Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik



Download 1,74 Mb.
bet77/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Karolinlglar minuskuli – ravon va erkin yoziluvchi oʻrta asr yozuvlaridan biri. III asrdagi dastlabki minuskulning evolyutsiyasi natijasida vujudga kelgan. Ushbu yozuvdagi harflarni bitish oddiyligi bilan ajralib turgan. Harflarning eni va boʻyi deyarli baravar boʻlgan. U kitoblar bilan birga hujjatlarda ham ishlatilgan. IX asrdan boshlab deyarli ikki yuz yil davomida ushbu yozuv Gʻarbiy Yevropada yagona boʻlib keldi. Keyin bu yozuv gotik yozuvi tomonidan siqib chiqarildi, oʻz navbatida oxirgi yozuv tipidan yevropaliklar to kitob bosish ixtiro qilin-gunga qadar foydalanishdi.
Kartezianlar – Bruno Kyolnskiy tomonidan 1084-yilda Grenoblyadan uzoq boʻlmagan hududda tashkil etilgan monastir qoshida vujudga kelgan rohiblik ordeni. Orden oʻz nomini monastir bunyod etilgan Shartrez (lot.Cartusia) degan joy nomidan olgan. Rasmiy ravishda Rim papasi tomonidan 1176-yilda tasdiqlandi. 1234-yilda ayollar K. ordeni tashikl etildi. Orden Gʻarbiy Yevropani 1 va 2 ming yilliklar boʻsagʻasida qamrab olgan asketizm va zohidlik toʻlqinining koʻtarilgan davrida vujudga keldi. Shuning uchun boʻlsa kerak orden a’zolari qattiq tarkidunyochiligi bilan ajralib turgan. Zohidlarning yuqori qatlamlarini jismoniy mehnat orqali quyi qatlam rohiblari boqqan. Vaqtlar oʻtishi bilan orden Yevropadagi kattagina mulklar sohibiga aylandi. Fransiskanlar ordeni kabi ommaviy ordenga aylanmadi.
Kartulyariy (lot.charta – yorliq) – qoidaga koʻra asl holatda emas, balki nusxalarda, ba’zan qisqartmalar va qoʻshimchalar (izohlar–interpolyatsiya) bilan yozilgan oʻrta asrlar Gʻarbiy Yevropadagi hujjatlar (yorliqlar, xartiyalar, aktlar va boshqalar) toʻplami. Mazkur hujjat nusxalarida oʻrta asrlarda Yevropadagi cherkov foydasiga yer tortiq qilish, cherkov va dunyoviy yer egalarining mulkiy va shaxsiy munosabatlari huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan. K.lar VII asrdan to XIV asrgacha yirik monastirlarda lotin tilida yaratib borilgan. Keng ma’noda K.lar bu istalgan mazmundagi hujjatlar toʻplamini anglatadi.
Kasta (portugal.toza, toza irq, sof nasl) – XVI asrda portugal dengizchilari tomonidan Hindistonning turli alohida guruhli aholisini anglatish uchun ishlatgan termini, bunda irqiy boʻlinish mazmuni tushunilgan. Imtiyozlarning merosiyligi, barqaror alohidalik, oʻz huquq va odatlarini saqlashga boʻlgan qat’iy intilish K. tuzumi va tashkilotiga xos boʻlgan jihatlar hisoblanadi.
Kastelyan (lot.castellum – qal’a) – oʻrta asrlar Fransiyasida qal’a egasi, senor. Qirollik K.ni bevosita qirolga boʻysungan va oliy yuridiksiya huquqiga ega boʻlgan. Oʻrta va oliy yuridiksiyaga ega boʻlgan shahar sudyalari ham ba’zan K.lar deb atalgan.
Kastiliya – 923-yilda Leon qirolligi hududida vujudga kelgan graflik. XI asr boshlarida Navarra tarkibiga kirgan. 1035-yilda Sancho Buyuk hukmronligi barham topgach, K. qirollik maqomiga ega boʻldi. 1230-yilda Leon bilan K.ning birlashuvi amalga oshdi. K. Rekonkista harakatida muhim rol oʻynadi va uning natijasida Pireney yarim orolida qudratli davlatga aylandi. 1479-yilda K. va Aragonning sulolaviy uniyasi yagona Ispaniya davlati tashkil topishi uchun tamal tosh vazifasini bajarib berdi.
Kastiyon – Fransiyaning janubi-gʻarbidagi joy nomi boʻlib, bu yerda Yuz yillik urushning eng oxirgi yirik jangi boʻlib oʻtgan. 80 yoshli Jon Talbot qoʻmondonligidagi ingliz qoʻshini qudratli artilleriyaga ega boʻlgan fransuz qoʻshinining zarbasiga dosh berolmasdan jang maydonidan chekinadi va Bordo devorlari ortiga yashirinadi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish