A11-mavzu. Iqtisodiy indekslar
Dars o’quv maqsadi. Ushbu mavzu bo’yicha darsning o’quv maqsadi bo’lib,iqtisodiy indekslarning mazmunini, turlari va ularni hisoblash usullarini hamda iqtisodiy-statistik tahlilni amalga oshirishdagi rolini,xususiyatlarini va ahamiyatini talabalarga o’rgatish hisoblanadi.
Tushunchalar va tayanch iboralar. Indeks. Individual indekslar.Umumiy indekslar. Agregat indekslar.O’rtacha indekslar.Baha indeksi. Miqdor indeksi.
Maruzani o’tish metodi.Maruzani “Bilaman,bilishni xohlayman,bilib oldim”, blis –so’rov va aqliy hujum” metodlarini qo’llagan holda o’tish ko’zda tutiladi
Asosiy savollar:
1.Iqtisodiy indekslar to,grisida tushincha va ularning tavsiflash belgilari, iqtisodiy tahlildagi ahamiyati
2.Indeks turlari
3.O,zgarmas va o,zgaruvchan tarkibli indekslar
7.1.Iqtisodiy indekslar to,grisida tushincha va ularning tavsiflash belgilari, iqtisodiy tahlildagi ahamiyati
Iqtisodiy hayotda sodir bo’ladigan barcha hodisa va jarayonlarni ifodalash uchun o’rtacha va nisbiy umumlashtiruvchi miqdorlar bilan bir qatorda indekslar keng qo’llaniladi
Indeks so’zi lotincha bo’lib,ko’rsatkich,belgi manosini anglatadi.O’rtacha miqdorlar xildosh(turdosh) bo’lgan ko’pgina hodisalarning tipik xususiyatlarini ochib berishga imkon beradi, nisbiy miqdorlar esa bir hodisaning o’zgarib borishini ifodalaydi..Indekslar ,garchi iqtisodiy jihatdan bir xilda bo’lsa ham,bevosita taqqoslab bo’lmaydigan ko’p hodisalarning o’rtacha o’zgarishini ko’rsatib berishga imkon beradi,yani shu hodisalarning ko’ mipisi uchun tipik bo’lgan o’zgarish tomonlarini ko’rsatadi.
Indekslar bevosita taqqoslab bo’lmaydigan elementlardan tashkil topadigan to’plamlarni taqqoslash holatiga keltirib ,qiyoslab tariflovchi maxsus usullardi
Indekslar quyidagi belgilar bo’yicha tasniflanadi:
1.O’rganilayotgan obyektlarning xarakteri bo’yicha.,
2. To’plam birliklarini qamrab olish darajasi bo’yicha.,
3. Hisoblash usuli bo’yicha
O’rganilayotgan obyektlarning xarakteri bo’yicha Indekslar ikki guruhga bo’linadi:
1.Hajm ko’rsatkichlari indekslari(yalpi ichki mahsulot, qishloq xo’jaligi mahsuloti indekslari va boshqalar).,
2. Sifat ko’rsatkichlari indekslari(baho , tannarx indekslari va b.sh).
To’plam birliklarini qamrab olish darajasi bo’yicha ham ikkiga bo’linadi:
1.Individual (yakka) indekslar.,
2. Umumiy indekslar.
Hisoblash usuli bo’yicha ham ikkiga bo’linadi:
1.Agregat indekslar.,
2. O’rtacha indekslar
Do'stlaringiz bilan baham: |