Abdulla oripov ijodiy merosi



Download 69,85 Kb.
bet5/8
Sana27.11.2022
Hajmi69,85 Kb.
#873444
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
A.Oripov

Asrlar gamini so‘ylar “Munojot” .
Kuyi shunday bo‘lsa, g‘amning o‘ziga,
Qanday chiday olgan ekan odamzot?
Ko‘rinadiki, A.Oripov fikrlar va ehtiroslar shoiridir. Uning
ijodiy qamrovi keng, fikri teran va mustaqil, badiiy mushohadalari kuchli, ehtirosi jo‘shqin, parvozi yuksak. U loqaydlikni bilmaydi. Ana shunga ko‘ra, shoir she’rlari jo‘shqinligi va lirik tuyg‘ularga boyligi bilan o‘quvchilarni maftun etadi.
Ijodiy yo‘lining yetuklik bosqichida Abdulla Oripov she’riyatining yuqoridagi kabi yuksak namunalarini yaratish bilan bir qatorda hayotning kengroq manzaralarini gavdalantirishga imkon beruvchi doston janri sohasida ham unumli qalam tebrata boshladi. Natijada uning “Jannatga yo‘l”, “Hakim va Ajal”, “Ranjkom” dostonlari maydonga keldi.
Abdulla Oripov sheriyatiga xususan, “Jannatga yo‘l” dostoni maydonga kelishiga ulug‘ italyan shoiri Dantening “Ilohiy komediya”sidagi falsafiya qarashlar va majoziy timsollar kuchli ta’sir ko‘rsatgan edi. Badiiy ijod haqida biror suhbat yo‘qki A.Oripov umuman Dantega, qisman uning “Ilohiy komediya”siga munosabat bildirmasa: “Agar men Dante bilan suhbatdash bo‘lib qolsam nima haqida gaplashar edim? U menga eng yaxshi zamondosh bo‘lardi. Men u bilan bugungi hayot muammolari yuzasidan – yaxshilar va yomonlar, vijdonlilar va vijdonsizlar, haqida gaplashardim. Dantedan poraxo‘rlar, o‘g‘rilar, hasadgo‘ylar, laganbardorlar va hokazolar hozir ham qo‘rqib keladilar. Ijodining shu jihatlari bilan Dante bizga zamondoshdir” (Qo‘shjonov M., Suvon Meli. Abdulla Oripov. T., “Ma’naviyat”, 2000.). A.Oripovning “Jannatga yo‘l” dramatik dostonida qiyomat va oxirat, do‘zax va jannat, savob va gunohlarni o‘lchaydigan afsonaviy tarozi singari tushunchalar hamda fantastik voqealar haqida hikoya qilinadi. Yigit, Ona, Ota, Do‘st, O‘spirin, Qariya singari hayotiy qahramonlar bilan birga dostonda Tarozibon, Farishta, Hur qiz, Yugurdak, Sado kabi ramziy obrazlar ham yaratilgan. Bular orqali shoir adolat va to‘g‘rilikka, vijdon va insofga, axloq-odob va yaxshilikka doir umuminsoniy qadriyatlarni, olijanob fazilatlarni targ‘ib-tashviq etishda diniy tushunchalardan ham, ramziy obrazlardan ham donolik bilan foydalana olgan. Shoirning dostondan ko‘zlagan maqsadi uning oxirgi misralarida juda yaxshi ifodalangan:
Bir rivoyat bahonayu,doston so‘zladim.
Turli-tuman taqdirlarni aylab mujassam.
Odamlarga ibrat bo‘lsin deya o‘yladim.
“Jannatga yo‘l” dramatik dostonining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari muallifning shu usulda asarlar bitgan jahon miqyosidagi o‘zga so‘z ustalari bilan mahorat bobida bemalol bellasha oladigan yo‘nalishda ekanini ko‘rsatdi. Bunga u, avvalo, asar shakli va mundarijasini belgilashdagi mahorati hamda o‘z poetik niyatlarini amalga oshirish uchun qo‘llagan usuli tufayli erishdi. Ayni vaqtda, muallif umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarni kuylash zamirida o‘z davri va xalqining milliy g‘oyalarini ham tarannum etish imkonlarini topa oldi. Xususan, A.Oripov o‘zidan qariyb olti asr avval yashagan mashhur italyan shoiri Dantening “Iloxiy komediya” asaridagi an’analar izidan borib, teran donishmandlik ruxi bilan sug‘orilgan g‘oyalarini qahramonlarning otashin va nihoyatda samimiy monologlari vositasida ifodalashga intildi.Ularning eng yorqin namunalaridan biri sifatida asar oxiridagi Sado monologini eslash mumkin:
Volida-yu padarlarga qulluq va rahmat!
Tashakkurlar bo‘lsin nurli inson zotiga.
Fikringizni lekin bu yon buring bir fursat,
Zehn soling gapning asl tafsilotiga:
Ikki do‘stning sadoqati, mehri, himmati
Koinotning qadridan ham turgaydir baland.
Hech ne bilan o‘lchanmaydi do‘stlik qimmati,
Qulatgay u sarhadlarni qudrati bilan.
Hikoyatdan murod shulkim, ulug‘ muhtaram,
Do‘sti sodiq nasib etsin har kimga har on.
Jannat ato qilajakman ikkingizga ham!
Jannat yo‘li mana, Sizga ochiq charog‘on.
Inson va uning hayoti haqidagi falsafiy o‘ylarga hamda ularning yangicha talqiniga boyligi sababli “Jannatga yo‘l” dostoni, umuman, mazkur asar kiritilgan “Najot qal’asi” kitobi Abdulla Oripov ijodining gumanistik mohiyati chuqurlashganligidan dalolat beruvchi katta hodisa darajasiga ko‘tarildi. Shu bilan birga mazkur kitob shoir ijodiy yo‘lining yetuklik bosqichi boshlanganligini bildiruvchi jiddiy adabiyot hodisasi sifatida maydonga kelgan va respublikaning Hamza nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan edi. Shoir o‘zi aytganidek, haqiqiy insoniylik, ilm va zakovat, mehr-muhabbat odamzotni doimo yaxshilik va ezgulikka undaydi.
Shoir yaratgan dostonlardan yana biri “Ranjkom” (1988) deb atalib, unda ham falsafiy g‘oyalar o‘ziga xos tarzda ilgari suriladi:

Download 69,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish