Abdalieva P. Pedagogika nazariyasi va tarixi



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/35
Sana29.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#76720
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
pedagogika nazariyasi va tarixi 3

OILA TARBIYASI 
   
                              Reja. 
 
1.Oila tarbiyasining mazmuni va ahamiyati. 
2.Oilada barkamol shaxsni shaqllantirish. 
3.Oila -  jamiyatning umuminsoniy asosi. 
 
Adabiyotlar. 
1.Munavvarov.Pedagogika.T- 1996y. 
2.Musurmonova.O.Oila ma`naviyati-milliy g`urur.T-1999y. 
3.Xasanova.Umumiy pedagogika.SamDU 2001y. 
4.Inomova.M.Pedagogika .T- 2001y. 
 
Tayanch tushunchalar. 
Oila,tarbiya,shaxs, ota-ona,jamiyat,sog`lom avlod,milliylik, g`ug`ur, mahalla. 
 
Tekshirish savollari. 
1.Oila deganda nimani tushunasiz 
2.Oila tarbiyasi deganda nimani tushunasiz 
3.Mahalla deganda nima tushunasiz 
4. oila tarbiyasining maqsad va vazifalari nimalardan iborat 
 
 
1.  Ota-onalarning  uz  hayotlari,  turmush  tarzlari,  bola  shaxsida  ilmiy 
duneqarash asoslari, ma`naviy, axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillarni 
shaqllantirish  maqsadida  tizimli  ta`sir  kursatish  jarayoniga  oilaviy  tarbiya 
deyiladi.Bunda ijtimoiy va ma`naviy haet ta`sirida oilaning uzi ham jiddiy yangilanib 
boraetganini esdan chiqarmaslik lozim. 
 
Oilalar  respublikamizning  shahar  va  qishloqlarining  yagona  ijtimoiy-iqtisodiy 
umumiyligi  asosida  rivojlanmoqda.Bu  esa,  uz  navbatida,  oilaviy  tarbiya  usullari  va 
mazmunining 
umumiy 
va 
xususiy 
tomonlari 
rivojida 
yaqqol 
kuzga 
kurinadi.Masalaning murakkabligi shundaki, Oqituvchi-tarbiyachi, xalq ta`limi tizimi 
xodimlari,  keng  jamoatchilik  oilaviy  taraqqietni  hisobga  olgan  xolda  oilaviy 
tarbiyaning  nazariy  va  amaliy  asosvarini  pedagogik  jihatdan  tug`ri  izohlash  va 
tegishli  usuliy  tavsiyalar  berishlari  lozim.  Ikkinchi  tomondan  esa  yangi  mustaqil 
davlatimizning  shaxs  taraqqietida  kursataetgan  pedagogik  ta`sirini  aniqlash, 
kelgusida kutiladigan natijalarni chamalab olish ham lozim. 
 
Ozbekiston sharoitida oilaviy tarbiya mazmuni tashkil etilishiga oid pedagogik 
omillar  mavjudki,  bularni  hisobga  olishga  majburmiz.Respublikamizning  iqtisodiy 
sharoiti,  iqlimi.  Tabiatning  uziga  xos  xususiyatlari,  paxtachilik,  bog`dorchilikning 
keng  rivojlanishi  respublikamizning  aholisi,  har  bir  rilaning  iqtisodiy-ijtimoiy 
rivojlanishiga,  oilaviy  sharoitlarning  uzgarishiga,  binobarin,  oiladagi  bolalar 
tarbiyasiga  sezilarli  ta`sir  etmoqda.  Republikamiz  uzining  demografik,  etnik,  milliy 
shart-sharoitlari jihatidan ham uziga xos xususiyatlarigga ega., Bu ayniqsa, aholining 
zich  joilashganligi  va  intensiv  kupayganligi,  qishloq  va  shahar  oilalarining  kup 
farzanliligida  kurinadi.  Uzbeklar  axolining  deyarli  yarmisini  tashkil  qiladi.Qolgan 


yarmisi turli millat(rus,ukrain, tojik, turkman, qirg`iz, qozoq va boshqalar) vakillarini 
tashkil  etadi.Shu  sababli  ham  uzaro  yaqinlashuv-  turli  millatga  mansub  oilalar 
vujudga kelaetganligini hisobga olish kerak. 
 
Respublikamizning  ma`naviy  haeti  va  uziga  xos  tomonlari  muttasil  
rivojlanmoqda.Shaharlarning  kupayishi,  aholdi  usishi,  yashash  sharoitining 
yaxshilanishi... 
 
Oilada  tarbiyaning  negizlariga  asos  solinadi.  U  bolada  shaqllanishi  lozim 
bulgan  barcha  insoniy  munosabat  va  fazilatlarni  tarbiyalovchi  haet  maktabi 
hisoblanadi. 
 
Uzbek  xalqi  tabiatan  bolajon  xalq.Bolaga  nisbatan  bag`ri  kenglik, 
mehridarelik,  uta  fidoyilik  uzbeklargagina  xos  xususiyatdir.  Shu  boisdan  ham.  Ota-
onalarimiz  farzandlarning  baxti  va  kelajagi  uchun  qayg`uradi.  Ularning  bilim 
olishlari,  qiziqishlari  buyicha  kasb-hunar  egallashi,  adob-ahloq  qoidalarini 
mukammal  bilishlari  va  ularga  amal  qilishlari  uchun  mavjud  imkoniyatlarini 
yaratadilar.Chyaunki oilada bolani tug`ri tarbiyalash- mustahkam poydevorli jamiyat 
barpo  etilishining  garovidir.Bola  tarbiyasi  keng  qamrovli,  uzoq  davom  etadigan 
murakkab  jarayon  bulib,  uning  uziga  xos  xususiyatlari  mavjud.Ushbu  jarayon 
turmush  quradigan  yigit  va  qizning  bir-biriga  har  tomonlama  munosibligidan 
boshlanadi. 
 
Bulajak ota-onaning sog`-salomatligi, nasl-nasabi, duneqarashi, ichki va tashqi 
dunesi,  ahloq-odobi,  moddiy  va  ma`naviy  darajasining  mosligi,  turmush  qurishga 
ma`naviy  va  jismoniy  tayergarligi  farzand  kurish  va  uning  tarbiyasida  muhim 
ahamiyatga ega. 
 
Oila  mustahkamligi,  ma`naviy  va  jismoniy  barkamol  farzand  jamiyat 
mustahkamligi va ma`naviy etukligi garovidir.Sohibqiron bobomiz Amir Temur ham 
ug`il  uylantirishda  kelin  tanlashni,  farzand  tarbiyasini  davlat  siesati  darajasiga 
kutarganligi  ham  bejiz  emas.Davlatning  qudrati-sog`lom  fikrli,  bilimli,  ahloq-
odobli,xalq, millat, Vatan taqdiri uchun jonini tikkan insonlar qulida. 
 
Mamlakatimiz  mustaqilligi  yillarida  Prezidentimiz  I.A.Karimov  rahbarligida 
olib borilaetgan siesatning ustuvor yunalishlari hisoblanadigan insonlarning dalvt va 
jamiyat  qurilishidagi  rolini  oshirish,  oilan    har  tomonlama    mustahkamlash,  oila  va 
ta`lim  tizimida  eshlarni  barkamol  qilib  tarbiyalash,  aholi    salomatligini 
mustahkamlash borasida amalga oshirilaetgan muhim ishlarning negizida ham  aynan 
shu  g`oya  etibdi.Millat  genofondini  saqlash-  aynan  shundan  boshlanadi.Er  eki  xotin 
nasl-nasabida  mavjud  irsiy  kasalliklar,  ma`naviy  qashshoqlik  kabi  kelgusi  avlodlar 
taqdiri,  millat  kelajagi  uchun  ham  havflidir.Darhaqiqat,  oilasining  baht-soadatini, 
rohat-farog`atini  uylagan  odam  shu  masalalarni  ham  nazardan  chetda  qoldirmasligi 
shart. 
 
Chunki  farzand  er-xotinning  mehr-muhabbat  asosida  qurilgan  ixtieriy 
ittifoqning mevasidir.Turmush qurishga ahd qilgan yigit va qizning uzaro roziligi va 
bir-biriga  mayli,  muhabbati  asosida  qurilgan  nikoh  mustahkam  buladi.Shu  nikoh 
asosida  dunega  kelgan  farzandning  baxti  barqarordir.Farzand  oilaning  gultojidir,  er-
xotin  urtasidagi  muhabbat  rishtalarini  bog`lovchi  qimmatli  kuprikdir.Haetning 
shirinligi, qaynoqligi, achchiq-chuchukligi, tasodiflarga boligi- farzand bilan.Shuning 
uchun ham xalqimizda Bolalik uy bozor, bolasiz uy mozor, Bolalik xotin- gul xotin, 
bolasiz xotin tul xotin, `Bolalilar bosh bular, bolasizlar esh bular kabi birqancha xalq 
maqollari bejiz aytilmagan. 


 
Oilada farzand tarbiyasi u tug`ilmasdanoq boshlanmog`i zarur, ya`ni homilalik 
paytidanoq.Homilador  aelning  kayfiyati  doim  kutarinki,  asablari  sokin,  iste`mol 
qiladigan ovqatlari bola uchun foydali bulmog`i zarur.Uz vaqtida mehnat qilib, dam 
olib,  sayr  qilib,  tug`ilajak  bolaning  taqdirini  uylash  onaning  vazifasidir.Er-xotin, 
oilaning boshqa a`zolari urtasidagi sog`lom ma`naviy muhit, ahillik, xushmuomolalik 
xursandchilik bolaning bexavotir, sog`lom tug`ilishi garovidir. 
 
Agar  oilada  uzaro  hamkorlik,  uzaro  erdam,  bir-biriga  ishonch  holati  mavjud 
ekan, bunday oilada rostguy, samimiy,  mehribon, urtoqlariga doimo erdam berishga 
tayer  bulgan  insonlar  kamol  topadi.Uzida  odobli  kishiga  xos  fazilatlarni 
iujassamlashtirgan  kishilarning  oilalarida  doimo  huzur-  halovat  va  samimiy  hurmat 
qaror topadi. 
 
Kuzatishlar  shuni  kursatadiki,  eshlarda  kattalarning  hatti-harakatlari,  ahloqiy 
fazilatlariga tanqidiy  munosabatda bulish hissi kuchli buladi.Shu jihatdan qaraganda 
tinch-totuv  yashaydigan  oilalardagi  bolalar  ham  shu  oilada  mavjud  bulgan  ahloqiy 
hislatlarҮ  xushmuomalalik,  odo`lilik,  kattalarga  hurmat,    kichiklarga  g`amhurlik 
qilish,  oila  a`zolari  urtasida  uzaro  hurmat,  ayniqsa  aellarga  nisbatan  kursatiladigan 
kusatiladigan g`amhurlik kabi ijobiy fazilatlardan namuna oladilar. 
 
Jamiyatimizdagi har bir tulaqonli shaxs bolalarning tarbiyachisi buliishi, yangi 
insonni  har  tomonlama  kamol  toptiruvchi  barcha  holatlarda,  shart-sharoitlarda 
ishtirok  etishi  lozim.Atoqli  pedagoglar  tarbiyani  maqsadga  muvofiq  tashkil  etish 
shart 
sharoitlaridan  biri  ota-onalarning  savodhonligida,  deb  hisoblagan 
edilar.Masalan  Abdulla  Avloniyning    Turkiy  Guliston  exud  ahloq  asarida  shunday 
deydi:  “Tarbiyani  kimlar  qilur:  Qaerda  qilinur:”.  degan  savol  keladur  Bu  savolga 
birinchi uy tarbiyasi, bu ona vazifasidir.Ikkinchidan maktab va madrasa tarbiyasi.Bu 
ota,  muallim,  mudarris  va  hukumat  vazifasidur  deb  javob  bersak,  bu  kishi  deyurki 
“qaysi oilalarni aytirsuz bilimsiz, boshi pahmoq, quli tuqmoq onalarmi. Uzlarida yuq 
tarbiyani  qanday  olib  berurlar”,  der.Otasiga  nima  dersiz,  desak:  “Qaysi  ota  Tuychi, 
uloqchi, bazmchi, dumbirachi, karnaychi, surnaychi, ilm qadrini bilmagan, ilm uchun 
bir  pulni  kuzlari  qiymagan,  zamondan  habarsiz  otalarni  aytursizmi  Avval  uzlarini 
uqitmak, tarbiya qilmoq lozimdur”, der. 
 
1899 yildaeq aellarni tarbiyachilik ishiga tayyorlash, ularni tarbiyaning mezoni 
va  usullari  yuzasidan  uqitish  zarurati  kutarilgan  edi.Haetimizning  kursatishicha, 
tarbiyaga oid bilimlarni targ`ib qilish orqaligina oilaviy tarbiya bilan ijtimoiy tarbiya 
uyg`unligini ta`minlash mumkin.Bu ishlarni amalga oshirishda tarbiyaga oid oynoma, 
jaridalarda  bosilgan  tarbiyaviy  mavzulardagi  maqolalardan  unumli  foydalanish 
maqsadga  muvofiqdir.Demak,  oila  haetini  tarbiyaviy  jihatdan  tug`ri  tashkil  qilish 
uchun Oqituvchilar, keng jamoatchilik pedagogika fani orqali aholiga kumaqlashishi, 
ota-onalarga tarbiyaviy bilim berish tizimini ishlab chiqishlari lozim.Pedagog olimlar 
tadqiqotlarida  isbotlanganidek,  oilaviy  tarbiyaga  oid  ishlar  quyidagi  sharoitlarda 
bajarilsa, tarbiya samaradorligi yanada oshadi: 
 
1.Maktab  uzining  barcha  ta`sirlari  majmuini  oilaviy  tarbiya  jareniga  izchil 
yunaltirilsa. 
 
2.Oqituvchilar  jamoasi  oila  bilan  uzaro  hamkorligi  davrida  uzlarining  etik-
pedagogik tarbiyaviy talablarini tug`ri tashkil etsa. 
 
3.Xalq  ta`limi  bulimi  va  muassasalar  tashkilotchi  ota-onalarni  tarbiyaviy 
jarenga uyushtirsalar. 


 
4.Oqituvchilar  tomonidan  oilaviy  tarbiyaga  rahbarlik  bolalar  maktabga 
kelmasdan oldin boshlansa va bu ish ularning barcha uquv yillarida davom ettirilsa. 
 
Ma`lumki,  bola  maktabga  kelgunga  qadar  ham,  maktabda  uqish  davrida  ham, 
asosan  oilada  tarbiyalanadi.Oila  bolaning  duneqarashi,  hulqi  va  didiga  ta`sir 
kursatishi  tabiydir.Ota-onalarning  bolalarni  tarbiyalashdagi  eng  birinchi  vazifalari- 
bolalar sog`ligini saqlashdir. 
 
Shunday  ilib,  oila  tarbiya  maskani  bulib,  shaxsning  kelajagi  shu  maskanda 
tarbiyaning  qanday  amalga  oshirilishiga,  tarbiyachi  hisoblanmish  ota-onaning  uz 
burch vazifalariga qanday munosabatda bulishiga bog`liqdir.Xullas barkamol insonni, 
ya`ni  avvalo  oila  uchun,  qolaversa  uzi  yashab  turgan  jamiyat,  xalq  uchun  fidoyi, 
nekbin  shaxsni  tarbiyalash  oiladan  boshlanadi.Shuning  uchun  maktab  Oqituvchi- 
tarbiyachilari, mahalla, jamoa, davlat xujaligi hamda tuman rahbarlari oila ravnaqiga 
va ayni choqda oila tarbiyasigadiqqat-e`tiborni qaratishlari zarur. 
 
3.Oila,  maktab  va  jamiyatchilik  hamkorligi  hozirgi  kunimizning  dolzarb 
masalasidir.Chunki  birinchidan,  oila  tarbiyasida  oila,  mak`a`  va  jamoatchilik 
hamkorliginiing  uzi  murakkab  jaren  bulib,  bunda  muallimlardan  tashqari  ishlab 
chiqarish jamoalari vakillari, eshlar kasaba uyushmalari ishtirok etadilar.Ikkinchidan, 
ota-onalar  va  qarindosh  urug`lar  turli  mehnat  jamoalarining  vakillari  bulib,  ishlab 
chiqarish  va  eru-dustlarining  ma`naviy  haetlarida  omillarni  muhokama  qiladilar, 
ularning  haetga,  san`atga,  oilaviy  majburiyatlarga  bulgan  munosabatlari  haqida 
gapiradilar.Shu  sababli  ham  mana  shunday  toifa  oilalarda  tarbiya  topaetgan  bolalar 
boshqa  ota-onalarning  kuchada,  jamoat  joilaridagi  haet  faoliyatlariga  qarab  qz  ota-
onalariga  baho  beradilar.Uchinchidan,  uzbek  oilalarining  haeti  tarzida  ijtimoiy 
voqealar  natijdasida  sifat  jihatidan  uzgarishlar  qilish  uchun  samarali  yul  va  usullar 
qidirmoq zarur. 
 
Maktab  bilan  ota-onalarning  hamkorligini  mustahkamlash  maqsadida 
maktablardap 
ota-onalaar 
kumitasi 
tashkil 
qilinadi.Bu 
qumitaga 
maktab 
direktorirahbarlik  qiladi.Bundan  tashqari,Yu  har  bir  sinfda  ota-onalar  qumitasi 
tug`risidagi  Nizomda  belgilangan.Hamma  ota-onalar  qumitalari  har  bir  uquv 
yiliningboshida  butun  uquv  yili  uchun  tuziladi.Sinf  ota-onalar  qumitasi  ota-onalar 
yig`ilishida  3-5  kishidan  iboratqilib  saylanadi.Sinf  ota-onalar  qumitasining  raisi 
maktab  ota-onalar  qumitasiga    a`zo  qilib  hisobga  olinadi.Shu  sababli  maktab  ota-
onalari  umumiy  yig`ilishlarida  sinf  ota-onalari  majlisi  tavsiya  etgan  kishilardan 
saylanadi.Maktab  ota-0onalar  qumitasi  a`zolaring  srni  har  bir  maktabning  katta-
kichikligi,  ish  sharoitiga  qarab  ota  onalar  umumiy  yig`ilishiqarori  bilan  belgilanadi, 
lekin uni tuzilishida har bir sinf ota-onalar qumitasi a`zosi bulishi shart.Maktab ota-
onalar  qumitasi  a`zoligiga  maktabni  otaliqqa  olgan  tashkilotning  vakillari  ham 
kiritiladi.Kundalik  ishlarni  bajarish  hamda  ota-onalar  qumitasi  raisi  va  uning 
urinbosari, kotibi va 5-7 a`zodan iborat hay`at saylanadi. 
 
Qumita  a`zolari  uzoqdan  qatnab  uqiydigan  bolalarni  transport  vositalari  bilan 
ta`minlash  eki  ular  uchun  maktab  qoshida  internat  ochib  ularni  issiq  ovqat  bilan 
ta`minlashga  erdam  beradilar.Ota-onalar  qumitasi    maktabda  G`Ota-onalarG` 
burchagi tashkil etilib, u erga uoquvchilarning namunali kundalik ish reja va tartibi, 
ota-onalar  uchun  nashr  etilgan  yangi  ada`ietlarni,  oquvchilar  qoidasini,  maktab 
tarbiyaviy  ishlarining  istiqbolli  rejasini  osib  quyadi.Bulardan  tashqari,  maktab  ota-
onalar bilan suhbatlar, majlislar va boshqa kurinishdagi hamkorliklarni tashkil etadi. 


 
Maktab,  oila  va  jamoatchilik  hamkorligini  yulga  quyishda  sinf  rahbarlarining 
tarbiyaviy  faoliyatlari  nihoyatda  muhimdir.Masalan,  sinf  rahbalarining  har  bir 
honadonga  kirib  br`orishi,  shu  oilaga  va  ota-onalarga  hurmat  sifatida 
baholanadi.Tarbiyaviy  chora  tadbirlarni  belgilashda  sinf  rahbarining  oquvchilar  kuz 
oldida  ota-onalari  bilan  suhbatlashishlari  ularning  oquvchi  uyiga  kelishning  uzi 
ularning  qalblarini  quvonchga  tuldiradi.Faqat  sinf  rahbarlari  emas,  balki  fan 
Oqituvchilarining  ham  ota-onalari  bilan  qilaetgan  hamkorliklari  oquvchilar  haetida 
sezilarli  iz  qoldiradi,  bu  bilan  ularning  hursandchiligini  oshiradi,  yangada  kuch-
g`ayrat sarflashga ilhomlantiriladi.Sinf rahbarlari bildirilgan habar, tanqidiy fikrlarni 
vazminlik  tinglashlari,  imkoniyat  doirasida  ijobiy  his  etishlari  juda  muhimdir.  Bola 
tarbiyasida jamoatchilikning ta`siri beqies ekanligi haet kursatib turibdi. 
 
Sharq  xalqlari,  chunonchi,  uzbek xalqi  huddi  shu  narsani  biladi,  teran  ma`no-
mazmunini  tushunadi.  Darhaqiqat,  sharq  xalqlari  uchun  muhim  xususiyat 
xursandchilik  kunlari  ham,  boshga  ish  tushgan  onlarda  ham  bir-biriga  hamdard  va 
hamnafas  bulishdir.Insonlar  urtasidagi  bunday  birlik  va  ham  jihatlikning  muhim 
vositasi-mahalladir.  Mahalla  shunday  bir  muqaddas  makonki,  unda  insonlar  bir-
birligi bilan opa-singil, aka-uka, quda-anda, dust-birodar bulib, bir honadondagi tuyu 
maraka, motam barcha honadonlarniki, farzand tarbiyasid ham umummahalla ahliniki 
hisoblanadi. Mahalla uzbeklarning tarixan shaqllangan yagona maqsad bilan yashab, 
faoliyat kursatadigan makoni hisoblanadi. U xalqning turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy 
haetning  uziga  xos  xususiyatlarini  aks  ettiruvchi,  milliy  an`analarini,  urf-odatlarini, 
axloqiy-ma`naviy  qadriyatlarini  avloddan-avlodga  etkazuvchi  muqaddas  maskan 
bulib kelgan. 
 
Mahalla  -tarbiya  uchog`idir.  Mahalla  da  usaetgan  har-bir  yigit  qizning  ahloq-
odobi  uchun  butun  mahalla  ahli  mas`uldir.Mahalladoshlarning  har  bir  esh  taqdiriga 
javobgarligi,  ularni  nazorat  qilishi  barkamol  insonni  tarbiyalab  etishtirishning 
negizidir. 
 
Demak, maktab, oila va jamoatchilik hamkorligi bolalar tarbiyasida asosiy hal 
qiluvchi  bug`in  bulib,  bunda  Oqituvchi-tarbiyachilarning  tashkilotchiliklari 
muammoni ijobiy hal etuvchi omil hisoblanadi.
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish