33
Molekulyar fizika
ISSIQLIK JARAYONLARINING QAYTMASLIGI
Jarayonlarning qaytmasligi xaqida
Termodinamikaning birinchi qonuni energiyaning saqlanish va aylanish
qonunlarini issiqlik jarayonlarining malum sharoitlariga qo’llanishidan iborat
ekanligi aytib o’tildi. Termodinamikaning birinchi bosh qonuni barcha
xodisalarda aniq kuzatiladi.
Biroq termodinamikaning birinchi bosh qonuni termodinamik jarayonlarni
qanday yo’nalishda borayotganligiga nisbatan xech qanday ko’rsatma bera
olmaydi.
Bir necha misol qarab chiqaylik. Faraz qilaylik, izolyasiyalangan sistema
turli temperaturali ikki jismdan iborat bo’lsin. Termodinamikaning birinchi
bosh qonuniga binoan issiqlik almashish jarayonida bitta jism Q issiqlik
miqdori oladi, ikkinchi jism esa xuddi shunday Q issiqlik miqdorini
tashqariga beradi. Issiqlik qanday yo’nalishda uzatiladi? Bu savolga
termodinamikaning birinchi qonuni asosida javob berish mumkin emas.
Bundan tashqari, termodinamikaning birinchi qonuni issiqlik kamroq isigan
jismdan ko’proq isigan jismga ixtiyoriy ravishda o’tadigan jarayon uchun zid
bo’lmagan bo’lar edi.
Yana bitta misol qarab chiqamiz. Tosh yerga tushayotganda uning ilgarilan
ma xarakatining butun kinetik energiyasi energiyaning saqlanish qonuniga
mos ravishda toshning ichki energiyasiga va uning atrofidagi jismlar ichki
energiyasiga aylanadi. Biroq, termodinamikaning birinchi qonuniga teskari
jarayon xam zid bo’lmas edi, bunda Yerda yotgan toshga atrofdagi narsalar-
dan biror issiqlik miqdori uzatilgan va natijada tosh o’z - o’zidan sakrab
ketishi xam mumkin bo’lar edi. Biroq xech kim xech qachon sakrayotgan
toshlarni kuzatmagan.
Bu va bunga o’xshash boshqa misollar termodinamikaning birinchi qonuni
energiyaning bir turdan boshqa turga aylanishi yo’nalishiga va issiqlikni bir
jismda boshqasiga o’tish (uzatilish) yo’nalishiga xech qanday chegara qo’y-
masligidan dalolat beradi. Shu bilan birga tajriba energiyaning xar xil turlari
teng qiymatli emasligini va ular imkoniyatlari bo’yicha boshqa ko’rinishlarga
aylanishini ko’rsatadi. Masalan, istalgan jismning mexanik energiyasini to’lali
gicha uning boshlang’ich temperaturasiga bog’liq bo’lmagan xolda ichki ener-
giyasiga aylantirish mumkin. Xaqiqatdan xam, istalgan jismni ishqalanish
bilan isitish mumkin: bunda uning ichki energiyasi ishga teng kattalikka orta-
di. Xuddi shuningdek, elektr to’ki rezistr orqali o’tganda, ichki energiyaga ay-
lanishi mumkin. Shunday qilib, ichki energiya teskarisiga aylanishi uchun
boshqa ko’rinishlarda malum chegara mavjud, bu quyidagidan iborat: ichki
0>0>0>
Do'stlaringiz bilan baham: