Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik



Download 1,74 Mb.
bet99/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Liturgik drama – oʻrta asrlar Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida teatrning ilk koʻrinishi. Dastlab Injil (Bibliya) dagi epizodlar asosida tomoshalar ijro etilgan. L.D.lar Pasxa va Rojdestvo bayramlarida koʻproq ijro etilgan. 1210-yildan boshlab ibodatxonalar atrofida ijro etila boshlagan.
Liturgiya (lot. leiturgia – xizmat, xudo yoʻlida xizmat qilish) – katolik va pravoslav cherkovlarida ibodatning asosiy koʻrinishi. Katoliklarda u messa deb ham ataladi. L. xristian cherkoviga antik davrlardan kirib kelgan. L. keyingi antik davrlarda har bir yirik cherkovda alohida tartibda olib boriladigan boʻldi. Mas. Antioxiya, Aleksandriya, Konstantinopol, Rim, Karfagen kabilarda koʻrish mumkin. 754-yilda franklar qiroli Pipin Pakana oʻz davlatining barcha hududida Rim L. tartiblari amal qilishi lozimligini qonuniylashtirdi. Keyingi davrlarda yil kunlariga mos siklik L. tartiblari ishlab chiqilgan va amalda boʻlgan. X asrdan boshlab L. “organ” (cherkov musiqa asbobi) musiqasi bilan amalga oshirila boshlagan.
Livoniya (“liflar yeri”) – Boltiqboʻyining sharqiy qismidagi tarixiy viloyat. Hozirgi Latviya va Estoniya hududlariga toʻgʻri keladi. German ritsar-salibchilarining shu yerda yashagan livlar hududiga 1193-1194-yillardagi yurishlari natijasida paydo boʻlgan feodal-diniy davlatning umumiy nomi. Rus manbalarida “Liflayndiya” deb tilga olingan.
Livr – Fransiyada oʻrta asrlar davrida amalda boʻlgan pul birligi. L.lar kumushdan zarb qilingan. 1799-yilda Fransiyada muomalaga kiritilgan yangi pul birligi ham L. deb atalgan.
Lizgolderlar (ingl. lease – ijara va hold – egalik) – Angliyada qisqa muddatli ijaradorlar. L. Angliyada feodal munosabatlar shaklanishi bilan kuchayib, XV-XVI asrlarda rivojlangan. Lordlar oʻz domenida lizgoldlarni berish huquqiga ega boʻlishgan. Ijara muddati lordning xohishiga qarab belgilangan. Yangi bozor munosabatlariga oʻtish natijasida yerni har qanday kishi ijaraga olishi mumkin boʻlib qolgan.
Lollordlar (niderland. hollaert(d) – pichirlab duo oʻquvchilar) – XIV asr boshlarida Germaniya va Niderlandiyada shakllangan oʻrta asrlar davri diniy birodarliklar va ular a’zolari. Flamand toʻquvchilaridan iborat guruh Angliyaning Norich va unga yaqin shaharlarda yashagan va mamlakatda ularning tarqalishiga sabab boʻlgan. Ingliz L.i Uot Tayler qoʻzgʻalonida ishtirok etib, ijtimoiy tenglikni targʻib va talab qilishgan. Hokimiyatga va hukmdor qatlamga qarshi boʻlgan. Ularning yetakchisi Jon Boll boʻlgan. Qoʻzgʻalon bostirilgandan keyin ularning bir qismi Shotlandiyaga va qolgan qismi qit’aga qochib ketishgan.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish