2.3. Arabcha o`zlashma so`zlarning variantliligi
Arabcha
o`zlashma
so`zlarning
variaitlaridan
biri
ma`lum
bir
ma`nosida
hozirgi
adabiy
tilda
qoldi,
adabiy
tilga
xos
so`z
(norma)
sifatida
qabul
qilindp.
Misollar:
Uy
idorasi
to`garagini
taxassusi
bor
kishi
idora
qilur.
Hol
shunday
ketabersa....
Maktabni
yozgi
ahvolga
ko`chirish
to`g`risida.... Ishlab chiqaraturg`on sanoatka erdan chiqarilib ishlanaturg`on
narsalardan boshqa qishloq hosiloti, masalan: paxta, zig`ir, ipak... . yozgi maktab
shug`ullarining ko`prak maktabdan tashqari ishlanishlari tegishdir. So`zning
yolg`iz o`zini tekshirish va uning jumla ichidagi funktsiyasini e`tiborga olmaslik
furmal sxulastik-do`gmatik til bilimiga maxsusdir (MQ). Fanniy sayohatdan hosil
bo`lg`on ta`sirlarni jam qilg`onda... («Bil. uch.»).
Arabcha o`zlashma so`zlarning variantlaridan ayrimlari o`zbek tili
leksikasining normalashuvi jarayonida butunlay iste`moldan chiqib ketgan bo`lsa,
ba`zilari ma`lum ma`nosi bilan adabiy tilda qolgan (hozir ham qo`llanadi).
Masalan, ahvol, hol, maxsus, ta`sir so`zlari keltirilgan matnlardagi ma`nosida
qo`llanmaydi. Lekin boshqa ma`nosi bilan adabiy tilda qo`llanadi. Taxassus,
shug`ul so`zlari esa butunlay iste`moldan chiqqan.
Hozirgi o`zbek adabiy tilining shakllanish davrida leksik normalanish
jarayonida yuz bergan hodisalarning asosiy ko`rinishlari ana shulardan iborat.
Normalanish jarayoni, yuqorida aytib o`tilgandeq rivojlanayotgan tilning
hamma etaplari uchun xarakterlidir. Bunday jarayonni o`zbek tili leksikasiga oid
hozirgi materiallarda ham kuzatish mumkin. Lekin hozirgi vaqtda o`zbek tili
leksikasida (normalanishga oid) yuqorida ko`rib o`tilgan hodisalarning ko`pi yo`q.
Hozir, asosan, ma`nodosh, vazifadosh so`zlarning parallel qo`llanish hollari bor va
bunday hodisa kelgusida ham davom etaveradi, ya`ni parallel qo`llanuvchi so`zlar
paydo bo`lishi doimiy holat hisoblanadi. Misollar: Shu yil 26- fevralda X. Olimjon
nomidagi Adabiyotchilar uyida respublika Yozuvchilar soyuzi tanqid va
adabiyotshunoslik kengashining yillik hisobot yigilishi bo`lib o`tdi («O`zb. ad. va
san.»). Badiiy sovetning yig`ilishi janjalga aylanib ketishiga bir bahya qoldi
(«Yoshlik»). Keling, u yog`ini aytmay qo`ya qolay, bir chekkasi, mavzuga aloqasi
yo`q (T. Po`lat, «Ichkuyov»). Klub mudiri bugungi lektsiya temasini, lektoriing
nomini juda kerilib pisanda qilib e`lon qildi (A. Qahhor). Muharrirning g`oyat
mutaassib progressiv yoshlarning va ziyolilarning eng zo`r dushmani ekanligini
ham yaxshi bilardi (Oybek «Nur nidirib»), ...ishiga sodiq bo`lgan ishchilar,
dehqonlar va intelligentlar qabul qilinadi.
Soat o`n birda hammalari bosh muharrir xonasi tomon yo`l oldilar (F.
Musajonov, «Himmat»). Binokorlikda sharqona uslub ko`plab binolar ko`rkiga
ko`rk qo`shdi («Sov. O`zb.»). O`rta Osiyoda topilgan budda haykalla-rining tasviri
gandahar san`ati stilidadir (G`.G`ulom, «Tarixiy do`stlik»). Qaysi biri haqida
doston yozay, qaysi biri haqida qissa (M.Jo`ra. «Quyoshdin nur emganlar»).
Mazmuni bir-biriga juda o`xshash bo`lgan roman-lar, povestlar ham bor («Q.
O`zb.»).
Hozirgi o`zbek adabiy tilida so`zning fonetik variantlarda parallel qo`llanishi
deyarli yo`q darajada. Bunday qo`llanish rus tilidan o`zlashgan ayrim
so`zlardagina uchraydi. Masalan, O`ktam Usmonning «Sovet O`zbekistoni»
gazetasi 1988- yil 18- mart sonida bosilgan «Qiyofasiz illat» maqolasidan olingan
quyidagi misollarga e`tibor bering: Anonimkaga xuddi xazinaday topinib, uni
seyfdan olib, seyfga solib, asrab-avaylashardi. Bu ham o`sha anonimning ishi.
Odilovdek gazandalarni ham... «Odilov» qilgan... yo`llarning biri - uning
anonimkavozligi bo`lgan. Anonimvozlik — faqat xufya xat yozishning o`zi emas.
O`zbek tilining hozirgi va bundan buyongi rivojlanishida yangi
parallelizmlarning (parallel qo`llanuvchi so`zlarning) paydo bo`lishi narsa-hodisa,
tushunchaning mohiyatini aniq konkret ifodalash talabi bilan sodir bo`ladi. Bir fakt
keltiraylik. Hozirgacha ruscha-o`zbekcha va o`zbekcha-ruscha lug`atlarda
zakonomerniy so`zi qonuniy, konuniy so`zi zakonomerniy//zakonomerno deb
berilib kelyapti. Umuman tarjima ishlarida ham bu so`zlar shu tarzda ifodalab
kelinyapti va bunga hech qanday e`tiroz bo`lgani yo`q. Lekin shu narsa ham
ma`lumki, zakonomernost so`zining o`zbekchasi konuniyat. Demak, aslini olganda,
ruscha zakonomerniy so`zining o`zbekchasi ham qonuniyat so`zidan yasalishi
kerak bo`ladi, ana shunday yasama so`z hodisaniig (tushunchaning) mohiyatini
aniq to`g`ri ifodalay oladi. Shu narsaga e`tibor berish natijasida, kalkalash yo`li
bilan keyingi vaqtda o`zbek tilida, qonuniy so`zi bilan parallel qo`llanadigan, o`z
o`rnida tushunchaning mohiyatini qonuniy so`ziga nisbatan aniq to`g`ri
ifodalaydigan qonuniyatli so`zi hosil qilindi: I vpolne zakonomerno, voprosi
kadrovoy politiki spetsialno vnosyatsya na rassmotrenie ocherednogo Plenuma
(«Izvestiya»)
Markaziy Komiteti navbatlagi Plenumining muhokamasiga maxsus qo`yilishi
mutlaqo noqonuniyatlidir («Sov. O`zb.»).
Xullas, til taraqqiyotida normalanish jarayonining bo`lishi konuniy hol. Bu
jarayon bir ma`no va vazifaga ega bo`lgan birliklarning, aynan bir til birligi turli
variantlarining parallel qo`llanishi bilan kechadi. Bunday parallel qo`llanish
jarayoni parallel qo`llanuvchilardan birining yangi ma`no, vazifa kashf etishi,
yangi til birliklarining paydo bo`lishi, parallel qo`llanuvchilardan birining nutqning
ma`lum bir uslubiga xoslanish yoki butunlay iste`moldan chiqib ketishi bilan
yakunlanadi.
Xulosalar
XX asrda ijtimoiy-siysiy, ma`daniy-ma`rifiy rivojlanish hayotning barcha
sohalarida yuz bergan o`zgarishlar bilan bog`liq holda o`zbek adabiy tili lug`at
tarkibidaa jiddiy o`zgarishlar yuz berdi, ijtimoiy hayotdagi yuz bergan tez sur`atlar
bilan rivojlanish o`zbek tili leksikasining tez va jiddiy o`zgarishlar bilan, ham
miqdor, ham sifat jihatdan rivojlanishiga olib keldi.
Inqilobdan keyingi o`zbek adabiy tilining lug`at tarkibi ikki asosiy jihatdan
boyib, rivojlanib kelyapti: 1) leksik jihatdan, 2) semantik jihatdan. Leksik
rivojlanish ikki manba asosida bo`lyapti: I) ichki manba, 2) tashqi manba.
Ichki manba asosida rivojlanish o`zbek tilida bor bo`lgan so`z yasash yo`l,
usullari bilan so`z hosil qilish, avval shu tilda bo`lgan, iste`moldan chiqqan
so`zlarni yana ishga solish (iste`molga kiritish va dialekt, shevalar-dan iborat tilga
so`z olish yo`li) bilan bo`ldi va bu jarayon davom etyapti.
O`zbek adabiy tili leksikasining XX asrdagi rivojida tashqi manba sifatida
asosan rus tili xizmat qilyapti. Bu tildan o`zlashgan so`zlarning miqdori hozirgi
o`zbek adabiy tilida ming-minglabdir. Rus tilidan so`z o`zlashtirish til tabiatidan
kelib chiqadigan talablar, qonuniyatlar asosida yuz beryaiti.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, so`z o`zlashtirish jarayoni rus tilidan
o`zlashgan so`zlarning miqdori bilan emas, shuningdek, o`zbek tilida rus tilidan
so`z o`zlashtirishning yangi modellari paydo bo`lishi bilan ham xarakterlanadi. Bu
hodisani o`zbek tilining butun rivojlanish tarixida yuz bergan yangilik deyish
mumkin. O`tgan asrda o`zbek adabiy tili leksikasining boyishi lug`aviy
birliklarning
ma`no
jihatdan
boyishi
da
ham
ko`rinadn.
Bu
jarayonda
semantik
kalkalash
yo`li
bilan
ma`no
hosil
qilinishi
asosiy
rol
o`ynayapti
va
bunda
ham
rus
tili
asosiy
manba
bo`lib
xizmat
qilyapti.
ya`ni
rus
tilidagi
so`zlarga
oid
ma`nolarni
semantik
kalkalash bilan o`zlashtirish asosida semantik taraqqiyot davom etyapti. Bu omil
ham tillarning o`zaro aloqasida yuz bermoqda. Semantik taraqqiyot tilning
ixchamlikka intilishi. birinchi navbatda tilda bor bo`lgan imkoniyatlarni ishga
solish tabiatidan kelib chiqadigan hodisadir.
XX
asrning
dastlabki
etanlaridanoq
o`zbek
adabiy
tili
lug`at
tarkibida
normalanish
jarayoni
sezilarli
tarzda
yuz
bera
boshladi
va
bu
jarayon
hozir ham davom etmoqda.
Normalanish jarayoni adabiy tilning shakllanish davrida ma`nodosh
so`zlarning, so`z variantlarining parallel qo`llana borishi, so`ngra ulardan birining
iste`moldan chiqishi yoki ma`no jihatdan differeptsiatsiyaga uchrashi kabi
hodisalar bilai yakunlanadi.
Hozirgi vaqtda leksik normalanish jarayoni, asosan, ma`nodosh, vazifadosh
so`zlarning parallel qo`llanishi, ulardan birining boshqa ma`no kasb etishi yoki
nutqning ma`um bir turiga maxsuslashishi kabilar bilan harakterlanadi. ,
Hozirgi o`zbek adabiy tili leksikasi taraqqiyotining barcha ko`rinishlarida rus
tilining samaraln ta`siri bor deyish mumkin.
O`zbek tili leksikasining XX asrdagi taraqqiyoti ham yangiliklarning paydo
bo`lishi va bor bo`lgan ayrim birliklarning yo`q bo`lishi bilan xarakterlanadi.
Lekin bu jarayondagi asosiy fakt yangilarning paydo bo`lishidir.
Adabiyotlar
1. I.Karimov. 2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko`taradigan
yil bo`ladi. –T.: 2012.
2. Abdullayev F. Til qanday rivojlanadi? –Toshkent, 1972.
3. Sovet davri o`zbek adabiy tilining taraqqiyoti. III. –Toshkent, 1991.
4. Tojiyev Y. O`zbek tilida affiksal sinonimiya. –Toshkent, 1981.
5. Gulyamova N.G. Russkie leksicheskie zaimstvovaniya v uzbekskom yazike. –
Tashkent, 1985.
6. Mirtojiyev M. Щzbek tilida polisemiya. –Toshkent, 1975.
7. Muhammadjdonova G. O`zbek tili taraqqiyotining ba`zi masalalari. –
Toshkent, 1982.
8. Begmatov E. Hozirgi o`zbek adabiy tilining leksik qatlamlari. –Toshkent,
1985.
Do'stlaringiz bilan baham: |