmagani-dadir? Bu erda bugungi kungacha yaratilgan integrativ kurslarning asosiy sinflari sanab o‘tildi. Lekin o‘quv fanlarini integratsiyasi jarayonida qator kamchiliklar ham bo‘lishi mumkin.
Birinchidan. Aytib o‘tilgan tabiiy integrativ kurslarni tuzish yo‘llari ko‘pincha bir-birini takrorlaydi va birga qo‘llaniladi, bu bilan yangi asoslar yaratilib, ularni tartibga keltirish, ilmiy asos yaratish qiyinlashadi.
Ikkinchidan. Integrativ kurslar fanlararo aloqaning o‘rnini bosa olmaydi. Bizning fikrimizcha, ular bu aloqaning tashkil etuvchilaridan biri.
Uchinchidan. Tabiiy ilmiy ta’limning optimal tuzilishi shundayki, integrativ kurslar o‘quv rejasining o‘zgaruvchan qismiga kirib, uning regional tashkil etuv-
64
chisi hisoblanadi.
To‘rtinchidan. To‘liq o‘quv metodik qo‘llanmalarning yo‘qligi integrativ kurslarning o‘quv jarayoniga tadbiq etilishida qiyinchiliklar tug‘diradi. Ularning avtorlari programma tuzib, umumiy metodik ko‘rsatmalar tuzishgandan so‘ng to‘xtab qoladilar.
Beshinchidan. Integrativ kurslar uchun o‘qituvchilarni rejali va maqsadga muvofiq tayyorlash tizimi hali etilgani yo‘q.
Shunday qilib, integratsiya o‘quv fanlari orasidagi tizimli bog‘liqliklarni rad etmaydi. Aksincha, u fanlararo bog‘liqlikni, fanlarning bir-birini taqozo etishi, to‘ldirishi, mukammallashuvi uchun yo‘l ochib beradi.
Pedagogik ilmlarning vazifasi-o‘qituvchiga turli fandagi alohida elementlarni yagona bir butunlikka birlashtirish asosida integrallab o‘rgatishga yordam beradi.
Adabiyotlarni o‘rganish, olib borilgan ilmiy tadqiqot ishimiz mobaynida shunga amin bo‘ldikki, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, keyinroq esa bitiruvchilari, kurslar ayrim fanlarni o‘rganganliklari holda ayrim o‘rganganlarini hayotda “elementar” bilimlarni qo‘llashda qiyinchilik his qiladilar. Ularga olgan bilimlarini amalda kerakli o‘rinda qo‘llash uchun mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash malakalari etishmaydi. Bu holat sabablaridan biri boshlang‘ich ta’limda turli fanlarni o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganilmaganligidan bo‘ladi.
Bunda integratsiya faoliyatni o‘zgartirish yoki bilimlarni bir fandan ikkinchisiga o‘tkazish bo‘lmay, balki zamonviy ilmiy bilimlarni integratsiyalash asosidagi yangi didaktik ekvivalentlarni yaratishdan iborat degan qonuniyat rad etiladi.
S.P.Baranov, L.R.Bolotin, V. A.Slasteninlarning « Pedagogika » kitobida darslarda qo‘llaniladigan fanlararo bog‘lanish ko‘rsatiladi, lekin integrat-siyalashgan ta’lim muammolari aks etmaydi.
L.N.Baxarevaning Rossiya nashri bo‘lgan «Nachalnaya shkola» jurnalida
65
chop etilgan «Boshlang‘ich maktab o‘quv mashg‘ulotlarini o‘lkashunoslik asosida integratsiyalash» nomli maqolasida integratsiyaga ko‘plab fanlarni umumlashtirish va bog‘lash jarayoni deb qarab, yangi, butun, yaxlit bo‘limlar yaratishga yordam beruvchi, fanlararo aloqalarni amalga oshirishning yuqori ko‘rinishi” deb ta’rif beradi.
L.P.Elinko o‘zining «Boshlang‘ich ta’limni integratsiyalash tajribasi» nomli maqolasida ta’limini integratsiyalashning muhimligini ta’kidlasa, L.P.Elenko integratsiya darslarni samarali tashkil qilish vositasi, predmetlar orasidagi aloqalarini yangi pog‘onalarga ko‘tarish shakli deb hisoblaydi. Yuqoridagi fikrlarga tayanib, integratsiyani o‘qituvchilarning turli fanlar bo‘yicha kuzatishlari va xulosalarini tasdiqlab yoki chuqurlashtirib beruvchi yangi dalillarni topib berish manbai deb baholash mumkin.
Integratsiya fanlarning mexanik birlashishi bo‘lmay, balki fanlararo sintez bo‘lib, alohida tizimlarning yaqinlashishi, bog‘lanishi va yagona bir yangi narsaning yaratilishidir.
Integratsiya-differensiatsiyaning aksi bo‘lib, unga teskari bo‘lgan jarayondir. Uni quyidagi yo‘nalishlarda tatbiq etish maqsadga muvofiq:
a) o‘quv predmetlari va fanlar doirasidagi mazmunni integratsiyalab o‘rganish;
b) turli o‘quv predmetlaridan tahsil beruvchi shaxslarning faoliyatlarini integratsiyalash;
v) ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish shakllari yoki o‘quv kunini integratsiyalash.
Professor B.S.Abdullaeva ham fanlararo aloqadorlikni quyidagi turlarga ajratadi: 1) mazmunli; 2) operatsion; 3) metodik; 4) tashkiliy6. U ta’kidlaganidek, ko‘nikma, malakalar fikrlash operatsiyalari orqali o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etadi.
A.G‘ulomov hamda H.Ne’matovlar ta’kidlashicha, integrativ jarayonlar
66
boshqa fanlardan olingan ma’lumotlardan foydalanib, o‘quvchilarni har tomonlama bilimli qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdir. Bunda o‘quvchilar badiiy uslubni adabiyot fanidan, ilmiy uslubni biologiyadan, kimyo, fizika, matematika, ish qog‘ozlari uslubini huquq asoslari fanlaridan olingan materiallar asosida o‘rganishlari nazarda tutiladi.7
Integratsiyaning mazmun mohiyati Fariddin Attorning quyidagi fikrlariga hamohangdir: “Bu ro‘yi zaminda mayda narsaning o‘ziyo‘q, hamma narsa bir-biriga bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi”8
B.Ziyomuhammedov va SH.Abdullaevalar o‘quv jarayoni texnologiyasi alohida olingan bitta darsga, bitta mavzuga yoki o‘quv predmetining bir qismiga, butun o‘quv predmetiga tuzib chiqilishi lozimligini ta’kidlab, uning 5 ta tamoyili borligini ko‘rsatadi:
Birinchisi-muayyan dars, mavzu, qism, o‘quv predmetidan kutilgan asosiy maqsadni shakllantirib olish;
Ikkinchisi-darsni yoki o‘quv predmetini modullarga ajratib, har bir moduldan kutilgan maqsad va modullar ichida hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar tizimini aniqlab olish;
Uchinchisi - modul ichida test savollarini tuzib chiqish;
Do'stlaringiz bilan baham: |