Fikrlash va amaliy faoliyat orqali tahsil olishda faol ishtirok etishni ragʻbatlantirish.
Bir
tomonlama
muloqot
(darslik→ oʻqituvchi→oʻquvchi)
Ikki tomonlama muloqot
Axborot olish xotirada saqlash maʼnosini tushunmagan
holda mexanik tarzda yodlash.
Tahlil qilish orqali maʼlumotni eslab qolish bilim va koʻnikmalarni namoyish etish mazmunni tushunish va hayotga bogʻlash.
Ushbu jadvalning tahlili shuni koʻrsatadiki, modulli texnologiyaga asoslangan taʼlim anʼanaviy taʼlimdan oʻqitish usullari va vositalari uni tashkil etish va natijalari bilan sezilarli farq qiladi.
Modulli oʻqitish taʼlimning quyidagi zamonaviy masalalarini har tomonlama yechish imkoniyatini yaratadi.
Modul-faoliyatlik asosida oʻqitish mazmunini optimallash va tizimlash dasturlarni oʻzgaruvchanligi, moslashuvchanligini taʼminlaydi;
Oʻqitishni individuallashtirish;
Amaliy faoliyatga oʻrgatish va kuzatiladigan xarakterlarni baholash darajasida oʻqitish samaradorligini nazorat qilish;
Kasbga qiziqtirish asosida faollashtirish mustaqillik va oʻqitish imkoniyatlarini toʻla roʻyobga chiqarish.
Modulli oʻqitish samaradorligi quyidagi omillarga bogʻliq:
taʼlim muassasasining moddiy-texnik bazasi;
malakali professor-oʻqituvchilar tarkibi darajasi;
talabalar tayyorgarligi darajasiga;
kutiladigan natijalar bahosiga;
didaktik materiallarning ishlab chiqilishiga;
modullar natijasi va tahliliga.
Modulli oʻqitishda oʻquv dasturlarini toʻla qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tabaqalash orqali bosqichma-bosqich oʻqitish imkoniyati yaratiladi. Yaʼni oʻqitishni individuallashtirish mumkin boʻladi. Modulli oʻqitishga oʻtishda quyidagi maqsadlar koʻzlanadi:
oʻqitishning uzluksizligini taʼminlash;
oʻqitishni individuallashtirish;
oʻquv materialini mustaqil oʻzlashtirish uchun yetarli sharoit
yaratish;
oʻqitishni jadallashtirish;
fanni samarali oʻzlashtirishga erishish. Modulli oʻqitish fanning asosiy masalalari boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlar beruvchi muammoli va yoʻriqli maʼruzalar oʻqilishini taqozo etadi. Maʼruzalar talabalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilmogʻi lozim.
Modul amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari maʼruzalar bilan birga tuzilishi, ular maʼruzalar mazmunini oʻrganiladigan yangi material bilan toʻldirilishi kerak.
Modulni oʻqitishning samaradorligini oshirishga erishish uchun oʻqitishning quyidagi usullarini qoʻllash mumkin:
muammoli muloqotlar;
evristik suhbatlar;
oʻquv oʻyinlar;
loyihalash va yoʻnaltiruvchi matnlar va hokazo.
Oʻqitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari aniqlanadi:
-fanlar va fanlar ichidagi modullar orasidagi oʻqitish uzluksizligini taʼminlanishi;
-har bir modul ichida va ular orasida oʻquv jarayonini barcha turlarining metodik jihatdan asoslangan muvofiqligini oʻrnatilishi;
-fanning modulli tuzilish tarkibining moslanuvchanligi;
-talabalar oʻzlashtirishi muntazam va samarali nazorat (har qaysi moduldan soʻng) qilinishi;
-talabalarning zudlik bilan qobiliyatiga koʻra tabaqalanishi (dastlabki modullardan soʻng oʻqituvchi ayrim talabalarga fanni individuallashtirishni tavsiya etishi mumkin);
-axborotni “siqib” berish natijasida oʻqitishni jadallashtirish auditoriya soatlaridan samarali foydalanish va oʻquv vaqti tarkibini maʼruza va amaliy (tajribaviy) mashgʻulotlar individual va mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlarni – optimallashtirish.
Buning natijasida talaba yetarli bilimlarga va koʻnikmaga ega boʻladi. Modulli metodika asosida oʻqitishda faoliyatlik, tizimli kvantlash, qiziqtirish, modullilik, muammolilik, kognitiv vizualilik, xatoliklarga tayanish tamoyillariga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
1.Faoliyatlilik tamoyili: Bu tamoyil mutaxassisning kasbiy faoliyati mazmuniga muvofiq shakllanishini anglatadi. Bu tamoyilga koʻra modullar fan boʻyicha faoliyat yondashuvi yoki tizimli faoliyat yondashuv asosida tuzilishi mumkin. Modulli oʻqitish texnologiyasiga fan boʻyicha faoliyat yondashuvida modullarni oʻquv rejasi va dasturlar tahlili natijasida tuzishni taqozo etadi. Tizimli faoliyat yondashuvida modullar bloki mutaxassisning kasbiy faoliyati tahlili asosida shakllantiriladi.
2.Tizimli kvantlash usuli — bu prinsip didaktik birliklar umumlashtirilgan nazariyalarining talablariga asoslanadi.
Modulda tizimli kvantlash tamoyili oʻquv materialining tegishli tuzilmasini tuzish yoʻli bilan erishiladi. Modul umumiy koʻrinishda quyidagi elementlardan iborat boʻlishi mumkin:
tarixiy-bu muammo teorema masala kashfiyot va tushunchalarning tarixiga qisqacha sharh berish;
muammoli-bu muammoni shakllantirish;
tizimli-bu modul tarkibi tizimini namoyon etish;
faollashtirish-bu yangi oʻquv materialini oʻzlashtirish uchun zarur boʻlgan tayanch iboralar va harakat usullarini ajratib koʻrsatish;
nazariy — bu asosiy oʻquv materiali boʻlib, unda — didaktik maqsadlar, muammoni ifodalash, gipotezani asoslash, muammoni yechish yoʻllari ochib koʻrsatiladi;
tajribaviy-bu tajribaviy materialni (oʻquv tajribasi tajribaviy ishni) bayon etish;
umumlashtirish-bu muammo yyechimini va modul mazmunini umumlashtirish;
joriy etish-bu harakatlarning yangi usullarini ishlab chiqish va oʻrganilgan materialni amaliyotda qoʻllash;
xatoliklar–talabalarning modul mazmunini oʻrganishdagi oʻzlashtirishda kuzatiladigan xatoliklarini ochib tashlash, ularning sababini aniqlash va tuzatish yoʻllarini koʻrsatish;
bogʻliqlik — oʻtilgan modulni boshqa modullar bilan, shu jumladan yondosh fanlar bilan bogʻliqligini namoyon etish;
test va topshiriqlar yordamida baholash — modul mazmunini talabalar tomonidan oʻzlashtirish darajasini nazorat qilish va baholash.
Oʻquv materialining oʻzlashtirilishiga mashgʻulotlar paytida modulning amaliy ahamiyati qay darajada ochib koʻrsatilganligi modul mazmunining boshqa modullar bilan bogʻliqligi shu modulni oʻrganishdagi talabalarning bir xil xatoliklari tahlili muhim ahamiyatga ega.
3. Qiziqtirish tamoyili - bu tamoyilning mohiyati taʼlim oluvchining bilim olish faoliyatini ragʻbatlantirishdan iborat boʻladi. Modulning oʻquv materialiga qiziqishni uygʻotish, bilim olishga ragʻbatlantirish, mashgʻulotlar paytida faol ishtirok etish, ijodiy fikrlashga daʼvat etish modulning tarixiy va muammoli elementlarining vazifalari hisoblanadi.
4. Modullilik tamoyili- bu tamoyil oʻqitishni individuallashtirishning asosi boʻlib xizmat qiladi.
B irinchidan modulning dinamik tuzilmasi fan mazmunini uch xil, yaʼni toʻla qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan koʻrinishda namoyon etish imkoniyatini beradi. Oʻqitishning u yoki bu turini tanlash talabaning oʻziga havola qilinadi.
Ikkinchidan modul mazmunini oʻzlashtirishda oʻqitish usuli va shakllarning turliligida ham modulilik namoyon boʻladi. Bu esa oʻqitishning faollashtirishga shakl va usullar (dialog, mustaqil oʻqish,oʻquv, innavatsion oʻyinlar va hokazo) hamda muammoli maʼruzalar seminarlar maslahatlar boʻlishi mumkin.
Uchinchidan modulilik yangi materialni pogʻonasimon oʻzlashtirishda taʼminlanadi, yaʼni har bir fan va har bir modulda oʻqitish oddiydan murakkabga qarab yoʻnalgan boʻladi.
Toʻrtinchidan modulga kiruvchi oʻquv elementlarining moslanuvchanligi tufayli oʻquv materialini muntazam ravishda yangilab turish imkoniyati tugʻiladi.
5. Muammolilik tamoyili - muammoli vaziyatlar va mashgʻulotlarni amaliy yoʻnaltirilganligi oʻquv materialining oʻzlashtirilish samaradorligini oshishiga imkon beradi.
Mashgʻulotlar paytida gipoteza qoʻyiladi, uning asoslanganligi koʻrsatiladi va muammoning yyechimi beriladi. Koʻpchilik hollarda bizning oʻqituvchilar darslarda faqatgina dalillar keltiradilar. Masalan AQSHda oʻqituvchi masalani oʻrganish uslubini, oʻzi qoʻygan muammoning yechim yoʻllarini, tajriba xususiyatini, uning natijalarini koʻrsatadi va tushuntiradi. Yaʼni u tadqiqotchi yoki maslahatchi sifatida namoyon boʻladi.
Birinchi navbatda ayniqsa ana shu narsa talabani qiziqtirib qoʻyadi unda ijodiy fikrlash va faollikni tugʻdiradi.
6.Kognitiv vizuallik(koʻz bilan kuzatiladigan)tamoyili – bu tamoyil psixologik-pedagogik qonuniyatlardan kelib chiqadi. Oʻqitishdagi koʻrgazmalar nafaqat soʻroq vazifasini, shu bilan birga kognitiv vazifani bajargan taqdirdagina oʻzlashtirish unumdorligini oshiradi. Aynan shuning uchun kognitiv grafika-sunʼiy intellekt nazariyasining yangi muammoli sohasi boʻlib, murakkab obyektlar kompyuter suratchalari koʻrinishida tasvirlanadi.
Modulning tarkibiy tuzilmasi boʻlib rangli bajarilgan kognitiv-grafik oʻquv elementlari xizmat qiladi. Shuning uchun rasmlar modulning asosiy bosh elementi hisoblanadi. Bu esa:
Birinchidan, talabaning koʻrish va fazoviy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi;
Ikkinchidan, oʻquv materiali mazmunini oʻzida zich joylashtirib ravshan koʻrsatuvchi rasm talabada tizimli bilim shakllanishiga yordam beradi.
Uchinchidan, rangli suratlar oʻquv materialini qabul qilish va eslash samarasini oshiradi hamda talabalarni estetik tarbiyalash vositasi boʻlib xizmat qiladi.
Koʻrgazmali maʼlumot ogʻzaki maʼlumotdan koʻra ahamiyatliroq va unumliroqdir. Koʻrish mexanizmining maʼlumotni oʻtkazish qobiliyati eshitishnikidan koʻra ancha yuqoridir. Bu esa oʻz navbatida, koʻrish tizimiga inson qabul qilinadigan maʼlumotning qariyb 90 foizini yetkazish imkoniyatini beradi. Undan tashqari koʻrgazmali maʼlumot bir vaqtning oʻzida beriladi. Shuning uchun maʼlumotni qabul qilish va eslashga ogʻzaki maʼlumotdan koʻra kam vaqt talab etiladi. Koʻrgazmali maʼlumot ishlatilganda taassurot hosil boʻlishi ogʻzaki bayondan koʻra oʻrtacha 5-6 marotaba tezroq kechadi.
Insonning koʻrgazmali maʼlumotga ishonchi, ogʻzaki maʼlumotdan koʻra yuqori boʻladi. Shuning uchun “yuz bor eshitgandan koʻra, bir bor koʻrmoq afzalroqdir” deb bejiz aytilmagan.
Shu bilan birga koʻrgazmali maʼlumotda qabul qilish va eslash unumi uni koʻrsatilishi orasidagi muddatni uzoqligiga bogʻliq boʻlmaydi. Ogʻzaki maʼlumotning oʻzlashtirilishi esa, bunga bogʻliq boʻladi. Oʻrni kelib yana bir muhim tafsilotni qayd etish lozim: simvoli-koʻrgazmali maʼlumotni qabul etish oʻqitish samarasini oshiradi yaʼni oʻquv-ilmiy adabiyotdan va kompyuter texnikasi vositasida olinadigan maʼlumotni koʻpaytirish uchun shart-sharoit yaratish zarur. Bu esa oʻqitishni individuallashtirish zarurligini koʻrsatadi.
7.Xatoliklarga tayanish tamoyili – bu tamoyil oʻqitish jarayonida doimiy ravishda xatoliklarni izlash uchun vaziyatlar yaratilishiga talabalarning ruhiy faoliyati funksional tizimi tarkibida oldindan payqash tuzilmasini shakllantirishga qaratilgan didaktik materiallar va vositalarni ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan boʻladi.
Bu tamoyilning amalga oshirilishi talabada tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlanishiga yordam beradi.
8.Oʻquv vaqtini tejash tamoyili - bu tamoyil talabalarda individual va mustaqil ishlash uchun oʻquv vaqtining zaxirasini yaratishga yoʻnaltirilgan boʻladi. Toʻgʻri tashkil qilingan modulli oʻqitish oʻqish vaqtini 30% va undan ortiq tejash imkoniyatini beradi5.
Bunga esa modulli oʻqitishning barcha tamoyillari toʻla amalga oshirilganda, oʻquv jarayoni kompyuterlashtirilganda yondosh fanlarning oʻquv dasturlari muvofiqlashtirilganda erishish mumkin.
Oʻtkazilgan nazariy va amaliy izlanishlar natijasida modulli oʻqitish – talabalarning bilim imkoniyatlarini ijodiy qobiliyatlarini va amaliy koʻnikmalarini oʻrganish darajalarini rivojlantirishda ijobiy samara berishi aniqlandi. Modulli metodika asosida oʻqitishda fan tarkibidagi modullar orasidagi uzviylikni taʼminlashga oʻqitishni jadallashtirishga talabalarning oʻzlashtirishini muntazam nazorat qilishga va baholashga qiziqtirish asosida amaliy faoliyatga oʻrgatishga hamda oʻquv materialini bosqichma-bosqich oʻqitish orqali fanni samarali oʻzlashtirishga erishiladi.
Modul oʻz ichiga 2-3 maʼruza va shu maʼruzalar bilan bogʻliq amaliy darslar va laboratoriya ishlarini qamrab olishi mumkin. Har qaysi modul boʻyicha quyidagi materiallar tayyorlanadi:
oʻquvchilar bilimini nazorat qilish uchun testlar;
individual ishlar uchun topshiriqlar;
mustaqil ishlar uchun topshiriqlar;
oʻquv-uslubiy tarqatma materiallar;
oʻquv-ilmiy adabiyotlar roʻyxati;
ishchi oʻquv dastur.
Har bir modul test-sinovlari bilan tugallanishi lozim: joriy modul uchun bu oʻtilgan materialni nazorati boʻlsa, keyingi modul uchun esa bu kirish (boshlangʻich) nazorati boʻladi. Har qaysi modul uchun tarqatma va tasvirli materiallar toʻplami tuziladi va ular oʻquvchiga mashgʻulotdan oldin beriladi. Modul, tavsiya qilinadigan koʻrgazma materiallar va adabiyotlar toʻplami bilan taʼminlanadi, har bir materiallarni oʻzlashtira borib, bir moduldan ikkinchi modulga oʻtadi. Iqtidorli oʻquvchilar boshqalarga bogʻliq boʻlmasdan test sinovlaridan oʻtishlari mumkin. Pedagogning vazifasi axborotchi-nazoratchidan boshlab, maslahatchi-muvofiqlashtiruvchigacha oʻzgarishi mumkin. Oxirgisi, yaʼni pedagogning maslahatchi-muvofiqlashtiruvchi vazifasi, oʻqitish oʻrgatuvchi modullar asosida amalga oshirilganida, namoyon boʻladi.
Oʻrgatuvchi modul — oʻqitishning muayyan modul birligi boʻyicha mazmuni, oʻquvchining oʻquv harakatlarini boshqarish tizimi, muayyan mazmun boʻyicha bilimlar nazorati tizimi va uslubiy ishlanmalar mazmunidan iboratdir.
Oʻrgatuvchi modullarni ishlab chiqish juda murakkab jarayondir, u koʻp vaqt sarfini va juda koʻp sonli uslubiy tajribalarni umumlashtirishni talab etadi. Ammo ularni amaliyotda qoʻllash, oʻqitishni juda yuqori samaradorligini taʼminlaydi.
Modulli oʻqitish, fanning asosiy masalalari boʻyicha umumlashtirilgan axborotlar beruvchi muammoli va yoʻriqli maʼruzalar oʻqilishini taqozo etadi. Maʼruzalar oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilmogʻi lozim. Modulning amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari maʼruzalar bilan birga tuziladi, ular maʼruzalar mazmunini oʻrganiladigan yangi material bilan toʻldiradi. Oʻquvchilar amaliy koʻnikmalarga ega boʻladilar.
Maʼruzalar matnini tayyorlashda, strukturalash va tizimlash usullarini qoʻllab, materiallari blok-sxema, rasmlar bloki koʻrinishida taqdim etilishi maqsadga muvofiq boʻladi (4.3-rasm). Bunda materialning oʻzlashtirish samaradorligi oshadi, chunki:
modulning pirovard maqsadi tushunib yetiladi;
oʻquv materialining elementlari orasidagi bogʻlanishlar va oʻtishlar yaqqol koʻrsatiladi;
asosiy jihatlari ajratib koʻrsatiladi;
oʻquv materialining (modulning) butun hajmi, oʻquvchining koʻz oldida yaqqol gavdalanadi.
Modul, tizimida oʻquv materialining mazmunini strukturalashda eng avvalo axborotni “siqish” vazifasi koʻzlanadi. Bilimlarni toʻla, foydalanish uchun qulay holda taqdim etilishiga harakat qilish lozim.
Oʻquv axboroti bir vaqtning oʻzida toʻrt xil — rasmli, sonli, simvolli va ogʻzaki koʻrinishda uzatilganida eng mustahkam oʻzlashtirishga erishiladi.
Modulli taʼlim uslubiyotida, bu holat asos boʻlib xizmat qiladi. Har qaysi modul boʻyicha rasmlar bloklarida simvolli alomatlarni (savollar qoʻyilishi tarzida) joylashtirish, savollarni rasm tarzida tasvir etish, formulalar, jadvallar, grafiklar va uslubiy koʻrsatmalarni taqdim etish, maqsadga muvofiq boʻladi (4.4-rasm, 4.1-jadval).
Umuman olganda, rasmlar bloki, blok-sxemalar va boshqa koʻrgazmali materiallar talabalar uchun tarqatma material vazifasini oʻtashi mumkin. Shu bilan birga har bir fan, jumladan, modul boʻyicha atamalarning izohli lugʻati tuzilishi maqsadga muvofiq boʻladi. Modulli oʻqitish samaradorligini oshirish maqsadida oʻqitishning quyidagi usullaridan foydalanish tavsiya etiladi: aqliy hujum, muammoli munozara, evristik (savol-javobli) suhbat, oʻquv ishbilarmonlik oʻyinlari va hokazo.