leksikasi qay darajada boyishi haqida tasavvur hosil qilish
mumkin.
Yuqoridagi misollarga e`tibor berilsa, -chi, -li. -la affikslari yordamida
o`zbekcha, turkiycha, fors-tojikcha, ruscha, ruscha-baynalminal so`zlardan yangi
so`zlar yasalgani va yasalayotgani ma`lum bo`ladi. Shu munosabat bilan ba`zi
masalalar haqida to`xtab o`tishga to`g`ri keladi.
O`zbek tili leksikasining so`z yasash asosida boyishi haqida gap borganda,
birinchidan, so`z yasalishi asosining qaysi tilga mansubligiga qarab so`z
yasalishi guruhlanadi, ya`ni sof o`zbekcha so`zlardan so`z yasalishi, fors-tojik
so`zlaridan so`z yasalishi kabi turlar ajratiladi. Ikkinchidan, yasovchi
affikslarning qaysi tilga mansubligiga ko`ra ham so`z yasalishi guruhlanadi:
o`zbekcha affikslar yordamida so`z yasalishi, fors-tojikcha affikslar bilan so`z
yasalishi, arabcha affikslar bilan so`z yasalishi va b. Uchinchidan, so`z yasalishi
bilan leksikaning boyishi tahlil etilganda hozirgi tildagi barcha affikslar, ya`ni
mahsulli va mahsulsiz affikslar bilan yasalgan barcha tipdagi so`zlar keltiriladi.
Avvalo aytish kerakki, leksikaning so`z yasash yo`li bilan boyishi tahlil
etilganda so`z yasalishini yasovchi asos yoki so`z yasovchi affiksning qaysi tilga
mansubligiga qarab guruhlashning ahamiyati yo`q bunday qilish ilmiy-nazariy
yoki amaliy jihatdan hech narsa bermaydi. Chunki hozirgi o`zbek tilida so`z
yasashda qo`llanayotgan so`z (leksema)lar va affikslar, asli qaysi tilga mansub
bo`lishidan qat`i nazar, hozirda shu tilning (o`zbek tilining) o`z resurslari
hisoblanadi. Binobarin, affiksatsiya usuli bilan so`z yasalishi asosida o`zbek tili
leksikasining boyishi ichki imkoniyat (resurslar) asosida boyish (rivojlanish)
hisoblanadi.
Ko`pgina so`z yasovchi affikslar hozirgi vaqtda o`z vazifasini to`xtatgan,
ya`ni ular yangi so`zlar yasamaydi - mahsulsiz affikslarga aylangan. Shunday
ekan, hozirgi o`zbek adabiy tili leksikasining boyishi tahlil etilganda bunday
affikslar yordamida yasalgan so`zlarni (hozirgi o`zbek adabiy tili shakllangunga
qadar ham bo`lgan yasama so`zlarni) ham keltiraverish, to`g`ri bo`lmaydi. Bunda
o`zbek tili leksikasining XX asrda yasalgan va yasalayotgan so`zlar hisobiga
boyishi e`tiborga olinadi - mahsuldor affikslar yordamida yasalgan va yasalayotgan
so`zlar leksikani boyitayotgan so`zlar hisoblanadi
O`zbek adabiy tilining XX asrdagi taraqqiyoti jarayonida so`z yasovchi
yangi affikslar yuzaga keldi (Masalan, -lantir, -lashtir fe`l yasovchi affikslari),
shuningdek fors-tojik va arabcha so`zlar tarkibidagina o`zbek tiliga o`zlashgan
ayrim affikslar yangi so`zlar yasay boshladi. Demak, yangi affikslar yordamida
yasalgan va yasalayotgan so`zlarning hammasi XX asrda o`zbek adabiy tili
leksikasini boyitgan va boyitayotgan so`zlardir. Yangi so`z yasay boshlagan
affikslarning faqat shu vazifaga kirishuvidan so`ng yasalgan so`zlar hozirgi
o`zbek adabiy tili lsksikasini boyitgan va boyitayotgan so`zlar hisoblanadi.
Qolganlari o`zbek tili lug`at tarikibida bo`lgan so`zlardir. Masalan, fors-tojik
tilidan o`zlashgan no- affiksi nobop, nomard, nopok so`zlari o`zbek tilida
qadimda ham bo`lgan. To`g`rirog`i. bu so`zlar fors-tojik tilidan o`zlashgan
so`zlardir. Norasmiy, nosog`lom, noto`g`ri, noturg`un kabi so`zlar esa yangi
yasalgan so`zlardir. Xuddi shuningdek tarkibida -iy/ -viy bo`lgan asosiy, azaliy,
asabiy, dunyoviy kabi so`zlar yaxlitligicha o`zlashtirilgan (o`zbek tilining o`zida
yasalmagan) so`zlardir. Devoriy, rahbariy, an`anaviy, partiyaviy kabi so`zlar XX
asrda yaratilgan (-iy/-viy/affiksi yordamida yasalgan) so`zlardir. Demak, aynan
bir ko`rinishdagi yuqoridagi kabi so`zlarning o`zga tillardan bevosita
o`zlashganlari bilan o`zbek tilining o`zida hosil qilinganlarini farqlash kerak
bo`ladi. Ana shu keyingi tipdagi so`zlargina o`zbek adabiy tili leksikasining XX
asr davridagi boyishiga (rivojiga) aloqador so`zlardir.
Xullas, XX asrda o`zbek tili leksikasining affiksatsiya usuli bilan so`z
yasash orqali boyishi deganda faqat mahsulli affikslar yordamida shu davrda
yasalgan va yasalayotgan so`zlar nazarda tutilishi kerak bo`ladi. Bu so`zlarning
yasalishida ishtirok etadigan so`z (leksema) va affiks asli qaysi tilga oid
bo`lishidan qat`i nazar hozirda ular o`zbek tilining o`ziniki, uning o`z resursi
hisoblanadi.
So`z yasalishining kompozitsiya, usuli hozirgi o`zbek adabiy tilida
kammahsul ekani ma`lum. Binobarin, XX asr o`zbek adabiy tili leksikasining
rivojlannshida bu usul bilan hosil bo`lgan so`zlar (qo`shma so`zlar) u qadar ko`p
miqdorni tashkil qilmaydi. Faqatgina fe`l turkumida qil, bo`l fe`llari yordamida
yasalgan qo`shma fe`llar anchagina va bunday tipdagi qo`shma fe`llarning
yasalishi hozir ham davom etyapti. Ayniqsa, qil fe`li yordamida rus tilidan
o`zlashgan so`zlardan fe`l yasalishi aktiv holatdadir: telefon qilmoq, brak qilmoq,
zamazka qilmoq, asfalt qilmoq sintez qilmoq, beton qilmoq kabi.
1.3. Tilning lug`at boyligini oshirishda kalkalashning o`rni
O`zbek
adabiy
tili
leksikasining
boyishida
kalka-
lash
yo`li
bilan
so`z
hosil
qilish
ham
o`ziga
xos
o`rin
tuta-
di.
Kalkalash
yo`li
bilan
o`zga
tilga
mansub
so`z
namunasi
(andozasi)
asosida
o`z
til
materiali
bilan
yangi
so`z
hosil
qilinadi. Masalan, proizvodstvo-ishlab chiqarish, rukopis-qo`lyozma, bolnitsa-
kasalxona kabi.
Kalkalash yo`li bilan so`z hosil qilish o`zbek adabiy tilida asosan XX asrda
boshlandi va bu hodisa nihoyatda faol tus oldi. Binobarin, kalkalash yo`li bilan
so`z hosil qilish va shu yo`l bilan o`zbek adabiy tili leksikasining boyishi,
rivojlanib borishini o`sha davrga oid dalil deb baholash mumkin. Kalkalash yo`li
bilan asosan rus tilidagi so`zlar asosida yangi so`zlar hosil qilingan. Demak,
kalkalash yo`li bilan so`z hosil qilish va shu yo`l bilan o`zbek adabiy tili
leksikasining boyishini rus tilining o`zbek tiliga ta`sirida yuz berdi deyish
mumkin.
Kalkalash - o`zga tilga mansub so`z namunasi asosida o`z til materiali bilan
yangi so`z hosil qilish ekan (bu o`rinda faqat leksik kalka nazarda tutilyapti), bu
hodisaning mohiyati haqida, umumiy tarzda bo`lsa ham, qisqacha to`xtab o`tishga
to`g`ri keladi.
Avvalo, o`zbek tilining o`z so`z yasalish usullari, so`z yasovchi vositalari
bilan so`z yasashning kalkalash orqali so`z yasalishi (so`z hosil qilinishi)ga
munosabati haqida ikki og`iz gapirib o`tishga to`g`ri keladi. Masalan, trak-torchi,
ultratovush, fotomuxbir so`zlarini olib ko`raylik. Bularning hammasi rus tilidagi
traktorist, ultrazvuk fotokorrespondent so`z-larining tarjimasi sifatida yuzaga
kelgan. Bulardagi farqli narsa traktorist so`zidagi so`z yasovchi -ist affiksi o`rnida
o`zbekcha traktorchi so`zidagi -chi affiksi, ultrazvuk so`zidagi zvuk so`zi o`rnida
o`zbek tilida tovush so`zi, fotokorrespondent so`zidagi korrespondent so`zi o`rnida
muxbir so`zlari qo`llangan, ya`ni rus tilidagi traktorist, ultrazvuk
fotokorrespondent so`zlari shu tarzda o`zlashtirilgan. Endi, shularnint hammasini,
ya`ni o`zlashtirishning ana shu har bir ko`ringanini kalkalash (kalkalash yo`li bilan
so`z o`zlashtirish) deyish kerakmi yoki bularni o`zaro farqlash kerakmi degan
savolning tug`ilishi tabiiy. Bu masalada tilshunoslikda turlicha qarashlar, turlicha
fikr-mulohazalar mavjud. Bu qarashlar (nuqtai nazarlar) N. R. G`ulomovaning
ishida keltirilgan.
4
Ammo bu masalani hal etib berish shu ishimizning asosiga
4
Гулямова Н.Г. Русские лексические заимствования в узбекском язике. –Ташкент, 1985.
kirmasligini ham ta`kidlardik. Biz ishimizda, hodisalarning mohiyatini
konkretlashtirish maqsadida, ruscha so`zlarni o`zbek tilidagi so`z yasovchi
vositalar (so`z yasovchi formantlar) yordamida so`z yasash orqali o`zlashtirish
bilan (futbolist — futbolchi, asfaltirovat — asfaltlamoq kabi) bunday vositalar
yorda-misiz, lekin o`z til materiali asosida o`zlashtirishni farqladik - ana shu
ikkinchi tipdagi o`zlashtirishni kalkalab o`zlashtirish, kalkalash yo`li bilan so`z
hosil qilish deb qaradik.
Kalkalash yo`li bilan yangi so`z hosil qilish, ya`ni bu yo`l bilan hodisaning
mohiyatini to`g`ri va aniq ifodalaydigan so`z yaratish oson ish bo`lmay, u so`z
yaratuvchidan juda katta mahorat talab etadi. Ana shu mahorat-ning darajasiga
qarab kalkalash orqali hosil qilingan so`zlarning talabga javob berish darajasi ham
har xil bo`ladi. Bunday yo`l bilan ayrim so`zlar shu darajada mohirlik bilan,
tilning, til birligining imkoniyatini naqadar nozik fahmlagan holda yaratilganki,
hatto, ularning yasalishi tarkibidagi qismlar bilan o`zbek tiliga xos umumiy so`z
yasalishi holati bilan asoslab bo`lmaydi. Shu bilan birga kalkalash yo`li bilan anni
shu so`zning yaratilish to`g`ri bo`lgani ham fakt. Ikkitagina misol keltiramiz:
uzluksiz va izchil so`zlari. Bularning har ikkisi XX asrda kalkalash yo`li bilan
hosil qilingan. Prof. F. Abdullaev izchil so`zining paydo bo`lishi haqida
quyidagilarni yozadi: «Taxminan, 1932- yilning boshlarida vaqtli matbuot tilida
yangi bir so`z - izchil (izchillik). U vaqtlarda bu so`z kalka vositasida
yaratilganligi, ya`ni ruscha posledovatelniy (posledovatelnost) so`zining aynan
tarjimasi ekanligi, umuman, 30-yillarning boshlarida shuning singari juda ko`p
so`z va terminlar yaratilganligi kuzatilmagan edi»
5
.
Ma`lumki, yasama so`zning ma`nosi uni hosil qiluvchi qismlar ma`nosidan
kelib chiqadi. Masalan, iz so`zidan yasalgan izchi, izquvar so`zlarini olib
ko`raylik. Har ikkala so`zning yasalishini va ma`nosini uning qismlari ma`nosi
bilan asoslab bo`ladi. Shuning uchun ham, bu so`zlarning yasalishida hech qanday
sun`iylik, tushunmaslik sezilmaydi. Bu so`zlar izohlanganda ham iz so`zi
5
Абдуллайев Ф. Тил қандай ривожланади? –Тошкент, 1972, 30-б.
qatnashadi: «izchi - izga tushib iz quvib topuvchi, izni yaxshi biladigan...»
6
Izchil
so`zida esa bunday holni ko`rmaymiz. Bu so`zning yasalishi va ma`nosini iz va -
chil qismlari bilan, ularning ma`nosi bilan asoslab bo`lmaydi. Xuddi shu tufayli
izchil so`zining izohida iz so`zi katnashmaydi: izchil I. Bir me`yorda, bir taxlitda,
bir yo`nalishda; muntazam, tadrijiy davom etadigan...»
Demak, izchil so`zi -chil affiksi bilan yasaluvchi so`zlarning ma`lum bir
tipiga kirmaydi. Lekin ruscha posledovatelniy so`zini o`zlashtirishda uning
tarkibiy qismi va shu qismlarga (umuman, shu so`zga) xos ma`no uchun
o`zbekcha iz so`zi va -chil affiksi mosligi juda sezgirlik bilan o`qilgan va izchil
so`zi ruscha posledovatelniy so`ziga xos ma`noni ifodalovchi sifatida o`zbek tili
leksikasidan mustahkam o`rin oldi.
Uzluksiz
so`zida
ham
yuqoridagi
holatni
ko`rish
mum-
kin.
Uning
o`zbek
tilida
paydo
bo`lish
vaqtini
aniq
aytol-
maymiz.
Lenin
uning
ruscha
besprerivniy,
neprerivniy
so`zining
kalkasi
(tarjimasi)
sifatida
yuzaga
kelgani
aniq.
Bunda
besprerivniy,
neprerivniy
so`zlari
tar-
kibiy
qismlarga,
ularning
ma`nosiga
o`zbekcha
uz,
uzil
fe`li,
-siz
affikslari
va
ularning
ma`nosi
kelishi,
shu
qismlar
asosida
ruscha
besprerivniy
so`zining
ma`-
nosini
berish
mumkinligi
to`g`ri,
mohirona
sezilgan
holda uzluksiz so`zi yaratilgan.
XX asrning dastlabki etaplarda (20-yillarda) bu so`zning uzuluksiz varianti
ham uchraydi: Davrning uzuluksiz stamlari bilan qizargan onamning holsiz
ko`zlari, balki umrida birinchi martaba shodlik, sevinch yoshlarin to`kkandir
(«Maor. va o`qit.»). Lekin uzluksiz so`zini -siz affiksi bilan yasaluvchi so`zlar-
ning biror tipiga kiritib bo`lmaydi, ya`ni uzluksiz so`zining yasalishi va
ma`nosini uz (uzil yoki uzlik) so`zi va -siz affiksining ma`nosidan keltirib
chiqarish mumkin emas. Bu affiks fe`llardan so`z (sifat) yasamaydi. Uni «uzlik»
yoki «uzulik»dan yasalgan deb ham bo`lmaydi. Chunki o`zbek tilida bunday so`z
6
Ўзбек тилининг изоҳли луғатию I. -М.: 1981, 318-бет.
(«uzluk», yoki «uzulik») yo`q. Ana shuni hisobga olib bo`lsa kerak dastlabki
vaqtlarda bu so`zning qo`llanishiga e`tirozlar ham bo`lgan. Masalan, o`zining
«Atama va lug`at-lar to`g`risida» nomli maqolasida Davron uzluksiz so`zining
gazetalarda noto`g`ri qo`llanishi, uning keng ommaga tushunarli emasligini,
uning o`rnida muttasil so`zini qo`llash kerakligi qayd etiladi. (Adabiy til va imlo
to`g`risida maqola, qarorlar, II to`plam, II seriya, T., 1934, 27-bet). Lekin shu
vaqtga qadar o`zbek tilida muttasil so`zi bo`lgani holda, uzluksiz so`zini qo`llab
kelinayotganining o`ziyok bu ikki so`z ma`no jihatidan o`zaro teng emasligini
ko`rsatadi. Haqiqatda ham shunday. Quyidagi misollarga e`tibor beraylik:
Granatalar uzluksiz uchdi (Oybek «Q.qon.»). ... paxtaning uzluksiz qabul
qilinishi uchun hamma chorani ko`ramiz. Ya.t.»). Xalqlar avlodlarining
uzluksiz... Bu misollardagi uzluksiz o`rnida muttasil so`zini qo`llab bo`lmaydi.
Demak, bu ikki so`zning ma`nosida o`ziga xos nozik farqli tomoni bor. Xuddi
shu farqli ma`noni ifodalash talabi bilan o`zbek tilida muttasil so`zi bo`lgani
holda, uzluksiz so`zi ham hosil qilingan va u juda muvaffaqiyatli yara- tilgan.
Kalkalash jarayoni kuzatilsa, ba`zan yuqorida ko`rilgan faktlarga
mutlaqo zid keladigan holatlar ham duch keladi, ya`ni tashqi tomondan ruscha va
o`zbekcha so`z bir-biriga juda mos bo`ladi: so`z va affiks kabi struktura ham, bu
strukturadagi qismlarning ma`no, vazifasi ham juda to`g`ri keladi. Masalan,
sovremennik, sokursnik so`zlari zamondosh, kursdosh tarzida kalkalangan va bu
juda to`g`ri, maqbul bo`lib, shu so`zlar o`zbek tili lug`at tarkibidan mustahkam
o`rin olgan. Endi quyidagi misollarga e`tibor bering: O`zbek shevalarini va
zamondosh o`zbek adabiy tilini o`rganish yo`li bilan o`zbek tilining qonunlarinn
belgilash (MQ). Bu misoldagi zamondosh so`zining tuzilishi ruscha «vremya»
va «so»ga to`g`ri keladi (zamon - vremya – dosh - so). Lekin shu termin
(sovremenniy uzbekskiy literaturniy yazik) tarkibidagi sovremenniy so`zini
zamondosh tarzida kalkalash to`g`ri emas. Shu sababli ham bu termin tarkibida
zamondosh so`zi qo`llanmaydigan bo`lgan (Termin «Hozirgi o`zbek adabiy tili»,
«Hozirgi zamon o`zbek adabiy tili» tarzida shakllandi).
Demak,
ayrim
kalkalarni
struktur
jihatdan
asoslab
bo`lmasa
ham,
lekin
u
o`rinli
hosil
qilingan
bo`ladi.
Aksincha,
ayrim
ruscha
so`zlar
struktur
jihatdan
mos
holda
tarjima
etilishi
mumkin.
Lekin
u
to`g`ri,
maqbul kalka bo`lavermaydi.
Kalkalash yo`li bilan so`z hosil qilish leksikaning boyishidagi roli, mahsuli
o`zbek milliy adabiy tilining shakllanish va takomillashish davrlarida bir xil
bo`lmaydi, albatta. Bunday yo`l bilan so`z hosil qilish hamma vaqt ham oson va
muvaffaqiyatli bo`lavermagan. Bu holni, ayniqsa, o`zbek milliy adabiy tilining
shakllanish davri materiallarida yaqqol kuzatish mumkin. Hayotda paydo
bo`layotgan yangi-yangi narsa-hodisalar. Ular haqidagi tushunchalarni ifodalovchi
ruscha so`z yoki iboralarning o`zbekcha aniq ifodachisi bo`ladigan so`z va
iboralarni topish, yaratish o`sha vaqtlarda oson ish emas edi. Bu narsa bir
tomondan, ana shunday ishni bajaruvchilarning, ikkinchi tomondan, keng
ommaning
o`sha
vaqtdagi
saviyasi,
tushuncha doirasi kabilar bilan izohlanadi.
Umuman o`zbek milliy adabiy tilining shakllanish davrida yozma nutqda
ommaga singib ketmagan (hamma tushunmaydi deb o`ylangan) so`z qo`llansa,
ko`pincha, uning yonida hamma tushunadigan ekvivalenti ham keltirilar edi: 1924
nchi yilning iyul oyida Toshkent shaharida yo`qsul adiblarning (yozuchilarining)
birinchi shahar konfarinsiyasi o`tkazilib... («Q. O`zb.»). Yangi iktisodiy
siyosatning ijobiy (yaxshi) jihatlari bo`lg`on kabi, salbiy (yomon) jihatlari ham bor
(Byulleten).
Shuni ham aytish kerakki, yonida ruschasi berilgan o`zbekchalashtirilgan
so`zlarning hammasi ham hodisaning mohiyatini aniq to`la va to`g`ri ifodalaydigan
bo`lavermagan. Shu sababli o`zbek tili taraqqiyotining keyingi bosqichlarida ular
boshqa so`zlar bilan almashtirilgan. 6-nchi davlat yog` va sobun zovudi yonida
40—50 dan ortiq tojik hammollari (gruzchiklari) ning arteli ishlaydir («Q. O`zb.»).
Hozirgi vaqtda juda ko`p hosil (produkt) ya`ni ishlangan narsalar kerak. Maktabda
o`qitiladirg`on
darslarniig
miqdori
(obyo`mi)
Kamisarligi
tomonidan
tarqatiladurg`on... (Qo`llanmalar). Bu misollardagi hammol, hosil, miqdor, hajm
so`zlari o`rnida hozir yuk tashuvchi, mahsulot, hajm so`zlari qo`llanadi^
Demak, hozirgi o`zbek adabiy tilining shakllanish davrida kalkalash yo`li
bilan so`z hosil qilishda talabga javob bermaydigan, hodisaning mohiyatini to`la,
to`g`ri va aniq ifodalay olmaydigan so`zlar ham yuzaga kelgan. Lekin til
taraqqiyoti jarayonida ular iste`moldan chiqib ketgan, ular o`rnini hodisaning
mohiyatini (tushunchani) to`la va to`g`ri ifodalaydigan so`zlar olgan.
Lekin
shuni
ham
qayd
etish
kerakki,
kalkalash
yo`li
bilan
nomaqbul
so`zlar
hosil
qilinishi
hozirgi
vaqtga oid materiallarda ham uchrab turadi. O`tgan asrning 80-yillarida ba`zi
so`zlarni sun`iy o`zbekchalashtirish hollari kuzatiladi. Masalan, Yaqinda o`z
buyruqlarida partiya byurosi faoliyatiga baho berishgacha borib etgan Toshkent
muzxona
kombinatining
sobiq
direktori
A.A.Ilhomov
alohida
«o`rnak
ko`rsatdi»
(«Sov.
O`zb.»,
1987
y.,
23
mart).
Bu
ishlar
esa
partiya
organlari
va
tashkilotlarning
kundalik
yordamisiz,
ular
tomonidan
amalga
oshirila-
digan muntazam nazoratsiz o`rinlamaydi («Sov. O`zb.» 1988, 12 yanvar) Bu
misoldagi muzxona so`zi ruscha xolodilnik so`zining, o`rinlamaydi fe`li ruscha
neudastsya
so`zining
kalkasidir.
Lekin
ikkala
so`zning
kalkasi ham muvaffaqiyatli chiqmagan. Ammo hozirgi kunda tilimizda bu so`z
sovutkich tarzida berilmoqda. Bizningcha, xolodilnik so`zining o`zi iste`molda
qolgani ma`qul. Bu so`zga xos tushunchasi na muzxona so`zi, na sovutkich so`zi
ifodalay
olmaydi.
Chunki
so`z
yasovchi
xona
affiksoidi
biror
narsa
uchun
foydalaniladigan
asbob
yoki
boshqa
buyum
ma`nosidagi
so`z
yasamaydi.
Shuningdek.
o`rinlamoq
so`zi
ham
struktur
jihatdan
ham,
struktur
elementlar-
ning
ma`nosi
jihatidan
ham
«ne
udastsya»ga
mos
kelmaydi. Bu so`z hozirgi qoraqalpoq tilida ayni shu ma`noda me`yorlashgan.
Xullas, kalkalash yo`li bilan so`z hosil qilish
til taraqqiyoti jarayonida
qonuniy, tilning o`z tabiatidan kelib chiqadigan hodisadir. Boshqacha aytganda,
hayotda paydo bo`ladigan hodisalarni, ularga xos tushunchalarni birinchi navbatda
(imkoni boricha) o`z til materiali bilan ifoda etish talabi (shu qonuniyat) asosida
kalkalar hosil bo`ladi. Buni amalga oshiruvchisi shaxs (sub`ekt) bo`lganidan,
kalkalash bilan so`z hosil qilish hamma vaqt ham muvaffakiyatli bo`lavermaydi.
Lekin til taraqqiyoti jarayonida kalkalarning urinli, muvaffakiyatli yaratilganlari
leksikadan mustahkam urin ola boradi, nomaqbul yaratilgan kalkalar esa
maqbullari bilan almashtirila boradi.
Kalkalash yo`li bilan so`z hosil qilish o`zbek tili terminologiyasida nihoyatda
faol holatdir. Bu narsa lingvistik adabiyotlarda qayd etilgan. Shuning uchun ham
bu haqda ortiqcha to`xtab o`tirmaymiz. Hozirgi vaqtgacha nashr etilgan
terminologik lug`atlardagi kalkalash yo`li bilan hosil qilingan yuzlab, minglab
so`zlarning o`ziyoq bunga dalil bo`la oladi. Shunday ekan, N.G`.G`ulomovaning
«Hozirgi o`zbek tilida leksik kalkalash lug`atning boyishi, to`lib borishida etakchi
usul hisoblanmaydi»
7
degan fikriga qo`shilib bo`lmaydi
8
.
Demak, hozirgi o`zbek adabiy tilida kalkalash yo`li bilan so`z hosil qilish
juda aktiv holatda ekaniga, bu yo`l o`zbek adabiy tili leksikasining boyishida
muhim rol o`ynayotganiga shubha yo`q. Binobarin, bu haqda ko`p gapirishga
ehtiyoj ham yo`q. Lekin kalkalash orqali so`z hosil qilish va shu yo`l bilan o`zbek
tili leksikasining boyishi haqida gap borar ekan, ikki muhim masala haqida to`xtab
o`tish kerak bo`ladi. Chunki xuddi shu ikki masala haqida aniq qat`iy bir fikrga
kelinmagan: 1) yarim kalkalarning ichki imkoniyat yoki tashqi imkoniyat asosida
hosil bo`lishi masalasi; 2) tarkibida anti, aero, mikro kabilar bo`lgan so`zlarning
maxsus vositalar yordamida yoki kalkalash yo`li bilan hosil qilingan so`zlar ekani
masalasi. Ana shu masalalarda kalkalashning mohiyati aniq belgilanmas ekan,
o`zbek tili leksikasining rivojida kalkalashning roli ham aniq belgilanmaydi.
Kalkalash bilan so`z hosil qilish leksikani tilning ichki imkoniyatlari asosida
boyitish yo`li hisoblanadi. Ilmiy adabiyotlarda esa bunga to`g`ri kelmaydigan
talqinlar ham uchraydi. Masalan, o`zbek tilida kalkalash bilan maxsus
7
Гулямова Н.Г. Русские лексические заимствования в узбекском язике. –Ташкент, 1985.
8
Ҳожийев.А. Совет даврида ўзбек адабий тилининг тараққиёти. –Тошкент,1991. 140-бет
shug`ullangan filologiya fanlari nomzodi E.Shoahmedov bu haqda jumladan
quyidagilarni yozadi:»... ikkinchidan, cho`lquvar, erlash, choyxona, choyxonachi,
choykor, choykorlik paxtaparvar, ishchinoma, ishchizoda... kabi yangi yasalgan
terminlar: uchinchidan; kostyum-shim, fotoaybnoma, samovarchi, mashinachi,
metrochi kabi yasama terminlarni o`zbek tilining o`z ichki imkoniyatlari asosida
yaratilganligini e`tiborga olsak, tildagi kalkalangan terminlarni, to`g`rirog`i,
kalkalarni yuqoridagilardan osongina ajratib olish mumkin»
9
. «Avvalo shuni qayd
etish lozimki, kalkalarni tilning o`z ichki imkoniyatlari asosida yasalgan yangi
yasama lardan ajratib olib tekshirish lozim. Chunki kalkalash faqat tashqi manba
ta`sirida ro`y beradigan hodisadir. Yangi so`z yasash tilning o`z ichki
imkoniyatlariga bog`likdir»
10
Ko`rinib turibdiki, muallif kalkalashni tilning ichki imkoniyatlari asosida so`z
yasashdan farqlaydi, demakki, u kalkalash bilan yangi so`z hosil bo`lishini ichki
imkoniyat asosida so`z yasalishi hisoblamaydi. Vaholonki, tilning ichki
imkoniyatidan (resursidan) foydalanmay kalkalash, shu yo`l bilan yangi so`z hosil
qilish haqida gap bo`lishi mumkin emas. Tilning o`z imkoniyati (resurs) ishga
solinmasdan o`zga tildan so`z olinar ekan, bu hodisa so`z o`zlashtirish (so`z olish)
bo`ladi. Demak, bu erda gap boshqa narsada, ya`ni gap tilning so`z yasovchi
vositalari yordamida ma`lum usul (so`z yasash usuli)da yangi so`z hosil qilish
bilan kalkalash yo`li bilan so`z hosil qilishning farqida.
Avvalo aytish kerakki, haqiqatan ham, tilda mavjud bo`lgan yasovchi
vositalar yordamida so`z yasashning ma`lum bir usuli orqali yangi so`z hosil qilish
bilan kalkalash orqali yangi so`z hosil qilish o`zaro farqli hodisalardir. Tildagi so`z
yasovchi vositalar yordamida hosil qilinadigan so`zlar so`z yasalishiga oid barcha
tushunchalarga ega bo`ladi. Masalan, ular so`z yasalish asosi va so`z yasovchi
formant, so`z yasalish tuzilishi, so`z yasalish tipi kabi tushunchalarga ega bo`ladi.
Kalkalash yo`li bilan hosil qilingan so`zlar bunday tushunchalarga ega bo`lmaydi.
Masalan, futbolchi so`zida futbol - so`z yasalish asosi, -chi so`z yasovchi formant,
9
Шоаҳмедов Э. Ўзбек терминологияси ривожида калкалашнинг роли. Ўзбек терминологияси (бюллетен). –
Тошкент, 1987
10
Шоаҳмедов. Юқоридаги мақола. 14-бет.
uning so`z yasalish tuzilishi so`z yasalish asosi va so`z yasovchi formant (futbol va
-chi)dan iborat, bu so`z tennischi, bokschi, basketbolchi so`zlari bilan so`z
yasalishining bir tipini hosil qiladi va hokazo. Futbolchi o`zbek tilining o`z (ichki)
imkoniyatlari (resurslari) asosida yasalgan. Binobarin, kalkalash yo`li bilan so`z
hosil qilinishi ham tilning ichki imkoniyatlari asosida so`z yasash hisoblanadi.
Kalkalash o`zga tilga oid birlikni nusxa (qolip, andoza) asosida o`z til
materiali bilan ifodalash ekani ma`lum. Ko`pincha o`zbek tiliga kalkalashning
material bazasi asosan rus tiliga oid so`zlardir, ya`ni rus tiliga oid so`zlarni
kalkalash yo`li bilan yangi so`zlar hosil qilinadi (ma`lum so`zlar asli rus tili so`zi
bo`lmasligi mumkin. Lekin ular bevosita o`z tilidan emas, balki rus tilidan kalka
qilinyapti).
Lingvistik adabiyotlarda kalkaning semantik, leksik, sintaktik kabi turlari
mavjudligi qayd etilgan. Bulardan ayrimlarini nomlashda har xilliklar bor.
Masalan, o`zga tilga oid so`zlarni o`z til materiali bilan ifodalash (so`zni
kalkalash) ko`pchilik ishlarda leksik kalkalash deb ta`riflangani holda, ayrim
ishlarda struktur-semantik kalkalash, shu yo`l bilan hosil qilingan so`z esa
struktur-semantik kalka deb ta`riflanadi
11
-Lekin struktur-semantik kalkalash
(struktur-semantik kalka) terminining leksik kalkalash (leksik kalka) terminidan
biror afzallik tomoni yo`q. Aksincha, leksik kalkalash (leksik kalka) terminining
o`zi juda maqbul. Chunki, birinchidan, leksik kalkalash deganda kalkalash yo`li
bilan so`z hosil qilish tushuniladi. Yangi hosil bo`lgan so`zning ma`noli bo`lishi
o`z-o`zidan ma`lum. Binobarin, bu o`rinda «semantika» («semantik») so`zini
qo`llashga ehtiyoj yo`q. Ikkinchidan, shu narsa ham ma`lumki, leksik kalkada
so`zning qismlari to`la holda (beshkurash — pyatibore) yoki ma`lum qismi
(avtopoyga) o`z tildan bo`lishi mumkin. Shu jihatdan ular to`la kalka va yarim
kalka deb ham yuritiladi. Har ikki holatda ham so`z semantik jihatdan to`laligini
saqlaydi, ya`ni semantik jihatdan yarim kalkalanish bo`lishi mumkin emas.
Shunday ekan, semantika (semantik) so`zi qo`llanganda, yarim kalka haqida
11
Шомақсудов Э. Юқоридаги мақола. 17-бет
gapirish to`g`ri bo`lmaydi. Demak, bu jihatdan ham struktur-semantik kalkalash
(struktur-semantik kalka) terminlarini qo`llash maqbul emas.
Kalkalash yo`li bilan so`z hosil qilish hozirgi o`zbek adabiy tilida so`z hosil
qilishning mahsuldor yo`li hisoblanadi va u leksikaning rivojida muhim rol
o`ynaydi. Kalkalash, ayniksa, terminologiya sohasida keng qo`llanadi. Rus tilidan
o`zbek tiliga kalkalanadigan so`zlar struktura jihatidan qo`shma so`z yoki
prefikslar bilan yasalgan so`zlar bo`ladi: fotokorrespondent — fotomuxbir,
agropromishlennost — agrosanoat va b. Ana shunday so`zlar o`zbek tiliga
kalkalanganda, yuqorida ko`rib o`tganimizdek, so`zning tuzilishi faqat o`zbek
tilining o`z materialidan bo`lishi yoki ma`lum qismi rus tilidagisining o`zi
bo`lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan ular to`la kalka va yarim kalka
kabi turlarga ajratiladi. Bulardan yarim kalka deb ataluvchi kalkalarni
ta`riflashda, aniqrog`i, ularning o`zbekchalashtirilmay o`zicha qolgan qismini
ta`riflash (nomlash)da har xilliklar bor. Masalan. yasalish yo`li nuqtai
nazardan radioeshittirish so`zi ham teleeshittirish so`zi ham bir xil, ya`ni
kalkalash yo`li bilan hosil qilingan so`zdir. Lekin birinchisidagi radio qismi
o`zbek tilida mustaqil so`z sifatida qo`llanadi. ikkinchisining tele qismi mustaqil
qo`llanmaydi. Ana shunday kalkalarning o`zbek tilida mustaqil qo`llanmaydigan
qismi turlicha ta`riflanmoqda, ya`ni ular ba`zi ishlarda prefiks, so`z yasovchi
element, qo`shma va qisqargan so`zlarning birinchi komponenti, pristavka deyilsa,
ayrim ishlarda yana boshqacha nomlar bilan ataladi. E. Begmatov o`z ishida
bunday qarashlarni to`la keltiradi va bu masalada o`z nuqtai nazarini aniq
bildiradi: «Biz yuqorida keltirgan hodisalarni o`zbek tilida mustaqil ma`no
anglatadigan so`zga teng holatlarda qo`shma so`z komponenti deb (masalan.
radioto`lkin, fotomuxbir kabi), mustaqil ma`no anglatmaydigan va so`zga teng
bo`lmagan hollarda (masalan, infraqizil, aerochangligich. kvaziqism kabi)
prefiksoid deb nomlash tarafdoriman.
12
Muallif bunday prefiksoidlar deb
quyidagilarni keltiradi: avia- (aviato`p, aviao`g`it-lash...), avto-(avtotirkama,
avtoyuklagich). aero-(aeropurkagich...), agro-(agroo`rmon), anti-(antiaylanish...),
12
Бегматов Э.Ҳозирги ўзбек адабий тилининг лексик қатламлари. –Тошкент, 1985, 181-бет
bi-(bichiziqiy...), bin-(binko`zgu), «vibro-(vibroto`g`rilagich...), video-
(videokuchaytirgich), gidro- (gidrokuchaytirgich...), giper-(gipertekislik...),
izo- (izomot...), infra-(infratovush...). kvazi-(kvaziyulduz...), makro-(ma
krotuzilish...), mikro- (m ikro kirishmalar). multi-(multiturg`un) pnevmo-
(pinevmoyuklagich...), proto-(protoyulduz...), stereo- (stereochizma...), tele-
(teleko`z...), termo-(termoaralashtirgich...), ultra-(ultrasiyraklik).
Kalkalash yo`li bilai so`z hosil qilish, ayniqsa, terminologiyada sermahsul
yo`l ekani aytildi. Shu sababli ham, bu hodisaga terminologiyaga oid ishlarda
alohida e`tibor beriladi. Bu faktni o`zbek tilshunosligida so`nggi vaqtlarda
qilinayotgan ishlarda ham kuzatish mumkin. Lekin shunga qaramay, bu ishlarda
ham so`z yasovchi vositalar yordamida so`z yasalishi bilan kalkalash orqali
so`z yasash hodisasi aniq farqlanmayapti, ayniqsa, ayni bir tipdagi so`z goh
so`z yasash vositalari orqali hosil qilingan so`z deb, goh kalkalash yo`li bilan hosil
qilingan so`z deb ta`riflanmoqda.
Yarim kalkalar tarkibidagi o`zbekchalashtirilmay o`zicha qolgan va mustaqil
ma`noga ega bo`lmagan (hatto, ba`zi mustaqil ma`noga ega bo`lgan va mustaqil
qo`llanadigan) qismlar keyingi vaqtda yaratilgan o`zbek tiliga oid ishlarda
«terminelement» deb atalmoqda. Filologiya fanlari nomzodi A. Madvaliev bularga
nisbatan V.V.Akulonkoning «analitik aniqlovchilar» atamasini qo`llash ma`qul
deb qaraydi
13
. Bu ikki xil atamaning maqbul yoki maqbul emasligi haqida to`xtab
o`tirmaymiz. Bizga taalluqli tomoni ana shu «terminelement» deb atalayotgan
narsaning o`zbek tilida so`z (termin) yasovchimi yoki bu so`zlar kalkalash yo`li
bilan hosil qilingan so`zlarmi ekanini belgilashdir. Bu ish mualliflari xuddi shu
masalada aniq kat`iy pozitsiyada emaslar. Balki bu narsa masalaga jiddiy e`tibor
bermaslik oqibatidir. Vaholonki, so`z yasovchi vositalar (formantlar) yordamida
so`z yasash bilan kalkalash orqali so`z hosil qilish tamomila boshqa-boshqa
hodisalar bo`lib, o`zbek tili leksikasining boyishi, rivojlanish yo`llari tahlil
etilganda, ular aniq va qat`iy farqlanishi, har birining bu jarayondagi o`rni, roli,
samarasi aniq belgilanishi kerak. Endi bu hodisa haqidagi fikrlarga murojaat
13
Ўзбек терминологиясида лексик вариантлар (тўплам). –Т.: 1986, 34-бет
etaylik. Masalan, A.Madvalievning “... baynalminal terminlar binobarin, ular
tarkibidagi terminelementlar ham o`zbek tilida o`zlashtirma hisoblanadi», degan
fikri hodisaning mohiyatiga juda mos keladi. Shuningdek muallifning quyidagi
fikri ham juda to`g`ri: «Umuman olganda, anti- elementli terminlar o`zbek tilida
to`rt xil usul bilan ifodalanadi... 2) gibrid shaklida, boshqacha aytganda, yarim
kalka usulida o`zlashtiriladi. Antitanalar (antitela), antitasavvur (antipredstavlenie)
va boshqalar»
14
. Biroq muallifning ayni shu maqolasidagi quyidagi gaplari
hodisaning mohiyatini boshqacha ifodalaydi: «Hozirgi kunlarda esa anti-
terminelementi rus va o`zbek tili terminologik sistemalarida, shuningdek
umumadabiy tilda ham aktiv qo`llanuvchi element bo`lib qoldi. anti- elementining
hatto o`zbekcha so`zlar bilan qo`shilib, gibrid terminlar hosil qilayotgani
fikrimizning dalilidir: antidunyo, antimodda, antimoslashuv, antizarra kabi».
Bunga e`tirozan professor A.Hojiyev shunday fikr bildiradi: “Ko`rinib turibdiki,
muallif anti- elementi o`zbek tilida so`z yasovchiga aylangan, so`z yasash uchun
xizmat qiladi deyapti. Agar shunday bo`lsa, birinchidan, tarkibida anti bo`lgan
so`zlarni kalka hisoblamaslik kerak. Ikkinchidan, so`z yasash vazifasiga ega ekan,
«antini element deb o`tirmay, to`g`ridan-to`g`ri, so`z yasovchi affiks (prefiks,
formant) deyaverish kerak bo`ladi va antizarra, antimoslashuv kabi so`zlarni
affiksatsiya usuli bilan yasalgan so`zlar hisoblash kerak bo`ladi. Aslida esa, o`zbek
tilida so`z yasovchi vosita vazifasini bajaruvchi «anti» yo`q. Tarkibida anti bo`lgan
va qolgan qismi o`zbek tilidagi so`z bo`lgan so`zlarning hammasi kalkalash yo`li
bilan hosil qilingan so`z (kalka)dir”
15
.
Umuman, terminlar tarkibida qo`llanuvchi «termin element»larni so`z
yasovchi deyishga moyillik kuchayib borayotgani sezilyapti. 3. Mirahmedovaning
quyidagi gaplari bunga dalil bo`la oladi: «... tele element orqali yasaluvchi
terminlarining miqdori kun sayin ortib bormoqda. Kundalik gazeta va jurnallarda
tele- elementi bilan yasalgan terminlarni ko`plab uchratish mumkin. Masalan:
teleroman, teleocherk, telepesa...
14
Юқоридаги тўплам. 38-бет.
15
Ҳожийев А. Юқорида келтирилган китоб. 144-бет
Ba`zi hollarda tele- elementi so`zga emas, affiksga qo`shilishi orqali ham
yangi so`z yasashi mumkin: teleshunoslik kabi»
16
.
Ma`lumki, affiks mustaqil leksik ma`noga ega bo`lmagan, so`zga qo`shilib,
leksik yoki grammatik ma`nolarning shakllanishi uchun xizmat qiladigan
morfema. Boshqacha aytganda, affiks so`zga qo`shiladi, lekin affiksga boshqa
biror birlikning qo`shilishi affiksdan so`z yasalishi o`zbek tilida yo`q hodisa. Ana
shu faktning o`ziyoq teleshunoslik so`zining tarkibidagi tele- so`z yasovchi
emasligini, u -shunos(lik) affiksiga qo`shilmayotganini, aksincha, kalkalash
natijasida teleshunoslik so`zi shunday strukturaga ega bo`lishini ko`rsatadi.
Yuqorida keltirilgan faktlar asosida quyidagilarni aytish mumkin. Birinchidan,
kalkaning «O`zbekchalashtirilmay» o`zicha qolgan qismi o`zbek tilida mustaqil
qo`llanadigan
bo`lsa,
qo`shma
so`zning
komponenti
deb,
mustaqil
qo`llanmaydigan bo`lsa, prefiksoid deb ta`riflashda aniq bir kriteriy yo`q. Chunki
mustaqil qo`llanadigani qo`shma so`zning komponenti deb qarala-digan bo`lsa,
mustaqil qo`llanmaydigani sodda so`zning komponenti deb baholanishi kerak
bo`ladi. Lekin bunday qilishning na ilmiy-nazariy, na amaliy ahamiyati bor.
Umuman, bir qismi (rus tilidagicha qolgan qismi) mustaqil qo`llanish yoki
qo`llanmasligiga qarab kalkalarni ikkiga guruhlashning xech qanday kerak tomoni
yo`q. Ikkinchidan, kalka tarkibida rus tilidagicha qolgan va o`zbek tilida mustaqil
qo`llanmaydigan (mustaqil ma`noga ega bo`lmagan) qismi prefiks, prefiksoid,
pristavka, so`z yasovchi element kabi nomlar bilan atash, ya`ni ularni prefiks,
pristavka va boshqa til birliklariga tenglashtirish ham to`g`ri emas. Chunki ular
o`zbek tilida prefiks yoki so`z yasovchi boshqa birliklarga xos vazifaga ega emas,
ya`ni o`zbek tilida ular so`z yasovchi vositalar bo`la olmaydi. Yarim kalka deb
baholanuvchi bu so`zlar so`z yasovchi vositalar yordamida emas, balki (xuddi
to`la kalkalar singari) kalkalash yo`li bilan hosil qilingan so`zlardir. Shuning
uchun, masalan, radioto`lqin so`zida (to`liq kalkada) so`z yasovchi vosita
bo`lmaganidek, avtochana, aerochana so`zlarida ham so`z yasovchi vosita
(formant) yo`q. Shu jihatdan R.Doniyorovning yuqoridagi tipda hosil qilingan
16
Ўзбек терминологиясида лексик вариантлар (тўплам). –Т.: 1986, 43-бет.
barcha so`zlarni: “... bir qismini o`zbekchalab o`zlashtirish”, deb ta`riflashi
17
haqiqatga to`g`ri keladi.
Xullas, rus tilidan so`zning ma`lum qismini o`zbekchalab o`zlashtirish,
tarkibidagi ruscha qismining mustaqil ma`noli bo`lishi yoki bo`lmasligidan qat`i
nazar, kalkalash yo`li bilan so`z hosil qilish hisoblanadi. Bunday so`zlar
tarkibidagi mustaqil ma`noli qism so`z yasovchi hisoblanmaganiday, mustaqil
ma`nosiz qism ham (juda ko`p so`zlar tarkibida uchrashidan qat`i nazar) so`z
yasovchi hisoblanmaydi. Umuman, rus tilidan o`zbek tiliga so`z yasovchi biron
prefiks, prefiksoid yoki boshqa tipdagi birlik qabul qilinmagan.
17
Донийоров Р.Ўзбек тили техник терминолгиясининг баъзи масалалари. –Тошкент, 1977,146-бет
Do'stlaringiz bilan baham: |