Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti mavlonov bahodir arziqulovich


Integrativ mashg‘ulotlarni tashkil etishning



Download 485,77 Kb.
bet35/75
Sana31.12.2021
Hajmi485,77 Kb.
#270692
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75
Bog'liq
Dissertatsiya lotin tilida

Integrativ mashg‘ulotlarni tashkil etishning

pedagogik imkoniyatlari
Integratsiyalangan darsning xususiyati bu jarayonda ikki yoki uch ba’zida undan ham ko‘p pedagoglar qatnashishi mumkinligi. Bunday integratsiyalangan ta’limni o‘tish osonmi, murakkabmi? Ko‘pincha o‘qituvchilarga bog‘liq. Lekin, dars bu ishning muhim qismi ekanligini unutmaslik kerak. Aynan dars orqali asosiy masalalar integratsiyalangan kursda amalga oshiriladi va natija omadli yoki omadsiz bo‘lishi mumkin.Lekin, integratsiyalangan dars tushunchasi hamon baxsli bo‘lib qolmoqda. Integratsiyalangan darsning belgi alomatlari qanday?

1. Integratsiyalangan kursning o‘zi yangi murakkab birlik bo‘lib, umuman boshqacha shaklda bo‘ladi hamda masalalarni aniq va samarali echishga qaratiladi.

2. Ular ikki yoki uchta fan asosida rejalashtiriladi. Shuning uchun bir nechta o‘qituvchi yoki bir nechta o‘quv fanlari materiali mehanik usulda birlashtiriladi.

3. O‘rganishga qiziqish jarayonini faollashtirishning usullari malaka va ko‘nikmalari ishlab chiqiladi.

O‘qituvchilar darsni birga yoki alohida o‘tkazishlari mumkin lekin natijalar umumiy harakatlar orqali echiladi. Ko‘pincha 5-sinfda yangi o‘qituvchilar kirishadi va o‘quvchilarga turlicha talablar qo‘yishadi, ancha vaqt qiynalishadi. Bundan ko‘rinadiki, maktablarimizda pedagoglarimiz umumiy ta’lim siyosatiga ega emaslar, bir jamoa bo‘lib harakat qilishmaydi. Integratsiyalangan darsning chegarasida o‘qituvchilar oldindan nima muxim, nima keyingi darajali ekanini aniqlashlari lozim. O‘qituvchilar darsda o‘z ishlarini lo‘nda va aniq ifoda etishni, og‘zaki savollarni to‘g‘ri tuzishni, o‘z-o‘zini nazorat qilishi, o‘ziga to‘g‘ri baho qo‘yishni o‘rganishi lozim. O‘qituvchilar ana shunday hamkorlik asosida tuzilgan darslar integratsiyalangan bo‘ladi, lekin ular asosida o‘rganilgan material bir-biri bilan hamohang bo‘lmaydi.

Integratsiyalangan darsning maqsadi o‘quvchilarning ijodiy qiziqishlarini,


40

intilishlarini, ijodiy fikrlashini rivojlantirishdir. O‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida taqsimlangan vazifalarni hisobga olinganda integratsiyalangan darslar har xil shaklga ega bo‘ladi.

O‘quvchilarni guruhlarga bo‘lgan holda har xil mavzulardan topshiriq berilib, bir-birlariga habar beradilar. Bunday shakl o‘quv fanlar bir-biriga o‘xshash bo‘lganda eng samarali bo‘ladi. Ya’ni bu bilimlar almashish darsi hisoblanadi.

O‘zaro tekshirish darslarida garuh va juftliklar bo‘lib birga ish olib boradilar. Bu esa o‘quvchilardan qat’iy yaxshi tayyorgarlik talab qiladi. Faoliyatning hamma turlarida ob’ektiv va aniq baholash talab qilinadi.

Ijodiy izlanish darsi esa o‘quvchilarda mustaqil muammoning echimini topishga yo‘naltiriladi. Bu jarayonlar o‘quvchilarning bilish, ongli ravishda o‘rganish, samaradorligini oshiradi. Integratsiyalangan darsning asosiy xususiyati bunday dars bir fan asosida tuziladi, u asosiy e’tiborda bo‘ladi, qolganlari u bilan integratsiyalashadi, uning aloqalarini, jarayonlarini o‘rganishda fanning ma’nosini tushunishda, olingan bilimni amalda ishlatishda qo‘llaniladi.

Integratsiyalashgan dars natijalari o‘qituvchilarning ijodiy fanlari rivojida namoyon bo‘ladi. Fanlararo integratsiya necha o‘quv predmetining bir-biriga taalluqli sohalarini ko‘rsatish emas, balki integratsiyalab o‘qitish orqali o‘quvchilarga atrofimizdagi dunyoning yaxlitligi haqida tasavvur berishdir. Olimlarning ta’kidlashicha, integratsiya o‘quvchi dunyoqarashini shakllantirishni tezlashtiradi.

Integratsiyaning quyidagi darajalarini belgilash mumkin. 1.Tematik (mavzuiy) integratsiya. 2. Muammoli integratsiya. 3. Konseptual integratsiya.

4. Nazariy integratsiya.


  • Mavzuiy integratsiyada ikki uch xil predmet bitta mavzuni ochib beradi. Bu darajani illyustrativ –tavsifiy deb atash mumkin.

  • Bitta muammoli har xil predmet imkoniyatlari bilan echish, muammoli

41

integratsiya bo‘ladi.



  • Konseptual integratsiyada har xil o‘quv predmetlarining vosita va uslublari yordamida bitta konsepsiya ko‘rib chiqiladi.

  • Har xil nazariyalarning o‘zaro falsafiy singishi nazariy integratsiya hisoblanadi. Misol uchun AKTni bog‘lash;

  • Integratsiyalash AKT vositalari yordamida nazariy ma’lumot yoki kerakli slaydlar namoyishi o‘tkaziladi. Mavzularni o‘tayotganda fanlararo uyg‘unlik ko‘zga tashlanadi.

A.Avloniyning “Turkiy Guliston, yoxud axloq” asaridagi <> matni ustida ishlaganda, jismoniy tarbiya, salomatlik, ekalogiya, mehnat kabi fanlar uyg‘unligi namoyaon bo‘ladi. M.Yusufning <> she’rini o‘rganganda, 10 ta joy nomi tilga olinganing guvohi bo‘lamiz. Bular: O‘zbekiston, Balx, Qozon, Xo‘jand, Sirdaryo, Qashqar, Enasoy, Kurdiston, Hindiston, CHambil. 12 nafar tarixiy shaxslar keltirilgan, bular: Boborahim Mashrab, A.Navoiy, Z.M.Bobur, A.YAssaviy, Temur Malik, Muqanna, SHiroq, Alpomish, Ulug‘bek, A. Qodiriy, U.Nosir, Jaloliddin, CHingizxon. Ta’lim tizimi oldida o‘quvchilar axborot olish va qayta ishlash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish vazifalari turibdi. Bu jarayonning muvofaqiyatli kechishida o‘qituvchining o‘zi maslahatchi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi, o‘quv jarayonining ko‘rsatuvchi, o‘quv jarayonining boshqaruvchisiga aylanib boradi. O‘qituvchi axborot manbai, tarqatuvchi funksiyalarini axborot texnologiyalari zimmasiga yuklaydi. [1-2].

Bunda bosh masala bilimlar olamiga kirish, bu olamning resurslaridan foydalanish va o‘zlashtirishga bog‘lanib qoladi. O‘qituvchi axborot ummonida yangicha qoidalarni o‘rganishi, barcha o‘quv fanlari kesimida axborot olishi, uni qayta ishlay olishi zarur bo‘ladi.

Ta’limda o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning nutq, so‘z, tovush bilan bog‘langan usullari ikkinchi darajaga tushib, o‘qitish, o‘qitishning tasavvur,
42

shakl, rang, tasvir bilan bogliq usullari birinchi o‘ringa boshlaydi. Abdulla Avloniy ta’kidlashicha Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur.[1-2].

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining yana bir muhim sifatlaridan biri ta’limiy faoliyatni boshlang‘ich va umumta’lim fanlarining uzviylik jihatlari hamda boshlang‘ich ta’lim bosqichi fanlarining o‘zaro aloqadorlik tamoyillari asosida tashkil etishidir. Hozirgi vaqtda shahar va tuman maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyatida ko‘plab muammolar, jumladan, boshlang‘ich ta’limning xususiy fanlarini o‘qitishda noan’anaviy ta’lim metodlaridan foydalanish jarayonidagi kamchiliklar; o‘quvchilar bilimini baholashdagi noaniqliklar; o‘quvchilarning psixologik holatlarini his qila olmaslik va natijada ularda o‘quv jarayoniga nisbatan motiv uyg‘ota olmaslik; o‘quv jarayonida fanlararo aloqadorlikni ta’minlay olmaslik; didaktik tamoyillarning mohiyatini to‘liq tushunib etmaganligi sababli ularga rioya qilmaslik holatlari ko‘zga tashlanmoqda. Bu masalalarning ijobiy echimini topmasdan turib, boshlang‘ich sinflarda ta’lim sifati va samaradorligi to‘g‘risida gapirib bo‘lmaydi.

Boshlang‘ich ta’limda o‘z ichiga ko‘p fanlarni mujassamlashtirilgan bitta fan olamshunoslik. Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining yoshga oid qiziquvchanlik xususiyatlarini hisobga olgan holda universal bilimga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tayyorlash maqsadida o‘quv rejasiga «Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi», «Olam tuzilishining yagona manzarasi», «Yosh davrlari psixologiyasi», «Pedagogik psixologiya» kabi maxsus kurslarini kiritish. Integratsiyalashtirilgan darslar bolalar dunyoqarashida bir butunlikni, voqealar uzviyligini tushunishini tabiatan anglab etishga o‘rgatadi. Shuni alohida hisobga olish kerakki, maktablardagi boshlang‘ich sinflarda darslarning integratsion bog‘lanishlari ilmiy jihatdan kam ishlab chiqilgan. Mavjud turli fiklar


43

va qarashlar esa bir-biriga zid va uzviy bo‘lmaganligi sababli integratsiya muammosi hamon olishlarimiz o‘rtasida baxsli masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.

O‘qitish jarayonida integratsiyani qo‘llash nazariyasi taraqqiyoti ilmiy pedagogik tushunchalar rivoji, asosiy va muhim ahamiyatga ega. Integratsiya differensiya bilan uzviy bog‘liqdir. Bu uzviylik o‘quvchilarda olayotgan bilimlarini anglashga bo‘lgan intilishlari sistemasini barpo qilishlarida yaqqol namoyon bo‘ladi.

Integratsiya - bu fanlarning differensial jarayon davomida yaqinlashuvi va bog‘liqligidir. Integratsiya jarayoni fanlar orasidagi aloqani yangi, yuqori sifatda bir-biriga bog‘lash bosqichi bo‘lib, o‘zini yuqori ko‘rinishda namoyon etadi. Shuni alohida qayt etish kerakki, integratsiya jarayoni asoslari uzoq o‘tmishdagi xalq pedagogikasi va ilmiy pedagogikaga asoslangan. Integratsiya fanlararo bog‘liqlikdir. Fanlararo bog‘liqlik asoslari tabiatni to‘la holda o‘quv darsliklarda ko‘rsatish va tushuntirish zaruratidan paydo bo‘lgan.

Holbuki, iqtidorli deganda shaxsning intellektual qobiliyati nazar-da tutiladi. Inteliktual shaxsning aqliy salohiyati bo‘lib, borliqni ongda aks ettirish, unga shaxsiy munosabat bildirish, ijtimoiy tajribalarni anglash xususiyatlarini o‘z ichiga oladi. Masalan, shaxsning biror sohadagi masalalarni idrok etishi, uning sabablari va echimi doirasida shaxsiy qarorga kelishi, yuz beradigan hodisalarni faraz qilish layoqati iqtidor darajasini ko‘rsatadi.

Pedagogik faoliyat tajribasi har bir ta’lim oluvchi shaxsini ilmiy asoslangan, maxsus tanlangan va ma’lum tarzda tizimlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish orqali o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish orqali singdiriladi. Mazkur tajriba ta’lim beruvchilar tomonidan uzatiladi va ta’lim oluvchilarda strukturasi o‘qitishning o‘zaro bog‘langan o‘quv-tarbiya jarayonida shakllantiriladi. Ta’lim muassasasida o‘qub-tarbiya jarayoni metodologik asoslangan va jarayonning har bir kompenenti pedagogik prinsiplar bilan boyitilgan. O‘quv - tarbiya jarayonining har bir kompanenti: maqsadlar, mazmun,


44

tashkiliy shakllar va metodlar, o‘qitish vositalari, pedagogik tamoyillarini loyihalashtirish ortida ko‘p sonli pedagogik va psixalogik paradigma, konsepsiya, yondashuv va nazariyalar turadi. Aytilganlardan ko‘rinadiki, pedagogning pedagogik faoliyat tajribasi murakkab struktura va undan kam bo‘lmagan darajadagi murakkab mazmunga ega bo‘lib, asosan ijodiy harakter kasb etadi. Hamma ta’lim beruvchi ham ta’lim oluvchiga mazkur tajribasini singdira olmaydi, har bir ta’lim oluvchi ham uni rgallay bilmaydi. Shu sababli ta’lim muassasasida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining kasbiy va shaxsiy sifatlariga, o‘qitish va o‘qish faoliyatiga maxsus talablar qo‘yiladiki, ular professor–o‘qituvchilar tarkibining lavozim majburiyatlari hamda ta’lim oluvchilarning majburiyatlarida o‘z aksini topadi. Masalan, ta’lim beruvchi o‘z kasbiy va pedagogik faoliyatida komponent bo‘lishi, fanga oid bilim, ko‘nikma va malakalar, yuqori darajadagi burch va ma’suliyat hissi, ijodiy salohiyat, kreativlik, muloqotga kirishuvchanlik qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim. O‘qituvchining doimo izlanuvchan, bilim va tajribasini ortirib boruvchan bo‘lishi, o‘quvchilarni chuqur tushunish, ularning ichki dunyosini payqay olishi, o‘sish va rivojlanish darajalarini nazorat qilib borishi va tarbiya jarayonining muvofaqiyatini ta’minlovchi omillaridir.

Bo‘lajak o‘qituvchilarning amaliyotga tayyorgarligi qanchalik chuqur va qirrali bo‘lsa, shu vaqtning o‘zida pedagogik integratsiya yo‘nalishini to‘g‘ri tanlashi lozim. Bunda metodologik, texnologik va shaxsiy integratsiya pedagogik bilimlarni o‘rganish maqsadga uchun ancha oson, tez va produktiv bo‘ladi. Bunda quydagi komponentlar ya’ni: birinchidan, nazariy bilim-larga ega bo‘lish va metodologik refleksiya tajribasini oshirish orqali faollashadi, ikkinchidan, metodik va texnologik darajadagi pedagogik bilimlarni o‘z ichiga oladi, uchinchidan, vazifaga pedagogning shaxsiy rivojlanishi, o‘zligini shakllantirish kiradi.

Yuqoridagi komponentlar o‘z ishlarida quyidagi talablarga javob berishi

kerak;

45

Bilim olish bo‘lajak o‘qituvchining kerakli xususiyatlarini va ish turlarini shakllantirishga qarab olinishi kerak;



Pedagogik fanlar strukturasi jarayoniga ko‘ra bilimga ega bo‘lish sharoitlarini yaratib berishi kerak;

Tadqiqotimizning ushbu qismida xulosa o‘rnida ta’kidlash mumkinki, integrativ ta’lim jarayoni har bir bo‘lajak o‘qituvchisi va pedagogdan katta aql zakovat, sabr matonat, o‘quvchilarga va o‘z kasbiga yuksak mehr-muhabbatli bo‘lishni talab etadi. O‘qituvchining doimo izlanuvchan, bilim va tajribasini ortirib boruvchan bo‘lishi va zarur paytda so‘z, ish yoxud amaliy harakat bilan yordam bera olish qobiliyati ta’lim va tarbiya jarayonining muvofaqiyatini ta’minlovchi omillaridir. Mazkur tadqiqot ishi natijalaridan ta’lim jarayonini optimallashtirish masalalari xal qilishdagi va bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashni takomillashtirishdagi yangilangan ta’lim mazmuni shakllantirishda bemalol foydalanish mumkin va shubxasiz u ijodiy pedagogik samaralarni beradi.

Integratsiya asosida modul darslarini tashkil qilishda aqliy zukkolikning har ikki bosqichi ro‘y beradi. O‘qituvchi topishmoqni aytganda eslab qolishda xotira ishga tushadi. Xotirani mustahkamlash va rivojlantirish azaldan ta’limning asosiy talabi bo‘lib kelgan.

Zehn rivojlanishida ijod qilish muhim rol o‘ynaydi. Integrativ darslarni tashkil qilishda ijod qilish orqali o‘quvchilarning zehnini rivojlantirish mumkin. Fanlararo aloqa darslaridagi ko‘pgina mashqlar o‘quvchini izlashga, fikrlashga, o‘qish darslarini ona tili, odobnoma, rasm, tabiatshunoslik va mehnat fanlari bilan bog‘lab o‘qitish uchun modulli dars g‘oyasidagi hodisalarni taqqoslashga, ijodiy kashfiyot qilishga o‘rgatadi. Demak, integratsiya ijodiylik, zukkolik, xotirani mustahkamlash, izlanish, tasavvur hosil qilish demakdir. Tasavvur hosil qilish natijasida ijodkorlik ruhi paydo bo‘ladi, ijodkorlik esa tafakkur rivojiga turtki beradi. Shuning uchun ham o‘quv fanlari orasidagi aloqani bilish, ta’lim jarayonida ana shu qonuniyatlarga asoslanish muhimdir.


46

Integratsiyali darslarni tashkil qilish uchun o‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rishda o‘quvchilarda faollikni oshirish yo‘llarini, mavzuni o‘tish modellarini, mashg‘ulot jarayonida foydalanish lozim bo‘lgan vositalarni, usullarni aniqlab oladi. Bu ishlarni amalga oshirishda mavzuga oid izchil talablar qo‘yilishi lozim. Buning uchun o‘qituvchi darsning kengaytirilgan rejasini tuzib, shu reja asosida ish olib boradi. O‘quvchilar mustaqil fikrlash orqali individual ravishda izlanadilar, natijada tafakkur qobiliyatlari rivojlanadi.



Download 485,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish