Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik



Download 1,74 Mb.
bet117/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Nepotizm – (lot.nepos – nevara) – Rim papasi tomonidan oʻz qarindoshlariga serdaromad mansablarni, oliy cherkov unvonlarini, yerlarni tarqatishi va berishi. XV-XVI asrlarda keng tarqalgan. Natijada Borgeze, Ludovizi, Aldobrandini kabi mashhur oilalar paydo boʻldi. Nepotizm atamasi oshna-ogʻaynigarchilikning turdosh mazmuniga aylandi.
Nestorianlik – Konstantinopol patriarxi Nestoriyning (450-yilda vafot etgan) Iso Masixga oid ta’limoti. U Iso Masix tabiatini ilohiy (Xudo-Oʻgʻil) va insoniyga (Iso) ajratadi. Uning ta’limoticha, Iso insondir (shuning uchun Bibi Mariyam xudoning onasi emas, inson onasidir), u keyinroq Xristga aylandi. N.da paygʻambarning insoniy jihati tan olinadi. Efesdagi 431-yildgi butun jahon soborida N. daxriylik sifatida e’lon qilindi. Vizantiyada nestorianlarning qatagʻon qilinishi ularning qoʻshni Eron hududidan panoh izlashlariga majbur etdi. N. Vizantiyaning sharqiy hududlarida keyingi asrlarda ham saqlanib qoldi. Erondan tashqari unga sodiq boʻlgan kishilar Hindistongacha yetib borgan. Ayrim ma’lumotlarga koʻra, ba’zi moʻgʻul qabilalari orasida ham ularning Osiyo va Yevropaga yurishlari vaqtida N.ka e’tiqod qiluvchilari boʻlgan.
Neystriya – franklar davlatining gʻarbidagi tarixiy viloyat, Sheld va Luara daryolari oraligʻida joylashgan. Avstraziya bilan raqobatda boʻlgan.
Nibelunglar haqida qoʻshiq” – asosida Xalqlarning buyuk koʻchishi davridagi german rivoyati yotgan nemis qahramonlik eposi. Bizgacha toʻliq va parchalar holatida 33 ta qoʻlyozmada yetib kelgan. Fransiya va Ispaniyadagi eposlardan farqli ravishda ancha afsonalashtirilgan. Unda protiplarga ega boʻlgan qahramonlar, jumladan, Etsel (Atilla), Ditrix Bernskiy (Teodorix Buyuk), burgundlar qiroli Gunterlar aks ettirilgan. Dostonning tarixiy asosini 437-yilda xunnlar tomonidan yoʻq qilingan Burgundlar qirolligi inqirozi yotadi. Lekin XIII asr boshlarida yaratilgan mazkur dostonda bu voqealar yangicha talqinda aks ettiriladi va Germaniyaning XII asrdagi feodal-ritsarlik hayoti bilan bogʻlanadi. Ikki qismdan iborat boʻlgan doston 39 ta qoʻshiqdan – “avantyur”dan tarkib topgan. Birinchi qismda Zigfrid Niderlandskiyning fojiasi tasvirlanadi. Yoshlik yillarida koʻplab qahramonlik koʻrsatgan Zigfrid Nibelunglar – xazina sohiblari va ularni himoya qiluvchi afsonaviy mavjudotlar xazinasini qoʻlga kiritadi. Shundan soʻng u Burgund qirolining goʻzal singlisi Krimxildaning qoʻlini soʻrash uchun Burgundiya qirolining saroyiga boradi. Ungacha u Gunderga yordam berish uchun jasur island qirolicha Brumxildaning qoʻlini soʻrab borgan edi. Tashkil etilgan pahlavonlar kurashida Gunter koʻrinishida qatnashadi va gʻalaba qozonadi. Bir necha yillar oʻtib, bu sir fosh boʻlgach, Brumxilda ov paytida Zigfridni oʻldiradi, uning qoʻlidagi Nibelunglar xazinasi boʻlsa maxfiy ravishda Reyn suvlariga tushib ketadi. Dostonning ikkinchi qismida Krimxilda haqida hikoya qilinadi, u eri vafotidan 13 yil oʻtib xunnlar qiroli Etselga turmushga chiqadi. U aldov yoʻli bilan burgund qirollarini Etselning Vengriyadagi saroyiga taklif etadi va ziyofat vaqtida mehmonlar va mezbonlar oʻrtasida janjal keltirib chiqaradi. Ushbu janjalda barcha burgundlar va xunnlar, ulardan keyin Krimxildaning oʻzi ham halok boʻladi.
Nika” – 532-yil 11-17-yanvarda Konstantinopolda koʻtarilgan xalq qoʻzgʻaloni. Qoʻzgʻalonchilarning shartli belgisi boʻlgan “N.” (“Gʻalaba qozon!”) chaqirigʻidan olingan. Hokimiyatning soliq istibdodi, Yustinianning cherkov siyosati oqibatida daxriylik va ma’jusiylikning ta’qib qilinishi kabi omillar qoʻzgʻalonga sabab boʻlgan. Senatda muxolifatdagilar yangi hukmdor Ipatiyani tantanali suratda imperator deb e’lon qildi. Qoʻzgʻalon shu darajaga borib yetdiki, hatto amaldagi imperator Yustinian I poytaxtdan qochib ketish harakatiga tushib qoladi. Qoʻzgʻalon tarkibidagi turli siyosiy guruhlarning boʻlishi uning ayni vaqtda tanazzuliga ham sabab boʻldi. Xalq ommasining kuchayib ketishidan qoʻrqqan zodagonlarning bir qismi qoʻzgʻalonchilar safini tark etdi (bunga ma’lum ma’noda imperatorning oltinlari ham ta’sir koʻrsatgan). Velizariy va Mund boshchiligidagi imperiya qoʻshinlari qoʻzgʻalonchilarning ippadromdaligidan foydalanib ommaviy qatli om uyushtirdi. Natijada 30 mingga yaqin qoʻzgʻalonchilar oʻldirildi. Shu tariqa “N.” qoʻzgʻaloni bostirildi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish