OILA TARBIYASI
Reja.
1.Oila tarbiyasining mazmuni va ahamiyati.
2.Oilada barkamol shaxsni shaqllantirish.
3.Oila - jamiyatning umuminsoniy asosi.
Adabiyotlar.
1.Munavvarov.Pedagogika.T- 1996y.
2.Musurmonova.O.Oila ma`naviyati-milliy g`urur.T-1999y.
3.Xasanova.Umumiy pedagogika.SamDU 2001y.
4.Inomova.M.Pedagogika .T- 2001y.
Tayanch tushunchalar.
Oila,tarbiya,shaxs, ota-ona,jamiyat,sog`lom avlod,milliylik, g`ug`ur, mahalla.
Tekshirish savollari.
1.Oila deganda nimani tushunasiz
2.Oila tarbiyasi deganda nimani tushunasiz
3.Mahalla deganda nima tushunasiz
4. oila tarbiyasining maqsad va vazifalari nimalardan iborat
1. Ota-onalarning uz hayotlari, turmush tarzlari, bola shaxsida ilmiy
duneqarash asoslari, ma`naviy, axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillarni
shaqllantirish maqsadida tizimli ta`sir kursatish jarayoniga oilaviy tarbiya
deyiladi.Bunda ijtimoiy va ma`naviy haet ta`sirida oilaning uzi ham jiddiy yangilanib
boraetganini esdan chiqarmaslik lozim.
Oilalar respublikamizning shahar va qishloqlarining yagona ijtimoiy-iqtisodiy
umumiyligi asosida rivojlanmoqda.Bu esa, uz navbatida, oilaviy tarbiya usullari va
mazmunining
umumiy
va
xususiy
tomonlari
rivojida
yaqqol
kuzga
kurinadi.Masalaning murakkabligi shundaki, Oqituvchi-tarbiyachi, xalq ta`limi tizimi
xodimlari, keng jamoatchilik oilaviy taraqqietni hisobga olgan xolda oilaviy
tarbiyaning nazariy va amaliy asosvarini pedagogik jihatdan tug`ri izohlash va
tegishli usuliy tavsiyalar berishlari lozim. Ikkinchi tomondan esa yangi mustaqil
davlatimizning shaxs taraqqietida kursataetgan pedagogik ta`sirini aniqlash,
kelgusida kutiladigan natijalarni chamalab olish ham lozim.
Ozbekiston sharoitida oilaviy tarbiya mazmuni tashkil etilishiga oid pedagogik
omillar mavjudki, bularni hisobga olishga majburmiz.Respublikamizning iqtisodiy
sharoiti, iqlimi. Tabiatning uziga xos xususiyatlari, paxtachilik, bog`dorchilikning
keng rivojlanishi respublikamizning aholisi, har bir rilaning iqtisodiy-ijtimoiy
rivojlanishiga, oilaviy sharoitlarning uzgarishiga, binobarin, oiladagi bolalar
tarbiyasiga sezilarli ta`sir etmoqda. Republikamiz uzining demografik, etnik, milliy
shart-sharoitlari jihatidan ham uziga xos xususiyatlarigga ega., Bu ayniqsa, aholining
zich joilashganligi va intensiv kupayganligi, qishloq va shahar oilalarining kup
farzanliligida kurinadi. Uzbeklar axolining deyarli yarmisini tashkil qiladi.Qolgan
yarmisi turli millat(rus,ukrain, tojik, turkman, qirg`iz, qozoq va boshqalar) vakillarini
tashkil etadi.Shu sababli ham uzaro yaqinlashuv- turli millatga mansub oilalar
vujudga kelaetganligini hisobga olish kerak.
Respublikamizning ma`naviy haeti va uziga xos tomonlari muttasil
rivojlanmoqda.Shaharlarning kupayishi, aholdi usishi, yashash sharoitining
yaxshilanishi...
Oilada tarbiyaning negizlariga asos solinadi. U bolada shaqllanishi lozim
bulgan barcha insoniy munosabat va fazilatlarni tarbiyalovchi haet maktabi
hisoblanadi.
Uzbek xalqi tabiatan bolajon xalq.Bolaga nisbatan bag`ri kenglik,
mehridarelik, uta fidoyilik uzbeklargagina xos xususiyatdir. Shu boisdan ham. Ota-
onalarimiz farzandlarning baxti va kelajagi uchun qayg`uradi. Ularning bilim
olishlari, qiziqishlari buyicha kasb-hunar egallashi, adob-ahloq qoidalarini
mukammal bilishlari va ularga amal qilishlari uchun mavjud imkoniyatlarini
yaratadilar.Chyaunki oilada bolani tug`ri tarbiyalash- mustahkam poydevorli jamiyat
barpo etilishining garovidir.Bola tarbiyasi keng qamrovli, uzoq davom etadigan
murakkab jarayon bulib, uning uziga xos xususiyatlari mavjud.Ushbu jarayon
turmush quradigan yigit va qizning bir-biriga har tomonlama munosibligidan
boshlanadi.
Bulajak ota-onaning sog`-salomatligi, nasl-nasabi, duneqarashi, ichki va tashqi
dunesi, ahloq-odobi, moddiy va ma`naviy darajasining mosligi, turmush qurishga
ma`naviy va jismoniy tayergarligi farzand kurish va uning tarbiyasida muhim
ahamiyatga ega.
Oila mustahkamligi, ma`naviy va jismoniy barkamol farzand jamiyat
mustahkamligi va ma`naviy etukligi garovidir.Sohibqiron bobomiz Amir Temur ham
ug`il uylantirishda kelin tanlashni, farzand tarbiyasini davlat siesati darajasiga
kutarganligi ham bejiz emas.Davlatning qudrati-sog`lom fikrli, bilimli, ahloq-
odobli,xalq, millat, Vatan taqdiri uchun jonini tikkan insonlar qulida.
Mamlakatimiz mustaqilligi yillarida Prezidentimiz I.A.Karimov rahbarligida
olib borilaetgan siesatning ustuvor yunalishlari hisoblanadigan insonlarning dalvt va
jamiyat qurilishidagi rolini oshirish, oilan har tomonlama mustahkamlash, oila va
ta`lim tizimida eshlarni barkamol qilib tarbiyalash, aholi salomatligini
mustahkamlash borasida amalga oshirilaetgan muhim ishlarning negizida ham aynan
shu g`oya etibdi.Millat genofondini saqlash- aynan shundan boshlanadi.Er eki xotin
nasl-nasabida mavjud irsiy kasalliklar, ma`naviy qashshoqlik kabi kelgusi avlodlar
taqdiri, millat kelajagi uchun ham havflidir.Darhaqiqat, oilasining baht-soadatini,
rohat-farog`atini uylagan odam shu masalalarni ham nazardan chetda qoldirmasligi
shart.
Chunki farzand er-xotinning mehr-muhabbat asosida qurilgan ixtieriy
ittifoqning mevasidir.Turmush qurishga ahd qilgan yigit va qizning uzaro roziligi va
bir-biriga mayli, muhabbati asosida qurilgan nikoh mustahkam buladi.Shu nikoh
asosida dunega kelgan farzandning baxti barqarordir.Farzand oilaning gultojidir, er-
xotin urtasidagi muhabbat rishtalarini bog`lovchi qimmatli kuprikdir.Haetning
shirinligi, qaynoqligi, achchiq-chuchukligi, tasodiflarga boligi- farzand bilan.Shuning
uchun ham xalqimizda Bolalik uy bozor, bolasiz uy mozor, Bolalik xotin- gul xotin,
bolasiz xotin tul xotin, `Bolalilar bosh bular, bolasizlar esh bular kabi birqancha xalq
maqollari bejiz aytilmagan.
Oilada farzand tarbiyasi u tug`ilmasdanoq boshlanmog`i zarur, ya`ni homilalik
paytidanoq.Homilador aelning kayfiyati doim kutarinki, asablari sokin, iste`mol
qiladigan ovqatlari bola uchun foydali bulmog`i zarur.Uz vaqtida mehnat qilib, dam
olib, sayr qilib, tug`ilajak bolaning taqdirini uylash onaning vazifasidir.Er-xotin,
oilaning boshqa a`zolari urtasidagi sog`lom ma`naviy muhit, ahillik, xushmuomolalik
xursandchilik bolaning bexavotir, sog`lom tug`ilishi garovidir.
Agar oilada uzaro hamkorlik, uzaro erdam, bir-biriga ishonch holati mavjud
ekan, bunday oilada rostguy, samimiy, mehribon, urtoqlariga doimo erdam berishga
tayer bulgan insonlar kamol topadi.Uzida odobli kishiga xos fazilatlarni
iujassamlashtirgan kishilarning oilalarida doimo huzur- halovat va samimiy hurmat
qaror topadi.
Kuzatishlar shuni kursatadiki, eshlarda kattalarning hatti-harakatlari, ahloqiy
fazilatlariga tanqidiy munosabatda bulish hissi kuchli buladi.Shu jihatdan qaraganda
tinch-totuv yashaydigan oilalardagi bolalar ham shu oilada mavjud bulgan ahloqiy
hislatlarҮ xushmuomalalik, odo`lilik, kattalarga hurmat, kichiklarga g`amhurlik
qilish, oila a`zolari urtasida uzaro hurmat, ayniqsa aellarga nisbatan kursatiladigan
kusatiladigan g`amhurlik kabi ijobiy fazilatlardan namuna oladilar.
Jamiyatimizdagi har bir tulaqonli shaxs bolalarning tarbiyachisi buliishi, yangi
insonni har tomonlama kamol toptiruvchi barcha holatlarda, shart-sharoitlarda
ishtirok etishi lozim.Atoqli pedagoglar tarbiyani maqsadga muvofiq tashkil etish
shart
sharoitlaridan biri ota-onalarning savodhonligida, deb hisoblagan
edilar.Masalan Abdulla Avloniyning Turkiy Guliston exud ahloq asarida shunday
deydi: “Tarbiyani kimlar qilur: Qaerda qilinur:”. degan savol keladur Bu savolga
birinchi uy tarbiyasi, bu ona vazifasidir.Ikkinchidan maktab va madrasa tarbiyasi.Bu
ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur deb javob bersak, bu kishi deyurki
“qaysi oilalarni aytirsuz bilimsiz, boshi pahmoq, quli tuqmoq onalarmi. Uzlarida yuq
tarbiyani qanday olib berurlar”, der.Otasiga nima dersiz, desak: “Qaysi ota Tuychi,
uloqchi, bazmchi, dumbirachi, karnaychi, surnaychi, ilm qadrini bilmagan, ilm uchun
bir pulni kuzlari qiymagan, zamondan habarsiz otalarni aytursizmi Avval uzlarini
uqitmak, tarbiya qilmoq lozimdur”, der.
1899 yildaeq aellarni tarbiyachilik ishiga tayyorlash, ularni tarbiyaning mezoni
va usullari yuzasidan uqitish zarurati kutarilgan edi.Haetimizning kursatishicha,
tarbiyaga oid bilimlarni targ`ib qilish orqaligina oilaviy tarbiya bilan ijtimoiy tarbiya
uyg`unligini ta`minlash mumkin.Bu ishlarni amalga oshirishda tarbiyaga oid oynoma,
jaridalarda bosilgan tarbiyaviy mavzulardagi maqolalardan unumli foydalanish
maqsadga muvofiqdir.Demak, oila haetini tarbiyaviy jihatdan tug`ri tashkil qilish
uchun Oqituvchilar, keng jamoatchilik pedagogika fani orqali aholiga kumaqlashishi,
ota-onalarga tarbiyaviy bilim berish tizimini ishlab chiqishlari lozim.Pedagog olimlar
tadqiqotlarida isbotlanganidek, oilaviy tarbiyaga oid ishlar quyidagi sharoitlarda
bajarilsa, tarbiya samaradorligi yanada oshadi:
1.Maktab uzining barcha ta`sirlari majmuini oilaviy tarbiya jareniga izchil
yunaltirilsa.
2.Oqituvchilar jamoasi oila bilan uzaro hamkorligi davrida uzlarining etik-
pedagogik tarbiyaviy talablarini tug`ri tashkil etsa.
3.Xalq ta`limi bulimi va muassasalar tashkilotchi ota-onalarni tarbiyaviy
jarenga uyushtirsalar.
4.Oqituvchilar tomonidan oilaviy tarbiyaga rahbarlik bolalar maktabga
kelmasdan oldin boshlansa va bu ish ularning barcha uquv yillarida davom ettirilsa.
Ma`lumki, bola maktabga kelgunga qadar ham, maktabda uqish davrida ham,
asosan oilada tarbiyalanadi.Oila bolaning duneqarashi, hulqi va didiga ta`sir
kursatishi tabiydir.Ota-onalarning bolalarni tarbiyalashdagi eng birinchi vazifalari-
bolalar sog`ligini saqlashdir.
Shunday ilib, oila tarbiya maskani bulib, shaxsning kelajagi shu maskanda
tarbiyaning qanday amalga oshirilishiga, tarbiyachi hisoblanmish ota-onaning uz
burch vazifalariga qanday munosabatda bulishiga bog`liqdir.Xullas barkamol insonni,
ya`ni avvalo oila uchun, qolaversa uzi yashab turgan jamiyat, xalq uchun fidoyi,
nekbin shaxsni tarbiyalash oiladan boshlanadi.Shuning uchun maktab Oqituvchi-
tarbiyachilari, mahalla, jamoa, davlat xujaligi hamda tuman rahbarlari oila ravnaqiga
va ayni choqda oila tarbiyasigadiqqat-e`tiborni qaratishlari zarur.
3.Oila, maktab va jamiyatchilik hamkorligi hozirgi kunimizning dolzarb
masalasidir.Chunki birinchidan, oila tarbiyasida oila, mak`a` va jamoatchilik
hamkorliginiing uzi murakkab jaren bulib, bunda muallimlardan tashqari ishlab
chiqarish jamoalari vakillari, eshlar kasaba uyushmalari ishtirok etadilar.Ikkinchidan,
ota-onalar va qarindosh urug`lar turli mehnat jamoalarining vakillari bulib, ishlab
chiqarish va eru-dustlarining ma`naviy haetlarida omillarni muhokama qiladilar,
ularning haetga, san`atga, oilaviy majburiyatlarga bulgan munosabatlari haqida
gapiradilar.Shu sababli ham mana shunday toifa oilalarda tarbiya topaetgan bolalar
boshqa ota-onalarning kuchada, jamoat joilaridagi haet faoliyatlariga qarab qz ota-
onalariga baho beradilar.Uchinchidan, uzbek oilalarining haeti tarzida ijtimoiy
voqealar natijdasida sifat jihatidan uzgarishlar qilish uchun samarali yul va usullar
qidirmoq zarur.
Maktab bilan ota-onalarning hamkorligini mustahkamlash maqsadida
maktablardap
ota-onalaar
kumitasi
tashkil
qilinadi.Bu
qumitaga
maktab
direktorirahbarlik qiladi.Bundan tashqari,Yu har bir sinfda ota-onalar qumitasi
tug`risidagi Nizomda belgilangan.Hamma ota-onalar qumitalari har bir uquv
yiliningboshida butun uquv yili uchun tuziladi.Sinf ota-onalar qumitasi ota-onalar
yig`ilishida 3-5 kishidan iboratqilib saylanadi.Sinf ota-onalar qumitasining raisi
maktab ota-onalar qumitasiga a`zo qilib hisobga olinadi.Shu sababli maktab ota-
onalari umumiy yig`ilishlarida sinf ota-onalari majlisi tavsiya etgan kishilardan
saylanadi.Maktab ota-0onalar qumitasi a`zolaring srni har bir maktabning katta-
kichikligi, ish sharoitiga qarab ota onalar umumiy yig`ilishiqarori bilan belgilanadi,
lekin uni tuzilishida har bir sinf ota-onalar qumitasi a`zosi bulishi shart.Maktab ota-
onalar qumitasi a`zoligiga maktabni otaliqqa olgan tashkilotning vakillari ham
kiritiladi.Kundalik ishlarni bajarish hamda ota-onalar qumitasi raisi va uning
urinbosari, kotibi va 5-7 a`zodan iborat hay`at saylanadi.
Qumita a`zolari uzoqdan qatnab uqiydigan bolalarni transport vositalari bilan
ta`minlash eki ular uchun maktab qoshida internat ochib ularni issiq ovqat bilan
ta`minlashga erdam beradilar.Ota-onalar qumitasi maktabda G`Ota-onalarG`
burchagi tashkil etilib, u erga uoquvchilarning namunali kundalik ish reja va tartibi,
ota-onalar uchun nashr etilgan yangi ada`ietlarni, oquvchilar qoidasini, maktab
tarbiyaviy ishlarining istiqbolli rejasini osib quyadi.Bulardan tashqari, maktab ota-
onalar bilan suhbatlar, majlislar va boshqa kurinishdagi hamkorliklarni tashkil etadi.
Maktab, oila va jamoatchilik hamkorligini yulga quyishda sinf rahbarlarining
tarbiyaviy faoliyatlari nihoyatda muhimdir.Masalan, sinf rahbalarining har bir
honadonga kirib br`orishi, shu oilaga va ota-onalarga hurmat sifatida
baholanadi.Tarbiyaviy chora tadbirlarni belgilashda sinf rahbarining oquvchilar kuz
oldida ota-onalari bilan suhbatlashishlari ularning oquvchi uyiga kelishning uzi
ularning qalblarini quvonchga tuldiradi.Faqat sinf rahbarlari emas, balki fan
Oqituvchilarining ham ota-onalari bilan qilaetgan hamkorliklari oquvchilar haetida
sezilarli iz qoldiradi, bu bilan ularning hursandchiligini oshiradi, yangada kuch-
g`ayrat sarflashga ilhomlantiriladi.Sinf rahbarlari bildirilgan habar, tanqidiy fikrlarni
vazminlik tinglashlari, imkoniyat doirasida ijobiy his etishlari juda muhimdir. Bola
tarbiyasida jamoatchilikning ta`siri beqies ekanligi haet kursatib turibdi.
Sharq xalqlari, chunonchi, uzbek xalqi huddi shu narsani biladi, teran ma`no-
mazmunini tushunadi. Darhaqiqat, sharq xalqlari uchun muhim xususiyat
xursandchilik kunlari ham, boshga ish tushgan onlarda ham bir-biriga hamdard va
hamnafas bulishdir.Insonlar urtasidagi bunday birlik va ham jihatlikning muhim
vositasi-mahalladir. Mahalla shunday bir muqaddas makonki, unda insonlar bir-
birligi bilan opa-singil, aka-uka, quda-anda, dust-birodar bulib, bir honadondagi tuyu
maraka, motam barcha honadonlarniki, farzand tarbiyasid ham umummahalla ahliniki
hisoblanadi. Mahalla uzbeklarning tarixan shaqllangan yagona maqsad bilan yashab,
faoliyat kursatadigan makoni hisoblanadi. U xalqning turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy
haetning uziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi, milliy an`analarini, urf-odatlarini,
axloqiy-ma`naviy qadriyatlarini avloddan-avlodga etkazuvchi muqaddas maskan
bulib kelgan.
Mahalla -tarbiya uchog`idir. Mahalla da usaetgan har-bir yigit qizning ahloq-
odobi uchun butun mahalla ahli mas`uldir.Mahalladoshlarning har bir esh taqdiriga
javobgarligi, ularni nazorat qilishi barkamol insonni tarbiyalab etishtirishning
negizidir.
Demak, maktab, oila va jamoatchilik hamkorligi bolalar tarbiyasida asosiy hal
qiluvchi bug`in bulib, bunda Oqituvchi-tarbiyachilarning tashkilotchiliklari
muammoni ijobiy hal etuvchi omil hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |