Abdiqaliqova nadira niyazimbetovna



Download 366,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana23.10.2019
Hajmi366,5 Kb.
#24151
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xx asr birinchi yarmi ozbek tili leksikasining taraqqiyoti


O‘ZBeKISTON ReSPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PeDAGOGIKA INSTITUTI 

 

UDK 811.512.133 



 

MAGISTRATURA  BO’LIMI 

 

O’ZBEK  TILSHUNOSLIGI  KAFEDRASI 



 

ABDIQALIQOVA NADIRA NIYAZIMBETOVNA 

“XX asr birinchi yarmi o‘zbek tili leksikasining taraqqiyoti” 



 

M A G I S T R L I K       D I S S E R T A T S I Y A 

 

Mutaxassislik:  5A141101  



 

 

 

 



DAK da himoya qilishga ruxsat berilgan 

 

               Magistratura bo’limi boshlig’i:                          dots. B. Atashev  



               Kafedra mudiri:                                                 f.f.n. M. Xudayarova 

               Ilmiy rahbar:                                                       p.f.n. SH. Bo’ranova 

 

                                                

 

NUKUS 2012 


MUNDARIJA

 

 

Kirish 

 

I BOB. O`zbek tili leksikasi taraqqiyotdagi omillar 

1.1. O`zbek tili  leksikasining  ichki imkoniyatlar asosida rivojlanishi 

1.2. Tilning lug`at boyligini oshirishda kalkalashning o`rni 

1.3. Tarixiy so`zlarni ishga solish yo`li bilan leksikaning boyishi 

1.4. Adabiy til leksikasining dialektal so`zlar hisobga boyishi 

1.5. So`z o`zlashtirish yo`li bilan leksikaning rivojlanishi   

1.6. Sifatlarning o`zlashtirilishi 

II BOB. Semantik taraqqiyot 

2.1. Til lug`at tizimining rivojida semantik taraqqiyot 

2.2. Adabiy til leksikasining normalashuvi

  

2.3. Arabcha o`zlashma so`zlarning variantliligi 



Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 

Xulosa 

Kirish 

 

Prezidentimiz  I.A.Karimov  ta`kidlaganidek,  “Jamiki  ezgu  fazilatlar  inson 

qalbiga,  avvalo  ona  allasi,  ona  tilining  betakror  jozibasi  bilan  singadi.  Men  bu 

masalani  alohida  ta`kidlab  aytganim  bejiz  emas.  Ona  tili  -  bu  millatning  ruhidir. 

O`z tilini yo`qotgan millat o`zligidan judo bshlishi muqarrar”.

1

  



Til  lug`at  tarkibining  rivoji    ma`lum  qonuniyatlarga  asoslanadi.  Lug`at 

tarkibida  muayyan  tarixiy  davrlar  o`tishi  bilan  o`ziga  xos  ma`lum  o`zgarishlar 

yuz  berishi  mumkin.  Bunday    o`zgarishlar  ma`lum  ichki  qonuniyat,  tashqi 

kuchlar ta`sirida, obyektiv ravishda, ma`lum mezonlar ta`sirida  yuz beradi. 

Tilga  boshqa  tillardan  so`z  qabul  qilish  ham  huddi  shunday.  Til  o`zida 

vositalar,  imkoniyatlar  bo`lgan  holda,  o`zga  tildan    so`z  olmaydi.  Qabul 

qilinuvchi  so`z  ma`lum  biror  yangi  tushunchani    anglatsa,  yangi    informatsiya 

tashisa  yoki  u  yoki  bu  semantik  yukka  (nagruzka)  ega  bo`lmasagina    tilga 

kirishi  mumkin.  Til    o`zidagi  leksik  vositalardan,  konkret    so`zlardan  bekorga  

voz kechmaydi. 

Tilning  ijtimoiy  hodisa  ekani  tilda  o`zgarishlar  kamroq  bo`lishini,  tilning 

ko`proq turg`un  holatda  bo`lishi lozimligini taqozo qiladi. Mana shu  ma`noda  

har  qanday  tilning  leksik,  fonetik.  morfologik,  sintaktik  sitemasi  o`rinsiz 

o`zgarishlarga  va  har  qanday  tashki  ta`sirlarga  nisbatan  (yopiq)  «berk», 

xususiyatga  ega  bo`ladi.  Tilning  tovush    sistemasi,  morfologik,  sintaktik 

strukturasi mana shu qonuniyat tufayli ko`p davrlar mobaynida yashovchan va 

turg`un  bo`ladi.  Ushbu  qonuniyat  o`zbek  tilining  leksik  sistemasi  uchun  ham 

tegishlidir.  O`zbek    tilidagi  ot,  sifat,  fe`l,  olmosh  va  boshqa    turkumlarga 

kiruvchi   ko`pchilik so`zlar  kadimiy  davrlardan beri  ushbu til   lug`at tarkibida 

mavjud va unda yashab keladi. 

Adabiy tilning lug`at tarkibi ma`lum ma`noda «yopiq», «berk» xususiyatga 

egadir.  Adabiy  til  doimo  o`z  normativ  sistemasining  stabil  va  yashovchan  

bo`lishi uchn kurashadi. Stabillik adabiy tilning, uning normativ vositalarining 

                                                 

1

 Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e`tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. “Fidokor” gazetasi muhbiri 



savollariga javobi. –Toshkent, “O`zbekiston”, 2000, 23-b 

ko`pchilik    uchun  tushunarli  va  kengroq  doirada    tarqalishi  uchun  garovdir. 

Adabiy  til  leksikasi    o`z  normativ  tabiatiga  ko`ra  adabiy  til  uchun  asos 

bo`lmagan  shevalardan  ehtiyojsiz  so`zlar  o`zlashtirishga,    tuban  uslub 

elementlarining,  sotsial  dialektal  hamda  jargonlarga    xos  so`zlarning  adabiy 

tilga kirishiga qarshi turadi. 

Tilning  lug`at  tarkibida  davrlar  o`tishi  bilan  bo`ladigan  o`zgarishalr  o`z 

tabiatiga va ko`lamiga ko`ra absolyut emas, balki nisbiydir. Tilning ijtimoiy va 

kommunikativ  xususiyatlari    til  lug`at  tarkibidagi    o`zgarishlarnnig  absolyut 

bo`lishiga yo`l qo`ymaydi. 

O`zbek tilining lug`at tarkibida xech qachon undagi barcha so`zlardan voz 

kechish,  yangilarini  yaratishdek  o`zgarish  yuz  bergan  emas.  Mana  shunday  

qonuniyatlarning  barchasi    har  qanday  til  lug`at  tarkibida  barcha  davrlarda  

ma`lum  o`zak  qismning  saqlanib  turishini  ko`rsatadi.  Ushbu  o`zak  qismga 

kiruvchi so`zlar  o`zbek tili lug`at tarkibidagi asrlar davomida  turg`un holatda 

saqlanib kelayotgan yashovchan so`zlardir. 

  Til  lug`at  tarkibida  yashovchan,  turg`un  leksik  fondning  mavjudligini 

dunyodagi  barcha tillarning leksik sistemasidagi  qonuniyatlar tasdiqlagan. Til 

lug`at  tarkibidagi    mana  shu  o`zak  (yadro)    tilshunoslik  fanida  tilning  asosiy 

lug`at fondi deb yuritiladi. 

Tilning  asosiy  lug`at  fondi  o`z  mohiyatiga  ko`ra,  uzoq  tarixiy  davrlar 

mahsuli,  aniqrog`i    tildan  uzoq  davrlardan  beri  uzluksiz  qo`llanib  kelayotgan  

so`zlar  sistemasi,  zanjiridir.  Bu  so`zlar  o`z  «mehnat  staji»  va  «hayotiy  yo`li» 

nuqtai nazaridan  ham tarixiydir. Shu tufayli  til lug`at tarkibidagi  ushbu leksik 

yadro - arxisistema deb ham yuritiladi. Arxisestema har qanday til lug`at tarkibi 

uchun  xos  bo`lib,  u  universal  hamda    ijtimoiy  axamiyatiga    ko`ra  eng  muhim  

leksik-semantik vositalar zanjiridir. 

Ilk davrlarda  til turkiy qabila tillari va ba`zi  qadimiy chet tillarining ayrim 

leksik  elementlarini    o`ziga  birlashtirgan  holatda    bo`lgan  bo`lsa,  keyinchalik 

fors-tojik,  arab  tilidan,  mo`g`ul  va  xitoy  tillaridan  so`zlar  qabul  qilingan  


ko`plab  so`zlarning  o`zbek  tili  lug`at  tarkibini    mislsiz  boyitgani  va  

boyitayotganligi bilan xarakterlanadi.  

Til lekiskasinining  tarixiy rivojlanish va shaklllanish xususiyatlarini bilish 

uchun    til  lug`at    tarkibidagi  so`zlarni  tarixiy  etimologik    nuqtai  nazardan 

o`rganish,  ularni    etimologik  qatlamlarga    ajratish  mumkin.  Bu  ish  til  lug`at 

tarkibini    ilmiy  tushunish,  ilmiy  tahlil  qilish  maqsadida  amalga  oshiriladi.  Til 

lug`at tarkibini tarixiy etimologik, ya`ni  so`zlarning genetik manbalariga ko`ra 

tahlil qilish o`zbek  xalqi tilining o`tmishda qanday qardosh tillar, shuningdek. 

qardosh  bo`lmagan chet tillar bilan aloqada va hamkorlikda bo`lganini, bu tilda 

qaysi tillarning ta`siri mavjudligini aniqlashga ham ko`maklashadi. 

Pirovardida,  bunday  izlanishlar  o`zbek  tili  lug`at  tarkibi  va  grammatik  

qurilishining tarixiy o`suv yo`llarini ilmiy  tushunish,  payqash uchun nihoyatda 

muximdir. 

Til lug`at tarkibini tarixiy-etimologik nuqtai nazardan tekshirganda, avvalo  

tarixan,  genetik  jihatdan  o`zbek  tilining  o`ziniki  bo`lgan  so`zlar  belgilab 

olinadi. 

Bunday    so`zlar  o`zbek  tilida  uning  leksikasining    asosiy  negizini  tashkil 

etgan  qadimiy  qatlamdir.  So`ngra o`zbek  tili   tarixan qaysi tillar bilan aloqada  

bo`lganligiga qarab  lug`at tarkibidan qadimiy uyg`ur tili, so`g`d tili, xitoy tili, 

arab    tili,  mo`g`ul  tili,  fors-tojik  tili  va  boshqalarning  elementlarini  axtarish 

qonuniydir.  Bu  tillar  o`zbek  tili  lug`at  tarkibiga    turli  davrlarda,  turli  yo`llar 

bilan  ta`sir etgan. Shunga ko`ra, o`zbek tiliga o`tgan so`zlarning  soni ham turli 

darajadadir. 

Ayrim  tadqiqotchilar    tilni    adabiyotshunoslik  va  tilshunoslik    nuqtai 

nazaridan  o`rganishini  bir-biriga  qarama-qarshi  qo`yishadi.    Shunga  muvofiq 

badiiy  adabiyot  tilini    o`rganadigan  fan  ikki  xil  bo`lmog`i  lozim: 

adabiyotshunoslik  va  lisoniy  stilistika.

2

  Bu  qarash  tarafdorlarining    fikricha, 



adabiyotshunoslik  adabiyot  nazariyasining  bir  qismi  bo`lib,  lisoniy  asoslanadi 

va  ma`lum  davr  adabiyoti,  ma`lum  asar  uchun  xarakterli  bo`lgan  badiiy  ifoda  

                                                 

2

 I.V.Arnold.Stilistika sovremennogo angliskogo yazika. -Moskva. 1974. str-10 



vositalarini  badiiylikni  yuzaga    keltiruvchi  omillarni  o`rganadi.  Bu  nuqtai  

nazardan    badiiy  asarning  g`oyaviy-estetik  qiymati  til  vositalari  yordamida 

emas,  balki  shu  asarda  tasvirlangan  timsollar,  voqealar,  manzaralar  yordamida  

hosil  qilinadi.  Boshqacha  qilib  aytganda,    badiiy  asarning  etakchi  komponenti 

shu  asarning    timsollar  tizimidan  tashkil  topadi.  Badiiy  asarda  til 

elementlarining  estetik vazifasi reallashmaydi, balki til elementlari badiiy asar 

tarkibida  badiiy-estetik  vazifa  kasb  etadi.  Bu  vazifaning  xarakteri  shu  asarda  

tasvirlangan timsollar va voqealarning badiiy estetik  qiymatiga bog`liq bo`ladi.  

Til vositalari bir xil timsol va voqealar tasvirida  bir xil estetik vazifani bajarsa, 

boshqa timsol va voqealar  tasvirida tamomila boshqa vazifani bajaradi.

3

 

Bugungi  kunga  kelib  tilini    o`rganishda  o`zbek  tilshunosligi    ancha  boy 



tajribaga  ega  bo`ldi.  Agar  biz    o`zbek  adabiyoti  tiliga  bag`ishlangan  ilmiy 

tadqiqotlarni    ko`zdan  kechirsak,  bu  tadqiqotlar  ilmiy-metodik  tomondan  bir 

tipdagi  ishlar    emasligini  ko`ramiz.  Ularni  quyidagicha  guruhlash  zarurligini  

ko`rsatadi: 

1. O`zbek mumtoz badiiy adabiyoti tilini  o`rganishga bag`ishlangan ilmiy 

tadqiqotlar. 

2.  Hozirgi  o`zbek  badiiy  adabiyoti  tilini  o`rganishga  bag`ishlangan  ilmiy 

tadqiqotlar. 

O`zbek  mumtoz  badiiy  adabiyoti  tilini    o`rganish  asosan  sobiq  ittifoq 

davrida keng quloch yozdi. 

Mumtoz  shoirlarning  asosiy  asarlari  yangi  alifboda  nashr  qilindi,    bu 

asarlardan anchasining  tanqidiy matni tayyorlandi, ularning tili bo`yicha qator 

nomzodlik    dissertatsiyalari  yoqlandi.  Navoiiy  asarlarining  tili  bo`yicha 

doktorlik  disertatsiyasi  himoya  qilindi.  Bu  tadqiqotlarning  ko`pchiligida  sof 

lisoniy masalalar  yoritilgan. 

O`zbek  mumtoz  badiiy  adabiyoti    tilini  o`rganish  muhim  ishlardan  biri 

sifatida  A.Navoiy asarlarining izohli lug`atini  ko`rsatish mumkin. Navoiiy tili 

                                                 

3

 L.I.Timofiev. Osnovi teorii literaturi. -Moskva. 1959. str 244. 



 

frazeologiyasi  bo`yicha  ham  lug`at  nashr  ettirildi.  Bu  asosan  «Xazoyin  ul-

ma`oniy» asari materiallari asosida yaratilgan. 

A.Ahmedovning    tadqiqotlarida    Furqat  asarlari  tilining  leksikasi  tahlil 

qilingan. Badiiy adabiyot tilining lug`at tarkibiga bag`ishlangan tadqiqotlardan 

Q.Samadov va E.Qilichevlarning ishlarini ko`rsatib o`tish mumkin. Q.Samadov 

«Oybekning  tildan  foydalanish  mahoratining    ba`zi  masalalari»  nomli  ishida  

badiiy  ijod  jarayonida    yozuvchining  so`z  tanlashi    tahlil  kilinadi.  E.  Qilichev 

esa  «Sadriddin  Ayniy  asarlaridagi    istorizm  va  arxaizmlar»  nomli    nomzodlik  

dissertatsiyasini himoya qildi. 

Shunday  qilib,  o`zbek  tilini  o`rganish  masalasida  anchagina  tajriba 

to`plangan. Shu tajribalarga suyangan holda  biz ham XIX asrning oxiri va XX 

asr  boshlaridagi  o`zbek  tilining  o`ziga  xos  xususiyatlarini  o`rganishni  maqsad 

qildik. 

 

XIX  asr  oxiri  XX  asr  boshlari  o`zbek  adabiy  tili  leksikasining  taraqqiyoti, 



bundagi  qonuniyatlar,  lingvistik  va  ekstralingvistik  omillar  kabi  masalalarni 

o`rganishga maxsus bag`ishlangan ish yo`q. Lekin bu masalaga, u bilan bog`liq u 

yoki bu masalaga aloqador ishlar anchagina bor. Masalan, F.Abdullayevning «Til 

qanday 


rivojlanadi?» 

G.Muhammadjonovaning 

«O`zbek 

tili 


leksikasi 

taraqqiyotining  ba`zi  masalalari»,  M.  Po`latovning  «Rus  tilining  o`zbek  tili 

taraqqiyotiga  ta`siri  haqida»,  N.G`.G`ulomovaning  «Russkie  leksicheskie 

zaimstvovaniya  v  uzbekskom  yazike»  nomli  ishlari  shular  jumlasidandir. 

Bularning  har  biri  o`zbek  tili  leksikasiniig      taraqqiyotiga  oid  ayrim  masalalarga 

aloqador bo`lgani sababli shu masalalar haqida bahs yuritilgan o`rinlarda ulardagi 

fikrlarga  munosabat  bildirildi.  Ortiqcha  takrorga  yo`l  qo`ymaslik  uchun  bunday 

adabiyotlarga bir o`rinda umumiy tavsif berishni ma`qul topmadik. 

Tilning  taraqqiyotida  uning  leksikasi  boshqa  sohalariga  nisbatan  tez  va 

sezilarli  darajada  o`zgarishlarga  uchrashi  ma`lum.  Buning  sababi  shundaki, 

jamiyatda  bo`ladigan  turli-tuman  o`zgarishlar  natijasida  yuz  beradigan,  paydo 

bo`ladigan  narsa  hodisalar  ular  uchun  tilda  maxsus  atamalari  bo`lishini  taqozo 



etadi.  Ana  shunday  obyektiv  sabablar  asosida  tilda  yangi-yangi  so`z  (leksema)lar 

paydo bo`ladi, lug`at tarkibi boyib boradi. 

Oktyabr  to`ntarishidan  so`ng  eski  ijtimoiy  munosabatlarning  yo`qolib,  yangi 

tuzum (sotsialistik)ning yuzaga kelishi lug`at tarkibida keskin o`zgarishlarning yuz 

berishiga olib keldi.  Siyosiy va ijtimoiy  hayotda yuz bergan  o`zgarishlar, ishlab  

chiqarishning rivojlanishi fan, texnika, madaniyat, san`at va shu kabilarning rivoji, 

ijtimoiy ongda bo`lgan siljishlar — bularning hammasi o`zbek tili lug`at tarkibida 

tubdan o`zgarishlar bo`lishiga sabab bo`ldi. 

 Ana  shu  shakllanish  jarayoni,  ayniqsa,  leksika  sohasida  juda  murakkab 

kechdi. Shunday bo`lishi ham tabiiy edi. Chunki tilning boshqa sohalariga nisbatan 

uning leksikasida juda katta o`zgarishlar bo`lgan. Masalan, fonetika, so`z yasalishi 

va boshqa sohalarda yuz bergan o`zgarishlar, yangi paydo bo`lgan birliklar barmoq 

bilan sanarli bo`lsa, leksikada bunday yangi birliklar, ya`ni yangi so`z (leksema)lar 

ming-minglab  miqdorni  tashkil  etadiki,  bularni  normalash  qay  darajada  og`ir 

bo`lishi  o`z-o`zidan  ma`lum.  Ikkinchidan,  yangi  paydo  bo`layotgan  narsa, 

hodisalarni  to`g`ri,  aniq  ifodalovchi  yangi  so`zlarni  topish,  yaratish  ham  oson  ish 

emas,  albatta.  Ayniqsa, dastlabki davrlarda  o`zbek  tilshunoslik  fanining  ahvoli va 

boshqa  bir  qator  omillar  yangi  so`zlarni    yaratish,  leksik  normalarni  belgilash 

masalalarida  ko`ngildagidek  natijalarga  erishish  imkonini  bermas  edi.  Haqiqatda 

ham,  shunday  bo`ldi.  O`zbek  adabiy  tilining  shakllanishi  jarayonida  (dastlabki 

bosqichlarda)  yangi  so`zni  yaratishda  amal  qilinishi  kerak  bo`ladigan  talablar 

e`tiborga  olinmasligi  sababli  til  tabiatiga  mos  kelmaydigan  juda  ko`p  so`zlar 

iste`molda  bo`ldi.  Lekin  bunday  nomaqbul  elementlar  til  taraqqiyotining  keyingi 

bosqichlarida qonuniy ravishda istemoldan chiqib ketdi. 

O`zbek  adabiy  tilining  shakllanishi  va  taraqqiyoti  jarayonida  uning 

leksikasida  bo`lgan  o`zgarishi  yangi  lug`aviy  birliklarning  paydo  bo`lishi, 

ayrimlarining  iste`moldan  chiqib  ketishidagina  namoyon  bo`lmay,  balki  bunday 

o`zgarishlar lug`aviy  birliklarning semantikasida  ham  bo`ldi,  ya`ni  bu  jarayonda, 

bir  tomondan,  lug`aviy    birliklar  yangi-yangi  ma`nolar  kasb  etdi,  ba`zi  lug`aviy 

birliklar  esa  ma`lum  bir  ma`nosini  (yoki  ma`nolarini)  yo`qotdi.  Demak  o`zbek 



adabiy  tili  leksikasining  (lug`at  sistemasining)  taraqqiyoti    haqida    fikr 

yuritilganda  masalaning  ana  shu  ikki  tomoni  e`tiborga  olinishi,  ya`ni  leksik 

taraqqiyot bilan semantik taraqqiyotga oid omillar yoritilishi talab etiladi.  


I BOB. O`ZBeK TILI LeKSIKASI TARAQQIYoTDAGI OMILLAR 

1.1. Leksik taraqqiyot 

Leksik  taraqqiyot  deganda  til  lug`at  tarkibining  lug`aviy  birliklar  nuqtai 

nazaridan boyishi, rivojlanishi nazarda tutiladi. Bunday boyish, rivojlanish jamiyat 

taraqqiyotining turli davrlarida turli ko`rinishda, turli darajada bo`ladi. Bu jihatdan 

o`zbek  adabiy  tili  leksikasining  taraqqiyoti  ham  o`ziga  xos  belgilari  bilan 

xarakterlanadi. 

O`zbek  tili  leksik  sistemasining  taraqqiyoti  jarayoni  ma`lum  lug`aviy 

birliklarning  iste`moldan  chiqishi,  yangi-yangi  lug`aviy  birliklarning  paydo 

bo`lishi  bilan  xarakterlanadi.  Bunda  lug`aviy  birliklarning  iste`moldan  chiqishi, 

yo`q  bo`lishiga  nisbatan  yangilarining  paydo  bo`lishi  asosiy  tendentsiya, 

taraqqiyotni belgilovchi hodisa hisoblanadi. 

Lug`aviy  birliklarning     iste`moldan    chiqishni lingvistik va   ekstralingvistik 

omillar asosida, tilning tabiati,   til   taraqqiyoti   qonuniyatlari asosida ro`y beradi. 

Bunda ikki asosiy hodisa kuzatiladi: 

1.  Jamiyat  va  tabiatdagi  narsa-hodisalarining  yo`qolishi    bilan        ularning  

ifodachisi    bo`lgan      so`zlar      ham  yo`q  bo`ladi.  Hozirgi  til  tuzilishidan  (lug`at 

tizimidan) chiqadi va tarixiy so`zlarga aylanadi. Masalan, amir,  qozi, mufti, qarol,  

bo`nak  chorakor  va   b. 

2.  Tilning  takomillashuvi  jarayonida  narsa  hodisalarning  mohiyatini  aniq, 

to`la va to`g`ri ifodalay olmaydigan lug`aviy birliklar iste`moldan chiqib, ularning 

o`rnini  hodisani  aniq,  to`g`ri  va  to`la  ifodalaydigan  lug`aviy  birliklar  egallaydi. 

Masalan,  quyidagi  misollarda  (yigirmanchi  yillar  matbuoti  sahifalarida) 

qo`llanilgan safir, mushtarip, musohaba, dohiliyixtilolchichalishmoq, o`ng`ayli 

so`zlari  hozirda  butunlay  iste`moldan  chiqib  ketgan:  Porijdagi  safirimiz 

Rokuvskiiyning  undan  olinishi  bilan  masala  hal  etildi...  («Maor.  va  o`qituvchi). 

«Ulug`  Turkiston»  gazetasina  mushtariy  daftari  ochildi.  Ishchilarning  o`sha 

maktabning  butun  turmushiga  ishtirok  qilishlari  to`g`risida  musohaba  majlislari 

qilg`oni  bormi?  (Qo`llanma).  Ijtimoiy  mamlakatimiz  xorijiy  va  doxiliy-



dushmanlar bilan o`rolib mamlakatda grajdanlar urushi ketdi  («Maor. va  o`qit.). 

Ixtilolchi askarlarga jazo («Q. O`zb.»). Agarda o`zlari artel tuzishib hukumatning 

sanoat  idoralari  bilan  ilanchi  qilib  ish  qilishsa,  ishlari  juda  yuqorilab  ketar 

edi...(«Q.O`zb.»,).  Talabalarimiz  ham  siyosiy  bilimga  ortiqcha  ahamiyat  berib 

mumkin  qadar  siyosatni  yaxshirok  o`rganishga  chalishadirlar(“Q.O`zb.”).    ...  

erlik xalqning butun kambag`allar sinfini kasabachilik maishatiga jalb qilish ishlari 

uchun o`ngayli sharoitlar tug`dirdi («Q. O`zb.»). Til taraqqiyoti jarayonida, yangi 

so`zlarning paydo bo`lishi bilan birga, ayrim so`zlarning iste`moldan chiqa borishi 

doim ro`y berib turadigan hodisa. Lekin hozirgi o`zbek adabiy tilining taraqqiyoti 

jarayonida, ayniksa uning shakllanish bosqichlarida, leksik sistemasida yuz bergan 

o`zgarishlar  o`ziga  xos  belgilari  bilan  xarakterlanadi  (Bular  ish  davomida  yoritib 

boriladi). 

Yuqorida  aytildiki,  tilning  taraqqiyoti  jarayonida  ma`lum  so`zlarning 

iste`moldan chiqib ketishi emas, balki lug`at tarkibining yangi-yangi birliklar (so`z  

va iboralar) bilan to`lib, boyib borishi asosiy tendentsiya hisoblanadi. Bunda lug`at 

tarkibining  boyib  borishi  har  bir  tilning  o`z  ichki  imkoniyatlari  asosida  va  o`zga 

tildan  o`zlashtirish  yo`li  bilan  bo`lishi  lingvistik  adabiyotlarda  qayd  etilgan  va 

barcha tomonidan tan olingan. 

 

1.2. O`zbek tili  leksikasining  ichki imkoniyatlar asosida rivojlanishi 

Leksikaning  ichki  imkoniyatlar  asosida  rivojlanishi  deganda  quyidagi 

hodisalar  nazarda  tutiladi:  1)  ichki  resurslar  asosida  so`z    yasash  yo`li  bilan 

leksikaning  boyishi;  2)  eskirgan,  tarixiy  va  umuman  eski  manbalarda  bo`lgan 

lug`aviy  birliklarni  ishga  solish  yo`li  bilan  leksikaning  boyishi;  3)  adabiy  til 

leksikasining dialektal so`zlar hisobiga boyishi. 

So`z    yasash  yo`li  bilan  leksikaning  boyishi.  O`zbek  tili  leksikasi  boyishi 

(rivojlanishi)ning  eng  asosiy  yo`li  shu  tilga  xos  so`z    yasash  usullari  bilan  so`z  

yasovchi vositalar yordamida yangi so`zlar hosil qilish (yaratish) yo`lidir. 


Ichki  resurslar vositasida  yangi  so`zlar  yasash  (hosil qilish) deganda  tilning 

o`ziga  xos  so`z  yasash  usullari  bilan  so`z  yasovchi  vositalar  yordamida  (so`z 

yasalish  asosiy  va  so`z  yasovchi  formant  modelida)  so`z  yasash,  shuningdek,  

kalkalash 

yo`li 

bilan 


so`z 

hosil 


qilish 

nazarda 


tutiladi. 

Hozirgi  o`zbek  adabiy  tili  leksikasining  boyishida  ana  shu  ikki  yo`l  bilan  yangi 

so`zlar hosil qilinishi muhim rol o`ynaydi.   

O`zbek  tilida  so`z    yasalishining  bir  necha  usuli  bor  bo`lib,  ulardan  faqat 

affiksatsiya va kompozitsiya usullaridagina sinxron (hozirgi) so`z  yasalishi bor. 

Semantiq fonetik leksikalizatsiya usullari bilan yasalgan so`zlar diaxron (tarixiy) 

yasalishga  oid  so`zlardir.  Demak,  hozirgi  o`zbek  adabiy  tili  leksikasining  so`z  

yasash  yo`li  bilan  boyishi  deganda  faqat  affiksatsiya  va  kompozitsiya  usullari 

bilan  so`z  yasalishinn  nazarda  tutish  mumkin.  Bu  ikki  usuldan  ham  affiksatsiya 

usuli  sermahsul  usul  bo`lib.  leksikaning  boyishida  ana  shu  usul  muhim  rol 

o`ynaydi. 

Mustaqil  so`z  turkumlaridan  ot,  sifat,  fe`l  va  ravish  turkumiga  oid  so`z  

yasovchi affikslardan ayrimlari hozirda so`z  yasash vazifasini to`xtatgan, ba`zilari 

esa  mahsuldor.  Faol  so`z  yasovchi  affikslarga  aylangan.  Bular  yordamida  juda 

ko`p  miqdorda  yangi  so`zlar  yasaldi  va  yangi-yangi  so`zlar  yasalishi  davom 

etmoqda.  Bu  o`rinda  affikslar  yordamida  yasalgan  va  yasalayotgan  barcha 

so`zlarni keltirib o`tirish shart emas deb o`ylaymiz. Faqatgina bu davrda o`zbek tili 

leksikasining boyishida affiksatsiya usuli bilan so`z  yasalishinnng rolini yana bir 

qayd  etish uchun  -cha,  -li,  -la  affikslari  yordamida  yasalgan ot.  sifat va  fe`llardai 

namunalar keltirish bilan cheklanamiz: 



-chi affiksi bilan yasalgan otlar: ijrochi, jangchi, ixtirochi, ishchi, ishtiroqchi, 

konchi,  kurashchi,  ko`makchi,  ko`chirmachi,  loyihachi,  lug`atchi,  matbaachi, 

maqomchi,  muzokarachi,  mushtumchi,  muqovachi,  omonatchi,  og`machi, 

rasmiyatchi, 

sanoatchi, 

siyosatchi, 

tadqiqotchi, 

tarixchi, 

targ`ibotchi, 

tashabbuschi,  tashkilotchi,  taqrizchi,  teskarichi,  tilchi,  chang`ichi,  chegarachi, 

eshkakchi,  o`qchi,  qatnashchi,  qomuschi,  haydovchi,  hujumchi,  aptekachi, 

armaturachi,  artilleriyachi,  arxivchi,  atletikachi,  betonchi,  brakchi,  gipnozchi, 

dokladchi, karikaturachi, obzorchi, progulchi, razvedkachi, futbolchi va b. 

-li  affiksi  bilan  yasalgan  sifatlar:  alangali,  atoqli,  bayroqli,  burchli, 

bo`lishli, vositali, ziyoli, izohli, ifodali, kasrli. ko`ngilli, purga-emali, mavsumli, 

mas`uliyatli,  ma`rifatli,  munozarali,  namunali,  samarali,  tasvirli,  tushunchali, 

yutuqli,  kaloriyali,  marshrutli,  obrazli,  ordenli,  planli,  razryadli,  sistemali, 

spirtli, talantli, xarakterli  

va b. 


-la affiksi bilan yasalgan fe`llar: asosla, burgula, zararla, ifodala, loyihala, 

mukofotla,  nishonla,  sahifala,  tasvirla,  yarala,  asfaltla,  betonla,  gipsla, 

kraxmalla, nomerla, plombala, pressla, rulonla, unifikatsiyala va b. 

Biz  umuman,  -chi,  -li,  -la  affikslari  yordamida  yasalgan  so`zlardan  emas, 

balki  ular  yordamida  «o`tgan  asrning  boshlarida  yasalgan  so`zlardangina 

namunalar  keltirdik.  Bunday  so`z  yasovchi  mahsuldor  affikslar  ot,  sifat,  fe`l  va 

ravish  turkumlarida  ko`pgina  ekani,  ularning  har  biri  anchagina  miqdorda  so`z 

yasagani  va  hozirda  ham  ular  yordamida  yangi-yangi  so`zlar  yasalayotgani 

e`tiborga  olinsa,  affiksatsiya  usuli  bilan  so`z  yasalishi  natijasida  o`tgan  asrda 

o`zbek  adabiy  tili



Download 366,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish