O‘ZBeKISTON ReSPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PeDAGOGIKA INSTITUTI
UDK 811.512.133
MAGISTRATURA BO’LIMI
O’ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
ABDIQALIQOVA NADIRA NIYAZIMBETOVNA
“XX asr birinchi yarmi o‘zbek tili leksikasining taraqqiyoti”
M A G I S T R L I K D I S S E R T A T S I Y A
Mutaxassislik: 5A141101
DAK da himoya qilishga ruxsat berilgan
Magistratura bo’limi boshlig’i: dots. B. Atashev
Kafedra mudiri: f.f.n. M. Xudayarova
Ilmiy rahbar: p.f.n. SH. Bo’ranova
NUKUS 2012
MUNDARIJA
Kirish
I BOB. O`zbek tili leksikasi taraqqiyotdagi omillar
1.1. O`zbek tili leksikasining ichki imkoniyatlar asosida rivojlanishi
1.2. Tilning lug`at boyligini oshirishda kalkalashning o`rni
1.3. Tarixiy so`zlarni ishga solish yo`li bilan leksikaning boyishi
1.4. Adabiy til leksikasining dialektal so`zlar hisobga boyishi
1.5. So`z o`zlashtirish yo`li bilan leksikaning rivojlanishi
1.6. Sifatlarning o`zlashtirilishi
II BOB. Semantik taraqqiyot
2.1. Til lug`at tizimining rivojida semantik taraqqiyot
2.2. Adabiy til leksikasining normalashuvi
2.3. Arabcha o`zlashma so`zlarning variantliligi
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Xulosa
Kirish
Prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlaganidek, “Jamiki ezgu fazilatlar inson
qalbiga, avvalo ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Men bu
masalani alohida ta`kidlab aytganim bejiz emas. Ona tili - bu millatning ruhidir.
O`z tilini yo`qotgan millat o`zligidan judo bshlishi muqarrar”.
1
Til lug`at tarkibining rivoji ma`lum qonuniyatlarga asoslanadi. Lug`at
tarkibida muayyan tarixiy davrlar o`tishi bilan o`ziga xos ma`lum o`zgarishlar
yuz berishi mumkin. Bunday o`zgarishlar ma`lum ichki qonuniyat, tashqi
kuchlar ta`sirida, obyektiv ravishda, ma`lum mezonlar ta`sirida yuz beradi.
Tilga boshqa tillardan so`z qabul qilish ham huddi shunday. Til o`zida
vositalar, imkoniyatlar bo`lgan holda, o`zga tildan so`z olmaydi. Qabul
qilinuvchi so`z ma`lum biror yangi tushunchani anglatsa, yangi informatsiya
tashisa yoki u yoki bu semantik yukka (nagruzka) ega bo`lmasagina tilga
kirishi mumkin. Til o`zidagi leksik vositalardan, konkret so`zlardan bekorga
voz kechmaydi.
Tilning ijtimoiy hodisa ekani tilda o`zgarishlar kamroq bo`lishini, tilning
ko`proq turg`un holatda bo`lishi lozimligini taqozo qiladi. Mana shu ma`noda
har qanday tilning leksik, fonetik. morfologik, sintaktik sitemasi o`rinsiz
o`zgarishlarga va har qanday tashki ta`sirlarga nisbatan (yopiq) «berk»,
xususiyatga ega bo`ladi. Tilning tovush sistemasi, morfologik, sintaktik
strukturasi mana shu qonuniyat tufayli ko`p davrlar mobaynida yashovchan va
turg`un bo`ladi. Ushbu qonuniyat o`zbek tilining leksik sistemasi uchun ham
tegishlidir. O`zbek tilidagi ot, sifat, fe`l, olmosh va boshqa turkumlarga
kiruvchi ko`pchilik so`zlar kadimiy davrlardan beri ushbu til lug`at tarkibida
mavjud va unda yashab keladi.
Adabiy tilning lug`at tarkibi ma`lum ma`noda «yopiq», «berk» xususiyatga
egadir. Adabiy til doimo o`z normativ sistemasining stabil va yashovchan
bo`lishi uchn kurashadi. Stabillik adabiy tilning, uning normativ vositalarining
1
Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e`tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. “Fidokor” gazetasi muhbiri
savollariga javobi. –Toshkent, “O`zbekiston”, 2000, 23-b
ko`pchilik uchun tushunarli va kengroq doirada tarqalishi uchun garovdir.
Adabiy til leksikasi o`z normativ tabiatiga ko`ra adabiy til uchun asos
bo`lmagan shevalardan ehtiyojsiz so`zlar o`zlashtirishga, tuban uslub
elementlarining, sotsial dialektal hamda jargonlarga xos so`zlarning adabiy
tilga kirishiga qarshi turadi.
Tilning lug`at tarkibida davrlar o`tishi bilan bo`ladigan o`zgarishalr o`z
tabiatiga va ko`lamiga ko`ra absolyut emas, balki nisbiydir. Tilning ijtimoiy va
kommunikativ xususiyatlari til lug`at tarkibidagi o`zgarishlarnnig absolyut
bo`lishiga yo`l qo`ymaydi.
O`zbek tilining lug`at tarkibida xech qachon undagi barcha so`zlardan voz
kechish, yangilarini yaratishdek o`zgarish yuz bergan emas. Mana shunday
qonuniyatlarning barchasi har qanday til lug`at tarkibida barcha davrlarda
ma`lum o`zak qismning saqlanib turishini ko`rsatadi. Ushbu o`zak qismga
kiruvchi so`zlar o`zbek tili lug`at tarkibidagi asrlar davomida turg`un holatda
saqlanib kelayotgan yashovchan so`zlardir.
Til lug`at tarkibida yashovchan, turg`un leksik fondning mavjudligini
dunyodagi barcha tillarning leksik sistemasidagi qonuniyatlar tasdiqlagan. Til
lug`at tarkibidagi mana shu o`zak (yadro) tilshunoslik fanida tilning asosiy
lug`at fondi deb yuritiladi.
Tilning asosiy lug`at fondi o`z mohiyatiga ko`ra, uzoq tarixiy davrlar
mahsuli, aniqrog`i tildan uzoq davrlardan beri uzluksiz qo`llanib kelayotgan
so`zlar sistemasi, zanjiridir. Bu so`zlar o`z «mehnat staji» va «hayotiy yo`li»
nuqtai nazaridan ham tarixiydir. Shu tufayli til lug`at tarkibidagi ushbu leksik
yadro - arxisistema deb ham yuritiladi. Arxisestema har qanday til lug`at tarkibi
uchun xos bo`lib, u universal hamda ijtimoiy axamiyatiga ko`ra eng muhim
leksik-semantik vositalar zanjiridir.
Ilk davrlarda til turkiy qabila tillari va ba`zi qadimiy chet tillarining ayrim
leksik elementlarini o`ziga birlashtirgan holatda bo`lgan bo`lsa, keyinchalik
fors-tojik, arab tilidan, mo`g`ul va xitoy tillaridan so`zlar qabul qilingan
ko`plab so`zlarning o`zbek tili lug`at tarkibini mislsiz boyitgani va
boyitayotganligi bilan xarakterlanadi.
Til lekiskasinining tarixiy rivojlanish va shaklllanish xususiyatlarini bilish
uchun til lug`at tarkibidagi so`zlarni tarixiy etimologik nuqtai nazardan
o`rganish, ularni etimologik qatlamlarga ajratish mumkin. Bu ish til lug`at
tarkibini ilmiy tushunish, ilmiy tahlil qilish maqsadida amalga oshiriladi. Til
lug`at tarkibini tarixiy etimologik, ya`ni so`zlarning genetik manbalariga ko`ra
tahlil qilish o`zbek xalqi tilining o`tmishda qanday qardosh tillar, shuningdek.
qardosh bo`lmagan chet tillar bilan aloqada va hamkorlikda bo`lganini, bu tilda
qaysi tillarning ta`siri mavjudligini aniqlashga ham ko`maklashadi.
Pirovardida, bunday izlanishlar o`zbek tili lug`at tarkibi va grammatik
qurilishining tarixiy o`suv yo`llarini ilmiy tushunish, payqash uchun nihoyatda
muximdir.
Til lug`at tarkibini tarixiy-etimologik nuqtai nazardan tekshirganda, avvalo
tarixan, genetik jihatdan o`zbek tilining o`ziniki bo`lgan so`zlar belgilab
olinadi.
Bunday so`zlar o`zbek tilida uning leksikasining asosiy negizini tashkil
etgan qadimiy qatlamdir. So`ngra o`zbek tili tarixan qaysi tillar bilan aloqada
bo`lganligiga qarab lug`at tarkibidan qadimiy uyg`ur tili, so`g`d tili, xitoy tili,
arab tili, mo`g`ul tili, fors-tojik tili va boshqalarning elementlarini axtarish
qonuniydir. Bu tillar o`zbek tili lug`at tarkibiga turli davrlarda, turli yo`llar
bilan ta`sir etgan. Shunga ko`ra, o`zbek tiliga o`tgan so`zlarning soni ham turli
darajadadir.
Ayrim tadqiqotchilar tilni adabiyotshunoslik va tilshunoslik nuqtai
nazaridan o`rganishini bir-biriga qarama-qarshi qo`yishadi. Shunga muvofiq
badiiy adabiyot tilini o`rganadigan fan ikki xil bo`lmog`i lozim:
adabiyotshunoslik va lisoniy stilistika.
2
Bu qarash tarafdorlarining fikricha,
adabiyotshunoslik adabiyot nazariyasining bir qismi bo`lib, lisoniy asoslanadi
va ma`lum davr adabiyoti, ma`lum asar uchun xarakterli bo`lgan badiiy ifoda
2
I.V.Arnold.Stilistika sovremennogo angliskogo yazika. -Moskva. 1974. str-10
vositalarini badiiylikni yuzaga keltiruvchi omillarni o`rganadi. Bu nuqtai
nazardan badiiy asarning g`oyaviy-estetik qiymati til vositalari yordamida
emas, balki shu asarda tasvirlangan timsollar, voqealar, manzaralar yordamida
hosil qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, badiiy asarning etakchi komponenti
shu asarning timsollar tizimidan tashkil topadi. Badiiy asarda til
elementlarining estetik vazifasi reallashmaydi, balki til elementlari badiiy asar
tarkibida badiiy-estetik vazifa kasb etadi. Bu vazifaning xarakteri shu asarda
tasvirlangan timsollar va voqealarning badiiy estetik qiymatiga bog`liq bo`ladi.
Til vositalari bir xil timsol va voqealar tasvirida bir xil estetik vazifani bajarsa,
boshqa timsol va voqealar tasvirida tamomila boshqa vazifani bajaradi.
3
Bugungi kunga kelib tilini o`rganishda o`zbek tilshunosligi ancha boy
tajribaga ega bo`ldi. Agar biz o`zbek adabiyoti tiliga bag`ishlangan ilmiy
tadqiqotlarni ko`zdan kechirsak, bu tadqiqotlar ilmiy-metodik tomondan bir
tipdagi ishlar emasligini ko`ramiz. Ularni quyidagicha guruhlash zarurligini
ko`rsatadi:
1. O`zbek mumtoz badiiy adabiyoti tilini o`rganishga bag`ishlangan ilmiy
tadqiqotlar.
2. Hozirgi o`zbek badiiy adabiyoti tilini o`rganishga bag`ishlangan ilmiy
tadqiqotlar.
O`zbek mumtoz badiiy adabiyoti tilini o`rganish asosan sobiq ittifoq
davrida keng quloch yozdi.
Mumtoz shoirlarning asosiy asarlari yangi alifboda nashr qilindi, bu
asarlardan anchasining tanqidiy matni tayyorlandi, ularning tili bo`yicha qator
nomzodlik dissertatsiyalari yoqlandi. Navoiiy asarlarining tili bo`yicha
doktorlik disertatsiyasi himoya qilindi. Bu tadqiqotlarning ko`pchiligida sof
lisoniy masalalar yoritilgan.
O`zbek mumtoz badiiy adabiyoti tilini o`rganish muhim ishlardan biri
sifatida A.Navoiy asarlarining izohli lug`atini ko`rsatish mumkin. Navoiiy tili
3
L.I.Timofiev. Osnovi teorii literaturi. -Moskva. 1959. str 244.
frazeologiyasi bo`yicha ham lug`at nashr ettirildi. Bu asosan «Xazoyin ul-
ma`oniy» asari materiallari asosida yaratilgan.
A.Ahmedovning tadqiqotlarida Furqat asarlari tilining leksikasi tahlil
qilingan. Badiiy adabiyot tilining lug`at tarkibiga bag`ishlangan tadqiqotlardan
Q.Samadov va E.Qilichevlarning ishlarini ko`rsatib o`tish mumkin. Q.Samadov
«Oybekning tildan foydalanish mahoratining ba`zi masalalari» nomli ishida
badiiy ijod jarayonida yozuvchining so`z tanlashi tahlil kilinadi. E. Qilichev
esa «Sadriddin Ayniy asarlaridagi istorizm va arxaizmlar» nomli nomzodlik
dissertatsiyasini himoya qildi.
Shunday qilib, o`zbek tilini o`rganish masalasida anchagina tajriba
to`plangan. Shu tajribalarga suyangan holda biz ham XIX asrning oxiri va XX
asr boshlaridagi o`zbek tilining o`ziga xos xususiyatlarini o`rganishni maqsad
qildik.
XIX asr oxiri XX asr boshlari o`zbek adabiy tili leksikasining taraqqiyoti,
bundagi qonuniyatlar, lingvistik va ekstralingvistik omillar kabi masalalarni
o`rganishga maxsus bag`ishlangan ish yo`q. Lekin bu masalaga, u bilan bog`liq u
yoki bu masalaga aloqador ishlar anchagina bor. Masalan, F.Abdullayevning «Til
qanday
rivojlanadi?»
G.Muhammadjonovaning
«O`zbek
tili
leksikasi
taraqqiyotining ba`zi masalalari», M. Po`latovning «Rus tilining o`zbek tili
taraqqiyotiga ta`siri haqida», N.G`.G`ulomovaning «Russkie leksicheskie
zaimstvovaniya v uzbekskom yazike» nomli ishlari shular jumlasidandir.
Bularning har biri o`zbek tili leksikasiniig taraqqiyotiga oid ayrim masalalarga
aloqador bo`lgani sababli shu masalalar haqida bahs yuritilgan o`rinlarda ulardagi
fikrlarga munosabat bildirildi. Ortiqcha takrorga yo`l qo`ymaslik uchun bunday
adabiyotlarga bir o`rinda umumiy tavsif berishni ma`qul topmadik.
Tilning taraqqiyotida uning leksikasi boshqa sohalariga nisbatan tez va
sezilarli darajada o`zgarishlarga uchrashi ma`lum. Buning sababi shundaki,
jamiyatda bo`ladigan turli-tuman o`zgarishlar natijasida yuz beradigan, paydo
bo`ladigan narsa hodisalar ular uchun tilda maxsus atamalari bo`lishini taqozo
etadi. Ana shunday obyektiv sabablar asosida tilda yangi-yangi so`z (leksema)lar
paydo bo`ladi, lug`at tarkibi boyib boradi.
Oktyabr to`ntarishidan so`ng eski ijtimoiy munosabatlarning yo`qolib, yangi
tuzum (sotsialistik)ning yuzaga kelishi lug`at tarkibida keskin o`zgarishlarning yuz
berishiga olib keldi. Siyosiy va ijtimoiy hayotda yuz bergan o`zgarishlar, ishlab
chiqarishning rivojlanishi fan, texnika, madaniyat, san`at va shu kabilarning rivoji,
ijtimoiy ongda bo`lgan siljishlar — bularning hammasi o`zbek tili lug`at tarkibida
tubdan o`zgarishlar bo`lishiga sabab bo`ldi.
Ana shu shakllanish jarayoni, ayniqsa, leksika sohasida juda murakkab
kechdi. Shunday bo`lishi ham tabiiy edi. Chunki tilning boshqa sohalariga nisbatan
uning leksikasida juda katta o`zgarishlar bo`lgan. Masalan, fonetika, so`z yasalishi
va boshqa sohalarda yuz bergan o`zgarishlar, yangi paydo bo`lgan birliklar barmoq
bilan sanarli bo`lsa, leksikada bunday yangi birliklar, ya`ni yangi so`z (leksema)lar
ming-minglab miqdorni tashkil etadiki, bularni normalash qay darajada og`ir
bo`lishi o`z-o`zidan ma`lum. Ikkinchidan, yangi paydo bo`layotgan narsa,
hodisalarni to`g`ri, aniq ifodalovchi yangi so`zlarni topish, yaratish ham oson ish
emas, albatta. Ayniqsa, dastlabki davrlarda o`zbek tilshunoslik fanining ahvoli va
boshqa bir qator omillar yangi so`zlarni yaratish, leksik normalarni belgilash
masalalarida ko`ngildagidek natijalarga erishish imkonini bermas edi. Haqiqatda
ham, shunday bo`ldi. O`zbek adabiy tilining shakllanishi jarayonida (dastlabki
bosqichlarda) yangi so`zni yaratishda amal qilinishi kerak bo`ladigan talablar
e`tiborga olinmasligi sababli til tabiatiga mos kelmaydigan juda ko`p so`zlar
iste`molda bo`ldi. Lekin bunday nomaqbul elementlar til taraqqiyotining keyingi
bosqichlarida qonuniy ravishda istemoldan chiqib ketdi.
O`zbek adabiy tilining shakllanishi va taraqqiyoti jarayonida uning
leksikasida bo`lgan o`zgarishi yangi lug`aviy birliklarning paydo bo`lishi,
ayrimlarining iste`moldan chiqib ketishidagina namoyon bo`lmay, balki bunday
o`zgarishlar lug`aviy birliklarning semantikasida ham bo`ldi, ya`ni bu jarayonda,
bir tomondan, lug`aviy birliklar yangi-yangi ma`nolar kasb etdi, ba`zi lug`aviy
birliklar esa ma`lum bir ma`nosini (yoki ma`nolarini) yo`qotdi. Demak o`zbek
adabiy tili leksikasining (lug`at sistemasining) taraqqiyoti haqida fikr
yuritilganda masalaning ana shu ikki tomoni e`tiborga olinishi, ya`ni leksik
taraqqiyot bilan semantik taraqqiyotga oid omillar yoritilishi talab etiladi.
I BOB. O`ZBeK TILI LeKSIKASI TARAQQIYoTDAGI OMILLAR
1.1. Leksik taraqqiyot
Leksik taraqqiyot deganda til lug`at tarkibining lug`aviy birliklar nuqtai
nazaridan boyishi, rivojlanishi nazarda tutiladi. Bunday boyish, rivojlanish jamiyat
taraqqiyotining turli davrlarida turli ko`rinishda, turli darajada bo`ladi. Bu jihatdan
o`zbek adabiy tili leksikasining taraqqiyoti ham o`ziga xos belgilari bilan
xarakterlanadi.
O`zbek tili leksik sistemasining taraqqiyoti jarayoni ma`lum lug`aviy
birliklarning iste`moldan chiqishi, yangi-yangi lug`aviy birliklarning paydo
bo`lishi bilan xarakterlanadi. Bunda lug`aviy birliklarning iste`moldan chiqishi,
yo`q bo`lishiga nisbatan yangilarining paydo bo`lishi asosiy tendentsiya,
taraqqiyotni belgilovchi hodisa hisoblanadi.
Lug`aviy birliklarning iste`moldan chiqishni lingvistik va ekstralingvistik
omillar asosida, tilning tabiati, til taraqqiyoti qonuniyatlari asosida ro`y beradi.
Bunda ikki asosiy hodisa kuzatiladi:
1. Jamiyat va tabiatdagi narsa-hodisalarining yo`qolishi bilan ularning
ifodachisi bo`lgan so`zlar ham yo`q bo`ladi. Hozirgi til tuzilishidan (lug`at
tizimidan) chiqadi va tarixiy so`zlarga aylanadi. Masalan, amir, qozi, mufti, qarol,
bo`nak chorakor va b.
2. Tilning takomillashuvi jarayonida narsa hodisalarning mohiyatini aniq,
to`la va to`g`ri ifodalay olmaydigan lug`aviy birliklar iste`moldan chiqib, ularning
o`rnini hodisani aniq, to`g`ri va to`la ifodalaydigan lug`aviy birliklar egallaydi.
Masalan, quyidagi misollarda (yigirmanchi yillar matbuoti sahifalarida)
qo`llanilgan safir, mushtarip, musohaba, dohiliy, ixtilolchi, chalishmoq, o`ng`ayli
so`zlari hozirda butunlay iste`moldan chiqib ketgan: Porijdagi safirimiz
Rokuvskiiyning undan olinishi bilan masala hal etildi... («Maor. va o`qituvchi).
«Ulug` Turkiston» gazetasina mushtariy daftari ochildi. Ishchilarning o`sha
maktabning butun turmushiga ishtirok qilishlari to`g`risida musohaba majlislari
qilg`oni bormi? (Qo`llanma). Ijtimoiy mamlakatimiz xorijiy va doxiliy-
dushmanlar bilan o`rolib mamlakatda grajdanlar urushi ketdi («Maor. va o`qit.).
Ixtilolchi askarlarga jazo («Q. O`zb.»). Agarda o`zlari artel tuzishib hukumatning
sanoat idoralari bilan ilanchi qilib ish qilishsa, ishlari juda yuqorilab ketar
edi...(«Q.O`zb.»,). Talabalarimiz ham siyosiy bilimga ortiqcha ahamiyat berib
mumkin qadar siyosatni yaxshirok o`rganishga chalishadirlar(“Q.O`zb.”). ...
erlik xalqning butun kambag`allar sinfini kasabachilik maishatiga jalb qilish ishlari
uchun o`ngayli sharoitlar tug`dirdi («Q. O`zb.»). Til taraqqiyoti jarayonida, yangi
so`zlarning paydo bo`lishi bilan birga, ayrim so`zlarning iste`moldan chiqa borishi
doim ro`y berib turadigan hodisa. Lekin hozirgi o`zbek adabiy tilining taraqqiyoti
jarayonida, ayniksa uning shakllanish bosqichlarida, leksik sistemasida yuz bergan
o`zgarishlar o`ziga xos belgilari bilan xarakterlanadi (Bular ish davomida yoritib
boriladi).
Yuqorida aytildiki, tilning taraqqiyoti jarayonida ma`lum so`zlarning
iste`moldan chiqib ketishi emas, balki lug`at tarkibining yangi-yangi birliklar (so`z
va iboralar) bilan to`lib, boyib borishi asosiy tendentsiya hisoblanadi. Bunda lug`at
tarkibining boyib borishi har bir tilning o`z ichki imkoniyatlari asosida va o`zga
tildan o`zlashtirish yo`li bilan bo`lishi lingvistik adabiyotlarda qayd etilgan va
barcha tomonidan tan olingan.
1.2. O`zbek tili leksikasining ichki imkoniyatlar asosida rivojlanishi
Leksikaning ichki imkoniyatlar asosida rivojlanishi deganda quyidagi
hodisalar nazarda tutiladi: 1) ichki resurslar asosida so`z yasash yo`li bilan
leksikaning boyishi; 2) eskirgan, tarixiy va umuman eski manbalarda bo`lgan
lug`aviy birliklarni ishga solish yo`li bilan leksikaning boyishi; 3) adabiy til
leksikasining dialektal so`zlar hisobiga boyishi.
So`z yasash yo`li bilan leksikaning boyishi. O`zbek tili leksikasi boyishi
(rivojlanishi)ning eng asosiy yo`li shu tilga xos so`z yasash usullari bilan so`z
yasovchi vositalar yordamida yangi so`zlar hosil qilish (yaratish) yo`lidir.
Ichki resurslar vositasida yangi so`zlar yasash (hosil qilish) deganda tilning
o`ziga xos so`z yasash usullari bilan so`z yasovchi vositalar yordamida (so`z
yasalish asosiy va so`z yasovchi formant modelida) so`z yasash, shuningdek,
kalkalash
yo`li
bilan
so`z
hosil
qilish
nazarda
tutiladi.
Hozirgi o`zbek adabiy tili leksikasining boyishida ana shu ikki yo`l bilan yangi
so`zlar hosil qilinishi muhim rol o`ynaydi.
O`zbek tilida so`z yasalishining bir necha usuli bor bo`lib, ulardan faqat
affiksatsiya va kompozitsiya usullaridagina sinxron (hozirgi) so`z yasalishi bor.
Semantiq fonetik leksikalizatsiya usullari bilan yasalgan so`zlar diaxron (tarixiy)
yasalishga oid so`zlardir. Demak, hozirgi o`zbek adabiy tili leksikasining so`z
yasash yo`li bilan boyishi deganda faqat affiksatsiya va kompozitsiya usullari
bilan so`z yasalishinn nazarda tutish mumkin. Bu ikki usuldan ham affiksatsiya
usuli sermahsul usul bo`lib. leksikaning boyishida ana shu usul muhim rol
o`ynaydi.
Mustaqil so`z turkumlaridan ot, sifat, fe`l va ravish turkumiga oid so`z
yasovchi affikslardan ayrimlari hozirda so`z yasash vazifasini to`xtatgan, ba`zilari
esa mahsuldor. Faol so`z yasovchi affikslarga aylangan. Bular yordamida juda
ko`p miqdorda yangi so`zlar yasaldi va yangi-yangi so`zlar yasalishi davom
etmoqda. Bu o`rinda affikslar yordamida yasalgan va yasalayotgan barcha
so`zlarni keltirib o`tirish shart emas deb o`ylaymiz. Faqatgina bu davrda o`zbek tili
leksikasining boyishida affiksatsiya usuli bilan so`z yasalishinnng rolini yana bir
qayd etish uchun -cha, -li, -la affikslari yordamida yasalgan ot. sifat va fe`llardai
namunalar keltirish bilan cheklanamiz:
-chi affiksi bilan yasalgan otlar: ijrochi, jangchi, ixtirochi, ishchi, ishtiroqchi,
konchi, kurashchi, ko`makchi, ko`chirmachi, loyihachi, lug`atchi, matbaachi,
maqomchi, muzokarachi, mushtumchi, muqovachi, omonatchi, og`machi,
rasmiyatchi,
sanoatchi,
siyosatchi,
tadqiqotchi,
tarixchi,
targ`ibotchi,
tashabbuschi, tashkilotchi, taqrizchi, teskarichi, tilchi, chang`ichi, chegarachi,
eshkakchi, o`qchi, qatnashchi, qomuschi, haydovchi, hujumchi, aptekachi,
armaturachi, artilleriyachi, arxivchi, atletikachi, betonchi, brakchi, gipnozchi,
dokladchi, karikaturachi, obzorchi, progulchi, razvedkachi, futbolchi va b.
-li affiksi bilan yasalgan sifatlar: alangali, atoqli, bayroqli, burchli,
bo`lishli, vositali, ziyoli, izohli, ifodali, kasrli. ko`ngilli, purga-emali, mavsumli,
mas`uliyatli, ma`rifatli, munozarali, namunali, samarali, tasvirli, tushunchali,
yutuqli, kaloriyali, marshrutli, obrazli, ordenli, planli, razryadli, sistemali,
spirtli, talantli, xarakterli
va b.
-la affiksi bilan yasalgan fe`llar: asosla, burgula, zararla, ifodala, loyihala,
mukofotla, nishonla, sahifala, tasvirla, yarala, asfaltla, betonla, gipsla,
kraxmalla, nomerla, plombala, pressla, rulonla, unifikatsiyala va b.
Biz umuman, -chi, -li, -la affikslari yordamida yasalgan so`zlardan emas,
balki ular yordamida «o`tgan asrning boshlarida yasalgan so`zlardangina
namunalar keltirdik. Bunday so`z yasovchi mahsuldor affikslar ot, sifat, fe`l va
ravish turkumlarida ko`pgina ekani, ularning har biri anchagina miqdorda so`z
yasagani va hozirda ham ular yordamida yangi-yangi so`zlar yasalayotgani
e`tiborga olinsa, affiksatsiya usuli bilan so`z yasalishi natijasida o`tgan asrda
o`zbek adabiy tili
Do'stlaringiz bilan baham: |