Ritsarlik tarbiyasi – dunyoviy feodallarning farzandlarini tarbiyalash tartibi boʻlib, 7 yoshgacha oilada, 14 yoshgacha senor saroyida tarbiyalangan. 14 yoshdan 21 yoshgacha qurol-yaroq taqib yurish va jang san’atidan ta’lim olgan. R.T.da 7 ta fazilatga ega boʻlish talab qilinib, ular otda yurish, qilichbozlik, qalqondan foydalanish, suzish, lochin bilan ov qilish, xonimlar sha’niga chiroyli she’r oʻqish, shaxmat oʻynash. Ular bilan birga saroy etiketlari ham oʻrgatilgan. Boʻlajak ritsarlar diniy ta’lim ham olgan. 21 yoshga toʻlgandan keyin ritsarlikka oʻtkazish marosimi amalga oshirilgan.
Ritsarlikka oʻtkazish – ritsarlikka oʻtkazishning ramziy marosimi. Bu yoshlikdan balogʻatga va mustaqil hayotga oʻtishni anglatgan boʻlib, oʻspirinni ritsarlarning harbiy-aristokratik korporatsiyasining a’zosiga aylantirgan. Bu marosim bir necha bosqichlarni qamrab olgan. Avval damua’zo vannada choʻmilishi lozim boʻlgan, keyin oq koʻylak, alvon syurko, mallarang shoss, oltin shporli (tepkili) oyoq kiyim kiygan va qari ritsarlardan biri (yoki otasi) uning beliga qilich taqqan. Eski fransuz tilida “qilich taqish” ritsarlikka oʻtish ma’nosining anglatgan. Keyin boʻlsa ritsarlikka oʻtuvchining kaftidan boshlab gardanigacha (yelka, yuziga) “Jasur boʻl” jumlalarini aytib oxista urib qoʻyilgan. R.Oʻ. marosimi yangi ritsarning epchilligini namoyish etib yakunlangan, unga koʻra yangi ritsar otga sakrab mingani holda nayza bilan belgilangan nishonni koʻzlashi talab etilgan. Dastlab bu marosimlar dunyoviy xarakter kasb etgan. Keyinroq cherkov ularni diniy marosimga aylantirib yubordi. Natijada “tungi bedorlik” deb ataluvchi tartib oʻrnatildi, unga koʻra ritsarlikka oʻtish arafasida oʻspirin cherkovga borishi va u yerda butun bir oqshom davomida ibodatxona altarida tunni uxlamasdan oʻtkazishi talib etilgan. Uxlamasdan tashqari ibodat qilib chiqishi ham lozim boʻlgan. Tongda cherkovga odamlar toʻplangan. Tunni uxlamay oʻtkazgan oʻspirin cherkov marosimlarida qatnashgach, oʻz qurolini altarga qoʻyishi va ruhoniy poyida tiz choʻkishi lozim boʻlgan. Ruhoniy qilichni duo qilib, soʻngra ibodat bilan egasiga qaytargan. Bu bilan xristian cherkovi har bir ritsarlikka oʻtuvchi oʻspirin xristian jangchisi va xristian dini uchun kurashuvchi boʻlishi kerakligini anglatgan. Koʻpincha R.Oʻ. marosimlari diniy bayramlar kuni yoki yirik janglardan oldin oʻtkazilgan.
Rob – erkaklarning uzun kiyimlari. Ular bosh orqali kiyilgan. Kiyim aslida XV asrda Burgundiyada urf boʻlgan. Kiyimning oʻziga xos jihati yengining yelka qismi keng va pastki qismi tor boʻlgan va orqa etagi oʻziga xos tartibda bezalgan.
Roba – oʻrta asrlarda Yevropada ayollarning ustki kiyimi boʻlib, erkaklarning uplend kiyimini eslatgan. Kiyimning orqa etagi uzun va turli xil sharoitlar uchun moslab tikilgan. Qirolichalar odatda 11 tirsak (bir tirsak 45 sm ga teng) uzunlikda etak, gersogina va malikalar 8 tirsak uzunlikdagi etak tiktirishlari mumkin boʻlgan. Cherkov uzun orqa etaklarga qarshi boʻlib, ularni “shayton dumlari” deb atagan. Koʻylakning old etaklari turli bezaklar bilan bezatilgan. Oʻsha davrda qirol Karl VII ning mahbubasi Agnessa kiygan roba juda mashhur boʻlgan. Uni turli matolardan ayollar tikib kiyishgan. Bu kiyim XV asrda Burgundiyada urf boʻlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |