Lombardiya ligasi – Shimoliy Italiyaning 16 ta shaharlari ittifoqi, uning tarkibi doimiy boʻlmagan. Shaharlar oʻrtasidagi shartnoma 1167-yilda imzolanib, ular 20 yil davomida “Muqaddas Rim imperiyasi” imperatorlari bilan Lombardiya shaharlarining imperiya hukmronligi ostida qolib ketmasligi uchun kurash olib borishgan. L.L. keyinchalik 1198-yilda 30 yil muddatga va 1226-yilda 25 yil muddatga imzolangan.
Lombardiyaliklar – asli Lombardiya shaharlaridan boʻlgan savdogar va sudxoʻrlarning umumiy nomlanishi. XII-XIV asrlarda qirolga berilgan ssuda (qaytarilmaydigan qarz) evaziga ular soliqlardan ozod qilinib, pul zarb qilish huquqi berilgan. Ular Yevropaning barcha davlatlarida, asosan, Fransiya va Angliyada faoliyat olib borishgan.
Lord (anglosakson. hlaford – saqlovchi, non qoʻriqlovchisi) – oʻrta asr Angliyada katta yer egasi yoki senorlarning (ma’nor, lenlord) umumiy nomlanishi. Boshqa mazmunida faqat yirik feodallar tushunilgan. Garchi qirolning vassali sifatida koʻrsatilsada, XIV asrdan boshlab oliy dvoryanlik unvoni boʻlgan. Angliya parlamentida ular aloida palatani tashkil qilgan. Angliyada XI asrdan boshlab ayrim yuqori lavozimli amaldorlarning umumiy nomlanishi. Mas. L.-kansler, L.-mer va boshqalar. Ular London va boshqa yirik shaharlarda faoliyat koʻrsatishgan. L.-soqchi – muhrni saqlagan boʻlsa, L.-leytenant – mahalliy boshqaruvni amalga oshirgan.
Lotin imperiyasi – poytaxti Konstantinopol boʻlgan salibchilarning oʻrta asr davlati. Vizantiya mahalliy aholisi boʻlgan yunonlar L.I., salibchilar boʻlsa Romaniya imperiyasi deb atagan. 4-Salib yurishi davrida yevropalik ritsarlarning Vizantiya imperiyasini bosib olishi natijasida tashkil topgan (1204-1261). Lotin imperiyasining tashkil topishida savdo munosabatlarida Vizantiyaning asosiy raqibi boʻlgan Venetsiyaning oʻrni katta boʻlgan. L.I. tarkibiga Bolqon yarim orolining bir qismi, Kichik Osiyo, Egey va Ioaniya dengizlarining bir qancha orollari kirgan. 1261-yilda Nikeya imperatori Mixail VIII Paleolog L.I.ni tugatib, Vizantiyani qayta tiklagan. L.I.ning imperatorlari: Balduin I (1204-1205), Genrix I (1206-1216), Pyer de Kurten (1217), Iolant (1217-1219), Robert de Kurten (1219-1228 ), Balduin II (1228-1261), Ioann de Briyen (1231-1237-yillarda regent).
Lotin oshxonasi – Lorenso Valla tomonidan kiritilgan va birinchi marta qoʻllangan, gumanist Podjo Brachcholini tomonidan amaliyotga joriy qilingan tushuncha. Valla oshpazlikni u qadar hurmatli kasb sifatida koʻrsatmasdan, oʻz oshpazini dushmanga ham oʻxshatadi. XVI asrdan mazkur atama tildagi grammatika va soʻz ta’limi sifatida tushunilib, cherkov va universitetlarda ta’lim beriladigan lotin tili sifatida koʻrsatila boshlangan.
Lyuksemburglar – “Muqaddas Rim imperiyasi”da hukmronlik qilgan sulolalardan biri. Ular 1308-1313, 1346-1400 va 1410-1437-yillarda tanaffuslar bilan hukmronlik qilishgan. Chexiyani 1310-1437 va Vengriyani 1387-1437-yillarda boshqargan. Ularning koʻzga koʻringan namoyondalari sifatida Genrix VII, Karl IV, Sigizmund I larni koʻrsatish mumkin.
Lyusifer (lot. lucifer – yorugʻlik tarqatuvchi) – xristian diniy adabiyotlarida tuban farishtalar shu nom bilan atalgan. Ularni satanlar deb ham nomlashgan. Shu bilan birga iblis (shayton) ning ismlaridan biri sifatida koʻrsatilgan.
Lyuteranchilik – Germaniyada reformatsiyaning asosiy yoʻnalishi. 1517-yilda Vittenberg universiteti ilohiyot professori Martin Lyuter (1483-1546) tomonidan asos solingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |