KADRLAR TAYYORLASH MILLIY MODELI.
OQITUVCHI VA UNING JAMIYATDAGI URNI
ReJA:
1. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va uning mohiyati.
2.Kadrlar tayyorlashning Milliy modeli va uning uziga xos xususiyatlari.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qimlari.
3.Kadralr tayyorlash milliy modelini haetga tadbiq etish ishining
ahamiyati.
4. Oqituvchi va uning shaxsiga quyiladigan talablar.
Tayanch tushunchalari.
«Kadarlar tayyorlash milliy dasturi,», kadrlar tayyorlash milliy modeli, kadrlar
tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari,»portlash effekti», Oqituvchi, oquvchi
shaxsiga quyilaetgan talablar.
1. Ozbekiston respublikasi siesiy mustaqillikni qulga kiritgach ijtimoiy
haetimizning barcha sohalarida islohatlar amalga oshirila boshaladi. Totolitar
boshqaruv usuli asosida ish yuritilaetgan xalq ta`limi tizimida ham sungi un yilliklar
davomida yuzaga kelgan muammolarni hal etish vazifasi respublika hukimati hamda
mutasaddi tashkilotlarni ta`lim tizimida ham jiddiy uzgarishlarni amalga oshirishga
undadi. Bu boradagi sa`iy-xarakatlarimizning samarasi sifatida 1992-yil iyul` oyida
Mustaqil Ozbekistonning ilk. «Ta`lim tug`risida»gi qonun qabul qilindi. Mazkur
qanun mazmunida respublika ta`lim tizimi, uning asosiy yuyunalishlari, maqsad,
vazifalar, ta`lim boshqichlari va ularning mohiyati kabi masalalar uz ifodasini topdi.
Ozbekiston Respublikasi istiqlolini ta`lim muassasalari halq hujaligini turli
sohallari uchun tayerlaetgan kadrining kasbiy tayergarlik, aqli salohiyati hamda
ijodiy qobiliyati belgilaydi degan g`oya «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»nin
yaratilishi uchun asos buldi. Mazkur hujjat Respublika ta`lim tizimida amalga
oshirilaetgan islohotlar mazmunini ochib beruvchi muhim hujjatdir. Unda ta`limiy
islohatlarning asosiy maqsadi «inson uchun har tamonlama uyg`un kamol topishi va
farovonligi, shaxs manfaatlarini ruebga chiqarishning sharoitini va ta`sirchang
mexanizmini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq atvorning andozalarni
uzgartirish» dan iborat ekanligi qayd etib utildi.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ruebga chiqarishni har tomonlama
kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta`lim va kasb hunar dasturlarini
ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta uzlashtirish uchun ijtimoiy- siesiy,
huquqiy, psixologik- pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat,
davlat va oila oldida uz javobgarligini xis etadigan fuqarolarni nazarda tutadi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning maqsadi- ta`lim sohasini tubdan isloh
qilish, uni utmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan tula holos etish,
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma`naviy va ahloqiy talabalarga
javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan
iboratdir.
Ushbu maqsadni ruebga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini talab etiladi:
-ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshiraetagn yangilanish,
rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurulishi jarayonlariga moslashish.
-Kadrlar tayyorlash tizimi muassaslarini yuqori malakali mutaxassiislar bilan
ta`minlash, pedagogik faoliyatining nufuzi va ijtimoiy maqomini kutarish:
-Ta`lim oluvchilarni ma`naviy axloqiy tarbiyalashning va ma`rifiy ishlarning
samarali shaqllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish:
- Ta`lim va kadrlar tayyorlash, ta`lim mutaxassislarini attestatsiyadan utkazish va
akkreditatsiya qilish sifatida baho berishning holis tizimini joriy etish:
-kadrlar tayyorlash sohasida uzaro manfaatli halqaro hamkorlikni rivojlantirish va
hokazolar.
Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich amalga oshirilib
boradi. Har bir bosqich muayyan vazifalarni hal etishni nazarda tutadi. Vazifalar
quydagilardan iboratdir.
Birrinchi bosqich (1997-2001)-mavzud kadrlar tayyorlash tizimining ijodiy
salohiyatini smaqlab qolish asosida ushbu tizimi isloh qilish va rivojlantirish uchun
huquqiy, kadrlar jixotidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy moddiy shart- sharoiylar
yaratish.
Ikkinchi bosqich(2001-2005) milliy dasturni tuliq ruebga chiqarish, mehnat
bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda
urta aniqliklar kiritish.
Uchinchi bosqich (2005va undan keyingi yillar) tuplangan tajribani tahlil etish
va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga
muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli faqat ta`lim tarbiyadangnina iborat bulib
qolmay, bir-biriga bog`liq kupgina haetiy bosqichlarni ham uz ichiga oladi. Milliy
model- bu shaxs, davlat va jamiyat, uzliksiz ta`lim, fan va ishlab chiqarishning uzaro
hamkorligi, ularning bir-biriga aloqasini aks ettiradi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quydagilardan
iboratdir:
1) Shaxs-kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub`ekti va ob`ekti, ta`lim
sohasidagi xizmatlarning iste`molchisi va ularni amalga oshiruvchi:
Shaxs uzliksiz ta`lim jarayonida duneviy, ilmiy bilimlarni uzlashtirib, fan
asoslarini puxta egallab ishlab chiqarish sohalari bilan tanishib, shunungdek, ijtimoiy-
gumanitar fanlarni urgatish hamda izchil uzliksiz ravishda tashkil etuvchi tarbiyaviy
tadbirlar asosida insoniy sifatlarni uzlashtirib borar ekan yillar davomida undan
yuksak ma`naviy saolohiyat va muayyan yunalish buyicha kasbiyts mahorat
shaqllanib boradi. Shaxs eng avvalo uz oldiga muayyan maqsadni quya olishi hamda
unga erishish yulida tinimsiz izlanishi, uqib urganishi lozim. Shu tariqatina u ijtimoiy
raqobatga chidamli kadr (mutaxassis) sifatida kamolga etadi.
2) Davlat va jamiyat- ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini
tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni
qabul qilib olishning kafillari:
Shaxs kamolati nafaqat uzi uchun, balki davlat va jamiyat taraqqietining,
ravnaqi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Fuqarolari komil insonlar bulgan
mamlakat istiqboli porloq buladi.
Shaxs davlat (jamiyat) urtasidagi aloqa ikki tamonlama xususiyatga ega. Shu
bois har qanday davlat uz fuqoralarining yashash, mehnat qilish, shuningdek, iqtidorli
va salohiyatini ruebga chiqarishi, uni namaen eta olishi uchun etarli darajada shart-
sharoit yaratib bera olishi lozim.
3) Uzliksiz ta`lim- malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bulib,
ta`limning barcha turlari davlat ta`lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimini
tuzimlmasi va uning faoliyat kursatish muhitini uz ichiga olshadi.
Uzliksiz ta`lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng
qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar
ma`lumotlarini uzlashtiradi, komil inson va malakali mutaxassis qiefasida aks etishi
lozim bulgan sifatlariga ega bulib bora, unda muyayan duneqarash shaqllanadi.
Bu esa shaxs kamolotida muhim ahamiyatga egadir.
Demak, uzluksiz ta`lim-milliy modulning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir.
Unga kura mamlakatimizda uzluksiz ta`lim tizimining faoliyat olib borishining
Davlat ta`lim standartlari, turli darajalariga ta`lim dasturlarining izchilligini asosida
ta`minlanadi. Uzluksiz ta`lim quyidagi ta`lim turlarini uz ichiga oladi.
-maktabgacha ta`lim.
-ummiy urta ta`lim.
-urta maxsus, kasb-hunar ta`limi.
-oliy ta`lim.
-oliy uquv yurtidan keyingi ta`lim.
-kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash.
-maktabdan tashqari ta`lim.
Uzluksiz ta`lim tizimi xususiyati, maqsad va vazifasi nimada..
Oliy ta`lim. Oliy ta`limga akademik litsey va kasb-hunar kollejini tugatgan
shaxslargina qakbul qilinadi. Oliy ta`lim ikkinchi bosqichida, ya`ni bakalavriyat
hamda magistratura yunalishida amalga oshiriladi.
Bakalavriyat mutaxassisliklari yunalishi buyicha fundamental` va amaliy bilim
beradigan, ta`lim olish muddati kamida turt yil davom etadigan tayanch oliy ta`lim.
Bakalavr darajasiga ega bulgan shaxs oliy ta`lim tizimi yunalishdagi uzi tanlagan
soha buyicha oliy ma`lumotli mutaxassis hisoblanadi va davlat Klassifikatorida
belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega buladi.
Magistratura- aniq mutaxassislik buyicha fundamental va amaliy bilim
beradigan, bakalavriyat negizida ta`lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy
ta`limdir. Undagi tahsil yakuniy klassifikatsion davlat attestatsiyasi va etkaziladi.
Magistr-darajasidan farqli ma`lum ixtisoslik buyicha yuqori malakali
mutaxassis xisoblanib, u ilm-fan sohasida, ishlab chiqarishning ma`suliyatli
lavozimlaridan faoliyat kursatadi. U aspiranturaga kirish huquqiga ega.
Oliy uquv yurtidan keyingi ta`lim. Ta`limning bu turi ikkinchi darajada amalga
oshiriladi.
Birinchi darajada aspirantura bulib, magistrlik negzida uch yil (turt yil sirtqi)
davom etadi.
Ikkinchi daraja doktorantura ham 3 yil davom etadi.
Ikkala darajaning ham maqsadi-muyayan mutahassisliklar buyicha oliy toifali
ilmiy pedagogik kadrlar shaqllantirishdan iboratdir.
4) Fan-yuqori malakali mutaxassislik tayerlovchi va uladan foydalanuvchi,
ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi.
Fan-milliy modelimizning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bulib u barkamol
inson va etuk mutaxassisni shaqllantirining ilmi-pedagogik asoslarini yaratishni,
shuningdek fan hamda mutaxassislik yunalishlari va tarmoqlari buyicha ta`lim
konstitutsiyalari, uquv darslari reja va darsliklar, (qullanmalar) ni yaratish ta`lim
jarayonini tashkil etishini moddiy va ma`naviy jihatdan qullab-quvvatlashni uz
zimmasiga olishi lozim.
4) Ishlab chiqarish-kadrlarga bulish ehtiejini shuningdek ularning tayergarlik
sifati va saviyasiga nisbatan quyiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi,
kadrlar tayyorlash tizimini moliya moddiy-texnika jihatdan ta`minlash jarayonining
qatnashchisi.
Avallari ishlab chiqarish tayer kadrlar kuchi salohiyatidan foydalanuvchi
iste`molchi sifatidagina faoliyat olib borgan bulsa, bugungi kunda ushbu faoliyatning
mazmuni tubdan uzgardi.
Endilikda ishlab chiqarish kadrlarni tayyorlash sifati va saviyasiga nisbatan uz
talablarini quya oladi. Shu bilan bir qatorda sifatli hamda yuksak saviyadagi
mutaxassisning tayerlab etishtirish yulida uzluksiz ta`lim hamda fan tarmoqlarini
moliyaviy moddiy-texnik jihatdan qullab-quvvatlash majburiyatini uz zimmasiga
oladi.
Bizning nazarimizda zamonaviy Oqituvchi qiefasida quyidagi fazilatlar
namaen bula olishi kerak.
1. Oqituvchi jamiyat ijtimoiy haetda ruy beraetgan uzgarishla olib borilaetgan
ijtimoiy islohatlar mohiyatini chuqur anglab etishi hamda bu borada oquvchilarga
tug`ri, asosli ma`lumotlarni berib borishi lozim.
2. Zamonavi Oqituvchi ilm-fan, texznika va texnologiya yangiliklari va
yutuqlaridan xabardor bulishi talab etiladi.
3. Oqituvchi uz mutaxassisligi buyicha chuqur, puxta bilimga ega bulishi, uz
ustida tinimsiz izlanishi lozim.
4. Oqituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asolarini puxta bilish, ta`lim-
tarbiya jarayonida oquvchilarning esh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan
holda faoliyat tashkil etishi kerak.
5. Oqituvchi ta`lim-tarbiya jarayonida eng samarali shaql, metod va
vositalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bulmog`i lozim.
6. Oqituvchi ijodkolr tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bulishi
shart.
7.
Oqituvchi
yuksak
darajadagi
pedagogik
mahoratga,
chunonchi
kommunikativlik laeqatiga, ega bulishi pedagogik texnika (nutq, yuz, qul-oeq, va
gavda harakatlari mimika, jist, patolimika) qonuniyatlarini chuqur uzlashtirib olishga
erishishi lozim.
Oqituvchi nutq madaniyatiga ega bulishi uning nutqi quyidagi xususiyatlarni
uzida aks ettira olishi kerak.
a) nutqning tug`riligi.
b) nutqning aniqligi.
v) nutqning ifodaviyligi
g) nutqning sofligi (uning turli sheva suzlaridan holi bulib, faqat adabiy tilda
ifoda etilishi) jargon (muyayan kasb eki soha mutaxassislikka xos suzlar), vorvarizm
(muayyan millat tilida baen etilgan nutqda uzga millatlarga xos suzlarga urinsiz
qullanishi), vul`garizm (xaqorat qilish, sukishda qullaniladigan suzlar) hamda
komtsilyarizm (urni bulmagan vaziyatlarda rasmiy nutqlarda) suzlardan xoli bulishi,
Oqituvchi nutqi sodda, ravon va tushunarli bulishi kerak.
d) nutqning ravonligi.
j) nutqning boyligi (suzlar, maqolalar,matallar hamda kuchirma gaplardan
foydalana olish).
9. Oqituvchi kiyinishi madaniyatiga (sodda, ozoda, bejirim, kiyinishi), ta`lim
tarbiya jarayonida Oqituvchining turli hil diqqatni tez jalb etuvchi bezaqlar (oltin,
kumush taqinchoqlardan foydalanmasligi, fasl, esh, gavda tuzilishi, yuz qiefasi, hatto
soch rangi va turmagiga muvofiq ravishad kiyinishi uzlashtirishga erishish) ega
bulishi.
10. Oqituvchi shaxsiy haetda pok, atrofdagilarga urnak bula olishi lozim.
Oqituvchi shaxsining mazkur talablarini uzida aks ettira olgan qiefasi uning
oquvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar urtasida obru e`tibor qozonishini
ta`minlaydi.
Yuqorida baen etilgan fikrlarga tayanib quyidagi hulosaga kelishimiz mumkin.
1. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» Ozbekiston Respublikasida ta`lim
tizimida amalga oshirilaetgan islohatlar mazmunini uzida aks ettirgan muhim me`eriy
hujjat bulib, istiqbol uchun yullanmadir.
2. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» da alohida takidlangan Milliy modul-
Respublikamizning Milliy-xududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda ilg`or fan,
texnika va texnologiya yutuqlari vositalarida tayerlangan kadr (mutaxassis)-komil
inson va etuk mutaxassis qiefasini uziga aks ettiruvchi me`erdir.
3. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g`oyalarning amalietga tadbiq etilishi
Respublika ijtimoiy haeti uchun muhim sanalgan bir qator holatlarning qaror
topishiga olib keladi.
4. Ozbekiston Respublikasida «Ta`lim tug`risida «gi qonuni va «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» g`oyalarini amalga oshirish jarayonida Oqituvchi kadralar
uziga xos muhim rolni bajaradilar. Barkamol inson va etuk mutaxassis Oqituvchi
(murakkab tarbiyachi) lar qulida kamolga etar ekan, eng avvalo ularning shaxsi ham
bir qator ijodiy sifatlarni uzida aks ettira olshi lozim. Shundagina biz uzimiz orzu
qilaetgan shaxsni (mutaxassisni) tarbiyalay olishga muyassar bulamiz.
SAVOLLAR.
1. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning bosh g`oyasi nimadan iborat.
2. Milliy modul nima.
3. Kadrlar tayyorlash milliy modulining asosiy
tarkibiy qismlari nimalardan iborat
4. Uzluksiz ta`lim tizimining mohiyatini aytib
bering.
5. Oliy uquv yurtidan keyingi ta`lim.
6. Pedagogika kasbi qanday kasb va bunga sizning
munosabatingiz.
7. Oqituvchining shaxsiy sifatlari va pedagogik odobi
qanday bulishi kerak.
i.
Oqituvchining mahorati va ijodkorligi tamoyillari nimadan iborat.
9. Hozirgi davr Oqituvchisiga quyilgan pedagogik talab.
Do'stlaringiz bilan baham: |