Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik


Karolinglar uygʻonishi, “Karolinglar renessansi”



Download 1,74 Mb.
bet76/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Karolinglar uygʻonishi, “Karolinglar renessansi” – Buyuk Karl davrida franklar davlatidagi madaniy yuksalish. Ushbu atama XIX asrda tarixshunoslikka kiritilgan. Karlning madaniy siyosati uning umumiy siyosatining bir qismini tashkil qilgan. Uning oʻzi zamonasining ma’rifatparvar kishisi boʻlib, lotin va yunon tillarini oʻrgangan, ziyoli kishilarni qadrlagan, oʻsha paytlarda mavjud barcha fanlarga qiziqqan, xalqqa ta’sir etuvchi kuch sifatida ruhoniylarning ta’lim olishiga gʻamxoʻrlik qilgan. Madaniy sohadagi islohot Injilning turli qaydlarini oʻrganish va ularda yoʻl qoʻyilgan xatolarni toʻgʻirlash ishidan boshlandi. Buning uchun hatto alohida komissiya tashkil etildi. Xuddi shu paytda liturgiya islohoti ham amalga oshirildi, unga koʻra barchaga umumiy boʻlgan rim katolik liturgiyasi joriy qilindi. Benediktchilar nizomi bilan monastirlar qayta tashkil etildi. Karlning madaniy islohoti cherkov bilan ittifoqlikda amalga oshirildi. “K.U.” ning asosiy gʻoyasi yagona xristian madaniyatini (garchi unda dunyoviy madaniyat unsurlari ham boʻlsada) yaratish boʻlgan. Bu davrda imperiyada savodxonlik markazlari monastirlar boʻlgan. 787-yilda Karl mashhur “Fanlar haqida Kapitulyariy”ni chiqardi, unga koʻra monastir va yepiskopliklar qoshida maktablar tashkil etildi. Unda asosan, din kishilari (ruhoniylar) oʻqitilgan boʻlsada, ba’zan oddiy kishilarga ham ta’lim berilgan. Ruhoniylar uchun ta’lim olish majburiy qilib qoʻyildi. Savodli qirollik ma’muriyati xodimlarini tayyorlash, qirollik oilasi va saroy ahlini oʻqitish uchun saroyda alohida maktablar ta’sis etilgan. Bu davrda madaniyat markazi davlatning amaldagi poytaxti Axendagi “Akademiya” deb ataluvchi muassasa boʻlgan. Oʻsha paytda Yevropaning eng ziyoli kishilari: Pavel Diakon, Alkuin, Eyngard, Xraban Mavr, Nitard, Godelkalk kabilar shu markazda toʻplangan edi. Asli Nortumbriyalik boʻlgan oʻzini Flakka (rim shoiri Gorasiya Flakka ismiga qiyosan) deb atovchi anglo-sakson Alkuin Akademiyaga boshchilik qilgan. Akademiya ishida Karlning (“David”) oʻzi, uning tarjimai holi muallif Eyngard, shoir Angilbert (“Gomer”) va boshqalar ishtirok etgan. Akademiyada tarixga oid 789-yilda “Qirollik annallari”, Eyngard tomonidan “Buyuk Karlning tarjimai holi” yozildi. “K.U.”ning soʻnggi davrida irlandiyalik ziyolilar: Seduliy Skott – yunon tili bilimdoni, shoir va olim hamda Ioann Skot Eriugen – ilohiyot va falsafaga oid asarlar muallifi, mashhurlikka erishdi. Alkuindan “estafeta tayoqchasi”ni uning shogirdi Xraban Mavr qabul qilib oldi. Dunyoviy bilimlar olishga ham katta e’tibor qaratildi. Alkuin tomonidan grammatika, ritorika, astronomiyaga oid qator darsliklar yaratildiki, ular bir necha asrlar davomida maktablarda asosiy darslik sifatida oʻqitib kelindi. Arxitekturada Vizantiya uslubidagi inshootlarni qurish avj oldi. Eng mashhur yodgorliklardan biri Axen kapellasi (798-805) bunyod etildi. Undan tashqari kitob miniatyurasi ham rivojlandi (Axen Yevangeliyasi, Ebo Yevangeliyasi, Utrext psaltiri). Buyuk Karl oʻlimidan soʻng ushbu madaniyat ham inqirozga yuz tutib, asosan monastirlarga koʻchdi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish