II BOB. Semantik taraqqiyot
3.1. Til lug`at tizimining rivojida semantik taraqqiyot
Til lug`at sistemnsining rivojida semantik taraqqiyot ham muhim rol
o`ynaydi. Semantik taraqqiyot deganda, tildagi mavjud lug`aviy birliklarning
ma`no nuqtai nazaridan rivoji nazarda tutiladi. Bundagi eng asosiy narsa lug`avin
birliklar ma`nosning ko`payishidir.
Semantik taraqqiyot ham tilnnng tabiatidan kelib chiqadigan qonuniy hodisa,
ya`ni bu hodisa tilning ixchamlikka, soddalikka, kulaylikka intilpsh kabi
xususiyatlari bilan bog`lik. Xayotda paydo bo`ladigan yangi-yangi hodisalar,
tushunchalarni ifodalash uchun doim yangi so`zlar yaratilanermasligi va buning
qonuniyligi ma`lum. Aks holda, tildagi so`zlar mikdorining qay darajada kuchayib
ketishi va buning fikr olishuvda qanchalik qiyinchiliklarga olib kelishini tasavvur
etish qiyin emas. Xullas, yangi paydo bo`layotgan narsa-hodisa, tushunchalarni
ifodalashda tilda bor lug`aviy birliklardan foydalanish, buniig natijasida
so`zlarning yangi ma`noga (ma`nolarga) ega bo`la borishi, ko`p ma`nolilikning
yuzaga kelishi va rivojlanishi qonuniy bo`lib, bu narsa rnvojlanayotgan har bir til
uchun xarakterlidir.
Semantik taraqqiyot jarayonida faqat yangi ma`noning (ma`nolariing) yuzaga
kelishi emas, bor bo`lgan ma`noning, ma`lum sabab bilan yo`q bo`lishi ham
qonuniy hol. Lekin, bari bir, birinchi fakt, ya`ni yangi ma`no va ma`nolarning
paydo bo`lishi taraqqiyotni belgilovchn hodisa hisoblanadi. XX asrda aynan bir
so`zning o`zidan yangi ma`no paydo bo`lishi va bir ma`noning yo`qolishi hodisasi
yuz berganini juda ko`plab so`zlarda ko`rish mumkin. Masalan, kashshof so`zi
dastlabki etaplarda pioner so`zi o`rnida qo`llanar edi: Kashshoflar uchun va
maktab kechalarining dasturini - hamma ishni kechqurun soat 9 g`o bajarish
chamasi bilan tuzish kerak (KYoI). Bu ma`nosida qo`llanmaydigai bo`lib. o`zi
ham deyarli iste`moldan chiqkan edi. Lekin keyingi vaqtlarda rus tilidagi
pervoproxodets so`ziga xos ma`noda qo`llana boshladi, ya`ni shu ma`noni olib
yana iste`molga kirdi: Biz kaiishoflarga xos juda katta va murakkab yo`lni bosib
o`tdik («O`qit. gaz....) — Nash put pervoproxodtsev — ogromen i slojen
(«Izvestiya», 1987 yil 3 noyabr).
Shu o`rinda yana bir so`zning, ya`ni unsur so`zining semantik tuzilishida,
uning qo`llanishida davrning o`zida yuz bergan o`zgarishlarga e`tibo beraylik. Bu
so`z 1959-yil A.K.Borovkov tahriridanashr etilgan «O`zbekcha-ruscha lug`at»da
(478-bet) shunday berilgan:
UNSUR ust. element; kimyoviy~ximicheskiy element; yot~chujdiy
element.
Demak unsur so`zi asli element ma`nosini bildirgan va bu ma`nosi bilan u
eskirgan so`zga aylangan. XX asrning dastlabki etaplarida shu ma`nosi bilan
iste`molda bo`lgan: Baynalminan bo`lmogon til unsurlari g`oyatda ko`p kira
boshladilar va kirmoqdalar (MK.). Bolalarni tashkil etishda asosiy unsurlardan
birisi ularga mehnat ruhnda tarbiya berish bo`lsa ham bu ham juda zaif holda
(«Maor. va o`qit.»). Negaki, hozirgi turmushimdai fig`om qilarli hech unsur
topolmaymai (G`.G`ulom, "Fig`on»). To`rt unsurdan yaralgai edim: Tuprog`u suv.
o`tu havodan (Usmon Ko`chqorov)
Lekin unsur so`zi bu ma`nosida deyarli qo`llanmaydigan bo`lib, iste`moldan
chiqkan edi. Begona element (yot shaxs), ruscha «chujdiy element» ma`nosida yot
unsur birikmasi qo`llanar, hatto, unsur so`zining o`zi xuddi shu ma`noda bo`lgan
edi: o`zing yot unsur bo`lmasang ham, qilig`ing yot unsurning o`zi (A. Kahhor,
«Qo`shchinor chiroqlari»). Bilasanmi, er-suvdan ajragan unsurlar hali-beri tinch
yotmaydi (Sayd Axmad, «Xukm»).
Keyingi vatqlarda unsur so`zining yana «element», «tashkil etuvchi qism»
ma`nosida qo`llanishi kuzatilyapti va buni noto`g`ri (nomaqbul) qo`llash deb
baholash asosli bo`lmaydi, deb o`ylaymiz: Neon chiroqlari yoritib turgan
chizmakashlik stoli yonida birinchi to`g`onning vertikal unsurlarini oqqa
ko`chirayotgan ekan (A. Muxtor, «Amu»). ... qani... «jahon adabiyotidagi etakchi
yo`nalishlar»ni ko`rsatadigan unsurlar, qani o`sha polifonik serjilolik? (N.
Xudoyberganov, «So`z qadri — inson qadri»).
Xullas, yangi-yangi narsa-hodisalarning, tushunchalarnnng paydo bo`lishi
bilan tildagi so`zlarning yangi yangi ma`no (ma`nolar) kashf etishi XX asrda
o`zbek
adabiy tili leksikasida ro`y berayotgan aktiv holatdir.
So`zning yangi ma`no kasb etishb, yangi ma`noning hosil bo`lish yo`llari
lingvistik adabiyotlarda, jumladan, o`zbek tiliga oid adabiyotlarda yaxshi
yoritilgan
23
. Bu masalalarga to`xtab o`tirishga extiyoj yo`q. Shuningdek, XX asrda
o`zbek adabiy tili leksikasida yuz bergan o`zgarishlar prof. F.Abdul-layev va
G.Muhammadjonovalarning ko`rib o`tilgan ishlarida ham tahlil etilgan.
Bu o`rinda biz XX asr o`zbek adabiy tili leksikasining ma`no jihatdan
taraqqiyotini tasdiqlovchi misol keltirish va yuqoridagi adabnyotlarda tilga
olinmagan hodisalarni qayd etish bilan kifoyalanamiz.
So`zda yangi ma`no bir necha yo`l bilan paydo bo`lishi ma`lum. XX asrda
o`zbek tili leksikasining semantik taraqqiyotini kuzatishdan shu narsa ma`lum
bo`ldiki, semantik kalkalash yo`li bilan yangi ma`no hosil bo`lishi (yangi ma`no
hosil qilinishi) yangi ma`no hosil qilishning eng asosiy yo`li hisoblanadi.
Binobarin, hozirgi o`zbek adabiy tili leksikasining semantik taraqqiyoti
jarayonida semantik kalkalash eng asosiy faktor hisoblanadi.
Semantik kalkalash yo`li bilan yangi ma`no hosil qilish o`tgan asrning
dastlabki etaplaridanoq juda aktiv tus olgan. Quyidagi misollarga e`tibor beraylik:
Hozirgi kunda Farg`onada ham tozolash boradur (Byulleten). Amriqo bizni
toniydimi? («Q. O`zb»). Adabiyot maydonida eng muhim masalalardan biri («Q.
O`zb.»). Mexnatkashlar ommasi orasida kollektivizm psixologiyasining o`chog`i
fabrik va zovudlardir («Maor. va o`qit.»). Turk tatar xalklarining o`rtasida
bo`lg`on avomgarchilik tezroq tugatish va ularning madaniy maydonda
oqarishlari yo`lida qiyinlik kel-tirmakda bo`lgon... («Alanga»).
Bu misollardagi tozalash so`ziga xos ma`no ruscha ochistka so`zini
tarjima etish bilan hosil bo`lganini sezish qiyin emas. (Qolgan so`zlarning
ma`nosi ham semantik kalkalash natijasi).
23
МИртожийев М. Ўзбек тилида полисемия. –Тошкент, 1975.
Semantik kalkalash yo`li bilan ishi ma`no hosil qilishning aktivligini va
o`zbek tili leksikasining semantik taraqqiyotida muhim rol o`ynayotganini o`tgan
asrning 80-yillaridagi materiallarida ham yakqol ko`rish mumkin: U
mehnatkashlarning xalq kontroli organlaridagi ishiga ularning siyosiy etukligini va
xalq manfaatlarini ximoya qilishdagi faolligini rivojlantirishning, ishga davlat
nuqtai
nazaridan
qarash,
xalq
boyligini
tejab-tergash
his-tuyg`usini
tarbiyalashning muhim formasi deb qaraydi («Sov. O`zb.») ... kishilarning
faravonligini sifat jihatdan yangi bosqichga ko`tarish, moddiy va madaniy
ne`matlarni iste`mol qilishning... («Sov. O`zb.»). ... kishilarning sog`ligini
mustahkamlash, ularning aktiv umrini uzaytirnsh juda muhim ishdir. Ayni vaqtda
shunday jarayon bo`lmoqdaki, uni bir so`z bilan - poklanish deb aytish
mumkin («Sov. O`zb.»).
O`zbek tili leksikasining rivojida kalkalash yo`li bilan so`z hosil qilishning
roli tahlil etilganda ko`rdikki, bu yo`l bilan so`z hosil qilish katta mahorat talab
etadi, kalkalash yo`li bilan hosil qilingan so`z hamma vaqt ham talabga javob
beradigan, maqbul so`z bo`lavermaydi. Bunday so`zlar ma`lum vaqt qo`llanib,
keyinchalik iste`moldan chiqib ketadi. Xuddi shunday holni semantik kalkalashda
ham kuzatish mumkin. Demak, semantik kalkalash yo`li bilan so`zning yangi
ma`nosini hosil qilish ham juda murakkab va u shu ishni bajaruvchidan katta
mahorat talab qiladi. Ko`pgina semantik kalkalarning maqbul-nomaqbulligi haqida
birdaniga hukm chiqarish mumkin bo`lavermaydi. Misollarga e`tibor beraylik:
Hozir hammamiz uchun zerikish davri bo`lishini sezib turibmiz. Shu zo`riqshini
zimmaga olish kerak, o`rtoqlar («Sov. O`zb.»). Dissertatsiya tadqi-qotlarining
tematikasi fan va texninannig ustun yo`nalishlarida jamlansin («Sov. O`zb.»).
Ko`p korxonalarda oziq-ovqat va sanoat mollariga buyurtma oladigai xizmatlar
ishlay boshladi («Sov. O`zb.»). Bunday semantik kalkalarning to`g`ri-
noto`g`riligini, maqbul yoki maqbul emasligini kelgusining o`zi ko`rsatadi. Agar
so`zlar o`ziga yuklatilgan shunday yangi ma`noni (ma`nolarni) ifoda etish
imkoniga ega bo`lsa, ular shu so`zlarning doimiy ma`nolariga aylanadi. Aks holda
ruscha so`zga oid ma`nolar boshqa so`zlar bilan yoki birliklar bilan ifodalanadigan
bo`ladi.
Yuqorida aytildiki. semantik taraqqiyot jarayoni uchun faqat yangi
ma`nolariing paydo bo`lishi emas, kam darajada bo`lsa-da. bor bo`lgan ma`noning
yo`qolishi ham xarakterli. Ikkita misol keltiramiz. Mexnatkashlar xayiti.
Baynalminal ishchilar bayrami birinchi may kuniga oz vaqt qoldi (Q. O`zb.»). ...
«Mushtum» bu kun 25-sonini to`ldirib hayit qiladi (Ziyo Sayd). ... kambag`al
dehqonlarni boylarning va olib sotarlarning qulligidan qutg`orgusidir. Hozirgi
o`zbek adabiy tilida hayit so`zi «bayram» manosiga, olib sotar so`zi «savdogar»
ma`nosiga ega emas.
Xullas, XX asr o`zbek tili leksikasining taraqqiyotida semantik rivojlanish
ham o`ziga xos o`rin tutadi. Bu jarayonda (semantik taraqqiyotda) semantik
kalkalash yo`li bilan yangi ma`no hosil qilinishi eng asosiy, belgilovchi yo`l
bo`lib, bu usul o`tgan asrning dastlabki etaplaridanoq juda aktiv tus olgan.
Semantik kalkalashda ham, xuddi leksik kalkalashdagi kabi, material baza
bo`lib rus tili xizmat qiladi. Binobarin, o`zbek tili leksikasining semantik
taraqqiyoti bevosita rus tili, uning taraqqiyoti bilan bog`liq bo`lgan.
2.2. Adabiy til leksikasining normalashuvi
Milliy adabiy til umumxalk tilining sayqallangan, ma`lum normalarga
solingan shakli ekani ma`lum. Normalanish esa qzok vaqt davom etadigan,
rivojlanayotgan til uchun esa doimiy xos (hamma vaqt bo`lib turadigan, davom
etib turadngan) hodisadir. Normalanish, anniqsa, har bir milliy adabiy tilning
shakllanish jarayonida aniq-oshkor tarzda, turli baxs-munozaralar bilan, maxsus
qonun-qoidalar yaratish na shu kabilar bilan amalga oshib boradi.
Normalanish va normalash boshqa sohalarga nisbatan, tilning leksika sohasida
nisbatan qiyinroq. kechadi. Bunda ikki xarakterli holatni qayd etish kerak bo`ladi.
Birinchidan, leksikada normalanadigan (normalanish, normaga solinishi kerak
bo`lgan) birlikning (lug`aniy birlikning - so`z va iboralarning) o`zi ko`p bo`ladi.
Ikkinchidan, o`zbek tili ko`p dialektli til bo`lib, adabiy til uchun norma sifatida bu
dialekt na shevalarga oid so`zlardan qaysi birini tanlash, belgilash ancha murakkab
masala. Nixoyat, uchinchidan, tilda doim yangi so`zlar paydo bo`lib turadiki,
bularni ham adabiy til uchun qabul qilish mumkin yoki mumkin emasligini
belgilab berish talab etiladi va bu ham oson ishlardan emas.
Normalanishda leksikaning boshqa sohalarga nisbatan o`ziga xosligi sifatida
yana shuni aytish mumkinki, leksika sohasidagi normalanish boshqa sohalardagi
normalanishga nisbatan «stixiyali» tarzda bo`ladi. Aniqroq qilib aytganda, leksik
normalar maxsus qonun-qondalar bilan rasmiylashtirililmaydi. Masalan, o`zbek
adabiy tilida nechta fonema borligi yoki tushum kelishigining shakl qanday ekani
(qanday yasalishi) qoidalashtiriladi, belgilanadi. Leksikada bunday emas va
bunday yo`l tutish mumkin ham emas. Chunki fonetik va morfologik birliklarning
turi sanoqli bo`lgani holda, leksik birliklar (so`zlar) tilda ming-minglab miqdorini
tashkil etadi.
O`zbek milliy adabiy tili leksikasining normalashishini o`rganilganda,
ayniqsa, uning (o`zbek milliy adabiy tilining) shakllanish jarayoniga alohida
e`tibor berish, shu davr materiallarini chuqur tahlil etish kerak bo`ladi.
Hozirgi o`zbek adabiy tilining shakllanish davriga oid materiallarni
kuzatishdan ma`lum bo`lishicha, bu davrda o`zbek adabiy tili leksikasining
normalanish jarayonida quyidagn hodisalar yuz bergan.
I. Ma`llum bir ma`nosida yoki ma`lum bir birikmalarda so`zning
qo`llanmaydigan bo`lishi. Bunda quyidagi holatlar kuzatiladi.
I. So`z ma`lum bir ma`nosi bilan butunlay iste`moldan chiqib ketadi. Demak,
u asli bir ma`noli so`z bo`ladi. Bu so`zga xos ma`no boshqa so`z yoki birikma
bilan ifodalanadigan bo`ladi, ya`ni shu so`z yoki birikma adabiy tilga xos so`z
bo`lib qoladi. Misollar: Shu yo`l ila ushbu kunimizga qadar bizda diqqatsiz
qoldirilg`on...
(«Bil. uch.»). Ozida har uch oyda bir martaba markaziy qo`mitaning umumiy
majlislari yasalsunlar (Qarorlar). O`lchaksiz buyuk qayg`u hasratlik bo`ldiq
(Qo`llanmalar). ... xotun-kizlarni hayvon kabi sotishqo qorshi chora ko`rish, qolin
mol, kuchlab kuyovga berish.... Ijtimoiy ta`minot har bir yollonib ishlaguvchilar
uchun hech bir ayrimsiz joriy bo`ladir. ... albatta duxtirg`o borib dorulonish kerak.
Shuning uchun biz ham undagi manzarani ko`rgan holda suratlandirib
bermoqchimiz. Bu misollardagi diqqatsiz, ozida, o`lchaksiz, kuchlab, ayrimsiz,
dorulanshi, suratlandirib so`zlari ifodalagan ma`noda z`tiborsiz, kamida., cheksiz,
zo`rlab, istisnosiz, davo-lanish, gavdalantirib so`zlari qo`llanadi. Yuqoridagi
so`zlarning birortasi ham adabiy tilda qo`llanmaydi, ya`ni istemoldan chiqqan.
Quyidagi misollarda qo`llanilgan o`rinlarda, mahallarda, joylarda so`zlaridan
faqat so`nggisi adabiy tilda qotib qolgan ikkitasi iste`moldan chiqkan:... qurultoy
hukumat
apparatlarining
ishchi-dehqon
ommasidan
uzoq
turg`onligini,
mahallalarda hukumatning juda kuchsizligini ko`rsatadirkim... (Qarorlar). Har bir
jumhuriyatda mayda millatlarning manfaatlarini, huquqini himoya qilish uchun
markazda va o`rinlarda maxsus muassasalar tuzilgandir.
2. So`z ma`lum bir ma`nosi bilan ma`lum birikmalardagina qo`llanmaydigan
bo`ladi. Misollar: Shuning bilan ushbu harakat tarqaldi, uchdi (Byulleten). ... idora
ishlarida bir tartib qo`yish mumkin bo`lmadi («Q. O`zb.»). ...ishchi-dehqonlarni
tarixda yangidan-yangi betlar ochmoqda («Q. O`zb.»). Kasabalar uyushmasi
mehnatni saqlaydi («Q. O`zb.»). Po`lsha va Litva millatlar ittifoqining tekis
huquqli a`zosidirlar («Maor. va o`qit.»). Yigirma besh-o`ttiz yilni madrasa
tuprog`ini yalab o`tkazgan bir kishini, tabiiy bizda ulamo qatoriga kirgizmay hol
yo`q (A. Qodiriy).
Bu matnlardagi birikmalar tarkibida qo`llangan o`chdi, qo`yish, bet, saqlaydi,
tekis, hol, so`zlari o`rnida hozirgi tilda so`ndi, o`rnatish, sahifa. himoya qiladi,
teng, iloj so`zlari qo`llanadi. Lekin yuqoridagi so`zlar shu ma`nosini yo`qotgan
emas. Demak, bu hodisani so`zlarning boshqa so`zlar bilan birikishi, ma`lum
birikma tarkibida qo`llanishida maxsuslashish, shu jihatdan normalanish deb
qarash kerak bo`ladi.
3. Ba`zi so`zlar faqat ayrim ma`nolarini yo`qotib (shu ma`nosida
qo`llanmaydigan bo`lib), boshqa ma`nosi bilan adabiy tilda hozirda ham
qo`llanadi. Uning yo`qotgan ma`nosida hozirgi adabiy tilda boshqa so`z
qo`llanadi, ya`ni shu so`zning qo`llanishi norma hisoblanadi. Misollar:... unda 540
talaba davom etib kelgan («Q. O`zb.»)... komitetlarning rahbarligining
yumshoqligi... («Q. O`zb.»,). Agarda ish va xizmat qilg`uchi e `tiborsiz bahona
bilan uch kun qatordan xizmatga kelmasa... . IIIu jihatdan tarbiya ishida ham
muallimning turmushda bor butun borliqlarni quchoqlab olg`an bir usulni anglab
tushunib olishi lozim («Maor. va o`qit.»). Maydonchada bajarilg`usi butun ish
asosan quyidog`i chiziqlarda kessa kerak . ... maktablarga yuradigan bolalar
uylaridagi bolalarning tayyorgarligi koniqarlik emas («Maor. va o`qit.»). Bu narsa
artistlarning ustaligini oshirdi va o`zbek dramaturgiyasiniig o`sishiga katta sabab
bo`ldi (Ziyo Sayd). Tovushga qo`yingiz. Tovushga qo`yiladi. Mulla Obid bir
tovushdan, amo Usmon polvon ikki qarshi bilan qolxoz idorasiga saylanib o`tadilar
(A. Qodiriy. «Obid k.»).
Bu misollardagi davom etib, yumshokliq e`tiborsiz, quchoqlab, chiziklarda,
yuradigan, ustaligini, tovush so`zlari o`rnida hozirgi adabiy tilda qatnab, bo`shliq
uzrsiz, yo`l (yo`nalish)larda, qatnaydigan, mahoratini, ovoz so`zlari qo`llanadi,
shularning qo`llanishi normaga aylangan. Ayni bir tushunchani ifodalash uchun
ma`lum vaqtlarga qadar birdan ortiq so`zlar parallel qo`llangan. Hatto, bir jumla,
kichiq matn ichida ular teng holda qo`llanavergan. Keyinchalik ayni bir ma`no
uchun adabiy tilda ulardan biri maxsuslashgan. Misollar: Bu masalalarni tekshirib
chiqkanimizda O`ktabr o`zgarishining maktab turmuishda qanday buyuk
o`zgarishlar yasagoni... Birok bu progrommo hali buning maktab hayotiga
tamoman kira olmadi («Maor. va o`qit.»). ... eng birinchi o`rinda qushxona uchun
yasama salqinlik katta ahamiyatka molikdir. Bu sanoatlar sun`iy salqinlik iste`mol
qilinmogonda... («Q. O`zb.»). Mayiblarga yordam. Ijtimoiy ta`mimot kamissarligi
invalidlar kaperatsiyasini yaxshilab yo`lg`o qo`yish uchun... . ... o`quchi
balolardan tushkan oylik oqcha. maorif kossasiga to`plab, shu puldan har bir
maktabga... («Q. O`zb.») Har bir yangilik eski dunyo bilan
hisoblashmaganidek, yangi alifbe va uni kurashib o`rin olishi ham eskilik bilan
sanashmagusidir («Alanga»). Demak, bu hodisani adabiy til leksikasi
normalanishi jarayonida adabiy tilda ma`lum ma`no uchun ma`lum so`zlar
maxsuslashib, boshqasining (shu ma`noda) qo`llanmaydigan bo`lishi deb baholash
mumkin;
4) dastlabki etaplarda matbuotda, umuman yozma nutqda iste`molda bo`lgan
ko`pgina so`zlar hozirda oddiy so`zlashuvdagina qo`llanadi, adabiy tildan o`rin
olmagan. Ular ifodalaydigan ma`nolarda adabiy tilda boshqa so`zlar qo`llanadi
(Shu so`zlar adabiy til lug`at tarkibiga kiradi). Misollar: Gaplashib o`tirishlarni
bo`lak boshlig`i yoki shahardan kelgan firqa a`zolari .... bu tarqolishg`o qorshi
himirilik ham chora ko`rilmadi («Q. O`zb.»). Texnikum ham boshlang`ich
maktablarda o`qishlar taraqlab ketdi («Maor. va o`qit.»). Yoza boshlangiz,
idoradan kiish kelib qolsa uyalamiz (G`.G`ulom, «Puch umidlar»). Shuning uchun
ota-onalari bolalari kasal bo`lgan zamon beparvolik qilmay, tezlik ila tabib yo
duxturga boqizmak kerak (A.Avlo-niy).
Demak, bu hodisani o`zbek tilida bor bo`lgan ma`nodosh so`zlarning
qo`llanshnida differentsiatsiya yuz berishi oqibatida ayrim so`zlarning oddiy
so`zlashuvda qolishi boshqalarining esa adabiy tildan o`rin olish hodisasi deb
qarash kerak.
Umuman, hozirgi o`zbek adabiy tilining shakllanish davrida shu jumladan,
leksikaning normalashuvi jarayonida yangi narsa-hodisa, tushunchalarii aniq
to`g`ri ifodalaydigan so`zlarni topish, yo`q bo`lsa yaratish oson bo`lmagan, albatta.
Dastlabki etaplarda qo`llanib keyinchalik iste`moldan chiqish sabablari xuddi shu
tufaylidir. Buni quyidagi misollarda aniq ko`rish mumkin: Olishma ismlari zot
ismlari o`rnig`og`ina kelib ularningina olishdirmaydir, balki sifat, son ismlarini
ham olishdiradirlar («Q. O`zb.»). Emchak emizadirgan xotinlar uchun....
Olmshinnib ishlaydirgan ishlarda ham bir ishchi va xizmatchi guruxlari ish
vaqtlarini tamom qilib... ma`lum bir soatda ikkinchi gurux ishchiliriga
topshiradirlar. Yoqish ashyosi sanoati... .
Tushunchaniig mohiyatini aniq to`g`ri ifodalovchi olmosh, emizikli, smenali,
yoqilg`i so`zlari topilguncha yuqoridagi gaplarda ajratib ko`rsatilgan so`z, so`z
birikmalarn qo`llangan.
II. So`z variaitlarndan biri adabiy tilda qolib (adabiy norma sifatida qabul
qilniib), boshqasi iste`moldan chiqadi. Bunda quyidagi hodisalar kuzatiladi:
1. So`zning morfologik va so`z yasalish variantlaridan birinint konkret bir
ma`nosida adabiy normaga aylanishi, adabiy norma sifatida qabul qilinishi.
boshqasining iste`moldan chiqishi. Misollar:... kundalik ishlarnigina taqdir qila
borsoq, albatta kulgi bir ish bo`lar edi («Q. O`zb.»). Ozg`inadan keyin tirsagi
so`richaning poyasiga tiralib muylab bir-ikki qimillab soqol silkindi (A. Kaxxor,
«Qiplok hukm ostida»), . .... o`zbek xalqining tub kasbi bo`lg`on dehqonchiliq
boqchachilik ishlari... (Qo`llanmalar). Agar shu gaplar rost bo`lsa, borib shunda
yashamog`imiz kerakdir (Hamza. «Maysaraning ishi»)... to`g`ri usta Olimnikiga
qarab borar edi va u erdan otini minib umrlikka Marg`ilon bilan vidolashmoqchi
edi esa-da... (A. Qodiriy. «O`t. k.»). Hatto ular to`g`risida so`ylash ham ortiqdir
(«Maor. va o`qit.»). er yuzasining uchdan bir bo`lagi quruq, ikki bo`lagi suvdir .
Bu misollardagi ajratib ko`rsatilgan so`zlar o`rnida hozirgi adabiy tilda
ularning qanday varianti qo`llanishi ma`lum bo`lgani uchun ularni keltirib
o`tirmaymiz. Shuni qayd etish kerakki, bunday variantlilik, ayniqsa, o`tgan
asrning 20-yillariga oid manbalarda ko`p uchraydi.
Yuqorida aytdikki, variant so`zini kent ma`noda qo`lladik. Shu nuqtai
nazardan ayni bir ma`noda qo`llangan xotin, xotin-qiz, xotin-qizlar so`zlarini ham
variant deb qarash mumkin. Bular ham adabiy til leksikasining normalanish
jirayonini kechgan. Quyidagi uch misolga e`tibor beraylik: Takror aytamizki, bu
so`zlarimiz haqorat uchun aytilmagan bo`lsin, xotin bo`limlarimiz va undagi
ishchilarimiz... Toshkent muzofot xotin-qizlar bo`limining qisqacha hisoboti.
Toshkent muzofotida 5 ta xotin-qiz bo`limi bor («Q. O`zb.»). Bu misoldagi uch
variantdan hozirgi o`zbek adabiy tilpda faqat xotin-qizlar varianti qo`llanadi, shu
variant norma sifatida qolgan.
So`zning morfologik va so`z yasalish variaitlaridan qaysi birining adabiy tilda
qolish-qolmasligi sabablariga ega bo`ladi va buni asoslash, sezish ham u qadar
qiyin bo`lmaydi. Masalan, ... taqdim kilgan nimarsalarini ham qo`ymay o`ziga
qayirub berdi (Hamza). Har yili ekinlarini(ng) joyini almashtirib ekuv yo`lini
to`g`ri olib bormak kerak. Hozirgi adabiy tilda q ayirmoq bilan qaytarmoq fe`llari
boshqa-boshqa ma`no ifodalashi ma`lum. Qvyirmoq fe`li «egib bukmoq qaytarib
bukmoq» ma`nosiga ega. Binobarin, hozirda bu fe`lning «biror narsani avvalgi
(o`z) joyiga yoki egasiga yo`naltirish» ma`nospda qo`llanishi mumkin emas. Bu
ma`noda qaytarmaq fe`li qo`llanadi. Shuningdek «biror narsaning evaziga (biror
narsani berib) boshqa narsani olish» ma`nosida hozirgi adabiy tilda alishtirmok
(alishmoq. amashmok) fe`llari q o`llanadi. «O`rin-joyni «boshqasi bilan
o`zgartirish» ma`nosida faqat almashtirmoq fe`li qo`llanadi, lekin alishtirmoq
qo`llanmaydi.
Lekin shunday faktlar ham uchraydiki, adabiy tilda nima uchun shu variant
qolganligini uning tuzilishi (qismlari) asosida isbotlab bo`lmaydn. Misol: Hozirgi
Turkiyada xotinlar masalasi navbatda turg`on kunlik masalalardan hisoblanadi.
Bunday kundalik daftar to`tarakning o`zi uchun ham ko`zgu bo`lishi bilan birga
yacheyka, bo`lis va tuman tashkilotlarig`o hisob berishda yordam qiladi. O`zbek
tilida kunlik, oylik, xaftalik tipida yasalgan so`zlar bor. Lekin kundalik, xaftadalik,
oydalik tipidagi so`z yasalishi yo`q. Shu jihatdan ayrim birikmalarda (kundalik
daftar, kundalik extiyoj kabi) adabiy tilda kunlik shakli emas kundalik shakli-ning
qolishi qiziq. Lekin bu fakt ham o`z isbotiga eta. Bu erda har ikki variantning
qolishi ma`noni farqlash, aniqrog`i boshqa-boshqa ma`no ifodalash talabi bilandir:
kunlik- bir kunga oid, kundalik - har kunga oid. Shunnig uchun ham agar har so`zi
qo`llansa, u bilan birga kunlik, kungi so`zlari qo`llanadi, lekin kundalik so`zi
qo`llanmaydi: har kunlik, har kungi (lekin har kundalik deyilmaydi). Demak,
kundalik so`zi kunlik bilan emas, balki har kunlik, har kungi bilan ma`nodosh.
2.
So`zning
fonetik
variaitlaridan
birining
adabiy
tilda qolshi, adabiy norma sifatida qabul qilinishi. Misollar: Butun kooperatsiya
ishlariga firqa nazorati qo`yish va shunday qilib unda asti o`zi yo`q bo`lg`on.
Changitish yo`li bilan... nasillashtirish - bodrin, qarbuz kabi qovoq nasli
o`simliklarda
yaxshiroq
chiqadir...
...
undan
olgan
mohiyona
bilan
xech
bir
kishi
xususiy
boylik
to`play
olmas («Q.O`zb.») Ko`ylagi yo`qlar tizi yirtiq kishilardan bu umum kular
(A.Avloniy).
Hozirgi adabiy tilda asli, bodring, tarvuz, moyana, tizza, oson, karta so`zlari
qo`llanadi. Ularning keltirilgan misollardagi fonetik varnantlari adabiy tilda
iste`moldan chiqqan (qo`llanmaydi).
O`zbek adabiy tili leksikasining XX asr taraqqiyoti jarayonida ayrim so`zlar
fonetik variantlarining qo`llanishida boshqacha hodisa yuz bergan, ya`ni ulardan
biri iste`moldan chiqib ketmay, har ikkisi ham adabiy tilda qolgan. Lekin ularda
ma`no jihatdan differentsiatsiya yuz bergan - boshqa-boshqa ma`nolar uchun
qo`llanadigan bo`lgan. Masalan, «Oz son, yaxshi ish» degan shior bilan ishlarni
yo`lg`o qo`ysoq, maktab, klub va tevaraklarimizdan ko`b natijalar ko`ramiz.
Hozirgi adabiy tilda tevarak va to`garak so`zlari ma`no jihatidan
differentsiatsiyaga uchragan. Bu misol ma`noda hozir tevarak so`zi
qo`llanmaganidek «atrof» ma`nosida faqat tevarak qo`llanadi, to`garak
qo`llanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |