1.4. Tarixiy so`zlarni ishga solish yo`li bilan leksikaning
boyishi
Leksikaning tilda avvaldan bo`lgan tarixiy va eskirgan so`zlar hisobiga,
shunday so`zlarni ishga solish, amalga kiritish yo`li bilan boyishi ko`pchilik
tillar uchun xarakterli hodisa. Buni XX asr adabiy tili lekcikasiga oid
materiallarda ham
kuzatish mumkin. Quyidagi misollarda qo`llagan jabha, band,
joriy so`zlari bunga misol bo`la oladi: Maorif jabhasida bo`lg`on keng yuksalish
talablariga etarlik emasdir («Maor. va o`qit.»). Masalan, Unda nonushtadan
keyin plyajga tushib cho`milish degan band bor (Turg`un Po`lat,
«Ichkuyov»).
Bunday
qarorlar
bo`lmasa,
biz
ayni
bir
paytda
joriy
masalalar
bilan
shug`ullanib,
istiqbolni
ko`zlab
harakat
qila
olmas edik.
O`zbek adabiy tili leksikasining rivoji, umuman XX asr boshlari davridagi
holati haqida gap borganda, milliy adabiy tilning shakllanish davri bilan undan
keyingi rivojlanish, takomillashish davrini alohida olib qarash kerak bo`ladi.
Chunki boshqa sohalarda bo`lgani kabi leksika sohasidagi o`zgarishlar ana shu
ikki davrda ayniqsa, o`ziga xosliklari bilan ko`zga tashlanadi.
O`zbek milliy adabiy tilining shakllanish bosqichida, ayniqsa, o`zbek
tilshunoslari va tilshunoslik fani deyarli yo`q bo`lgan vaqtlarda hayotda paydo
bo`layotgan yangi-yangi narsa-hodisalarni, ularga oid tushunchalarni to`g`ri va
aniq ifodalaydigan so`zlarni topish, yo`q bo`lsa, yaratish oson ish emas edi,
albatta. Bunday tashqari, o`zbek tilining bundan keyingi taraqqiyotida uning
boshqa tillar bilan munosabati qanday bo`lishi masalasida qarama-qarshi nuqtai
nazarlar, oqimlar bor ediki, bunday qarama-qarshiliklar, o`zaro zid nuqtai nazarlar
ham asosan o`zbek tilining leksikasi, xususan, terminologiyasi sohasiga oid edi.
Bular, ayniqsa, leksika, terminologiya taraqqiyotida o`zbek tilining boshqa
tillarga munosabati masalasida ko`zga yakqol tashlanadi.
Panturkistik oqim tarafdorlarining o`zbek tiliga baynalminal so`z va
terminlarni kiritishga tamomila qarshi bo`lgani, yangi paydo bo`lgan tushun-
chalarni ifodalash uchun o`z tildagi so`zlardan foydaanish, o`z til materiallaridan
yangi so`z yasash, eskirgan so`zlarni ishga solish, buning imkoni bo`llmaganida,
boshqa turkiy tillardan so`z olish, buning ham imkoni bo`lmaganida, arabcha va
forscha so`zlardan foydalannsh haqidagi fikrlari adabiyotlardan ma`lum. Qay
darajada bo`lmasin, til masalalarida ana shu oqimning ta`siri bo`lgan vaqtlarda
yozma nutqda (yozma manbalarda) sun`iy ravishda narsa-hodisa (tushuncha)ning
mohiyatini to`g`ri, aniq ifodalamaydigan, omma uchun tushunarsiz bo`lgan eski,
arabcha, forscha so`zlar ko`p qo`llanadi:... lekin amalda biz tanosibini
ko`rmaymiz («Q. O`zb.»). Ul inqilobdin keyin dohiliya komissariga o`rinbosar
tayinlangan... (A. Qodiriy, «Tarjimai hol»). Voqeadan darak olgan qidirish
shu`basi ham istiqbolga chiqmoqchi bo`ldi (G`.G`ulom, «Afsona»). Shuning
uchun bizning to`quchimiz sanoatimiz xomashyo buxroni oldida turadir
(Byulleten)
Dehqonlar kustohlik bilan arz qilinsa... («Q.O`zb.» Masalan, o`zbek balolari
ovrupolilarnikiga qaraganda tezroq bolig` bo`lg`onlarini do`xturlar biladirlar
(«Maor.
va
o`qit.»).
Sensiz
topa
olmas
bu
ochun
o`ziga yuksak — ey toza malak (G`ayratiy)
Ayniqsa, bu hodisa terminologiya sohasida juda kuchli edi. Masalan,
tilshunoslikka oid terminlardan fonetika o`rnida savtiyot, morfologiya o`rnida
sarf, sintaksis o`rnida nahv so`zlari qo`llanganining o`ziyoq bunga dalil bo`la
oladi (Bunday misollarnn ko`plab keltirish mumkin).
Panturkistik oqim vaqillari, uning ta`sirida bo`lgan shaxslar arab, fors tiliga
xos so`zlarning qo`llanishini ham ma`qul ko`rmaganlar, faqat ilojsiz hollardagina
bu tillarga xos so`zlarni qo`llaganlar. Quyidagi ikki misol bunga yorqin dalil bo`la
oladi: Kishining og`zidan chiqibda yozilganda o`ziga tegishli apt (shakl) va
tovushga ega bo`lg`on narsaga tovushliq (harf) deb aytiladir (Elbek «Yozuv
yo`llari»).
Arab qullarin
Fors ta`sirlarin
Tilin yo`qotg`on
Yotliqg`o botg`on
Soqov tillarin
Tuzatmak uchun
Uymoqlar tuzib (A. Avloniy): uymoq — sektsiya. Xullas, panturkistik oqim
ta`sirida, ayniqsa, 20-yillarda yozma nutqda omma uchun tushunarsiz bo`lgan
eski, arabcha, forscha va sun`iy yasama so`zlar ko`p qo`llanadi. Lekin tilning
tabiati bunday so`zlarning tamomila o`zlashib ketishiga yo`l qo`ymas edi va
qonuniy ravishda, ular keyinchalik iste`moldan chiqib ketdi.
Shuni ham qayd etish kerakki, hozirgi o`zbek adabiy tilining shakllanish
davrida yozma nutqda eski, arabcha va forscha so`zlarning o`rinsiz, nomaqbul,
sun`iy qo`llanish hollarini faqat panturkistik yoki boshqa oqimning ta`siri deb
qarash to`g`ri bo`lavermaydi. Quyidagi misollarga e`tibor beraylik: Chunki har
saboqning o`qituchisi o`z vazifasini o`tashda har turli metod (usul) qo`llaydi
(«Maor. va o`qit.» O`z boshli va ko`makchi so`zlar (A. Yo`ldoshev,
«O`zbek tili grammatikasi», -T., 1934). Kitobni esa ruscha tez va bosimlarini
joyida qo`yib o`qiy bilmagani uchun, Saidiy o`qishi kerak edi (A. Qahhor,
«Sarob». 1937). Hozirgi vaqtda ishsizlik, oilaviy turmushning tinchsizligi
bolalarning boqimsiz va tarbiyasiz qolishlarig`o boshlicha sababdir («Maor. va
o`qit.») Mahaldan kelgan o`rtoqlarning har narsani o`z gazlari bilan o`lchashlari
juda qiziq (Byulleten). Bu misollardagi omma uchun tushunarsiz saboq, o`z
boshli, bosim, boshlicha, mahal so`zlarining qo`llanishini panturkistik oqim ta`siri
deb bo`lmaydi. Chunki bular baynalminal so`zlarni qo`llashdan qochib ishlatilgan
so`zlar emas. Bu so`zlarning o`rnida qo`llanishi o`rinli bo`ladigan baynalminal
so`zlar o`sha vaqtlarda ham bo`lmagan va hozir ham yo`q. Hozirgi o`zbek tilidagi
dars, mustaqil, urg`u so`zlari o`rnida saboq, o`z boshli,bosim so`zlarining
qo`llanishi o`sha davrning, o`sha davr o`zbek tilshunosligining saviyasi bilan
izohlanadi. Keyingi davrlardagi taraqqiyot bu so`zlar bildirgan tushunchalarni
aniq to`g`ri ifodalaydigan dars, mustaqil, urg`u so`zlarini topdi va iste`molga
kiritdi.
Xullas, o`zbek milliy adabiy tilining shakllanish davrida ob`yektiv va
sub`yektiv sabablar asosida yozma nutqda narsa-hodisa va ularga oid
tushunchalarni to`g`ri, aniq ifodalamaydigan, omma uchun tushunarsiz bo`lgan
so`zlar ko`p qo`llangan. Keyinchalik til tabiatidan kelib chiqadigan talablar,
qonuniyatlar asosida, bunday so`zlar iste`moldan chiqib, ular o`rnini talabga
javob beradigan so`zlar egalladi.
O`zbek tili leksikasining shu tilning o`zida, uning yozma manbalarida
avvalda bo`lgan eski, arabcha, forscha so`zlarni qayta ishga solish asosida boyib
borishi hozirgi qadar ham davom etib kelyapti. Bunda yozuvchi va shoirlar,
jurnalist, tarjimon va boshqalarning xizmati katta. Ayrim misollar keltiramiz:...
hayotning favqulodlarg`a to`laligi,... hayot ba`zan odamni xuddi mazax qilganday,
kutilmagan voqealarga duch keltirishini o`ylarkan, o`zidan-o`zi og`ir xo`rsinib
qo`ydi (U.Usmonov, «Qismat»). Azizov... uning qo`lidagi idora qog`ozlariga
uzun-ingichka xat tortib, ostiga imzo chekar... edi (Omon Muxtorov. «Vazifa»). ...
hozirgi zamonning eng yirik sotsial tashabbusining pirovard muaffaqiyatini
ta`minlash uchun hamma ishni qilamiz («Sov. O`zb.»). Hojatmandlar dushanba
kuni ertalab 10 dan 13 ga qadar qabulxona sekretariga uchrab, navbatga
yozilmoqlari kerak, deyilibdi (Turg`un Po`lat. «Ichkuyov»). Yaramas holatlarga
qarshi kurash odamlarning aql-idroki va qalbi orqali emas, balki asosan tergov
protokollari va sudlarning hukmlari orqali olib borilayotirki, ular keng
jamoatchilikdan zohir tutiladi («Sov. O`zb.»). Uning bu qadar bepisandligi Sattor
Turdievichni badtar mulzam qildi (U. Usmonov, «Qismat»). Yana yaqin vaqtlarda
qo`llana boshlagan arabcha so`z — formalarga e`tibor bering: Biz tuzumimiz
zamiridagi qadriyatlarni namoyon etish uchun chinakamiga kirishganmiz («Sov.
O`zb.). Mamlakatda vujudga keltirilgan ishlab chiqarish va ma`naviyat
potentsiali... («Sov. O`zb.».) Bu misollardagi qadriyat, rahbariyat, ma`naviyat
so`zlari ruscha tsennost, dostoinstvo, rukovodstvo, duxovniy, duxovniy oblik
so`zlarining ma`nosini juda aniq ifodalash talabi bilan keyingi vaqtlardan boshlab
iste`molga kiritildi.
Xullas. o`zbek adabiy tili leksikasining asli shu tilda, uning yozma
manbalarida bo`lgan ekan, arab va forscha so`zlarni qayta iste`molga tushirish
yo`li bilan boyishi. rivojlanishi sovet davrining boshidan to oxirigacha davom
etayotgan jarayondir. .Lekin, ochiq aytish kerakki, leksika ning bu yo`l bilan
boyishi uning boshqa yo`llar, masalan. so`z yasash yo`li, o`zga tillardan so`z
o`zlashtirish kabi yo`llariga nisbatan uncha aktiv bo`lmagan holatdir. Shunday
bo`lishi ham tabiiy. Chunki hayotda yangi paydo bo`layotgan narsa-hodisalar va
ularga oid tushunchalarni ifodalash uchun iste`moldan chiqqan so`zlarni ishga
solishdan ko`ra tilda bor bo`lgan imkoniyatlarni ishga solish tendentsiyasi
kuchlidir (Zero, taraqqiyot, qonuniyat shuni taqozo etadi).
1.5. Adabiy til leksikasining dialektal so`zlar hisobga
boyishi
Hozirgi o`zbek adabiy tilining o`zbek dialekt, shevalari asosida shakllangani
malum. Shuningdek adabiy til leksikasining rivojlanishi. takomillashuvida
shevalarning o`ziga xos rol o`ynashi ham lingvistik adabiyotlarda qayd etilgan.
Bunda umumadabiy tilga shevadan olinadigan so`zlar ikki xil xususiyatga
ega bo`lishi mumkin: I) ma`lum territoriyadagina mavjud bo`lgan narsalarni
ifodalovchi so`zlar. Masalan, bir joyda yilqichilik rivojlangan bo`lsa, boshqa joyda
baliqchilik rivojlangan. Ana shu joylarda yilqichilik na baliqchilikka oid
tushunchalarni ifodalovchi so`zlar ham bo`ladi. Umumadabiy tilda yilqichilik va
chorvachilikka oid biror tushunchani ifodalash talabi tug`ilsa. uning ifodachisi
bo`lgan so`z ana shu joydagi xalk tilidan, ya`ni shevadan olinadi; 2) ma`lum bir
territoriya bilan chegaralanmagan narsa-hodisani ifodalovchi so`z barcha
shevalarda emas, balki ulardan ayrimlarida bo`lishi mumkin. Bunday so`zlar ham
vaqti kelib adabiy tilga qabul qilinadi. Masalan, ruscha skvoznyak so`zi bildirgan
hodisani bildiradigan so`z 50-yillargacha ham o`zbek adabiy tilida yo`q edi. R.
Abduraxmonov tahririda 1954 yilda nashr etilgan «Ruscha-o`zbekcha lug`at» da
skvoznyak so`zi «g`o`rillagan shamol» («bir yoqdan kirib ikkinchi yoqdan
chiqadigan shamol») deb tarjima etilgan. Keyinchalik shevalarda bu hodisani
bildiradigan elvizak so`zi borligi ma`lum bo`ladi va u adabiy tilga kirdi. Demak,
shevalarda bor bo`lgan har ikki tipdagi so`zlar hisobiga adabiy til lsksikasi boyib
boradi.
Lekin shuni alohida qayd etish kerak bo`ladiki, adabiy til leksikasining
boyishida dialekt va shevalar yuqorida ko`rib o`tilgan yo`llarga nisbatan, masalan,
affiksatsiya usuli bilan va kalkalash orqali so`z hosil qilishga nisbatan u qadar rol
o`ynamaydi. Shunday bo`lishi ham tabiiy. Chunki dialektal so`zlar ma`lum
territoriyadagi narsa-hodisalarni. ularga oid tushunchalarni ifodalovchi so`zlar
bo`ladi. Hayotda (dunyo miqyosida) paydo bo`layotgan yangi-yangi narsa-
hodisalarni ifodalash uchun dialektal so`zlarni qo`llash imkoni bo`lmaydi. Bunday
holatlarda yangi paydo bo`lgan tushunchani ifodalash uchun tilning o`z
imkoniyatlari asosida yangi so`z yaratiladi yoki boshqa tilda shu narsa,
tushunchaning ifodachisi bo`lgan so`z o`zlashtiriladi. Xuddi shu boisdan bunday
buyon leksikaning boyishida shevalarning adabiy tilga ta`siridan ko`ra adabiy
tilning shevalarga ta`siri ko`proq bo`ladi.
Demak, hozirgi o`zbek adabiy tili leksikasining boyishida o`zbek
shevalarining roli haqida gap borganida yuqorida ko`rib o`tilgan holat (faktor)larni
aniq hisobga olish va bu hodisa (jarayon)ni obyektiv baholash kerak bo`ladi. Biroq
o`zbek tili leksikasining rivojlanishiga oid ishlarda ana shu jarayonni obyektiv
baholamaslik hollari kuzatilyapti. Ayrim ishlarda bu faktor, ya`ni adabiy til
leksikasining rivojlanishida shsvalarning roli juda orttirib ta`riflansa, ayrim
ishlarda aksincha, unga etarli (obyektiv) baho berilmaydi. Masalan, XX asrda
o`zbek tili leksikasining rnvojlanishi bilan maxsus shug`ullangan filologiya
fanlari kandidati N. G`. G`ulomovaning bu hakdagi qarashlariga e`tibor beraylik.
Muallif o`zbek adabiy tilida malina so`zining qo`llanishi normativ hodisa deb,
ayrim shevalarda bu ma`noda xo`jag`at (yoki maymunjon) so`zi qo`llanishini
aytadi va shundan kelib chiqib malina so`zini xo`jag`at so`zi bilan almashtirish
mumkinmi? degan savol qo`yadi va faqat rad javob bo`lishi mumkin deydi. Buni
asoslash uchun xo`jag`at so`zining barcha sheva vakillari uchun tushunarli
emasligi va bu ma`noda hammaga tushunarli bo`lgan malina so`zi
qo`llanayotganini aytadi. 1Qarag`at — smorodina so`zlari haqida ham muallif xudi
shunday fikr bildiradi, ya`ni qarag`at emas, smorodina so`zini adabiy tilga qabul
qilish to`g`ri deb biladi (26, 64 —65-betlar). Lekin bu fikr haqida bir emas,
bir necha e`tiroz aytish mumkin. Birnnchidan, xo`jag`at emas, malina so`zinint
adabiy tilda qo`llanishini nima bilan isbotlash mumkin? Ikkinchidan, barcha
sheva vakillari uchun xo`jag`at so`ziga nisbatan malina so`zining tushunarli
ekanini nima bilan dalillash mumkin? Naxotki, o`zbekning o`zida bor bo`lgan
narsani atovchisi (ya`ni xo`jag`at so`zi)ga nisbatan o`zbek tilida
bo`lmagan so`zni (malina) ni hamma tushunsa? Malina so`zini adabiy norma
deb majburiy qabul qilgan bilan shu meva o`sadigan joydagi xalq ikki dunyoda
ham malina so`zini qo`llamaydi (qo`llash xayoliga
ham kelmaydi). Uchinchidan, o`z tilda biror narsa-hodisani aniq ifodalovchi
so`z bo`lgani holda uni chetga surib, shu vaqtgacha qo`llanmagan, eshitilmagan
o`zga tilga oid so`zni qabul qilishga qanday ehtiyoj
bo`ladi?! Bunday yo`l tutish tilning tabiatiga, tilning taraqqiyot
konuniyatlariga tamomila ziddir. Xullas, ming yillardan beri o`zingda bor
narsaning ifodachisi bo`lgan so`zni chetga chiqarib (talabga javob bermaydi deb),
u narsani o`zga tilga oid so`z bilan atashni tavsiya etish o`ta kulgilidir. (Qanday
hollarda o`zga tilda so`z qabul qilinishi haqida keyinrok yana gapiriladi).
1.6. So`z o`zlashtirish yo`li bilan leksikaning rivojlanishi
O`zaro alokada bo`lgan xalklarning tillari bir-biriga ta`sir etishi, bir-birini
boyitishi uchun xizmat qilishi, bunday o`zaro ta`sirning, ayniqsa, leksikada
samarali bo`lishi ma`lum fakt. Xalqlarning o`zaro aloqalari, tillarining bir-biriga
ta`siri turli davrlarda, turli sharoitda o`ziga xos ko`rinishda, turli darajada bo`ladi.
Bunday o`zaro ta`sir ayrim davrlarda kuchsiz darajada bo`lsa, boshqa bir davrda
sezilarli va samarali tarzda bo`ladi. Shu bilan birga, bunday o`zaro ta`sir ba`zi
vaqtlarda stixiyali tarzda bo`lsa, ayrim davrlarda uni ma`lum qonun-qoidalar
asosida yo`lga solish, unga insonning aktiv aralashuvi talab etiladi. O`zbek adabiy
tilining XX asrgacha va XX asrdan keyingi holatiga baho berilganda. ana shu ikki
farqli holatni. uning ta`sirida yuz beradigan hodisalarni aniq tadqiq etish, faktlar
asosida xulosalar chiqarish kerak bo`ladi.
Avvalo qayd etish kerakki, o`zbek tilining XX asrda boshqa tillar bilan
aloqasi, o`zga tilning o`zbek tiliga ta`siri masalasida faqat uning rus tili bilan
aloqasi, rus tilining o`zbek tiliga ta`sirini ko`rish mumkin. Bu narsa adabiyotlarda
qayd etilgan va uni isbotlab (asoslab) o`tirishga ehtiyoj ham yo`q deb o`ylaymiz.
Sovet davrining dastlabki davrlarida yozma nutqda tatar va ozarbayjon tiliga xos
so`zlarning uchrashi ma`lum sabablarga ko`ra yuz bergan hodisa bo`lib,. uni
o`zbek tiliga tatar va ozarbayjon tillarining ta`siri deyish mumkin emas.
Shuningdek, bu haqda kalkalash yo`li bilan so`z hosil qilish bahsida ham qisman
gapirib o`tildi.
O`zga tildan o`zlashtiriladigan so`zlar o`zbek tilining o`ziga xos
xususiyatlari ta`sirida aynan o`z shaklida, rus tiliga xos fonetik strukturada yoki
ma`lum o`zgarish bilan qabul qilinadi. Binobarin, rus tilidan o`zlashgan so`zlar
tahlil etilganda, bu faktga e`tibor berish, uning sabablarini yoritish ham
muhimdir.
O`zbek tiliga rus tilidan so`z o`zlashtirishning tahlili shuni ko`rsatadiki,
birinchidan. asosan mustaqil so`z turkumlariga oid so`zlar o`zlashtiriladi.Mustaqil
bo`lmagan turkumga oid so`zlarni o`zlashtirish qisman undovlarda ko`zga
tashlanadi: ura!, allo! kabi. Ikkinchidan, mustaqil so`z turkumlaridan ham faqat ot
va sifat turkumiga oid so`zlargina o`zlashtiriladi. Uchinchidan. ot va sifat
turkumiga oid so`zlarning o`zlashtirilishida ma`lum o`ziga xosliklar bor. Shu
tufayli ularning (ot va sifatlarning) o`zlashtirilishi alohidi-alohida olib qaralgani
ma`qul.
Otlarning o`zlashtirilishi. 0tlar rus tilidan aynan o`zicha yoki ma`lum fonetik
o`zgarish bilan o`zlashtiriladi: brigada, fabrika, pochta, norma, botinka (botinki).
makaron (makaroni) va boshqalar.
Rus tilidan o`zbek tiliga tub otlardan tashqari yasama otlar ham qabul
qilinadi: mashinist, agitator, revolyutsioner, dissertant kabilar. O`zbek tili
grammatikasi va so`z yasalishiga oid ishlarda yuqoridagi kabi so`zlar tarkibidagi
ist, izm, (ion)er, ant kabilar ot yasovchi affikslar, rus tilidan o`zlashgan so`z
yasovchi baynalminal affikslar deb ta`riflanadi. Biroq rus tilidan o`zbek tiliga
bironta ham ot yasovchi affiks qabul qilingan emas (Bu haqda kalkalash yo`li bilan
so`z yasash bahsida ham gapirildi). Yuqoridagi kabi so`zlar rus tilida yasama so`z
bo`lib, o`zbek tilida ular tub so`z hisoblanadi. Chunki ular o`zbek tilida yasalgan
emas, balki rus tilidan tayyor holida o`zlashtirilgan. Bunday otlarning ko`pchiligi
mustaqil ma`noli (leksemaga teng) qismga ega emas. Masalan, ateist, kommunist,
ateizm, ekspeditor, operator va boshqalar. O`z-o`zidai, bular yasama so`z (yasama
ot) .hisoblanmaydi. Ayrim so`zlar tarkibida mustaqil ma`noli (leksemaga teng)
qism bo`lsa-da, lekin ular ham o`zbek tili nuqtai nazaridan yasama so`z
hisoblanmaydi. Masalan, marksist, feodalizm kabi. Bunday so`zlar ham o`zbek
tiliga tayyor holda (shu shaklicha) qabul qilingan so`z hisoblanadi.
Xullas, aynan o`zicha o`zlashtirilgan otlar rus tili nuqtai nazaridan tub yoki
yasama bo`lishi mumkin. Lekin o`zbek tilida ularning \hammasi' tub so`z
hisoblanadi.
Shuni aloxida qayd etish lozimki, o`zbek yozma va og`zaki nutqida
qo`llangan har qanday so`zni o`zbek tiliga rus tilidan o`zlashgan so`z deb
hisoblash to`g`ri bo`lmaydi, ya`ni ruscha so`zning nutqda qo`llanishi bilan uning
tilga o`zlashib ketishi hodisasini farqlash kerak. Nutqda qo`llangan o`zga til so`zi,
jumladan, ruscha so`z ham, tilning tabiatidan kelib chiqadigan talablarga javob
bera olsagina, tilga o`zlashishi mumkin. Aks holda, ma`lum vaqtlar o`tishi bilan. u
iste`moldan chiqib ketadi.
Bunday faktlarni, ayniqsa, hozirgi o`zbek adabiy tilining shakllanish davriga
oid materiallarda ko`plab kuzatish mumkin. Misollar: Agarda biz faqat birlashgan
komissarliklarnigina olsoq, unda doxudning rosxuddan kuchayganligini ko`ramiz
(Byulleten). ... proizvodstvo ishiga bir tiyin .ham sarmoya bermasdan...
(Byulleten). Unda evro`po kulturasi yo`q («Mushtum»). Maktablarning vipuska
guruhlariga dinga qarshi maxsus dars kirgizish («Maor. va o`qit.»). ...rabochiy
rayonlar va boshqa qishloq xalqlari... («Q. O`zb.»). Yacheykalar shef bilan
munosabat bog`lashg`o jalb etilurlar (Qarorlar). ... qanday obyo`mda siz ularni
ishlab chiqmoqdasiz («Maor. va o`qit.»). Zakunlar chiqorilg`on va amalga
qo`yilg`on vaqtda... (Qarorlar). ... yuk yurituvchilar soyuzining tashkilot byurosi
tomonidan Toshkent istansasiga nasilshiklikka bir muncha o`zbeklardan qo`yildi
(«Q. O`zb.»). ... Jizzax va Marg`ilonda yangi savdo konturlari ochish bilan
to`ldirildi («Inqilob»). ... xotin-qizlar uchun ko`polniylar (suvg`o cho`milish
joylari) yosoladir («Q. O`zb.»).
Ruscha so`zlarning bunday noo`rin qo`llanishlarini biron-bir oqimning ta`siri
yoki rus tilining tazyiqi deyish mumkin emas. Bu faktni o`sha davrning saviyasi
bilan bog`lash mumkin, ya`ni ruscha so`zlar bildirgan tushunchalarni to`g`ri, aniq
ifodalay oladigai so`zni o`zbek tilidan topa bilmaslik oqibatida ruscha so`zning
o`zini qo`llash deb baholash mumkin. Keyinchalik bunday so`zlar o`zbek tilining
o`zidan topilgach, uning ruscha zkvivalentlari iste`moldan chiqib ketdi. Umuman,
ko`rib o`tilgan fakt, ya`ni o`zga tilga oid so`z bildiradigan tushunchani aniq va
to`g`ri ifodalay oladigan so`z o`z tildan topilmaganida yoki topa olinmaganida
o`zga tilga oid so`zning o`zi qo`llanishi hamma vaqt bo`lib turadigan
hodisa.Quyidagi misollarga e`tibor beraylik: Mana shularning hammasi
sotsialistik jamiyatdan boshqa bironta jamiyatda bo`lmagan... qudratli taraqqiyot
dvigatellari to`la quvvat bilan ishga solinayotganini bildiradi («Sov. O`zb.»).
Uning beton yotqizilgan uchish-qo`nish polosasini bultur o`zbekistonliklar qurib
bergandilar («Sov. O`zb.». 1984). Ular xalq xo`jaligi va aholining belgilangan
assortiment va nomenklaturadagi mahsulotga bo`lgan ehtiyojlarini to`la-to`kis
qondirish uchun javobgar bo`lishlari kerak («sov. O`zb») Turar-joy qurilishining
sifatiga, kvartiralar va uylarning yana. ham qulay va shinam bo`lishiga, plani-
rovkasining yaxshilanishiga... e`tibor beriladi («Sov. O`zb.»). Ularning ham
to`rtdan bir qismi ishlab chiqarishning profiliga mos kelmaydi («Sov. O`zb.»). ...
partiya tashkilotlarida va mehnat kollektivlarida rahbarlarni saylash praktikaga
kirib bormoqda («Sov. O`zb.»). Bu misollarda ajratib ko`rsatilgan so`zlar
bildiradigan ma`noni to`g`ri va aniq ifodalaydigan so`z o`zbek tilining o`zida
yo`qligi yoki topilmaganidan (topa olinmaganidan) ularning o`zi qo`llangani isbot
talab etmaydi. Agar bu so`zlar bildirgan tushunchalarni aniq to`g`ri ifodalaydigan
so`zlar haqiqatda ham yo`q bo`lsa, yaratish ham mumkin bo`lmasa, u holda bu
so`zlar o`zbek tiliga butunlay o`zlashib ketishi tabiiy.
Xullas, rus tilidan ot turkumiga oid so`zlarni aynan o`zicha qabul qilish sovet
davrining dastlabki etaplarida ham bo`lgan va bu hodisa hozirda ham davom
etyapti. Bu jarayonda, yozma va og`zaki nutqda qo`llana boshlagan so`z o`zbek
tilining o`z tabiatidan kelib chiqadigan talablarga, tilning taraqqiyot
qonuniyatlariga javob bersa, shu tilga butunlay o`zlashib ketadi. Aks holda
iste`moldan chiqadi.
Ruscha yoki baynalminal so`z bildiradigan tushunchani to`g`ri va aniq
ifodalash uchun o`zbek tilining ichki imkoniyatlaridan foydalanish yoki o`sha
so`zning o`zini qabul qilish masalasida aniq bir yo`llanma, aniq bir tasavvur yo`q
bo`lgan vaqtlarda (masalan, 20-yillarda) ruscha-baynalminal so`zning (otning)
o`zi, shuningdek, o`zbek tilida bo`lgan (arabcha, forscha yoki o`zbekcha) so`z
aralash qo`llanavergan. Ko`p hollarda bunday so`zlar bir-birining izohi sifatida
keltirilgan: Yuqori bilim yurtlarining idoralari (pravleniyalari) yuqorida
ko`rsatilgan kamissiyalar orqoli... («Q. O`zb.»). er uchastkalari bo`lmog`on
maktablarda drommo. ispurt. tabiatchilik (naturalistik) to`garaklari ishlagusidir
(«Q O`zb.»). ... doimiy ishlab turg`on joylaridan boshqa joyg`o yubormok
(komandirufka qilmok) mumkin emasdir (MAQ). Mayib (invalid) bo`lub
qolg`onlar ham pensiya miqdori ham... (MAK). ... dehqonning erdan foydalanish
uchun har rayunning o`ziga maxsus miqdori — nurmasi belgilangandir (Shokiriy.
«er islohoti va uning amaliy ishlari».). ... mayda millatlar maorifi umumiy maorif
masalasida ma`lum bir daraja — temp bilan ketish kerak («Maor. va o`qit.». Biz
tarqov holda ish ko`rishdan mumkin qadar qochib ko`pchilik — kallektif yo`lila
tashkiliy suratda ish ko`rishimiz kerak («Maor. va o`qit.»). ... butun maktab
turmushining askarxona — kazarma tartibotidan iborat... (Qo`llanmalar). Ma`lum
bir reja (plan) bo`yincha yozg`i axvolga ko`chish tayyorlig`i... (Qo`llanmalar). ...
madaniy sharoitlari yaxshilash yo`lida zo`r faktor (omil) bo`la olishlarini...
(«Maor. va o`qit.»). Garchi bu ikki egachi-singil bir qorindan talashib tushgan
bo`lsalar ham, sajiya — xarakterda tanib bo`lmaslik darajada bir-birlaridan farqli
edilar (A. Qodiriy, «O`t. k.»).
Bunday so`zlarning tushunchani aniq to`g`ri ifodalaydigan, til tabiatidan kelib
chiqadigan talabga to`la javob beradigani o`zbek adabiy tilidan mustahkam o`rin
olgan.
XX asrning dastlabki davrlarida, ayniqsa. "30-yillargacha bo`lgan manbalarda
ruscha otlarniig rus tilidan boshqacha shakllarda qo`llanishi ko`p uchraydi. Buning
sabablari turlicha. Masalan, rus tilidagi ayrim fonema va uni ifodalovchi harfning
(masalan, ts ning) o`zbek tilida yo`qligi, rus tiliga xos ayrim fonetik
strukturalarning (masalan, so`z boshida qo`sh un-doshning qator kelishi: plan, stol
kabi) o`zbek tilida yo`qligi va boshqalar. Bunday qo`llanishlarning ba`zi tiplari rus
va o`zbek tillarining o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqsa, ya`ni ma`lum
asosiga ega bo`lsa, ba`zi qo`llanishlarni biror sabab bilan asoslab bo`lmaydi.
Misollar: Qurultoy prog`rom hozirlay olmasa ham... (Byulleten). ... «Yangi yo`l»
gazetasining yubalay numri o`qilib chiqilsin («Q. O`zb.»). qizil qo`shunning salloti
va komondonlari... («Q. O`zb.». ... butun fakultalarda vakillar saylash, nakazlar
topshirish borar edi (A. Qahhor, «Sarob»). «Maorif vn o`qituvchi»ning har
numirasin to`rt ko`z bilan oshiqib kutadirgan ming-minglab muhib o`quchilari...
(«Maor. va o`qit.»). Bu misollarda ajratib ko`rsatilgan otlarning shu shaklda
qo`llanishini sheva yoki boshqa faktorlarning ta`siri deb isbotlab bo`lmaydi."
Ayrim ruscha so`zlar oxiridagi a tovushini tushirib qo`llanishini ham biror
narsa bilan asoslab bo`lmaydi: Jurnalda yoshlarga tarbiya va kengashni reklam
qilamiz... (A. Qahhor, «Sarob»). ... Ovrupoda bir necha olim bu to`g`rida raket
snaryadlar ishlab tajribalar qilib ham ko`rdilar («Maor. va o`qit.»). Fabrik zovud
va tala mehnatkashlari... (QAB). Yuqoridagi sistem bilan tuzish talab qilinadi
(TIM). Alifbeda mushtarak fonam belgilari bo`lg`on harflarni har kim o`z tovushi
bilan o`qig`oni singari... (TIM).
O`zbek adabiy tili taraqqiyotining keyingi boskichlarida bunday so`zlarning
aynan ruscha varianti qo`llanadigan bo`ldi, ruscha shakli norma sifatida qoldi.
Shunday bo`lishi ham tabiiy edi. Chunki ularni aynan ruschasidek talaffuz
etilishiga biron qiyinchiliq, to`siq yo`q bo`lib, ularni ruschasidagidan boshqacha
talaffuz etish va qo`llashni normalashtirish uchun ham asos yo`q edi.
Ba`zi qo`llanishlar esa og`zaki talaffuz yoki shevaga xosdir: Aftingni ajal
chaqirgur, miliskani chaqiray-mi?! (G`. G`ulom, «Saodat»). Hoy, sen unaka
haftamabil yaqiniga yo`lama! (M. Osim, «Tilsiz guvoh»). er-suv, povurkonlar
haliyam xo`jayinlar qo`lida-yu... (M. Osim, «Tilsiz guvoh»). Demak, bularni
og`zaki, shevaga xos talaffuzning yozma nutqida aks etishi deb baholash kerak
bo`ladi.
Qo`sh undosh bilan boshlanadigan (birinchi tovushi s, sh va sh.. k. bo`lgan)
ruscha so`zlar o`zbek og`zaki nutqida bir i orttirilib talaffuz etilar edi va bu hodisa
yozma nutqda ham aks etgan: Maorif ishchisi bilan istanuk (dastgoh) ishchisi
birlashib chin yangi turmush qurushg`o intilishi lozim («Q- O`zb.»). ... bir necha
ispektakl, bir necha maruza leksialar tashkil qilib yoshlarning diqqatini jalb qildik
(Byulleten). ... shunday joylar tomonidan berilgan ischutlar uchun to`lanadurg`on
isburlar («Q.O`zb.»). Kashshof maydonchalarida ommaviy kun o`tkazishning
taxminiy isxemasi (ish tartibi) (KeN). Dalog`o qo`yub yuborish qiyin, eriga kirsa
ishtaraf soladi (QKSO`K). O`krug maorif shu`basining ishtotida yetarlik ishchi
yo`q («Maor. va o`qit.»).
Ba`zi qo`sh undoshli ruscha so`zlarning shu undoshlari orasida bir unli orttirib
talaffuz etish ham og`zaki talaffuzga xos bo`lgan va bu hodisa ham yozma nutkda
ma`lum darajada aks etgan: ... o`z ishlarining va qishloq yoki shahardagi
bo`laklarning ishlari uchun ochiq pilonlar tuzadirlar (KYoN). ... uch hafta suruk
ichida yaxshi bilib olib... («Alanga»).
Ko`rib o`tilgan har ikki tipdagi qo`llanishlar yo`q qilinib, og`zaki va yozma
nutqda ularning aynan ruscha shaklida talaffuz etilishi qabul qilinadi, shunisi
norma tusini oldi.
Hozirgi o`zbek adabiy tilida rus tilidan aynan o`zicha o`zlashgan otlar bilan
birga ma`lum o`zgarish bilan qabul qilingan otlar ham anchagina miqdorni tashkil
etadi. Bunday otlar ma`lum bir tur (tip) larni tashkil etadi va ularning rus
tilidagidan o`zgacha qo`llanishi norma hisoblanadi. Masalan, rus tilidagi konfeta,
minuta, kotleta kabi so`zlarning oxirgi a tovushini tushirib qo`llash ( konfet, minut,
kotlet kabi) norma hisoblanadi. Otpusk, propusk, disk, kiosk kabi ruscha so`zlar
esa, aksincha, bir a orttirilib talaffuz etiladi va o`zbek tiliga shunday (otpuska,
propuska, diska tarzida) qabul qilinadi: Otpuska (istirohat) vaqti berma g`on bo`lsa
ham... (MAQ). Hayriniso uyga qaytib kirib stol ustidan propuskasini oldi
(Mirmuhsin. «Xikoyalar»). Diska, shtanka, turnik singari inventarlarni yeb
bo`lmasa, ichib bo`lmasa! — dedi instruktor raisga (X,. Tojiboyev, «Ketdi-ketdi»).
Gazeta kioskasi oldida sochiga oq oralagan, o`rta yoshlardagi bir xotin unga qarab
turardi (Said Axmad, «Qadrdon dalalar»).
Shuningdek, rus tilida faqat ko`plikda qo`llanadigan makaroni, kanikuli kabi
ayrim so`zlarning oxirgi i tovushi tushirilib, birlik formada, botinki, konservi kabi
ayrim so`zlar esa (i) o`rnida a qo`llash bilan o`zlashtiriladi: makaron, kanikul,
botinka, konserva kabi: Furg`onlarda ofitserlar, unter-ofitser va soldatlarning
kiyimlari, etik va botinkalari tartibsiz sochilib yotardi (I. Rahim, «Chin
muhabbat»). Jangchilarga qattiq non va konservalar ulashdilar (Oybek «Quyosh
qoraymas»). Bahorgi kanikul paytida chala bitgan uyga oilani ko`chirib kelmokchi
bo`lib, Zebo hola bilan maslahatlashib yurgan edi (H,. Nazir, «So`nmas
chaqmoqlar»).
Ma`lum bo`ldiki. ruscha otlar o`zbek tiliga aynan o`zicha yoki ma`lum
o`zgarish bilan qabul qilinadi. Bulardan aynan o`zicha o`zlashtirish asosiy holat
hisoblanadi. Ayrim fonetik o`zgarish bilan o`zlashtirishning ma`lum sababi,
qonuniyati borki, bu hodisa o`zbek tili fonetik sistemasi va talaffuzining
xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Yuqorida aytib o`tdikki, tillarning o`zaro ta`siri ma`lum davrlarda stixiyali
tarzda yuz bersa, ijtimoiy hayotniig ayrim etaplarida bunday o`zaro ta`sir ma`lum
konun-qoidalar bilan boshqariladi, unga insonning aktiv aralashuvi kerak bo`ladi.
XX asrda o`zbek adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishida, shuningdek rus
tilining o`zbek tili leksikasiga ta`siri masalasida ana shu keyingi holat amal qildi,
ya`ni bu jarayon insonning aktiv aralashuvi bilan, ko`rsatmalar bilan boshqarildi.
Lekin rus tilidan so`z o`zlashtirish masalasida (dastlabki davrlarda) bir-
biriga zid qarashlar bo`lganini ko`rib o`tdik. Rus tilidan (umuman o`zga tildan)
so`z qabul qilishda nimalarga e`tibor berish, qanday hollarda o`z ichki
imkoniyatlar asosida so`z hosil qilish va qanday hollarda ruscha so`zni aynan
qabul qilish masalasi aniq belgilanmagan va belgilanishi mumkin bo`lmagan
sharoitda ruscha so`zlarni o`rinli-o`rinsiz qo`llash hollari bo`lgan. Shuningdek
ruscha so`zning o`zi aynan qabul qilinishi lozim bo`lgan hollarda uning o`rnida
arabcha. forscha so`zlar yoki sun`iy yasalgan o`zbekcha so`zlarni qo`llash faktlari
ko`p bo`ldi. Ayniqsa,. shunday sharoitda. panturkistik oqim tarafdorlarining ta`siri
sezilarli bo`lib turgan vaqtlarda ruscha-baynalminal so`zlarni o`zlashtirishga
qarshilik kuchli bo`ldi va bunday so`zlarni o`zlashtirish miqdor jihatidan oz bo`ldi.
Hatto, yozma nutqda nste`molda bo`lganlari ham ma`lum vaqtgacha qo`llanmay.
uning o`rnida, sun`iy, nomaqbul holda bo`lsa ham, arabcha, fors-tojikcha yoki
turkiycha so`zlar qo`llanib keldi. Bir misol: Bu ta`rif nada semasiologiya va nada
morfologiya tomonidan durust bo`lib bitmasa kerak («Q. O`zb.»). 20-yillarning
boshlaridayoq rus tilidan qabul qilingan semasiologiya, morfologiya kabi bir
kancha lingvistik terminlar keyinchalik iste`mol etilmay qo`ydi. Masalan,
morfologiya, sintaksis terminlari o`rnida darslik va qo`llanmalarda 40-yilgacha
sarf va nahv terminlari qo`llanib keldi. Shuningdek, iste`molda bo`lgan traktor,
kerosin kabi bir necha yuzlab o`zlashma otlar o`rnida sun`iy ravishda arabcha.
forscha, turkiycha so`zlar qo`llanib keldi (Bu hodisa adabiyotlarda qayd etilgani
uchun faktlar keltirib o`tirmaymiz). Lekin leksikaning boyishidagi yo`llar, bundagi
qonuniyatlar panturkistik oqim tarafdorlari tutgan yo`lning davom etaverishini
taqozo kyalmas, aksincha, uni rad etar edi. Haqiqatda ham shunday bo`ldi. Leksi-
kaning boyishi, rivojlanishida, bu jarayonda o`zga tildan, jumladan rus tilidan so`z
o`zlashtirishda nimalarga e`tibor berish kerakligi tobora to`g`ri belgilana bordi.
Quyidagi gaplar e`tibor qarataylik: «O`zbek tilining butun xususiyatlarini saqlagan
holda uni yangi terminlar bilan boyitmoq va kengaytirmok kerak. Bu boyitish, bir
tomondan, o`zbek tilining o`z hisobiga bo`lib, ikkinchi tomondan, baynalminal
so`zlar hisobiga bo`ladir. O`zbek tilida so`zlar topilmasa va yasalishi ham mumkin
bo`lmasa, ortiqcha sun`iylikka berilmasdan to`g`ridan to`g`ri baynalminal
terminlarini oluv kerak. Arab va forslarning ommaga o`zlashmagan terminlarni
butunlay haydab chiqarish yo`lini tutuv, ular o`rniga o`z tilimizdagi, ayniqsa,
baynalminal so`zlardan termin olmoq yo`li tutilsin» («Yangi Farg`ona»). Bu
gaplar garchi o`zga tildan terminlar qabul qilish haqida bo`lsa ham, lekin umuman
o`zga tildan so`z o`zlashtirishga taalluqli gaplardir. So`z o`zlashtirish, umuman
tilda yangi so`z hosil qilish masalasida to`g`ri yo`l tutilishi bilan, obyektiv
ravishda, ruscha va baynalminal so`zlarni (otlarni) qabul qilish aktiv tusga kirdi va
bu hodisa hozirgacha davom etib kelyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |