Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti karimov davron akulovich kredit-modul tizimida modulli ta


II BOB. KREDIT-MODUL TIZIMIDA MODULLI TAʼLIMNI TASHKIL ETISH



Download 0,74 Mb.
bet7/26
Sana19.02.2022
Hajmi0,74 Mb.
#457338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
avek oken

II BOB. KREDIT-MODUL TIZIMIDA MODULLI TAʼLIMNI TASHKIL ETISH
2.1. Kredit-modul tizimining afzallik va muammoli jihatlari

Kredit-modul tizimiga oʻtishda bir qator muammoli jihatlarga eʼtiborimizni qaratishimiz va bu tizimning afzallik jihatlariga urgʻu berish maqsadga muvofiqdir.


Maʼlumki, talabaning umumiy yuklamasi auditoriya va mustaqil taʼlim yuklamalaridan iborat. Amaldagi taʼlim tizimida auditoriya yuklamalariga katta eʼtibor qaratilib kelinmoqda, lekin mustaqil ish turlari hali ommalashmagan. Kredit tizimida eng avvalo talabaning mustaqil ishiga jiddiy eʼtibor qaratiladi.
Kredit bu baho emas, balki ish hajmi hisoblanadi. Masalan, talaba 5 kreditlik fanni oʻzlashtirgan boʻlsa, u 5 kredit hajmidagi ishni bajargan hisoblanadi, yaʼni u ushbu fanning maʼruzalarida, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarida qatnashgan, mustaqil ish topshiriqlarini bajargan hisoblanadi. Demak, bu fanni oʻzlashtirgan talaba uni qanday bahoga oʻzlashtirganidan qatʼiy nazar u 5 kreditni qoʻlga kiritadi.
Kredit-modul tizimining mazmun-mohiyatini ochib berishda uni faqat “kredit” va “modul” atamalari orqali izohlash yetarli boʻlmaydi. Bu atamalar uni ixcham nomlash uchun qoʻllanilgan, xolos. Biz kredit-modul tizimining mohiyatini boshqacha usulda ochib bermoqchimiz. Yaʼni, biz kitobning yaratilishiga asos boʻlgan tamoyillar, kredit-modul tizimining amaldagi taʼlim tizimidan farq qiluvchi jihatlari haqida toʻxtalib oʻtamiz.
Kredit-modul tizimining asosiy tamoyillari va elementlari qisman Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimiga tatbiq qilingan. Shunday ekan, biz bu yerda kredit-modul tizimining faqat biz uchun yangi boʻlgan va amaldagi taʼlim tizimida mavjud boʻlmagan quyidagi 10 ta muammoli jihati va afzalliklari haqida fikr yuritamiz va zarur joylarda amalga oshirishning imkoni boʻlgan takliflarimizni keltirib oʻtamiz.
1) Oliy taʼlimning samaradorligi. Amaldagi taʼlim tizimida talabalar 1-kursdan boshlab yoʻnalishlar va ular ichida tarmoqlar boʻyicha ajratilib ixtisoslik fanlarini oʻqishni boshlashadi. Yaʼni, biz talabani hali abituriyentlik paytidayoq tanlovdan mahrum qilib ixtisoslikka biriktirib qoʻyamiz.
Kredit-modul tizimida esa eng avvalo talabaga tanlov imkoni beriladi. Tanlov fanlari semestrdan semestrga oshib boradi.
Ilgʻor xorij tajribasi shuni koʻrsatadiki, bakalavriatni ikkita bosqichga ajratish orqali, 1-2 kurslarda tayanch fanlarni, 3-4 kurslarda esa tanlov asosida ixtisoslik fanlarini oʻqitish mumkin. Demak, endilikda kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qondirish uchun 4 yil emas, 2 yil yetarli boʻladi. Bu esa oliy taʼlimning ish unumini, samaradorligini 2 barobar oshiradi.
2) “Talaba-oʻqituvchi” nisbati. Hozirgi kunda Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimida maxsus fanlarni past kurslardan boshlab rejalashtirish, oʻquv rejalardagi takrorlanadigan fanlarni har xil mutaxassisliklar boʻyicha alohida oʻqitish, auditoriya soatlari hajmini oshirish kabi holatlar mavjud. Bunday jarayonlar oʻquv yuklamalarining keskin oshishiga sabab boʻladi.
Biroq, biz bilamizki oliy oʻquv yurtida bitta oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan yuklama hajmi oliy oʻquv yurti boʻyicha umumiy oʻquv yuklamasi hajmini talabalar soni asosida hisoblangan oʻqituvchilar soniga boʻlish orqali aniqlanadi. Yaʼni, oʻqituvchilar shtati oʻquv yuklamalari asosida belgilanmaydi, balki talaba-oʻqituvchi nisbati orqali belgilanadi. Oliy oʻquv yurti boʻyicha umumiy oʻqituvchilar soni aniqlangandan soʻng, ushbu asosda kafedralar shtatini shakllantiriladi, bunda esa kafedra oʻquv yuklamalari hajmiga asoslaniladi.
Kredit-modul tizimida talaba-oʻqituvchi nisbati 16:1 va undan ham yuqori boʻlishi koʻzda tutiladi. Bunga auditoriya yuklamalarini kamaytirish, talabaning mustaqil ishi hajmini oshirish, oʻquv rejalarni unifikatsiyalash, darslarni katta auditoriyada tashkil qilish orqali erishish mumkin.
3) Talabaning mustaqil ish turlari. Ochigʻini tan olishimiz kerak, biz asosan “talabani qanday oʻqitishimiz kerak?”, degan muammo ustida bosh qotiramiz. Kredit-modul tizimida esa “talaba qanday oʻqishi kerak?” degan muammo koʻndalang qoʻyiladi. Buni batafsil izohlab oʻtamiz.
Amaldagi taʼlim tizimida asosan auditoriyadagi darslarga koʻproq eʼtibor beriladi, talabaning mustaqil ishiga esa jiddiy eʼtibor qaratilmaydi, chunki bu faoliyat turi chuqur oʻrganilmagan.
Kredit-modul tizimida esa fan moduli tarkibidagi “Oʻqituvchi Rahbarligidagi Talabaning Mustaqil Ishi” (OʻRTMI) va oʻqituvchiga bogʻliq boʻlmagan “Mustaqil Taʼlim” (MT) muhim ahamiyat kasb etadi. OʻRTMI ga keyslar, topshiriqlar, intervyu, krossvord, viktorina, esse, dayjest, taqdimot, hisob ishi, hisob-chizma ishi, kurs loyihasi, kurs ishi, ilmiy izlanishlar, fan toʻgaraklarida qatnashish va h.k.larni misol qilib keltirish mumkin. Bunday faoliyat turlariga rahbarlik qilish uchun alohida oʻquv yuklamalari joriy etilishi maqsadga muvofiq. MT ga esa vodkastlar, oʻrgatuvchi testlar, virtual trenajyorlar, FAQ, forumlarni misol qilib keltirish mumkin. OʻRTMI va MT turlari roʻyxatini, glossariylarni, ularni qoʻllash boʻyicha uslubiy qoʻllanmalarni zarur darajada shakllantirishimiz mumkin, lekin eng asosiy masala – har bir fan boʻyicha oʻziga xos OʻRTMI va MT turlarini ishlab chiqishdir. Ayniqsa, ushbu mustaqil ish turlarini masofaviy taʼlim platformalarida shakllantirish shu kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Bu jarayonlarni ilgʻor pedagoglarning tajribalarini ommalashtirish orqali jadallashtirish mumkin.
Gapning qisqasi, talabaning mustaqil ishlashini tashkil qilmas ekanmiz, har qanaqasiga urinmaylik, ishlarimizning samarasi boʻlmaydi.
4) Oʻquv rejalarining mosligi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimida bir xil yoʻnalishdagi oʻquv rejalarning turdosh OTM larda oʻzaro farq qilishini kuzatish mumkin. Kredit-modul tizimi joriy qilinishi bilan esa oʻquv rejalar Bolonya jarayoni ishtirokchi davlatlaridagi oʻquv rejalarga toʻliq mos boʻladi va diplomlarning oʻzaro tan olinishiga sharoit yaratiladi. Buning uchun birinchi navbatda oʻquv rejalarimizning xorijiy oʻquv rejalarga mosligini tahlil qilishimiz zarur.
5) Taʼlim natijalari. Kredit-modul tizimida taʼlim mazmuni “taʼlim natijalari” asosida rejalashtiriladi. Yanada aniqroq aytadigan boʻlsak, talabalarga oʻqitiladigan fanlar va ularning mazmuni kelgusidagi kasbiy faoliyat turi uchun qanchalik zarurligidan kelib chiqib shakllantiriladi. Ochigʻi, hozirgi kunda biz bu borada maqtana olmaymiz, chunki oʻquv rejalariga obyektiv va subyektiv sabablarga koʻra har xil fanlar kirib qolgan. Bu muammoni hozirgi kunda ikki xil usulda yechish mumkin.
Birinchidan – bakalavriat va magistratura taʼlim dasturlari boʻyicha kompetensiyalar jadvalini shakllantirish, professiogrammalarni tuzish zarur. Bu juda aniq, lekin katta hajmdagi ish hisoblanadi.
Ikkinchidan – oʻquv rejalarini xorijiy tahlil qilish zarur. Bunda yetakchi xorijiy oliy oʻquv yurtlarining oʻquv rejalari va sillabuslari mazmuniga moʻljal olinadigan boʻlsa kamroq xatoga yoʻl qoʻyiladi va bu ishni mutaxassislik kafedralarining masʼul oʻqituvchilarining imkoniyatlari darajasida hal qilish mumkin.
Oʻquv rejalarini shakllantirib boʻlganimizdan soʻng “tanlov fanlari katalogi”ni tuzib, ularni talabalar tanloviga taqdim qilishimiz zarur. Shu orqali oʻquv rejalaridagi fanlar talabalarning qiziqishlariga, kadrlar isteʼmolchilarining talablariga qay darajada mos kelishini bilib olish mumkin.
6) Registrator Ofisi. Amaldagi taʼlim tizimida talabalar kontingenti bilan dekanatlar, oʻquv boʻlimi, kadrlar boʻlimi, qabul boʻlimi kabi koʻplab boʻlinmalar shugʻullanishadi. Talabalar kontingenti bilan shugʻullanadigan markazlashgan boʻlinma esa mavjud emas.
Kredit-modul tizimida talabalar kontingenti bilan markazlashtirilgan boʻlinma – Registrator Ofisi shugʻullanadi. Uning vazifasi — akademik taqvim tuzish va uning oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish, qabul komissiyasining ishini tashkil qilish, fanlarga yozilishni tashkil qilish (Enrollment), akademik guruhlarni shakllantirish, kirishda bilimlarini aniqlashni tashkil qilish va uni nazorat qilish, yakuniy nazorat va oraliq attestatsiyalarni tashkil qilish va oʻtkazish, yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish va oʻtkazishni nazorat qilish, talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivgacha saqlash, “Registrator” maʼlumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilash, transkriptni yuritish va unga talabalarning baholarini kiritish, tantanali marosimlarni tashkil qilish va oʻtkazish (bitiruvchilarning diplomlarini rasmiylashtirish va tantanali ravishda taqdim etish), talabalar kontingenti boʻyicha statistika yuritish kabi vazifalardan iborat boʻladi.
Bu tuzilma kredit-modul tizimida talabaga qaratilgan boʻlinma boʻlib, uni kredit-modul tizimiga toʻliq oʻtilgunga qadar vaqtincha dekanat va boʻlimlardan xodimlarni jalb qilish orqali tashkil qilish mumkin.
7) Modulli oʻqitish. Kredit-modul tizimining amaldagi taʼlim tizimidan farq qiluvchi jihatlaridan yana biri shundaki, bunda fanlar modulli asosda tashkil qilinadi va oʻqitiladi. Yaʼni har bir modul (fan va uning boʻlimi) kirish nazorati, nazariy materiallar, amaliy va laboratoriya ishlari materiallari, mustaqil ish topshiriqlari, keyslar, nazorat materiallari, testlar, tarqatma materiallar, glossariy, adabiyotlar, chiqish nazoratlari va h.k. qismlardan tashkil topgan boʻladi.
8) Talabaning shaxsiy traektoriyasi. Kredit-modul tizimida talabalarni hayotda mustaqil boʻlishga koʻniktirish amaliyoti qoʻllaniladi. Yaʼni, talabaga oʻz shaxsiy traektoriyasini tuzish va har semestrda boshqa akademik guruhda oʻqish imkoni beriladi.
Shuningdek, talabalarni tabaqalab oʻqitishga jiddiy eʼtibor qaratiladi, bunda ilgʻor talabalarni alohida oʻqitish orqali taʼlim samarasi oshirish, ularning akademik yutuqlariga zamin yaratish mumkin.
9) Yozgi semestr va ekstern imtihonlar. Sust oʻqiydigan talabalarning fanlarni qayta-qayta topshirishlariga chek qoʻyiladi. Fanni birinchi qayta topshirishdan oʻta olmagan talabaga yozgi semestrda fanni qayta oʻqishga imkon beriladi.
Ilgʻor talabalarga esa semestr boshida ekstern imtihon topshirish orqali kreditlarni oldindan olish imkoni ham taqdim etilishi mumkin.
10) Baholash tizimining shaffofligi. Amaldagi taʼlim tizimida haligacha “oʻqituvchining oʻzi oʻqitib — oʻzi baholash” amaliyotini kuzatish mumkin7.
Kredit-modul tizimida esa oʻqituvchi asosan oʻqitish bilan shugʻullanadi. Baholashni esa komissiya amalga oshiradi. Yaʼni, pedagoglar “lektor” va “tyutor” larga ajratiladi. Lektor – nazariy bilim beradi, tyutor – nazariy bilimlar asosida talabalarning amaliy koʻnikmalarini shakllantiradi, oddiy qilib aytganda talabalarni imtihonga tayyorlaydi. Imtihonni esa komissiya qabul qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-sonli Qarorida muayyan fandan dars bergan pedagogning yakuniy nazorat jarayonlaridagi ishtiroki istisno etildi va talabaning oʻzlashtirish darajasi – professor-oʻqituvchilar faoliyatini baholashning asosiy mezoni etib belgilandi. Yaʼni, endilikda “oʻqituvchining oʻzi oʻqitib — oʻzi baholash” usuli kun tartibidan olib tashlandi.



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish