Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti karimov davron akulovich kredit-modul tizimida modulli ta


Bolonya shartnomasi va ECTS ( European Credit Transfer System – Yevropa kredit transfer tizimi)



Download 0,74 Mb.
bet6/26
Sana19.02.2022
Hajmi0,74 Mb.
#457338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
avek oken

Bolonya shartnomasi va ECTS ( European Credit Transfer System – Yevropa kredit transfer tizimi)

Taʼlim jamiyatning eng muhim yoʻnalishlaridan biridir. Xalqning kelajagi va uning intellektual va maʼnaviy rivojlanishi koʻp jihatdan ijtimoiy institutlar, taʼlim muassasalarining tuzilishi, uning turli xil oʻquv fanlari, maʼlumot taqdim etish usullari bilan oʻziga xos toʻyinganligiga bogʻliq. Shuning uchun barcha rivojlangan mamlakatlarda davlatning asosiy funksiyalaridan biri boʻlgan taʼlimni amalga oshirish uchun har yili unga inson va moddiy resurslarning katta miqdori sarflanadi.


Ammo shuni ham taʼkidlash joizki, taʼlim tizimi uning barcha elementlari bilan
uygʻun xolda olib boriladigan yangilanishga muhtoj. Taʼlim tizimini ana shunday modernizatsiya qilish usullaridan biri – Bolonya tizimidir. Ushbu tizimning asosiy maqsadi – oliy taʼlim uchun yagona maydon yaratish.
1999-yil 19-iyunda Italiyaning Bolonya shahrida qabul qilingan Bolonya shartnomasi barcha Yevropa mamlakatlarining taʼlim tizimlarini yaqinlashtirish jarayonini boshlab berdi. Yevropaning turli mamlakatlarining taʼlim tizimlarini yaqinlashtirish, unifikatsiyalash va birlashtirish masalasi oʻtgan asrning 70-yillari oʻrtalarida paydo boʻldi. 1999-yil 19-iyunda Bolonyada ushbu jarayonga bagʻishlangan maxsus konferensiyada 29 ta Yevropa davlatlarining taʼlim vazirlari Bolonya deklaratsiyasini qabul qildilar va ushbu sana bu jarayonning rasmiy sanasi deb belgilandi.
Bolonya jarayonining asosiy maqsadlari:

  • ish bilan taʼminlash imkoniyatlari bilan fuqarolarning mobilligini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishi sifatida Yevropa oliy taʼlim hududini qurish;

  • taʼlim sifatini oshirish;

  • talabalar uchun kurash va taʼlim faoliyatini resurlar bilan boyitish maqsadida Yevropa oliy taʼlim muassasalarining boshqa taʼlim tizimlari bilan raqobatdoshligini taʼminlash;

  • milliy oliy taʼlim tizimlarining yuqori muvofiqligi va taqqoslanishiga erishish;

  • Yevropa mamlakatlarining intellektual, madaniy, ijtimoiy va ilmiy-texnik salohiyatini shakllantirish va mustahkamlash;

  • dunyoda Yevropa oliy maktabi nufuzini oshirish;

  • Yevropa madaniy qadriyatlarini rivojlantirishda Yevropa ongini tashuvchisi sifatida koʻriladigan universitetlarning markaziy rolini oshirish.

Bolonya deklaratsiyasida yetti asosiy qoidalar mavjud:

  • taʼlim sifatini va sifat kafolatini taʼminlashda Yevropa hamkorligiga koʻmaklashish;

  • oliy taʼlim muassasasida taʼlim sifatini ichki nazorat qilish tizimlarini joriy etish va uning faoliyatini tashqaridan mustaqil baholash maqsadida barcha manfaatdor tomonlarni – akademik hamjamiyat, davlat vakillari, talabalar va ish beruvchilarni jalb etish;

  • Yevropa fuqarolarini ish bilan taʼminlash imkoniyatlarini va Yevropa oliy taʼlim tizimining xalqaro raqobatdoshligini oshirish maqsadida diplom ilovasini

yuritish orqali taqqoslanadigan darajalar tizimini qabul qilish;

  • ikki bosqichli taʼlimni joriy etish: bakalavriat va magistratura;

  • ECTS (European Credit Transfer System) asosida talabalarga oʻrganilayotgan fanlarni tanlash huquqini berish;

  • taʼlim sohasi talabalari, professor-oʻqituvchilar tarkibi va boshqa toifadagi xodimlarining Yevropa mintaqasida ishlash vaqtini hisobga olgan holda mobilligini rivojlantirish. Transmilliy taʼlim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;

  • oliy taʼlimni tatbiq etishda anʼanaviy Yevropa yondashuvini, ayniqsa oʻquv rejalari, muassasalararo hamkorlik, harakatchanlik sxemalari va qoʻshma oʻquv dasturlari, amaliy tayyorgarlik va ilmiy tadqiqotlar olib borish ishlarini qoʻllab quvvatlash va rivojlantirish.

Bolonya jarayoni oʻziga xos tarixga ega. U oʻnlab yillar davomida Yevropa oliy taʼlim tizimining ildizida shakllangan. Yevropa oliy taʼlim maktabida bosqichlar (bakalavriat va magistratura) ancha oldin shakllangan, talabalar va oʻqituvchilarning akademik mobilligi rivojlangan va turli akademik kreditlardan foydalanilgan. 1957-yili Rimda imzolangan kelishuvda Yevropa oliy maktabiga umumevropa maqomini berishga harakat qilingan. Vaqt oʻtishi bilan ushbu gʻoya Yevropa taʼlim vazirlarining 1971 va 1976-yillarda boʻlib oʻtgan konferensiya qarorlarida, 1992-yil Maastrixt shartnomasida rivojlangan. Keyingi yillarda Yevropa Ittifoqi, Yevropa Kengashi homiyligida, oliy taʼlimning transmilliy muammolarini hal qilishda umumiy yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam beradigan turli xil dasturlar joriy etildi. Bu dasturlarda oliy taʼlimga kirish imkoniyatlarini kengaytirish va talabalarning akademik mobilligini oshirish, taʼlim sohasidagi milliy qonunchilikni umumevropa normalariga moslashtirish, hayoti davomida oʻqitish tizimini yaratish va taʼlim dasturlari va tizimlarini yaqinlashtirish masalalari oʻz aksini topdi. Barcha mutaxassislarning yakdil fikricha, Bolonya tizimining boshlangʻich nuqtasi deb, 1988-yil – Yevropadagi eng qadimgi universitetning 900 yilligini nishonlash maqsadida Yevropa universitetlari rektorlari ishtirokida Bolonya shahrida oʻtkazilgan yigʻilishda belgilangan. Ular tomonidan qabul qilingan “Universitetlarning Buyuk xartiyasi” hujjatida kelgusi uchinchi ming yillikda universitetning oʻsib boradigan roli taʼkidlanib, universitet faoliyatining fundamental tamoyillari – avtonomlik, oʻqitish birligi va ilmiy izlanishlar belgilandi. Buyuk Xartiya Yevropa universitetlarini oʻzaro maʼlumot va hujjatlar almashinuvini qoʻllab-quvvatlash, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, oʻqituvchilar va talabalarning mobilligini ragʻbatlantirish, oʻxshash maqomga ega ekvivalent darajalar instituti uchun umumiy siyosatni ishlab chiqish va bilimlarni shaffof nazoratini amalga oshirishga chaqirdi.
Bolonya jarayoniga keyingi qadam Yevropaning 43 mamlakati tomonidan “Yevropa mintaqasida oliy maʼlumotga oid malakalarni tan olish toʻgʻrisida” (1997) Lissabon konvensiyasining imzolanishi boʻldi. Buyuk Xartiya qoidalariga asoslanib, Konvensiya Yevropa mintaqasidagi madaniy, ijtimoiy, siyosiy, falsafiy, diniy va iqtisodiy xilmaxillikni aks ettiruvchi taʼlim tizimlarining juda xilma-xilligini tan oldi va universitetlarning xorijiy diplomlar va malakalarni tan olish huquqlarini kengaytirdi. Lissabon konvensiyasida “nostrifikatsiya” va “ekvivalentlik” tushunchalari oʻrniga yagona “tan olish” atamasi kiritildi. 25 ta oliy maʼlumot diplomlarini taqqoslash jarayonida taqqoslanayotgan taʼlim dasturlarining oʻquv rejalaridagi oʻxshashlik yoki farqlarni aniqlash emas, balki murojaat etuvchining yuqoriroq darajadagi oʻqishni davom ettirishda u ega boʻlgan bilimlarni taqqoslashga asos solingan edi. Kelishuvlarga muvofiq, Yevropa mintaqasi oliy maʼlumotiga oid malakalarni tan olish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi Qoʻmita tashkil etilgan. 1994-yili Konvensiyani amalga oshirish mexanizmi sifatida Yevropa Kengashi va YuNESKO homiyligida tashkil etilgan ENIC (European Network of National Information Centres on Academic Mobility and Recognition) milliy axborot markazi tarmoqlari tasdiqlandi. 1998-yil 25-mayda Sorbonnada Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Italiya tomonidan imzolangan “Yevropa oliy taʼlim arxitekturasini uygʻunlashtirish toʻgʻrisida”gi qoʻshma deklaratsiyasi qabul qilindi. Koʻpgina mutaxassislarning taʼkidlashicha, oʻrinli topilgan “arxitekturani uygʻunlashtirish” iborasi “unifikatsiya” va “standartlashtirish” kabi atamalarga boʻlgan eʼtirozlarni olib tashlashga imkon berdi va kelgusi oʻzgarishlarning tashqi, tarkibiy xususiyatiga yana bir bor ishora qildi. Shunday qilib, Yevropa mamlakatlarida 2010 yilga qadar oliy taʼlimda milliy taʼlim tizimlarini uygʻunlashtirish asosida yagona standartlashtirilgan taʼlim tizimini qurish maqsadi shakllantirildi. Bu esa ishtirokchi mamlakatlar fuqarolarining bandligini va mobilligini oshirishga imkon beradi va Yevropa oliy taʼlim tizimini talabalar va boshqa mamlakatlardan kelgan oʻqituvchilar uchun yanada jozibali qiladi.
Bolonya deklaratsiyasida Yevropa universitetlarini ECTS (European Credit Transfer
System – Yevropa Kredit Transfer tizimi) tizimiga oʻxshash akademik kreditlarning yagona tizimini joriy etishga chaqirilgan, yaʼni:

  • talabalarning keng koʻlamli mobilligini qoʻllab-quvvatlash;

  • taʼlim sifatini taʼminlash va shu maqsadlar uchun taqqoslanadigan mezonlarni va nazorat qilish usullarini ishlab chiqish uchun Yevropa miqyosidagi hamkorlikni kuchaytirish;

  • mobillik doirasida qoʻshma taʼlim va tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish.

2001-yilda Yevropaning 32 ta taʼlim vazirlari tizimning dastlabki natijalarini koʻrib chiqish maqsadida Pragada yigʻildilar va Qoʻshma kommyunike qabul qildilar. Bolonya hujjatida birinchi marotaba “talabalar oliy taʼlim jamiyatining toʻlaqonli aʼzolari ekanligi va ularni “Yevropa oliy taʼlim maydonini yaratishda vakolatli, faol va konstruktiv sheriklar” deb nomlanishiga eʼtibor qaratildi.
Agar Bolonya deklaratsiyasida oliy taʼlimning ikki darajasi konkretlashtirilmagan va umumiy nomlar bilan yuritilgan boʻlsa, Pragada taʼlim vazirlari tomonidan qayd etilgan Yevropa mintaqasi miqyosida ikki bosqichli oliy taʼlim tizimini joriy etishning nomlari berilgan – birinchisi “bakalavr”, ikkinchisi – “magistr”.
ECTS tizimi Yevropa universitetlari uchun yagona akademik kredit tizimi sifatida oʻz mavqeini mustahkamlashda davom etdi. Shu munosabat bilan Kommyunike uning oʻtkazuvchanligi (transferability) va toʻplanishi (accumulation) funksiyalarini taʼkidlab, diplom ilovasi Yevropa oliy taʼlimining jozibadorligi va raqobatdoshligini oshirishda muhim ahamiyatga egaligi yana bir bor tasdiqlandi.
ECTS kreditlar tizimi oʻqishni bir Yevropa oliy taʼlim muassasasidan boshqasiga koʻchirishda taʼlimni oʻlchash usuli va natijalarini taqqoslashga xizmat qiladi. Ushbu tizimni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishdan maqsad Yevropa oliy taʼlim muassasalarining oʻzaro yaqin hamkorligiga erishishdir, yaʼni: xorijiy oʻquv dasturlari bilan tanishish imkoniyatini yengillashtirish va akademik tan olishni taʼminlash. Shuningdek, ushbu tizimdan mamlakatning bir yoki bir necha oliy taʼlim muassasalari
doirasida foydalanish mumkin.
ECTS tizimi 1989-yilda ERASMUS/SOCRATES dasturi doirasida joriy qilingan va Yevropa universitetlarida muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgan yagona tizimdir. Yevropadagi bir qator kredit tizimlari orasida aynan ECTS tizimi eng katta eʼtirofga sazovor boʻldi. ECTS dastlab talabalar oʻqishini bir oliy taʼlim muassasasidan ikkinchisiga oʻtkazganda kreditni koʻchirish uchun moʻljallangan edi. Tizim xorijda oʻqish davrlarini tan olishga yordam berdi va shu bilan Yevropada talabalar harakatchanligi va sifatini oshirishga imkon tugʻdirdi.
Bolonya deklaratsiyasida ECTS tizimi faqat misol tariqasida qayd etilgan, ammo hech qanday boshqa Yevropa tizimi paydo boʻlmagan. Aksincha, ECTS tizimi tezda butun Yevropaga tarqaldi va koʻplab yangi oliy taʼlim toʻgʻrisidagi qonunlarga kiritildi. Uning asosiy afzalliklari:

  • xorijda oʻqish muddatlarini tan olishni osonlashtirdi;

  • talabalarning real yuklamasining yuqori darajadagi shaffofligi;

  • ECTS zaruriy islohotlar tasavvurlariga yuqori darajada mosligi;

  • individual oʻquv dasturlarini belgilashda katta egiluvchanligi.

ECTS oʻquv dasturlarini oʻqishni va taqqoslashni osonlashtiradi. U yetkazib berish rejimidan qatʼiy nazar, barcha turdagi dasturlarda, shuningdek, hayot davomida taʼlim olish (lifelong learning – LLL) maqsadlarida foydalanishi mumkin. ECTS mobil va nomobil talabalarga ham xizmat qiladi: undan oliy taʼlim muassasasida va boshqasiga koʻchirishda foydalanish mumkin. ECTS mamlakatlar oʻrtasida, mamlakat, shahar yoki mintaqa ichida va har xil turdagi muassasalar oʻrtasida harakatlanadigan talabalarga yordam beradi. Bundantashqari, tizim oʻz-oʻzini oʻrganish va ish tajribasini qamrab oladi. Shu sababdi mashhur “ECTS” qisqartmasi endi “Yevropa Kredit Transfer tizimi” degan maʼnoni anglatadi.
Yevropa Kredit Transfer tizimining asosiy xususiyatlari:

  • ECTS kreditlari;

  • talabalarning oʻquv yuklamalari;

  • oʻquv natijalari va kompetensiyalari;

  • ECTS baholash shkalasi.

Shunday qilib, kredit tizimi ikkita asosiy funksiyani bajaradi.
Birinchisi, boshqa oliy taʼlim muassasasida (yoki boshqa fakultetda) olingan kurslarni hisobga olish – busiz talabalarni tayyorlashda akademik mobillik va moslashuvchanlikka erishish mumkin emas.
Ikkinchi funksiya – toʻplashdir. Talaba turli sabablarga koʻra vaqtni “qismlarga boʻlib”, taʼlim muassasasini oʻzgartirib taʼlim olishi mumkin. Agar kursning eskirganligi sababli aniq natijalar haqiqiy boʻlmay qolsa zachet birliklari qoʻshilmaydi. Boshqa barcha hollarda talaba tegishli ilmiy darajani (bakalavr, magistr) olish uchun toʻplashi lozim boʻlgan birliklarga qoʻshilib boradi. Albatta, kreditlarni oʻtkazish va toʻplash imkoniyati oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi ishonch va oʻquv dasturlarining taqqoslanishiga bogʻliq.
ECTS tizimi – taʼlim dasturlarini tavsiflashning rasmiylashtirilgan usuli boʻlib, uning tarkibiy qismlariga (fanlarga, kurslarga va boshqalarga) kredit ajratadi. Hozirgi kunda ECTS kreditlarni yigʻish va qayta hisoblash boʻyicha butun Yevropa tizimiga aylanmoqda. Kreditlarni toʻplash shuni anglatadiki, talaba bakalavr yoki magistr darajasiga ega boʻlish uchun belgilangan kredit miqdorini toʻplagan taqdirdagina tegishli darajaga erishadi. Kreditlarni koʻchirish talaba oʻqigan oliy taʼlim muassasasi, oʻtayotgan oliy taʼlim muassasasi va talabaning oʻzi imzolagan shartnoma bilan kafolatlanadi.
Gʻarb ekspertlarining fikricha, Bolonya jarayoni yoki Bolonya islohotlari Yevropa oliy taʼlim tarixidagi eng keng koʻlamli islohotdir. Bugungi kunga kelib Bolonya jarayonida 48 davlat qatnashmoqda.
Bolonya deklaratsiyasini birinchi boʻlib Yevropa Ittifoqiga avval aʼzo va aʼzolikka nomzod boʻlgan mamlakatlar, shuningdek Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Shveysariya qabul qilishgan. 2001-yildan boshqa mamlakatlar ham qoʻshilgan va 2020-yilga kelib ushbu jarayonda 48 ta davlat ishtirok etmoqda.
Hozirgi vaqtda ilmiy va pedagogik davralarda Bolonya jarayonining faol muhokamasi boʻlib oʻtmoqda. Natijada, koʻpincha quyidagi savol tugʻiladi: “Bolonya jarayonining ijobiy va salbiy tomonlari qanday?” Ushbu masala boʻyicha fikrlar doirasi juda katta: jarayonni soʻzsiz qoʻllab-quvvatlashdan tortib to uni toʻliq inkor etishgacha. Shuning uchun Bolonya jarayonining ijobiy va salbiy tomonlari nimada ekanligini aniqlash kerak.
Avvalo, Bolonya tizimining afzalliklarini taʼkidlash kerak. Bolonya jarayonining birinchi ijobiy tomoni – bu oliy taʼlim tizimini ikki bosqichga, yaʼni bakalavriat va magistraturaga boʻlinishidir. Bunday tizim birinchi navbatda kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga imkon beradi. Bakalavriatni tugatgandan soʻng, talaba yuqori kasbiy maqomga ega boʻlish uchun magistraturaga oʻqishga kirishi mumkin. Boshqa tomondan, ushbu tizim doimiy ravishda oʻzgarib turadigan bozor sharoitida tayyorgarlik yoʻnalishini oʻzgartirishga imkon beradi. Bundan tashqari, talaba bakalavriatni bir mutaxassislik boʻyicha tugatib, magistraturada boshqa mutaxassislik boʻyicha taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Bolonya tizimining yana bir shubhasiz afzalligi – talabalarning mobilligi. Bu talabani maʼlum mamlakatdagi oliy taʼlim mussasasida oʻqishni boshlab, boshqa mamlakatdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirib, tegishli oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomni olgan holda tugatish mumkinligini anglatadi. Bundan tashqari, kelajakda Bolonya jarayonida qatnashuvchi mamlakatlarning diplomlarini yagonalashtirish rejalashtirilgan. Bu esa mamlakatlar boʻylab munosib ish topishga imkon beradi.
Uchinchi ijobiy jihat shundaki, Bolonya jarayoni oliy maʼlumotli mutaxassislar uchun raqobatdosh bozorni yaratish uchun sharoit yaratadi. Biroq, Bolonya tizimida afzalliklaridan tashqari, kamchiliklari ham mavjud. Eʼtibor qilish kerak boʻlgan birinchi kamchilik – bu oliy taʼlim muassasasida oʻqish vaqtining qisqarishi. Ushbu yangilik, shubhasiz, talabaning tayyorgarlik sifatiga taʼsir qiladi. Bundan tashqari, bakalavriatni tugatgandan soʻng, koʻpchilik toʻxtab, oʻqishni davom ettirmaydi, bu bosqichda ular faqat bazaviy bilimlarni oladilar, keyinchalik bu bilimlar amaliyotda yetarli boʻlmasligi mumkin.
Eʼtibor berishga loyiq boʻlgan keyingi kamchilik – bu talabaning mustaqil taʼlimi va mustaqilligi. Mustaqil taʼlim auditoriya soatlarini qisqartirilishini va mustaqil tayyorlanish uchun vaqtni koʻpaytirilishini nazarda tutadi. Bu kamchilik deb hisoblanishiga sabab – mustaqil taʼlim uchun ajratilgan vaqtni talaba doimo ham oʻqishga ajratmasligi mumkin.
Yana bir savol tugʻiladi: “Bolonya jarayonida ishtirok etadigan mamlakatlarni qanday qiyinchiliklar kutmoqda?” Aksariyat mutaxassislar moliyalashtirish kabi muammoga ishora qilmoqdalar. Taʼlim sohasidagi islohotlar katta mablagʻ talab qiladi. Maʼlumotlarga koʻra, oʻtish davrida Bolonya jarayoniga qatnashadigan mamlakatlar, qoida tariqasida, milliy taʼlim vazirliklari va alohida universitetlar budjetining yarmidan koʻpini (60% gacha) sarflaydilar.
Savollarning aksariyati talabalarning akademik mobilligi bilan bogʻliq boʻlib, bu katta mablagʻ talab qiladi (transport xarajatlari, turar joy, oʻquv toʻlovlari). Gʻarbiy universitetlar turli mamlakatlarning talabalarini oʻqishga taklif qilmoqdalar, ammo ular oʻqish haqini oladilar. Shubhasiz, badavlat oilalardan boʻlgan talabalargina xarajatlarni oʻz zimmalariga olishlari mumkin, bu esa sifatli raqobatdosh taʼlim olishda tengsizlikka olib keladi. Aqlli insonlar (talabalar va oʻqituvchilar)ning xorijga chiqib ketishi haqida hech kim bahslashmaydi. Bir necha xorijiy tilni biladigan, shuningdek, ularni chet tili muhitida yaxshilagan, ish sharoitlari bilan tanishgan va mahalliy tengdoshlari bilan aloqalarni oʻrnatgan talabalarning chet elda ish topish imkoniyati ancha yuqori boʻladi. Eng malakali oʻqituvchilarning Gʻarbning nufuzli universitetlariga ketishi natijasida talabalarni tayyorlash sifati, oʻqitishning ilmiy va nazariy darajasi, universitetlarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining koʻlami va sifati pasayadi. Buning oʻrnini chet el oʻqituvchilarining almashinuv dasturlariga kelishi bilan qoplash mumkin emas.
Yana bir muammo. Bolonya tizimida asosan olti balli yagona baholash tizimi qoʻllaniladi: A (aʼlo) — B (juda yaxshi) — C (yaxshi) — D (qoniqarli) — E (oʻrtacha) — F (qoniqarsiz) va har birining foiz nisbati berilgan baholardan ECTS tizimiga muvofiq. Shubhasiz, agar ushbu tavsiyalar bajarilsa, talabalar qanday bilimlarni namoyish qilmasin, ular belgilangan foiz stavkasi boʻyicha baho olishadi.
Yuqoridagi barcha muammolar pozitsiyalarni bir-biriga yaqinlashtirish uchun yechim, kelishuv, aniqlik va tuzatishlarni talab qiladi. Bolonya jarayoni Yevropada oliy taʼlim tizimida keng qamrovli oʻzgarishlarni boshlab yubordi, bu Yevropa davlatlarining yaqinlashuvi, ularning Yevropa integratsiyasi va Yevropa Ittifoqining kengayishi jarayonida ishtirok etishiga olib keldi.
Xulosa qilib taʼkidlash joizki, Yevropaning yagona taʼlim tizimini yaratish gʻoyasi samarali va bugungi kun haqiqatlariga mos keladi, ammo ushbu tizimni amalga oshirish hali ham jiddiy takomillashtirishni talab qiladi.



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish