Mehnat bozori statistikasi oldida mehnat resurslari, iqtisodiy faol va nofaol aholi, aholini bandligi, ishsizlik terminlarini izohlash asosida statistik ko’rsatkichlarni aniqlash metodologiyasini takomillashtirish, hisoblash va tahlil qilish, korxona va tashkilotlarda xodimlar sonini, tarkibini, unumdorligini o’rganish vazifalari turadi. Buni ustiga, mehnat bozorini holati bilan aholini tanishtirish va boshqaruv organlarini ma’lumotlar bilan ta’minlash, statistik organlarining ham o’ta muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
20-MAVZU. MEHNAT RESURSLARI BOZORI STATISTIKASI
Masalalar echish uchun uslubiy ko`rsatma.
1-misol. Respublika bo’yicha iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol aholi to’g’risida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan (ming kishi):
Ko’rsatkichlar
|
2013-y.
|
2014-y.
|
2016-y.
|
2017-y.
|
1. Doimiy aholining o’rtacha yillik soni( )
|
26167
|
26488.4
|
26868.0
|
27302.7
|
2. Mehnat resurslari soni(MR)
|
14453.2
|
14816.5
|
15219.6
|
15685.7
|
Mehnat qilish yoshidagi mehnatga
layoqatli aholi soni( )
|
14263.7
|
14624.5
|
15036.0
|
15474.6
|
4. Mehnat qilish yoshigacha bo’lgan aholi
|
9217.1
|
9110.7
|
9025.4
|
8993.5
|
5. Nafaqa yoshidagi aholi soni(Anyo)
|
1854.3
|
1889.5
|
1944.9
|
1996.5
|
6. Iqtisodiyotda ish bilan band bo’lgan nafaqaxo’rlar soni( )
|
129.7
|
119.1
|
101.7
|
108.7
|
7. Iqtisodiyotda ish bilan band bo’lgan o’smirlar va boshqalar
|
59.8
|
72.9
|
81.9
|
102.4
|
8. Jami ish bilan band aholi (Aban)
|
10196.3
|
10467.0
|
10735.4
|
11035.4
|
9. Ro’yxatdan o’tgan ishsizlar soni ( )
|
27.7
|
25.5
|
23.2
|
16.9
|
Yechish.
ming kishi.
ming kishi.
Nafaqa
,
2-misol. O’z faoliyatini 10 mayda boshlagan firmaning ishchilari soni ro’yxat bo’yicha 10-21 mayda - 220 kishi, 22-25 mayda - 210 kishi, 26-31 may kunlari - 205 kishidan iborat bo’lgan. Shuningdek, firma ishchilarining ro’yxatdagi o’rtacha soni:iyun oyida210 kishini, III chorakda225, oktabr oyida245 kishi, noyabroyida 240 kishini, dekabroyida 242 kishini tashkil etgan.
Firma ishchilarning ro’yxatdagi o’rtacha soni may oyiga, II chorakka, 1-yarim yillikka, IV chorakka, 2- yarim yillikka, yil bo’yicha aniqlansin.
Yechish.
.
3-misol. Bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Korxonalar
|
Bazis davr
|
Hisobot davri
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot, tonna
|
Ishchilarning ro’yxatdagi o’rtacha soni, kishi
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot, tonna
|
Ishchilarning ro’yxatdagi o’rtacha soni, kishi
|
q0
|
N0
|
q1
|
N1
|
№1
№2
|
1800
2250
|
450
450
|
1260
5400
|
300
720
|
Berilgan ma’lumotlar asosida har bir korxona bo’yicha mehnat unumdorligi darajasini, ishchilar sonining tarkibini va mehnat unumdorligi indekslarini aniqlang.
Yechish.
1-korxona
t/kishi; t/kishi;
2-korxona
t/kishi; t/kishi;
( )
;
va
1-korxona
yoki 50% yoki 29,4%
2-korxona
yoki 50% yoki 70,6%.
o’zgaruvchi tarkibli indeks
o’zgarmas tarkibli indeks
tuzilmaviy siljishlar indeksi
Mustaqil echish ucun materiallar
1-masala. Respublika bo’yicha iqtisodiyotda band bo’lgan va iqtisodiy faol aholi soni to’g’risida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan (ming kishi):
Ko’rsatkichlar
|
2016-yil
|
2017-yil
|
2018-yil
|
2019-yil
|
1. Iqtisodiy faol aholi
|
10224,0
|
10492,5
|
11299,2
|
11603,1
|
2. Iqtisodiyotda ish bilan band bo’lganlar
|
10196,3
|
10467,0
|
10735,4
|
11035,4
|
Iqtisodiy faol aholi, ish bilan bandlar va ishsizlar soni bo’yicha mutlaq o’zgarishini, o’zgarish sur’atini va qo’shimcha o’zgarish sur’atini aniqlang (bazis va zanjirsimon usullarda). Natijalar asosida qisqacha xulosa qiling.
2-masala. Respublikada iqtisodiy faol aholi soni to’g’risida quyidagi ma’lumotlar mavjud (ming kishi).
Ko’rsatkichlar
|
2018-yil
|
2017-yil
|
2018-yil
|
2019-yil
|
Iqtisodiy faol aholi
|
11299,2
|
11603,1
|
11929,5
|
12286,6
|
shu jumladan:
erkaklar
|
5966,6
|
6240,9
|
6906,0
|
6638,1
|
Ayollar
|
5332,6
|
5362,2
|
5523,5
|
5648,5
|
Iqtisodiyotda ish bilan bandlar
|
10735,4
|
11035,4
|
11328,1
|
11628,4
|
shu jumladan:
erkaklar
|
5718,3
|
5978,3
|
6127,8
|
6333,3
|
ayollar
|
5017,1
|
5057,1
|
5200,3
|
5296,1
|
Ishsizlar
|
563,8
|
567,7
|
601,4
|
658,2
|
shu jumladan:
erkaklar
|
248,3
|
262,6
|
278,2
|
304,8
|
ayollar
|
315,5
|
305,1
|
323,2
|
353,4
|
Aniqlang:
1) barcha ko’rsatkichlar bo’yicha o’zgarish sura’tlarini;
2) iqtisodiy faol aholi, iqtisodiyotda ish bilan bandlar, ishsizlar tarkibini va tarkibiy o’zgarishlarni;
3)ishsiz aholi koeffitsiyentlarini.
3-masala. Shaharda ish bilan band aholi soni 2015-yil 1-yanvarda 352 ming kishi; 1-aprelda 354 ming kishi; 1-iyunda 368 ming kishi; 1-oktabrda 358 ming kishi va 1-yanvar 2016-yilda 360 ming kishi. Ishsizlar soni mos ravishda 39 ming kishi, 40 ming kishi, 32 ming kishi; 35,4 ming kishi va 40 ming kishi.
Aniqlang:
1) iqtisodiy faol aholi, ish bilan band aholi va ishsizlarni 2015-yildagi o’rtacha sonini;
2) shu davrda ish bilan bandlik va ishsizlar koeffitsiyentini.
4-masala. Joriy yilda viloyatda aholisining o’rtacha soni 2997,1 ming kishini, mehnat resurslari 1668,7 ming kishini, iqtisodiy faol aholi 1352,6 ming kishini va ish bilan band aholi 1280,1 ming kishini tashkil etgan.
Aholining iqtisodiy faollik, ish bilan bandlik va ishsizlik koeffitsiyentlarini aniqlang.
5-masala. Tumanda 2015-yili aholining o’rtacha soni 2013,0 ming kishini, ishsizlar soni 35,4 ming kishini, jami aholi sonida iqtisodiy faol aholi 31,8%ni tashkil etgan.
Aniqlang:
1) iqtisodiy faol aholi sonini;
2) iqtisodiy faol aholi, ish bilan band aholi va ishsizlar koeffitsiyentini.
6-masala.Viloyat aholisi 5200 ming kishi bo’lib, shundan 52,8% ayollardir. Mehnatga qobiliyatli yoshdagi erkaklar salmog’i, ularning umumiy sonida 62,1%, ayollar salmog’i esa 52,5% tashkil etgan. Mehnatga qobiliyatli yoshdagi shaxslarning 1% ishlamayotgan I va II-guruh nogironlaridir. Bundan tashqari 93,6 mingta nafaqaxo’r va 10 ming nafar 14-15 yoshdagi o’smirlar haq to’lanadigan ishga egadir. Viloyat hududida 15 mingta boshqa davlatlarning fuqarolari ishlagan va boshqa davlatga 7 ming kishi ishlashga ketgan. Iqtisodiy faol aholi 2397,5 ming kishini tashkil etib, shundan 9% ishsizlardir. Mehnatga qobiliyatli yoshdagi iqtisodiy nofaol aholi 650 ming kishiga teng bo’lgan.
Aniqlang:
mehnat resurslarining sonini;
mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi salmog’ini;
mehnatga qobiliyatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi sonini;
ish bilan band aholi sonini;
jami aholining va mehnat qobiliyati yoshidagi aholining mehnatga layoqatlilik koeffitsiyentlarini;
iqtisodiy faollik, ish bilan bandlik va ishsizlik koeffitsiyentlarini;
mehnatga layoqatli aholining iqtisodiy faollik darajasini.
Mehnat resurslari balansini tuzing va uni tahlil qiling.
7-masala. 1. Shaharda yashayotgan aholining yosh tarkibi quyidagicha bo’lgan:
a) 16 yoshgacha bo’lgan o’smirlar - 85 ming kishi;
b) 16-59 yoshdagi erkaklar - 73 ming kishi;
d) 16-54 yoshdagi ayollar - 83 ming kishi;
e) mehnatga qobiliyatli yoshdan o’tganlar - 38 ming kishi.
2. Mehnatga qobiliyatli yoshda bo’lib, ishlamayotgan nafaqaxo’rlar hamda I va II guruh nogironlari jami mehnatga qobiliyatli yoshdagi shaxslarning bir foizini tashkil etgan.
3. Shaharda 150 mingta aholi ishlovchilar hisoblanib, ulardan 146 ming kishi mehnatga qobiliyatli yoshdagilardir.
Aniqlang:
1) mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi salmog’ini;
2) mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholining umumiy demografik yuklama koeffitsiyentini hamda “nafaqaxo’rlar yuklamasi” va potensial almashtirish koeffitsiyentlarini;
3) jami aholi va mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholining mehnatga layoqatlilik koeffitsientlarini;
4) jami aholi, mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi va mehnatga qobiliyatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholining ish bilan bandlik koeffitsiyentlarini.
8-masala. Respublikada aholi tarkibi bo’yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud (yil boshiga, kishi)
Yillar
|
Doimiy aholi soni,ming kishi
|
Shu jumladan asosiy yosh guruhlari bo’yicha
|
0-15 yoshda ayollar va erkaklar
|
16-54 yoshda
ayollar,
16-59 yoshda
erkaklar
|
55 va undan katta yoshdagi ayollar, 60 va undan katta yoshdagi erkaklar
|
2012
2013
2014
2015
|
27072,1
27533,4
28001,4
29123,4
|
9025,5
8993,4
8014,2
8236,9
|
16481,4
6953,6
18363,2
19148,4
|
1565,3
1586,4
1624,0
1738,1
|
Mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholiga to’g’ri keladigan demografik yuklama (mehnatga qobiliyatsiz yoshdagilarning 1000ta mehnatga qobiliyatli yoshdagilarga nisbati) koeffitsiyentlarini aniqlang:
a) mehnatga qobiliyatli yoshdan kichiklar bo’yicha;
b) mehnatga qobiliyatli yoshdan kattalar bo’yicha;
d) jami mehnatga qobiliyatsiz yoshdagilar bo’yicha.
9-masala. Viloyat bo’yicha 2015-yilning 1-yanvarida 12 yoshga to’lgan bolalar soni 14200 bo’lsa, quyida berilgan yashash koeffitsiyentlari bo’yicha 2018- yilda mehnat qilish yoshiga to’ladiganlar sonini hisoblang.
Yosh
|
Keyingi yoshgacha yashashning ehtimollik koeffitsiyentlari
|
12
13
14
15
|
0,99 884
0,99863
0,99851
0,99843
|
10-masala. Tumandagi mehnat resurslarining soni 2015-yilning 1-yanvarida 1242,5 ming kishi, 1-fevral 1270,7 ming kishi, 1-may 1302,3 ming kishi, 1-iyul. 1300,5 ming kishi, 1-dekabr 1238,1 ming kishi, 1-yanvar 2015 - yilda 1299,9 ming kishi bo’lgan. Tuman mehnat resurslarining o’rtacha yillik sonini aniqlang.
11-masala. Tuman bo’yicha mehnatresurslarining soni va taqsimlanishi haqida quyidagi ma’lumotlar mavjud (ming kishi):
Mehnat resurslari
|
Yil boshida
|
Yil oxirida
|
1.Mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi
2.Ishlayotgan pensiya yoshidagilar va
16 yoshgacha bo’lgan o’smirlar
3.Iqtisodiyotda ish bilan band bo’lganlar
shu jumladan:
a) sanoatda;
b) qishloq xo’jaligida;
d) o’rmon xo’jaligida;
e) qurilishda;
f) savdo, transport, aloqa va boshqa tarmoqlarda;
g) sog’liqni saqlash sohasida;
h) ta’lim va madaniyat sohasida;
i) ilm-fan sohasida;
4. O’qiyotgan 16 yoshdan kattalar
5.Uy xo’jaligida band bo’lganlar
|
3054
294
3331
1450
530
163
202
146
201
280
107
252
5
|
3067
301
3346
1456
533
163
203
148
202
282
109
250
6
|
Hisoblang:
1) mehnat resurslari va iqtisodiyotda band bo’lganlar sonining yil davomidagi o’zgarishini;
2) iqtisodiyotda band bo’lganlar va mehnat resurslarining o’rtacha yillik sonini va strukturasini.
12-masala.Hududda mehnat resurslarining soni quyidagicha bo’lgan (ming kishi). 1.01. 2014-y.-560,4; 1.04.2014-y.-576,5; 1.07. 2014-y.-592,0; 1.10. 2014-y.-604,8; 1.01. 2015-y.-624,7.
Hudud mehnat resurslarining o’rtacha yillik sonini hisoblang.
13-masala. Tuman aholisining yoshi bo’yichaquyidagi ma’lumotlar keltirilgan:
Aholi turi
|
Aholi soni, (ming kishi)
|
1.01.2014-y.
|
1.01.2015-y.
|
-Mehnatga qobiliyatli yoshgacha bo’lgan aholi (0-15 yosh)
-Mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi (erkaklar 16-59 yosh, ayollar 16-54yosh)
-Mehnatga qobiliyatli yoshdan o’tgan aholi
|
50,6
79,2
32,9
|
56,4
92,3
38,8
|
Jami:
|
162,7
|
187,5
|
Hisoblang:
1) alohida yosh guruhlari bo’yicha aholi salmog’ini;
2) mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholining demografik yuklamasini tavsiflovchi koeffitsiyentlarini:
a) mehnatga qobiliyatli yoshgacha bo’lgan aholi bo’yicha;
b) nafaqa yoshidagilar bo’yicha;
v) jami mehnatga qobiliyatsiz yoshdagilar bo’yicha.
Do'stlaringiz bilan baham: |