Abdulla oripov ijodiy merosi



Download 69,85 Kb.
bet4/8
Sana27.11.2022
Hajmi69,85 Kb.
#873444
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
A.Oripov

Tuxumdan chiqdi-yu keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni,
Xori xas, xazonlar ustin yobdilar.
Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha
Va mudroq tollarning achchiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha
Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni....
Anglashiladiki, she’rda faqat sho‘ro davridagina emas, balki deyarli barcha zamonlarda noyob iste’dod egalarining nochor ahvolda, xor-zorlikda yashaganliklari to‘g‘risidagi umumbashariy haqiqat ustalik bilan ifodalangan. Shunga ko‘ra ba’zi tanqidchilar tomonidan tilla baliqcha xudbinlikning ramzi sifatida talqin qilinishi yetarlicha asosga ega emasdek tuyuladi. Yetmishinchi yillarning boshlariga kelib, A.Oripovning nomi yana ham kengroq og‘izga tushadi. U o‘z she’rlaridagi ziddiyatli, biroq maqsadga intiluvchan mazmun, shunga muvofiq oddiy va ifodali shakl bilan tezlikda faqat kitobxon diliga yetib bordigina emas, balki adabiy tanqid, ustoz kasbdoshlari nazariga ham tushdi. O‘shanday fikrlardan birini mashhur Qabardin – bolqar shoiri Qaysin Quliev bildirgan edi: “A.Oripovning she’rlarida men fikrning salmoqdorligini, obrazlarning pishiq va yangiligini, ularning kitobxonni zeriktiradigan tor ma’noli qizil so‘zlikdan xoli ekanini ko‘rdim. Bu shoir so‘zning ifoda kuchini bexato sezadi, hayotni o‘z bilishicha uni o‘ziga xos yangi nazar bilan ko‘radi. O‘zbek poeziyasini yangi, katta iste’dod bilan tabriklasa bo‘ladi” (Qo‘shjonov M., Suvon Meli. Abdulla Oripov. T., “Ma’naviyat”, 2000.).
A.Oripov mumtoz she’riyatimizning boy tarixiga nazar tashlab, shakl va janrlar rang-barangligiga alohida ahamiyat berdi va samarador an’analar izidan borib, bir qancha muvaffaqiyatli asarlar yaratdi. Ularning namunasi sifatida poetik san’atlarga boy quyidagi she’rni eslash kifoya:
Yoy o‘qi kamondan qochadi yiroq,
Tog‘lardan qochadi daryo va buloq.
Buloqlar bag‘ridan qochadi yomg‘ir,
Sukunatdan qochib shamollar sang‘ir.
Shoir ruboiy janrida ham samarali qalam tebratib, o‘zining falsafiy qarashlarini siqiq misralardan yuzaga chiqarishga intiladi:
Tug‘ilsang baxt bilan kamol o‘shadir,
Tark etsang olamni zavol o‘shadir.
Oxir chog‘ tuprog‘ing ustiga kelib,
Kimdir yod aylasa, iqbol o‘shadir.
Ruboyilardagi kabi falsafiy teranlikka boyligi sababli “Ayol” nomli she’r nainki A.Oripov ijodida, balki, umuman, XX asr o‘zbek adabiyotida bu muqaddas siymo sha’niga bitilgan eng go‘zal va shukuhli asarlardan biri darajasiga ko‘tarildi. She’r ayol jasorati, irodasi, sadoqati va ma’naviy go‘zalligi kuylangan zavol bilmas qo‘shiqdek jaranglaydi. Unda urushdan qaytmagan yoriga cheksiz sadoqat ko‘rsatgan ayol yigitni kuta-kuta hayotdan tanho o‘tadi. Shu pokiza mazmunga shoir kuchli hayotiy ziddiyatlarni, qalb va vijdonda kechishi mumkin bo‘lgan talotumlarni, yengilmas irodani jo etadi:
Sevgidan yetimu, umrdan yarim,
Kurigan ko‘ksida yolgiz belanchak.
Abadiy firoqni, hayhot, do‘stlarim!
Abadiy visol deb bildi kelinchak...
Badiiy obrazlardagi milliylik va tiniqlik, tuyg‘u va ehtiroslar
samimiyligi, ohangdorlikdagi shiddat va hayajon, syujet va kompozitsiyadagi yaxlitlik “Ayol” she’riga alohida go‘zallik bag‘ishlaydi.
Shoirning muhabbat lirikasida sevgidagi cheksiz uqubatlar va ayni vaqtda farahli onlar kuylanuvchi asarlari bisyor bo‘lib, ularning cho‘qqisida “Birinchi muhabbatim” she’ri turadi:
Kecha oqshom falakda oy bo‘zarib botganda,
Zuhra yulduz miltirab, xira xanda otganda,
Ruhimda bir ma’yuslik sokinlik uyg‘otganda,
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim,
Eslab xayolga toldim,birinchi muhabbatim.

Ko‘rinadiki, “Birinchi muhabbatim” she’ri Abdulla Oripovning eng nozik insoniy his-tuyg‘ularni favqulodda ta’sirchan san’at vositalari orqali ifodalashda yuksak kamolotga erishganligidan dalolat beradi.


Abdulla Oripov she’rlarida falsafiy teranlik bilan jo‘shqin lirizm uyg‘unlashib ketgan. Uning “O‘zbekiston”, “Munojotni tinglab”, “Avlodlarga maktub”, “O‘ylarim”, “Bahor”, “Birinchi muhabbatim”, “Yuzma-yuz”, “Otello”, “Kuz”, “Saroton”, “Dengizga” va boshqa qator she’rlarida mana shu xususiyat yaqqol seziladi. Bu fusunkor va teran she’rlar o‘zbek adabiyotining mumtoz namunalari bo‘lib, yuksak badiiyligi va lirik boyligi bilan ajralib turadi. Chunonchi, “Munojot”ni tinglab she’ri kishilik hayotining yo‘ldoshi bo‘lib kelgan g‘am –anduhning kuyga singib, asrlar osha tinglovchiga shu iztirobli tuyg‘ularni yetkazayotganini badiiy idrok etishdan tug‘ilgan. She’r dardli va og‘ir kuy haqida bo‘lgani uchun misralar ham musiqa sadolaridek to‘lg‘anib, zorlanib shaklga kiradi.
Eshilib, to‘lgonib ingranadi kuy,

Download 69,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish