1.7. Sifatlarning o`zlashtirilishi
Hozirgi o`zbek adabiy tili faktlari shuni ko`rsatadiki, sifatlarni aynan o`zicha
qabul qilish bir-ikkitagina bor xolos. Bu bir-ikki sifat ham bir shaklda, ya`ni rus
tilidagi mujskoy rod shaklida qo`llanadi: Xalq xo`jaligining mustaqil kichik
tarmoqlari sifatida tipovoy o`quv-laboratoriya uskunalari ishlab chiqarishni
rivojlantirilsin («Sov. O`zb.». 1986).
Ruscha sifatlar bildiradigan tushunchalar o`zbek tilida shu tilda bor bo`lgan
so`zlar bilan yoki ma`lum bir usulda sifat hosil qilish bilan ifodalanadi. Lekin
davrning dastlabki bosqichlarida, hatto 30-yillarda ham, rus tilida -k -chesk -sk
kabi suffikslar yordamida yasaluvchi sifatlar aynan o`z shaklida qo`llangan va
bunday qo`llanish jo`z`iy zmas, balki umumiy harakterga ega edp. Bulardan
ayrimlari keyinchalik iste`moldan butunlay chiqib ketgan bo`lsa, boshqalari
ma`lum o`zgacha shaklda o`zbek tilita o`zlashib ketdi. Masalan, quyidagi
gaplardagi sifatlar iste`moldan chiqib ketgan: Kommercheskiy (savdogarchilik)
yo`lini tutib kelgan («Q. O`zb.»). Ipak quritish kustarniy usul bilan tarbiyalash...
(«Q. O`zb.»). ... primiritelniy kamerada ishlar har ikki tomonni rizoliklari bilan hal
qilinadir - Askariy va grajdanskiy firqa tashkilotlari hamma ishlarini bir yo`l bilan
yurgizishlari tegishdir (Byulleten). Ilyosifdan qolgon 1500 so`mlik bir parovoy
nosus ishka yoromosdan bekorga yotodir («Q. O`zb.»).
-chesk suffikslari bilan yasalgan sifatlarning ayrimlari keyinchalik boshqacha
shaklda o`zbek tiliga o`zlashdi. Masalan, G`arb shimoliy savdo idorasi oyoq
kiyimlarini mexanicheskiy usulda ishlatib... («Q. O`zb.»). Bola kollektivniy
turmush bilan kichiklikdan aralasha boshlasa... («Maor. va o`qit.»). Bu
misollardagi mexanicheskiy, kollektivniy sifatlari hozirda mexanik, jamoaviy
shaklida qo`llanadi, ya`ni shu tarzda o`zlashgan. Demak-cheskiy suffikslari bilan
yasaluvchi sifatlarni aynan o`zicha qo`llash hozirda yo`q bo`lgan.
O`zbek tili leksikasining o`tgan asr davridagi boyishida, umuman, o`zbek tili
leksikasi sistemasining taraqqiyotida rus tilining ta`siri natijasida yuz bergan bir
muhim hodisani alohida qayd qilish kerak bo`ladi. U ham bo`lsa, rus tilidagi ba`zi
affikslar yordamida yasaluvchi sifatlarni o`zlashtirishda maxsus (ilgari bo`lmagan)
modellarning yuzaga kelishidir. Bular quyidagilar:
1.
Rus tilida -chesk(iy) affiksi yordamida yasaluvchi liricheskiy, akusticheskiy,
kriticheskiy tipidagi sifatlar o`zbek tiliga oxiri -ik bilan tugagan shaklda (shunday
modelda) o`zlashtiriladi: lirik akustik kritik kabi.
2.
Rus tilida -ya suffiksi yordamida yasaluvchi sifatlar shu suffiks va undan
keyingi qo`shimchani tushirilgan shaklda (shunday modelda) o`zlashtiriladi:
1)
progressivniy, aktivniy, meliorativniy, obyektivniy — progressiv, aktiv,
meleorativ, obyektiv kabi;
2)
traditsionniy — traditsion(an`anaviy) kabi;
3)
aktualniy, formalniy, gorizontalniy, minimalniy — aktual, formal,
gorizontal, minimal kabi;
4)
elementarniy, gumanitarniy, elementar, gumanitar kabi;
5)
standartniy,
kvadratniy,
agrarniy,
binarniy
—
standart, kvadrat, agrar, binar kabi.
Ko`rib o`tilgan modellarda o`zbek tilida paydo bo`lgan so`zlar xususida, ya`ni
ularning o`zbek tilida hosil bo`lish yo`li, usuli haqida turlicha qarashlar bor.
Ko`pchilik ularni rus tilidan o`zlashgan -ik -iv, -on, -al, -ar affiksi yordamida
yasaluvchi sifatlar deb qaraydilar, ya`ni bu so`zlar affiksatsiya usuli bilan hosil
qilingan sifatlar deb baholanadi.
Rus tilining ta`sirida yuqoridagi tipdagi so`zlarning paydo bo`lishi, ularning
xususiyati, tarkibidagi -ik -on, -iv, -al kabilarning kelib chiqishi haqida filologiya
fanlari doktori, professor F.A.Abdullayev quyidagilarni yozadi: «Adabiy tilimizda
rus tilining ta`siri bilan bog`liq bo`lgan yana bir muhim hodisani qayd qilib
o`tmoq zarur. Ot kategoriyasida ayrim yasovchi affikslar tilimizga rus va
baynalminal so`zlar bilan birga kirganligi ma`lum narsa. Keyinchalik grammatik
asarlarda ularni aloxida so`z yasovchi elementlar sifatida qayd qila boshladilar: -
izm», -ist, -er. -ka (artistka); -cheskiy, -al, -iv, ik kabi. Baynalminal so`zlarning
miqdori orta borgan sari bu xildagi affikslarni qo`llash doirasi ham kengaya bordi.
Mazkur elementlardan ayrimlarining qayerdan kelib kirganligi ma`lum. Masalan -
cheskiy, -ka bevosita rus tilidan kirgan so`zlar bilan birga ishlatiladi. Lekin
baynalminal so`zlar tarkibidada keladigan -ik -al, -iv (aktual, passiv) kabi
elementlarnnng asli kelib chiqish manbai uncha aniq emas.
Shu ko`rsatkichlardan -ik -on elementlarining asli manbalari haqida ikki xil
mulohaza bayon qilish mumkin.
Bu eementlar 1905-1917 yillarda chiqkan vaqtli matbuot tilida baynalminal
so`zlar tarkibida bir-ikkita uchraydi (elektrik lampa). Birinchi muloxaza -on affiksi
ruscha variantning oxiridagi -niy suffiksini qisqartish yo`li bilan hosil bo`lgan, deb
faraz qilish mumkin:
Mazkur elementlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi mulohaza shundan
iboratki, bu xildagi qo`shimchalarni olgan ayrim so`zlar o`z vaqtida usmonli turk
va ozarbayjon tillaridan, bu tillarga esa o`z navbatida frantsuz tilidan o`tgandir.
Frantsuzcha:
esenomie
ekonomika
esonomigie
ekonomik
Morrho1ogie morfologiya
morphologigie morfologik
Dastlab bunday affiks olgan so`zlar miqdori juda oz bo`lgan, keyinchalik
analogiya yo`li bilan boshqa so`zlarga ham qo`shilavergan. Aks holda bu xildagi
affiks olgan so`zning bevosita frantsuzchadan o`zbek tiliga kirib kelishi
ehtimoldan juda uzoqdir. -ik affiksi haqida gap boradigan bo`lsa, mana shu so`nggi
mulohaza
haqiqatga
yaqinroqdek
ko`rinadiki,
chunki
ekonomicheskiy,
foneticheskiy shakllaridan ekonomiq sotsialistiq fonetik tarzda o`zgarishi (ya`ni -
cheskiy elementining -ik shakliga kirib qolishi) ham turkiy tillar fonetikasida
uchramaydigan hodisadir (ch k tarzida o`zgarishi mumkin emas).
Qanday bo`lmasin, bu xildagi affikslar boshqa turkiy tillardagiga nisbatan
bizda ko`prok ishga solinadi (albatta baynalminal so`zlar tarkibida)...»
18
Masalaga bevosita o`zbek tilining (o`zbek tili so`z yasalishining)
xususiyatlaridan kelib chiqib yondashiladigan bo`lsa, yujoridagi kabi so`zlarni
affiksatsiya usuli bilan yasalgan sifat, -ik -iv, -on, -al, -ar kabi-larni o`zbek tilida
so`z yasovchi affiks deyish uchun hech qanday asos yo`q
19
. Quyidagi uch faktning
o`ziyoq buning to`la va aniq dalili bo`la oladi.
Birinchidan, o`zbek tiliga rus tilidan sifat yasovchi -ik -iv, -on, -al, -ar kabi
«affikslar» qabul qilinganligi (qabul qilinishi) haqida gap bo`lishi mumkin emas.
Chunki rus tilining o`zida bunday sifat yasovchi affikslar yo`q (Bunday
affikslarning to`g`ridan-to`g`ri boshqa tillardan, jumladan, frantsuz tilidan o`tishi
ehtimoldan juda uzoqligini F.A.Abdullayev juda to`g`ri qayd etgan). Ikkinchidan,
lirik, progressiv, passiv, kulminatsion, sotsial, elementra, parlomentar kabi so`zlar
so`z yasalishi asosi va so`z yasovchi affiks (formant) kabi komponentlarga ega
emas (Ular ana shunday qismlarga bo`linmaydi). Boshqacha aytganda, ular so`z
yasalish tuzilishiga ega emas. Shunday ekan, ularni yasama so`z hisoblash, ular
tarkibidagi -ik -on, -iv, -al, -ar kabilarni so`z yasovchi affiks deyish mutlako
mumkin emas. Nihoyat, uchinchidan, ruscha -n suffiksli sifatlarni o`zlashtirishda
shunday holatlar ham borki, -niy tushirilgandan qolgan qismda affiks deb qaralish
mumkin bo`lgan hech qanday element bo`lmaydi (Buni yuqorida ham ko`rdik):
standartniy — standart, kvadratniy — kvadrat, agrarniy — agrar, binarniy —
binar va boshqalar. Mohiyat e`tibori bilan yuqorida keltirilgan faktlar bir xil (bir
tipdagi) hodisalar, ya`ni hammasida ham ruscha yasama sifatning -niy elementi
18
Ф.Абдуллайев. Тил қандай ривожланади. –Тошкент, 1972, 53-55-бетлар
19
А.Ҳожийев. Словообразование или заимствование. Советская тюркология. №4, Баку,1984, стр.39-43.
tushirib o`zlashtiriladi. O`zbek tiliga qabul qilingan kism (so`z)ning tarkibida
qanday «element» bor-yo`q- ligining bu til uchun ahamiyati yo`q. Bu so`zlarning
hech biri o`zbek tilida ma`noli qismlarga (morfemalarga) bo`linmaydi. Demak ular
tub so`z hisoblanadi, yaxlitligicha o`zakka teng bo`ladi.
Xullas, o`tgan asr o`zbek adabiy tilining taraqqiyoti jarayonida rus tilidan so`z
(sifat) o`zlashtirishning shu vaqtgacha bo`lmagan, yangi modellari paydo bo`ldi.
Chunki gap rus tili ta`sirida ma`lum miqdorda shunday so`zlarning yuzaga
kelishida emas, balki so`z paydo bo`lishining maxsus yo`li (modellari) paydo
bo`lishidadir. Bu modellar asosida so`zlar o`zlashtirish davom etyapti va bundan
keyin ham davom etaveradi, demak bu tipdagi so`zlarning miqdori ham orta
boradi, o`zbek tili leksikasi shu tipdagi so`zlar hisobiga boyib boraveradi. Gap
shundaki, rus tilida -chesk va -n suffikslari juda aktiv, mahsuldor sifat
yasovchilardir. Ular yordamida yangi-yangi sifatlar yasalyapti. Bunday sifatlar esa
o`zbek tiliga ko`rib o`tilgan modellarda o`zlashtirilyapti. Binobarin, rus tili bilan
birga o`zbek tilida ham bunday sifatlarshshg miqdori ko`payib boryapti.
Shuni ham qayd etish kerakki, rus tilida –chesk, -n suffikslarp yordamida
SHLNL
'ychl (demokraticheskiy, magnitniy tipidagi) sifa glarppng hammasi bir
xilda, bir modelda qabul qilinavsrmaydi. Masalan. -n suf-fiksli sifatlarniig
o`zlashtirilishida, yuqorida ko`rib o`tilganlardan tashqari, quyidagi holatlarni
kuzatish mumkin: 1) sifat yasovchi -n suffiksi va qo`shimcha tushirilgandan
qolgan kism o`zbek tilida sifat emas, ot vazifasida bo`ladi. Masalan, diplomnaya
rabota — diplom ishi, konkursnaya komissiya — konkurs komissiyasi, kvartalniy
plan — kvartal rejasi kabi; 2) bunday sifatlar asosida o`zbek tili affikslari bilan
sifat yasaladi: karkasnaya konstruktsiya — karkasli konstruktsiya kabi; 3) so`zda
tovush o`zgarishi (cheredovanie) bo`lsa, bunday sifatlar o`zbek tilida ot shaklida
yoki shu otdan yasalgan sifat bilan beriladi: yadernaya voyna — yadro urushi yoki
yadroviy urush kabi. Ruscha -n suffiksli sifatlarning o`zbek tilida berilishi bundan
boshqa ko`rinishlarga ham ega. Lekin ularning barchasini keltirish bizning ishimiz
doirasiga kirmaydi. Bu o`rinda faqat shu tipdagi sifatlariing qabul qilinishi
(o`zlashtirilishi) bilan bog`liq holatlarni keltirdik, xolos.
Umuman, ruscha -n, -chesk suffikslari yordamida yasaluvchi sifatlarning
o`zbek tiliga yuqorida ko`rilgan modellarda berilishi. sifatlarni o`zlashtirishning
shunday modellari yuzaga kelishi birdaniga bo`lgani yo`q. Dastlabki vaqtlarda
bunday sifatlarniig aynan o`zicha qo`llanganini ko`rdik. Hozirgi o`zbek adabiy
tilinining shakllanish etaplarida, ayniqsa, o`tgan asrning 20-yilllarda bunday
yasama ruscha sifatlarning yana boshqacha ifodalanganini ko`ramiz. Masalan,
birgina ruscha -chesk suffiksi bilan yasalgan sifatlarniig o`zbek tilida
ifodalanishiga oid quyidagi sifatlarga e`tibor bering: 1921 nchi yilgi Turkiya
kommunistlar partiyasining qurultoyida hatto hech bir xotun bo`lmadi.
Ma`lumingiz, yangi iqtisodiy siyosat butun bizning o`lkada kapitalizm
munosabatini yangilab yubordi (Byulleten). Mana bu kapitalistik munosabatning
o`sishi... (Byulleten). Siyosiy oqartish ishlarining asosiy vazifasi— dehqon
ommasiga yaxshi tarbiyasi berishdir («Maor. va o`qit.»). ... butun ta`lim-tarbiya
hara-katining materialistlik tusi... («Maor. va o`qit.»). Yana shul panturkistlik
mafkurasini va metodini ta`sir ko`rsatib kelganini ko`ramiz (Ulug` Tursun,
Terminologiya masalalari).
Keltirilgan misollarda ajratib ko`rsatilgan so`zlarning hammasi rus tilidagi -
chesk suffiksi yordamida yasalgan materialisticheskiy, panturkisticheskiy
sifatlarining tarjima shaklidir. Hozirda bu shakllarda berilishi butunlay barham
topib, keltirilgan so`zlarning hammasi oxiri ik bilan tugaydigan (materialistik kabi)
modelda beriladi. Hozirgi o`zbek adabiy tilida ana shu model qat`iy qaror topdi.
Lekin shuni ham aytish kerakki, rus tilida -chesk suffiksi bilan yasaladigan
sifatlarning hammasi ham o`zbek tilida xuddi shu modelda berilayotgani yo`q.
Masalan, ruscha pedagogicheskiy sifati o`zbek tilida pedagogika (ot) va
pedagogik (sifat) shaklida ifodalanayotgan bo`lsa, texnicheskiy so`zi texnika (ot),
texnik va texnicheskiy kabi uch xil shaklda berilyapti: pedagogicheskiy institut —
pedagogika instituti, pedagogicheskiy opit — pedagogik tajriba; kandidat
texnicheskix nauk — texnika fanlari nomzodi, texnicheskoe sostoyanie — texnik
holat, texnikaviy holat kabi. Hatto, -chesk yordamida yasaluvchi ayni bir sifatni
ayni bir birikma tarkibida ot yoki sifat tarzida ifodalash hollari uchraydi. Masalan,
ideologiya, pedagogika otlaridan -chesk suffiksi yordamida yasalgan ruscha
sifatlarniig quyidagi misollarda o`zbekcha ifodalanishiga e`tibor bering:
...Tashkilotlar e`tiborini ideologiya ishida faol qatnashishi lozimligiga qaratmoqda
(«Toshk. haq.»). ... pedagog kadrlar to`g`risida... .tinimsiz g`amxo`rlik
qiladi(«Sov. O`zb.»). Oliy o`quv yurtlarida ta`lim tarbiya jarayoninnng tashqil
etilishi darajasi, tegishli malakadagi ilmiy-pedagogik kadrlar hamda tegishli
moddiy texnika bazasi mavjudligi... («Sov. O`zb.»).
Xullas, rus tilida -chesk va -n suffikslari bilan yasaluvchi sifatlarni o`zbek
tiliga o`zlashtirishning aniq modellari yuzaga kelgan. Shu bilan birga bunday
sifatlar mazkur modellardan boshqacha shakllarda ham berilyapti. Lekin bu
sifatlarning qanday hollarda qaysi shaklda berish to`g`ri-noto`g`riligi, maqbul yoki
maqbul emasligi aniq belgilanmagan. Lekin, bunday ruscha sifatlarning,
birinchidan, faqat bir xil shaklda yoki birdan ortiq shaklda berilishi mumkin
bo`lganlarini aniqlash kerak. Ikkinchidan, birdan ortiq shaklda. shuningdeq ot va
sifat tarzida ifodalanayotgan sifatlarnnng qaysi hollarda qanday shaklda berish
mumkin yoki mumkin emasligini, mumkin bo`lgan hollarda esa qaysi varnantning
maqbul (maqbulroq) ekanini belgilash kerak bo`ladi. Bu ish juda muhim va
maxsus tekshirish ishi hisoblanadi.
XX asrda o`zbek tili leksikasining rus tilidan so`z o`zlashtirish hisobiga
boyishi haqida gap borar ekan, bu jarayon haqida ilmiy adabiyotlardagi fikr-
mulohazalarga, nuqtai nazarlarga qisqacha to`xtab o`tishga to`g`ri keladi. Bu
masaladagi qarashlarni o`z mohiyatiga ko`ra ikkiga ajratish mumkin. Ayrim
o`rtoqlar rus tilidan so`z o`zlashtirish ortiq tarzda, o`rinli-o`rinsiz holda
bo`layotganini aytsa, ba`zilar rus tilidan so`z o`zlashtiraverish kerak bo`lgani holda
asossiz ravishda ular o`rnida arxaik, passiv so`zlar qo`llanayotganini aytadilar.
Lekin har ikki nuqtai nazar ham hodisaning mohiyatini to`g`ri aks ettirmasdi.
Chunki, ko`rib o`tdikki, o`zbek tili leksikasining XX asrdagi rivojlanishi til
tabiatidan kelib chiqadigan talablar, qonuniyatlar asosida ro`y beradi. Ana shu
talab va qonuniyatlar «unday bo`lishi kerak, bunday bo`lishi kerak» degan asossiz
ko`rsatma, da`volarni puchga chiqaraveradi. Lekin yomoni shundaki, bunday
asossiz da`volar ko`pchilikni chalg`itadi, matbuot, radio, televidenie va boshqa
joylarda uzoq vaqtlarga cho`ziladigan ortiqcha, keraksiz munozaralarning
bo`lishiga olib keladi. Masalan, o`zbek tilining hozirgi holati, uning istikboli
haqida fikrlashib olish uchun matbuot, radio va teleeshittirishlarda «Tilga e`tibor -
elga e`tibor», «Til - madaniyat ko`zgusi» kabi rubrikalar tashqil etilib, ularda
o`zbek adabiy tilining hozirgi ahvoli va kelgusi taqdiriga aloqador ko`pgina
g`oyalar o`rtaga tashlandi, jumladan, rus tilining o`zbek tiliga ta`siri yuzasidan
ham ko`pgina fikr-mulohazalar bildirildi. Bularning ayrimlarida rus va o`zbek
tillarining aloqa jarayoni noto`g`ri bayon etildi. Masalan, «O`zbekiston adabiyoti
va san`ati» gazetasining 1988-yil sonlarida e`lon qilingan maqolalarda «o`zbek
tilining tobora buzilib borayotganligi», «ruscha so`zlarning o`rmalab kirib kelishi»,
«ruscha so`zlarning bosqini», «o`zbek tilining taqdiri xavf ostida qolayogani»
kabi, hech qanday ilmiy-amaliy gaplar ham aytildi. Bunday mulohazalar har bir
milliy tilning taraqqiyoti uchun teng xukuqqa, barcha shart-sharoitlarga egaligini
e`tiborga olmaslik gap aytishda bevosita materiaallardan, obyektiv holatning
tahlilidan kelib chiqmaslik va, eng asosiysi, til taraqqiyoti jarayonida amal
qiladigan qonuniyatlarni bilmaslik oqibatida kelib chiqadigan fikr-mulohazalardir.
O`zbek adabiy tili leksikasining holatiga baho berayotgan bunday qarashdagilar,
yangi paydo bo`layotgan tushunchalarni ifodalash uchun rus tilidan so`z qabul
qilavermay, o`zimizdagi eski, passiv so`zlardan foydalanishni tavsiya etadilar.
Imkoni bo`lgan taqdirda xuddi shunday qilinayotgani, xuddi shunday
bo`layotganini yuqorida ko`rib o`tdik. Lekin bunday qilishning chegarasi borki, bu
ham sir emas. O`z tilda bor resurslardan foydalanish imkoni bo`lmagan
hollardagnna o`zga til materialiga, jumladan rus tilidagi so`zlarga murojaat
etiladiki, bu hodisani ham misollari. dalillari bilan ko`rib o`tdik.
Endi, bu masaladagi ikkinchi xil qarash tarafdorlari rus tilidan ko`plab so`z
o`zlashtirish kerakligi, eski, iste`moldan chiqkan so`zlarni ishga solish kabilar til
taraqqiyoti tendentsiyalariga zid ekanligi haqida gapiradilar. Bu o`rinda ularning
har biri haqida alohida-alohida to`xtab o`tirishni ortiqcha. Faqat N.
G`.G`ulomovaning bevosita shu masalaga bag`ish- langan (yuqorida nomi tilga
olingan) ishidagi unga munosabat bildirilishi shart bo`lgan ayrim nuqtai
nazarlargagina qisqa to`xtab o`tamiz. Muallif o`zi alohida qayd etganidek bu
ishda asosan oktabrdan keyingi davrdagi ruscha leksik o`zlashmalar dinamikasi
ko`rilgan
20
.
Yuqorida ko`rib o`tdikki, o`zbek nutqida rus so`zining har qanday
qo`llanishi shu so`zlarning o`zbek tiliga o`zlashishi bo`lavermaydi, ya`ni rus
tilidagi so`zning o`zbek nutqida qo`llanishi bilan uning o`zbek tiliga o`zlashish
faktinn doim farqlash kerak. Shu jihatdan N.G`.G`ulomovaning «O`zbek adabiy
tilidagiga nisbatan jonli, og`zaki nutqda rus tilidan o`zlashgan so`zlar ancha
ko`p» degan fikri unchalik to`g`ri emas. Chunki, birinchidan, jonli, og`zaki
so`zlashuvda qo`llanuvchi ruscha so`zlarning hammasi ham o`zbek tiliga o`z-
lashgan so`zlar emas. Ikkinchidan, rus tilidan o`zlashgan adabiy tildagi
so`zlarning hammasi ham jonli, og`zaki so`zlashuvda qo`llanavermaydi.
Muallifning ruscha so`zlarni arxaik iste`moldan chiqqan so`zlar bilan
almashtirilishi yoki ularni parallel qo`llanishi haqidagi fikrlariga ham ko`p
hollarda qo`shilib bo`lmaydi.
N.G`.G`ulomovaning qayd etishicha, 60-yillarning ikkinchi yarmidan
boshlab chet so`zlardan voz kechish, ular o`rniga arxaik bo`lsa-da, «o`z so`z»ni
kiritish tendentsiyasi yuzaga keldi. Buning oqibatida ruscha o`zlashmalarning
miqdori ko`paymadi. Vaholanki, rus tilidan so`z o`zlashtirishni davom ettirish
qonuniy hol bo`lar edi. Birinchidan, 60-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab
ruscha so`zlardan voz kechish, ularni o`z so`zlar bilan almashtirish tendentsiyasi
yuzaga kelgani yo`q va yuzaga kelishi mumkin ham emas edi. Bu gap o`ta
mas`uliyatsizlik bilan aytilgan. Chunki bunday tendentsiya emas, hatto qonuniyat
asosida rus tilidan o`zlashib o`zbek tili leksikasidan o`rin olgan bironta so`zni
arxaik, iste`moldan chiqqan so`zga almashtirish fakti bo`lgani yo`q. Ikkinchidan,
meditsina, muallif, broshyura so`zlari bilan birga tibbiyot, muallif, risola so`zlari
qo`llangan va hozir ham qo`llanayotgan ekan, bu hech qanday tendentsiyaning
mahsuli (oqibati) emas, balki qonuniy holdir. Chunki ularning qo`llanishiga tilda
20
Гулямов Н.Г. Русские лексические замствования в узбекском язике. –Ташкент, 1985.
extiyoj bor. Shu jihatdan bu masalaga munosabatda N.G`.Hulomova emas, balki
filologiya fanlari nomzodi G.Muhammadjonova xaklidir
21
. Uchinchidan, rus
tilidan o`zlashma so`zlar miqdori ko`paymadi emas, aksincha, ko`paydi.
Muallif shu darajaga boradiki, o`zbek adabiy tiliga allaqachon singib ketgan,
boshqasi bilan almashtirishga hech qanday extiyoj sezilmaydigan xalqaro,
oshqozon kabi so`zlarni noto`g`ri, sun`iy yasalgan so`zlar deb ta`riflaydi.
Yuqoridagi kabi noto`g`ri qarashlari asosida yo`q narsa haqida «Bularnng
hammasi bundan buyon ham so`zni almashtirish va parallelizm tendentsiyasiga
qarshi kurash lozimligidan dalolat beradi» degan «jangovar» xulosa chiqaradi.
Monografiyadagi asosiy nuqtai nazarlarga e`tibor berilsa, muallif leksikaning
rivojlanishida ichki va tashqi imkoniyatlarning roliga uncha e`tibor qaratmagan
ko`rinadi. Jumladan, uning quyidagi gaplariga e`tibor bering: «Tayyor so`zlarni
o`zlashtirish oson, qulay, shuning uchun leksikani tashqi imkoniyatlar yordamida
boyitish hozirda asosiy o`rinni tutadi»
22
. Avvalo, «o`zlashtirish oson va qulay»
deganda muallif nimani nazarda tutadi? Qolaversa, har qanday til leksikasining
rivojida ichki imkoniyatlar asosiy rol o`ynashi hamma tomonidan e`tirof etilgan-
ku! G`.G`ulomova ana shunday noto`g`ri qarashlari asosida «so`nggi yillarga oid
materiallar o`zbek tili leksikasining intensiv ravishda baynalminallashayotganidan
guvoxlik beradi», deb yozadi. Uning fikricha, ana shunday bo`lishi «qonuniy va
nazariy asoslangan». Intensiv baynalminallashib ketayotgan bo`lsa, yaqin vaqtlar
ichida o`zbek tili leksikasi qanday manzaraga (holatga) ega bo`larkin?!
Xullas, bu masala bo`yicha takror aytamizki, o`zbek tili leksikasining rivojida
ichki va tashqi imkoniyat (resurs)lardan har birining foydalanish o`rni bor. Har
ikkisi asosida yangi so`z paydo bo`lishi, shu so`zning maqbul yoki maqbul emas-
ligi til tabiatidan kelib chidadigan talab, qonuniyat
bilan belgilanadi. Bu jarayonda
ichki imkoniyatlarning roli bo`rttirilishi to`g`ri bo`lmaganideq rus tilining roli
bo`rttirilishi ham to`g`ri xulosalarga olib kelmaydi. Agar masalaga obyektiv baho
21
Г.Муҳаммаджонова. Ўзбек тили лексикаси тараққмётининг баъзи масалалари. –Тошкент, 1982.
22
Кўрсатилган иш.
beradigan bo`lsak, faqat o`zbek tili emas, ko`pgina millatlar tillarining rivojida rus
tili qay darajada hissa qo`shayotgani hammaga ma`lum bo`ladi-qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |