II BOB. TA’LIM MAZMUNINI MODERNIZATSIYALASHNING
METODOLOGIK ASOSLARI
2.1. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashga
integrativ yondashuv qilishning tashkiliy-tizilmaviy
shakli
Ma’lumki, o‘quvchilarga beriladigan bilimlarning asosiy poydevori boshlang‘ich ta’limda qo‘yiladi. Shaxs ongi va dunyoqarashining rivojlanishiga asos bo‘ladigan bilimlar ham shu bosqichda beriladi. Shunga ko‘ra,bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy jihatdan etuk bo‘lishlari ular ta’lim-tarbiya berayotgan o‘quvchilarning barkamol shaxs bo‘lib etishishlarida muhim ahamiyatga ega.
Malumki, ta’lim mazmuni insonni o‘qitish jarayonida egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar hajmi va xarakterini belgilaydi, yani ta’lim mazmuni belgilangan maqsadga muvofiq yo‘nalish va hajmga ega bo‘ladi. U tegishli me’yoriy hujjatlar :talim standartlari, o‘quv reja, dasturlar shaklida rasmiylashtirilib, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi. Bular asosida talim mazmuni to‘g‘ri belgilanishi hamda unga zarur o‘zgarishlar kiritish, yangilanib borish imkoniyatlari nazarda tutilishi lozim. Bunda bo‘lajak o‘qituvchilarini innovatsion, intellektual, ijodiy, manaviy – axloqiy, ijtimoiy faollik, tadbirkorlik va shu kabi faoliyatlarga tayyorlashda ta’lim mazmunining ahamiyati beqiyos. Bunga sabab qaralayotgan har bir yo‘nalishga yangilangan ta’lim mazmuni shakillantiriladi.
Ushbu sohadagi izlanishlarimiz natijalari ko‘rsatishicha, qaralayotgan yo‘nalish bo‘yicha yangilangan talim mazmunini shakllantirish uchun muammoga oid malumotlarni quyidagidek uchta yo‘nalish bo‘yicha to‘plab, ularni tadqiqot maqsadlariga mos ravishda tizimlashtirish kerak bo‘ladi: integrativ malumotlar, didaktik materiallar va kreativ yondashuvga oid ma’lumot-lar. Bu uchala yo‘nalishga mos to‘ldirilgan, boyitilgan va mukammallashtirilgan
48
ta’lim mazmunlarini shakillantirish mumkin bo‘ladi, ya’ni modernizatsiyalangan talim mazmunlarini shakillantirishga erishiladi va ular bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash yo‘nalishi mazmun-mohiyatiga qarab axborot ko‘rinishiga keltirib qo‘yiladi. Tayyorlangan axborotlardan qaralayotgan yo‘nalishlarga mos holda axborotlar banki tayyorlanadi va ulardan bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash yo‘nalishlarida foydalaniladi. Quyida ulardan bazilari to‘g‘risida qisqacha to‘xtalamiz.
1. Bo‘lajak o‘qituvchilarni intellektual faoliyatga tayyorlashda quyidagidek axborotlar banki tuziladi: intellektual resurs, intellektual salohiyat, intellektual faoliyat, intellektual faoliyatni tashkil etish.
2. Bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashda quyidagidek axborotlar banki shakllantiriladi: innovatsion–integrativ talim– tarbiya .
3. Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy-manaviy yetuk qilib tarbiyalashda quyidagidek axborotlar banki shakllantiriladi: manaviy jihatdan ongli bo‘lajak o‘qituvchi, manaviy tafakkuri keng bo‘lajak o‘qituvchi , manaviy intellektual bo‘lajak o‘qituvchi, kasbiy-manaviy yetuk bo‘lajak o‘qituvchi va hokazo.
Demak, hozirda bo‘lajak o‘qituvchi XXI asrning faol ishtirokchisi bo‘lgan raqobatbardosh zamonaviy kadrlar qilib tayyorlashga keng imkoniyatlar mavjud ekan.
Mazkur tadqiqot ishida ham ta’lim mazmunning innovatsiyalashtirishga oid integrativ yondashuv qilish masalasi echimi qaraladi. Boshlang‘ich ta’limga integratsiyalash muammosi nazariya uchun ham, amaliyot uchun ham muhim va dolzarbdir. Hozirgi kunda integratsiyalangan ta’limni yaratish muammosi dolzarb bo‘lib turibdi. O‘qitishga integratsiyalashgan yondashuvni metodologik asoslari asosiy fanlarni o‘zlashtirish, integratsiyalangan fanga tabiat va jamiyatning biriligini tushunish uchun zarur bo‘lgan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy-estetik g‘oya va tushunchalarni kiritish ko‘zda tutilgan.
O‘qituvchi hamisha ijtimoiy munosabatlar muvozanatini ko‘ra bilishga, uni
49
rivojlanish sari unday olishga qodir bo‘lmog‘i lozim. Ijtimoiy faollik, ijodkorlik har doim yangicha pedagogik idrokni talab etadi. Shunga muvofiq, o‘qituvchining ijtimoiy faolligi jamiyatni ijtimoiy sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi. Jamiyat talabi va buyurtmasi asosida bo‘lajak o‘qituvchi shaxsining ijtimoiy faolligini shakllantirish aynan pedagogik yo‘nalishida tadqiq etilmaganligi tadqiqot muammosining dolzarbligini ko‘rsatadi.
Integratsiyalashgan darsda maqsadni bir necha fanlarning aloqadorligini inobatga olgan holda belgilash lozim bo‘ladi.
Bunday mashg‘ulotda o‘quvchiga beriladigan topshiriqlarning optimal yuklama ko‘lamini zimdan hisob-kitob qilib olish kerak.
Mashg‘ulotni olib boruvchi bir necha o‘quv fanlari o‘qituvchilarining darsdagi faoliyati, hatti-harakati muvofiqlashtirilishi shart.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi pedagogik-psixologik bilimlar majmuasi, ta’lim samaradorligini oshirish metodlari, omil va vositalari bilan qurollangan inson va jamiyat ta’lim sohalarining ilmiy-nazariy asoslarini mukammal bilgan holda bolaning yosh xususiyatidan kelib chiqib fanning umumiy jihatlarini o‘rgatishga, ya’ni integrativ ta’lim berishga yo‘naltiradi.
Bundan tashqari bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi faoliyatidagi elementlarni ta’limiy faoliyatga yo‘naltirishni boshqara olish, mas’uliyatni his qilish, ayrim muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qarorlar qabul qila olish, vaqtni rejalashtirish, o‘quvchilarni istak-xoxishlariga e’tiborli bo‘lish, shuningdek ezgulikni qadrlab istiqbolli kelajakni ko‘zlash fazilatlarining shakllanishiga mas’uldir. Jamiyat taraqqiyoti hozirgi davrda ijtimoiy hayotning barcha sohalarini integratsiyalashtirishni taqazo qilmoqda. Ayniqsa pedagogik faoliyatni integratsiyalashtirish har qachongidan ham zaruratga aylanmoqda.
Bu zaruriyat quyidagilar bilan izohlanmoqda:
Do'stlaringiz bilan baham: |