I BOB. MODULLI TAʼLIMNING NAZARIY ASOSLARI
Modulli taʼlim texnologiyasi modulli oʻqitishning mohiyati
Modul (lotincha modulus soʻzidan olingan boʻlib qism, boʻlak, blok maʼnolarini anglatadi.
Modulli taʼlim pedagogik texnologiyani tashkil etuvchi tarkibiy boʻlaklarni ifodalaydi. Bu modulli taʼlim dars jarayonini tashkil etishdagi eng kichik ish turlaridan hamda ularning turli miqdordagi toʻplamlaridan iborat boʻladi. Bunda eng kichik faoliyat turi eng kichik modul sanalib, boshqalari qancha modulni qamrab olishiga qarab oʻziga mos darajadagi modullar sanaladi.
Modulli oʻqitish XX asrning 60-yillarida paydo boʻldi va ingliz tilli mamlakatlarida tez tarqaldi. Modulli oʻqitish nazariyasida modul tushunchasi qandaydir bir tizimining aniq funksional vazifasini bajaradigan (yukni koʻtaradigan) mustaqil biror bir qismini bildiradi.
Modul deganda, maʼlum oʻquv predmeti boʻyicha aniq maqsadni koʻzda tutib, obyektlarning muhim jihatlarini mantiqan tugal va mukammal holda yorituvchi oʻquv materialining didaktik birligini tushunamiz.
Modulli taʼlim – bu bilimlarni nazorat qilish bilan hamoxanglashgan, qandaydir mantiqiy yaxlitlik va tugallanganlikka ega oʻquv axborotidagi mantiqiy belgilangan qism.
Taʼlimiy modul – unga tegishli metodik materiallar bilan birgalikdagi oʻquv kursining mazmunli qismi.
Oʻquv moduli – har bir oʻquv topshiriqlarini bajarish vaqti, nazorat va hisobga olish usullari, oʻquv materiallari (paragraf, mavzu, boʻlim, fan, integrallashgan kurs)ni oʻrganish boʻyicha koʻrsatmalar. Koʻproq oddiy va oʻziga xos tarzda oʻquv moduli uni oʻrganishning koʻproq oqilona shakl va metodlari bilan birgalikda odatiy oʻquv dasturlari mavzu(boʻlim)larini aks ettiradi.
Modulli oʻqitishning mohiyati shundan iboratki, taʼlim oluvchi (talaba) oʻziga taqdim etilgan individual oʻquv dasturi asosida mustaqil ish olib boradi. Bu oʻquv dasturida xarakatlarning rejasi, axborotlar bloki, oʻqitish natijalariga erishish boʻyicha metodik tavsiyanomalar boʻlishi kerak. Oʻqituvchi bu sharoitda nazorat qilishi, maslahat berish, axborotlarni oʻzlashtirish boʻyicha harakatlarni muvofiqlashtirish vazifalarini bajaradi.
Modulli oʻqitish – oʻqitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u taʼlim oluvchilarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir.
Anʼanaviy taʼlimda oʻquv maqsadlari pedagog faoliyati orqali ifodalangan yaʼni bilim berishga yoʻnaltirilgan boʻlsa, modulli oʻqitishda taʼlim oluvchilar faoliyati orqali ifodalanib, kasbiy faoliyatga yoʻnaltirilgan boʻladi.
Modulli oʻqitish texnologiyasining anʼanaviy oʻqitishdan farqli xususiyatlarini quyidagi jadvalda keltirdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |