7.3.O,zgarmas va o,zgaruvchan tarkibli indekslar
O’zgaruvchan va doimiy tarkibdagi indekslar sifat ko’rsatkichlarining o’zgarishini tavsiflashda qo’llaniladi. sifat ko’rsatkichlarining o’zgarishi quyidagi omillar o’zgarishiga bog’liq bo’ladi:
1.O’rtalashtirilayotgan belgining o’zgarishi
2. hodisalar vaznlari tuzilishining o’zgarishi.
Masalan,donli ekinlar o’rtacha hosildorligining o’zgarishi hao bir ekin turi hosildorligining o’zgarishi donli maydoni tarkibida yuqori hosilli ekinlar maydonining o’zgarishiga bog’liq bo’ladi
Ikki omilning tasirini birgalikda ko’rsatuvchi indeks o’zgaruvchan tarkibdagi indeks deb ataladi.
Bunda,ch – o’rtalashtirilayotgan belgilar darajasi
F - o’rganilayotgan belgilar vazni
Hodisaning o’zgarishiga faqat indekslashtiriladigan miqdorning tasirini ifodalovchi indeks doimiy tarkibdagi indeks deb ataladi.
Smfat belgisining o’rtacha darajasining o’zgarishiga vaznlar tuzilmasi o’zgarishining tasirini ifodalovchi indeks ,tuzilmaviy indeks deb ataladi.
Doimiy tarkibdagi indeks bilan tuzilmaviy indeks ko’paytmalarining yig’indisi o’zgaruvchan tarkibdagi indeksga teng kelishi kerak.
Nazorat savol va topshiriqlar
1.Indeks deganda nimani tushunasiz?Tushuntiring.
2. Indeksningqanday turlarini bilasiz?
3.Idividual va umumiy indekslar mazmuni va ahamiyati
4.O’rtacha indekslar qanday hisobnadi ?
.Qudratov T. –Qishloq xo’jalik statistikasi. Maruzalar matni. Samarqand -2002.
.
A12.Mavzu :O‘zbekiston milliy hisoblar tizimi-iqtisodiy statistikaning uslubiy negizi.
Test
1. Mamlakat iqtisodiy rivojlanishining xalqaro statistika amaliyotida qabul qilingan umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlari tizimi nima deb ataladi?
Yalpi ichki maxsulot
Milliy hisoblar tizimi
Iqtisodiy o‘sish
Xamma javoblar to‘g‘ri
Answer: B
2. Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy faoliyatni umumlashtiruvchi ko‘rsatkich qaysi?
Yalpi ichki maxsulot
Yalpi milliy maxsulot
Iqtisodiy o‘sish
Xamma javoblar noto‘g‘ri
Answer: A
3. Milliy hisoblar tushunchasi kim tomonidan tavsiya yetilgan?
iqtisodchi V.Kliff
iqtisodchi J. Keyns
V. Leontev
S. Kuznes
Answer: A
4. Zamonaviy Milliy hisoblar tizimini yaratish va uni takomillashtirishgan iqtisodchi olimlar qaysi?
J. Keyns
V. Leontev
S. Kuznes
Xamma javoblar to‘g‘ri
Answer: D
5. XX asrning 30-yillarida qaysi mamlakatlarda milliy daromad ko‘rsatkichi hisoblanmadi?
Angliya va Avstriya
Fransiya va Norvegiya
Rossiya va Italiya
Germaniya va AQSh
Answer: C
6. Aholi sonini aniqlash manbai bo‘lib quyidagilar hisoblanadi?
vaqt-vaqti bilan o‘tkazilib turiladigan aholi ro‘yxati
aholining tabiiy o‘sishi yoki kamayishi bo‘yicha ma'lumotlar
aholining mexanik harakatlari bo‘yicha ma'lumotlar
Xamma javoblar to‘g‘ri
Answer: D
7.Aholining perspektiv (istiqboldagi) sonini hisoblash usuli yoki usullari qanday?
Global
Yoshni siljitish
Global va Yoshni siljitish
Xamma javoblar noto‘g‘ri
Answer: C
8. «Hayotiylik koeffisienti»ni hisoblash kimni nomi bilan bog‘liq?
V.N.Pokrovskiy
V. Leontev
S. Kuznes
V.Kliff
Answer: A
9. Yoshi va sog’ligi bo’yicha mehnat qila oladigan kishilar aholining qaysi qismiga kiradi?
Mehnatga layoqatli aholi
Iqtisodiy faol aholi
Iqtisosodiy nofaol aholi
Nogiron aholi
Answer: A
10. Mehnat resurslari nima?
Yoshi va sog’ligi bo’yicha mehnat qila oladigan kishilar
Yoshi va sog’ligi bo’yicha mehnatga layoqatli va amalda band yoki band bo’lmagan kishilar bo’lib, umimiy doimiy yashovchi aholining bir qismi
Yoshi va sog’ligi bo’yicha mehnatga layoqatli va amalda band bo’lgan kishilar bo’lib, umimiy doimiy yashovchi aholining bir qismi
Yoshi va sog’ligi bo’yicha mehnatga layoqatli va amalda band band bo’lmagan kishilar bo’lib, umimiy doimiy yashovchi aholining bir qismi
Answer: B
11. Xalqaro andozalarga asosan band bo’lganlar ishlab chiqarishda bajarayotgan funksiyasiga qarab qanday guruhlarga bo’linadi?
Yollanma ishchilar va ish beruvchilar
Mustaqil ish bilan band bo’lganlar va ishlab chiqaruvchi kooperativ a’zolari
Oilaviy korxonalarning haq olmasdan ishlaydigan xodimlari
Hamma javoblar to’g’ri
Answer: D
12. Xalqaro mehnat tashkiloti tarifiga sosan iqtisodiy faol aholiga mamlakatning qaysi qismi kiradi?
15 yoshdan 72 yoshgacha
16 yoshdan 54 yoshgacha
16 yoshdan 59 yoshgacha
16 yoshdan pensiya yoshigacha
Answer: A
5. Ishlashi shart bo’lmagan aholiga aholining qaysi qatlami kiradi?
Mustaqil ish bilan band bo’lganlar
Iqtosodiy faol aholi
Iqtosodiy nofaol aholi
Nafaqaxo’rlar
Answer: C
Milliy boylik statistikasi.
1. Nima – bu xususiy yoki jamoa mulki bo'lib, ularga egalik qilish yoki ulardan foydalanish natijasida mulk egalari iqtisodiy jihatdan manfaatdor bo'lishlari mumkin?
Iqtisodiy aktivlar
Moliyaviy aktivlar
Tog’ri javob yo’q
Nomoliyaviy aktivlar
Answer: A
13. Nima moliyaviy talablar va majburiyatlardan iborat?
Iqtisodiy aktivlar
Moliyaviy aktivlar
Ishlab chiqarilgan aktivlar
Nomoliyaviy aktivlar
Answer: B
3. Qanday aktivlar egalari ulardan iqtisodiy faoliyat natijasida yoki qiymat zaxirasi sifatida manfaat ko'rishlari mumkin bo'lgan obyektlardir?
Iqtisodiy aktivlar
Moliyaviy aktivlar
Ishlab chiqarilgan aktivlar
Nomoliyaviy aktivlar
Answer: D
14. Uzoq muddat foydalaniladigan qimmatbaho tovarlar bo'lib, ularning bahosi umumiy bahoga nisbatan hech pasaymaydigan qiymatlik nima?
Boyliklar
Ishlab chiqarilmagan aktivlar
Nomaterial asosiy kapital
Tog’ri javob yo’q
Answer: A
15. Mamlakat iqtisodiy birliklari rezidentlarining ma’lum davr ichida, masalan, bir yildagi ish faoliyatining oxirgi natijasini ifodalovchi, iste’mol uchun ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning bozor bahosida hisoblangan qiymatlari yig'indisi nima deb ataladi?
YaMM
YaIM
Sof milliy mahsulot
Iqtisodiy o’sish
Answer: B
16. YalM ga barcha ishlab chiqarish birliklari - rezidentlar (firmalar, kompaniyalar, aksioner jamiyatlari va boshqa korxonalar va xo'jalik subyektlari)ning yalpi qo'shilgan qiymat hajmlari yig'indisi va mahsulotga va importga bo'lgan sof soliqlar yig'indisi (mahsulotga soliqlardan subsidiyalar ayriladi) sifatida qaraladigan YaIM hajmini hisoblash usuli qanaqa?
Ishlab chiqarish jarayonida YalM
Daromadlarni hosil bo‘lish jarayonida YalM
Daromadlardan foydalanish jarayonida YalM
Hamma javob to’g’ri
Answer: A
17. Milliy iqtisodiyot sektorlari tomonidan oxirgi iste’mol va jamg'arish summalarini, tovar va xizmatlarning sof eksportini ifodalaydigan YaIM hisoblash usuli?
Ishlab chiqarish jarayonida YalM
Daromadlarni hosil bo‘lish jarayonida YalM
Daromadlardan foydalanish jarayonida YalM
Hamma javob to’g’ri
Answer: C
18. Ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish jarayonida olgan va ishlab chiqarish qatnashchilari orasida taqsimlanadigan birlamchi daromadlarni ifodalaydigan YaIM hisoblash usuli?
Ishlab chiqarish jarayonida YalM
Daromadlarni hosil bo‘lish jarayonida YalM
Daromadlardan foydalanish jarayonida YalM
Hamma javob to’g’ri
Answer: B
19. Tovar va xizmatlaming sof eksporti deganda nimani tushunasiz?
Sof eksport = YaIM -YaMM
Ichki baholarda xizmatlar eksporti bilan importi orasidagi farqni bildiradi
Ichki baholarda tovar eksporti bilan importi orasidagi farqni bildiradi
Ichki baholarda tovar va xizmatlar eksporti bilan importi orasidagi farqni bildiradi
Answer: D
20. Monter oltin nima?
banklarga asrab berish uchun o'tkazilgan pul mablag'lari
hisob-kitob qilish uchun ishlatiladigan muomaladagi banknot va tangalar
davlatning pul-kredit muassasalarida markazlashgan holda saqlanuvchi slitka yoki moneta
Tug’ri javob yuq
Answer C.
Do'stlaringiz bilan baham: |