Trapezund imperiyasi – Vizantiya imperiyasining salibchilarga magʻlub boʻlishi oqibatida Qora dengizning janubiy sohillarida tashkil topgan yunon davlati (1204-1261). Vizantiya imperatorlari sulolsasi boʻlgan komninlarning oxirga vakili ‘lgan Andronik I ning nabiralari Aleksey va Davidlar Buyuk komninlar unvoni bilan boshqargan. T.I.ning tashkil etilishiga Gruziya qiroli Tamar (1184-1213) yordam bergan. Dastlab Trapezund komninlari imperiyani qayta tiklash uchun kurashga kirishgan. Ammo salibchilar va saljuqiylardan magʻlub boʻlishlari natijasida kurashdan voz kechishgan. T.I. Yevropa va Osiyo oʻrtasidagi savdo yoʻllari chorrahasida joylashganligi uchun vositachilikdan katta daromad olgan. Uning ravnaqi XIII asr oxirlaridan XV asr oʻrtalarigacha kuzatilgan. 1461-yilda imperiya usmoniy turklar tomonidan bosib olingan.
Trechento (ital.trecento. soʻzma-soʻz uch yuz yoki 300-yilni anglatadi) – italyan tilida mazkur atama yordamida XIV asrni tushintirishgan. Italiya san’ati va madaniyatida Uygʻonish davri boshlangan deb hisoblanganligi uchun mazkur asrni protorenesans davri sifatida ham koʻrsatishadi. San’at turlaridan rassomchilik boshqalarga qaraganda tez taraqqiy etgan va maxsus Siyena maktabi ham tashkil etilgan. Shu davrda mashhur florensiyalik realist rassom Jotto di Bondon, adabiyot yoʻnalishida esa Dante, Petrarka, Bokachcho kabilar ijod qilgan.
Tributariylar – Vizantiyada yerga biriktirib qoʻyilgan ishchilar.
Tributo – hindular konkista siyosati natijasida rasman ispan qiroli fuqarolariga aylantirildi. Ular toʻlaydigan maxsus soliq shu nom bilan atalgan.
Tristan va Izolda – VIII-IX asrlarda Britaniyada yashagan keltlarning qirol Artur va uning “doira stoli” haqidagi afsonalarining prototipi. Unda goʻzal Izoldaning ritsar Tristan bilan muhabbati aks ettirilgan. Izolda qirol Markning xotini, Tristan esa qirolning jiyani boʻlgan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, afsonaning birinchi syujetlari Fransiyada shakllangan va XII asrda roman shakliga keltirilgan. Uni oʻz davrining mashhur shoiri Toma (Tomas), jonglyor Berul va Kretyen de Trualar ijro eitishib, ularning variantlari bugungi kunga qadar saqlanib qolgan. Afsonaning biroz oʻzgartirilgan va qoʻshimcha kiritilgan ingliz, italyan, ispan tillaridagi (XIII), chex tilidagi (XIV), serb tilidagi (XV) va polyak-belorus tillaridagi (XVI) variantlari mavjud. Afsona syujetiga koʻra, Tristan irland jangchisi Morolta qilichidan yaralanib Irlandiyaga borib qoladi va u yerda Izoldani koʻrib togʻasiga olib bermoqchi boʻladi. Izoldaning onasi unga sehrli (muhabbat) suv beradi, uni Mark va Izolda ichib, bir-birlarini sevib qolishlari kerak edi. Ammo yoʻlda ular suvni adashib ichib qoʻyishadi va bir-birlarini sevib qolishadi. Izolda Markka turmushga chiqsada, ammo Tristan bilan yashirincha uchrashib yuradi. Garchi Tristan boshqa bir Izolda (Izolda oq qoʻl) ga uylangan boʻlsada, ammo ularning muhabbatlari soʻnmagan. Roman oxirida yaralangan Tristan va Izolda halok boʻlishadi. Ularni bir-birlarining yoniga dafn etishadi. Asar insoniyatning diniy madaniyat xazinalari sirasiga kiritilgan. 1900-yilda fransuz olimi va yozuvchisi J. Bedye asarning XII asrga oid nusxalari asosida uni qayta tiklagan.
Trivium – oʻrta asr ta’lim muassasalaridagi oʻrganilishi majburiy boʻlgan birinchi “uchlik fanlar guruhi”. Unga grammatika, ritorika va dialektika kirgan. Yana qaralsin “Yetti erkin san’at”.
Trollar (shved.) – Skandinaviya mifologiyasida oʻrmonlarda, yurib boʻlmas botqoqzor va oʻrmonlarda uchraydigan gʻayritabiiy mavjudotlar (koʻpincha pakana, ulkan yoki alvasti koʻrinishida tasvirlangan). Aksar xollarda ular insonlarga dushman sifatida koʻrsatiladi.
Trua – Fransiyada joylashgan shahar boʻlib, bu yerda 1420-yil 21-mayda Angliya qiroli Genrix V va Fransiya qiroli Karl VI lar oʻrtasida shartnoma imzolanib, unga koʻra Karl VI va uning xotini Izabella Bavarskayalar umrining oxirigacha oʻz unvonlarini va mavqeyini saqlab qolishi, qirol vafot etgandan keyin Fransiya taxtiga Genrix V ning oʻgʻli oʻtirishi belgilab qoʻyilgan. T. shartnomasining matni Burgundiya gersogi Filipp III tomonidan tayyorlangan edi. Shartnoma amalda ”Yuz yillik urush” davrida Angliya va Fransiyani bir toj ostida birlashtirgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |