Abdulla oripov ijodiy merosi



Download 69,85 Kb.
bet1/8
Sana27.11.2022
Hajmi69,85 Kb.
#873444
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
A.Oripov


ABDULLA ORIPOV IJODIY MEROSI
Reja:

  1. Abdulla Oripov hayoti va ijodining o‘rganilishi.

  2. Shoir she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari.

  3. Abdulla Oripovning tarjimon va dostonnavis sifatidagi faoliyati.

  4. Shoirning istiqlol yillaridagi ijodi. “Haj daftari” turkumida diniy-ma’rifiy qarashlarning aks etishi.

O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov zamonaviy o‘zbek adabiyotida she’riyat, dostonchilik, dramaturgiya va tarjima san’ati rivojiga katta hissa qo‘shgan ko‘p qirrali iste’dod egasidir. Shoir ijodining ilk davridan boshlab o‘z uslubi va yangroq ovozi bilan she’riyatimizda yangilik yaratishga intilib, ko‘pchilikning diqqatini jalb qildi. Uning asarlari adabiyotimizning yangi bosqichiga ko‘tarilishida muhim ahamiyat kasb etdi.


Shoir ijodi yuzasidan dastlabki keng ko‘lamli tadqiqotlarni olib borgan adabiyotshunoslar orasida O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov, akademik Matyoqub Qo‘shjonov, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov, adabiyotshunos olim Suvon Meli kabi olimlarimizni alohida tilga olib o‘tish lozim. Mustaqillikning dastlabki yillarida Y.Qosimov, B.Aliev, I.To‘lakov, J.Jumaboeva, N.Afoqova, M.Rahmonova, G.Ernazarova, G.Ashurova, A.Hamdamov kabi olimlar shoir she’riyati va badiiy mahoratiga turli rakurslardan baxo berishdi.
Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan. Shoir o‘zining tarjimai holida bolaligi o‘tgan sharoitni quyidagicha xotirlaydi: “Mening tug‘ilib o‘sgan, bolaligim o‘tgan joylar Qarshi shahridan besh-o‘n chaqirim shimolroq tomondagi Qo‘ng‘irtov etaklaridir. Qo‘ng‘irtov degani u yerda dov-daraxt yo‘qligi,ko‘rinishining kulrang-qo‘ng‘ir tusda bo‘lganligidandir. Bu poyonsiz qir-adirlarda chorva ko‘p edi. Quduqlarning suvi batamom sho‘r, ichishga yaroqsiz. Lekin uni negadir mol-hol ichib yuraverardi. Ayniqsa, bahor paytlarida u yer-bu yerlarga yog‘in ko‘p tushar, Qo‘ng‘irtov etaklari ming xil o‘t-o‘lan, chuchmomoyu qizg‘aldoqlar bilan, quyonto‘pig‘i ismaloq bilan, karragu xazonisfand bilan, qo‘zigullar bilan qoplanar,atrof-tevarak jannatiy bir manzara kasb etardi. Bu yerlarga bahorda turna tushardi. Turnalar o‘t-giyoxlarni yeb, qo‘y-qo‘zilarning orasida bemalol, behadik yuraverishardi”.
Bu takrorlanmas xotirot yosh Abdullaning yuragiga o‘sha paytlardayoq ilhom urug‘ini sepib qo‘ygan bo‘lsa ajab emas.
Maktabni oltin medal bilan bitirgach, Abdulla Oripov 1958 yil Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limiga o‘qishga kiradi. Taxminan shu vaqtlarda uning birinchi she’ri matbuotda bosilib chiqqan edi. Shoir Mirpo‘lat Mirzo bilan qilgan suhbatida Abdulla Oripovning o‘zi o‘sha hodisani quyidagicha eslaydi: “She’rlarim avval tuman, viloyat, gazetalarida bosilib turgan bo‘lsa-da, birinchi marta bolalar gazetasida “Qushcha”” degan she’rim bosilib chiqqan. Undan keyin qanchadan-qancha she’rlarim, to‘plamlarim chop etildi. Biroq ilk she’rim bosilib chiqqan o‘sha kun uning quvonchi sira-sira esimdan chiqmaydi. Ehtimol, bu ham adabiyotdagi birinchi muhabbat mash’alidir (Mirpo‘lat Mirzo. Sen misli kamalak – yuksak va o‘lmas...— A.Oripov bilan suhbat. “Jahon adabiyoti”, 2011, №3, 121-bet).
O‘zbek filologiyasi fakultetidagi adabiy hayot Abdulla Oripovning badiiy ijod haqidagi tasavvurlarini tubdan o‘zgartirib yubordi va ilgarigi matbuotda bosilib chiqqan she’rlari shunchaki dastlabki izlanish hamda mashqlarning samarasi ekanligini namoyish qildi.
Bu yerda u adabiyot to‘garagiga qatnashib Ozod Sharafiddinov, Matyoqub Qo‘shjonov kabi ustozlarning mashg‘ulotlaridan bahramand bo‘ladi. Shu vaqtlarda A. Oripovning yangi she’rlari matbuotda tez-tez bosilib turadi. Bu sherlar Oybek, Mirtemir kabi ustozlar nazariga tushib, Abdulla Oripov ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga azo bo‘lib kiradi.
Yosh shoirning dastlabki turkum she’rlari o‘sha yillari “Sharq yulduzi” jurnalida ustoz tanqidchi O.Sharofiddinovning oq yo‘li bilan bosilib chiqadi. Ularda A.Oripovning ham barcha shoirlar singari shakllanish, tadrijiy o‘sib borish yo‘lini bosib o‘tayotganligi, ijodining ilk pallasida buyuk ustozlarga ergashgani, hatto ayrim she’riy matnlarga tazmin bog‘laganligi sezilib turar edi. Chunonchi, uning muhabbat lirikasida A.S.Pushkin va M.Yu.Lermontov she’riy uslubiga, pafosi hamda fikrlariga hamohanglik unsurlarini topish mumkin edi. Shoirning “Atrofimda yotar g‘arib bir viqor”, “Mening yuragimning majruh parchasi”, “Hayhot, endi barcha iltifotlaring menga tuyuladi masxara bo‘lib”, “Moviy ko‘zlaringga ko‘mgali mangu”, “Oh, qanday o‘lim bu sevgi o‘limi, unga na qabr bor va na janoza”,-kabi misralar buyuk ustozlarga tazmin sifatida yuzaga kelgan bo‘lsa ajab emas.Shoirning 1966 yilda bitilgan “Men seni kuylamoq istayman” she’ridagi “Shunday kuylasamki, yirtilib ketsa ovoz pardalarim ”,-misrasidagi “yirtilib” so‘zini o‘qib, agar bu asarni muallif keyinroq yozganda balki boshqacharoq jumla tuzgan bo‘larmidi, deb o‘ylaymiz. Albatta, bunday misralar shoir she’riyatida o‘tkinchi hodisa edi. 1963 yilda universitetni tamomlab, A.Oripov 1963-74 yillar oralig‘ida nashriyotlarda 1974-80 yillarda “Sharq yulduzi”, “Gulxan” jurnallarida ishlaydi. Undan keyin shoir O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatadi. Abdulla Oripov qisqa vaqt davomida mualliflar huquqini himoya qilish qo‘mitasiga rahbarlik qiladi. So‘nggi bir necha yil davomida shoir O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining rahbari lavozimida ishladi.
Abdulla Oripovning birinchi to‘plami 1965 yilda “Mitti yulduz” nomi bilan bosilib chiqqan edi. To‘plamdagi shoirning ba’zi she’rlarida mavhumlik alomatlari, bahsli va ziddiyatli o‘rinlar sezilar edi. Biroq ularni g‘oyaviy nuqsonlar sifatida emas, balki o‘sish qiyinchiliklari tarzida qabul qilish lozim edi. “Mitti yulduz” to‘plami shoirning haqiqiy ijod yo‘liga kirganligidan dalolat beruvchi kitob sifatida maydonga kelgan edi. Abdulla Oripov bu to‘plamga kiritilgan she’rlarida tabiat manzaralari tasviriga ko‘proq o‘rin bergan edi. Masalan, “Archa” she’rida shoir o‘zining to‘yg‘ulari yuksak cho‘qqiga ko‘tarilganligini ko‘rsatishga harakat qiladi. Toshyo‘nar usta nogahon archa ustiga harsang tushirib yuboradi. Ammo archa bukilmaydi. Yillar o‘tib, qaytib kelgan usta hayratdan qotib qoladi: archa toshni boshida ko‘targancha gurkirab o‘sib turardi...
Haqiqatdan uzoq bo‘lgan bu voqea tasviri bilan shoir nima demoqchi? Shoir shu manzara orqali hayotning, tabiatning o‘lmasligiga, go‘zallikning manguligiga ishora qiladi. Bu asarni o‘qir ekan, deyarli har bir kitobxon xayolida shoir Oybekning “ Na’matak” she’ri jonlanadi.
Abdulla Oripov asari xuddi shu she’rdan ta’sirlanish natijasida yuzaga kelgani shubhasizdir. Oybekning hassos san’atidan ta’sirlangani holda Abdulla Oripov “Archa” she’rida yangi kashfiyot yaratishga, ya’ni tabiatning boshqalar ko‘rmagan qirrasini jonlantirishga va o‘ziga xos iroda timsolini yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Shunga qaramay, M.Qo‘shjonov va Suvon Meli aniqlashicha, shoirning birinchi she’rlarida qandaydir fikr aytish istagi ham, uni aytishga yo‘l topolmay qiylangani ham sezilib turadi. Masalan, ilk she’rlarida shoir qandaydir yor xayolida yonadi, kapalak bilan birla yurib zavq atrlarin yig‘adi, shamolning shuvillashi qaldiroqlar larzasini eshitib, do‘stning “bahor keldi” degan xabaridan ogoh bo‘ladi.
Bu tasvirlar ba’zi shoirlarda uchrab turadigan yor hajridagi “dod-voylar”dan afzal, albatta, biroq biroq bular fikrdan ko‘ra holat tasviri sifatida ko‘zga tashlanadi.
Xullas, shunday bo‘ldiki, Abdulla Oripovning ijod jilg‘asi izlanishlardan izlanishlarga o‘tib to‘lib toshdi, kamolot sari intildi.
Abdulla Oripovning to‘plamlari ichida eng mukammali “Yuzma-yuz” kitobini varaqlasangiz uning hayot haqidagi o‘ylari teranlashgani “Kuz xayollari” (1962) nomli she’ridan boshlanganligini payqaysiz (Qo‘shjonov M., Suvon Meli. Abdulla Oripov. T., “Ma’naviyat”, 2000.):

Download 69,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish