7.2. Indeks turlari
Indekslar murakkab hodisaning alohida elementlari uchun ham, murakkab hodisaninng umumiy jami uchun ham hisoblanadi. Murakkab hodisalarni qamrab olish darajasiga qarab ular yakka va umumiy indekslarga bo’linadi
Murakkab hodisaning alohida elementlarining o’zgarishini tariflovchi ko’rsatkichlar yakka indekslar deyiladi. Bunga baho,tannarx, mahsulot miqdori kabi indekslarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
Jamikiy Murakkab hodisalarni tarkibiy qismlarining birgalikda o’zgarishini tariflovchi ko’rsatkichlar umumiy indekslar deyiladi
Berilgan malumotlar va hisoblash usullariga qarab, umumiy indekslar agregat va o’rtacha indekslarga bo’linadi. O’mumiy indekslarning asosiy shakli bo’lib, agregat indekslar hisoblanadi. Har qanday umumiy indekslardagi ko’rsatkichlarni bir xil o’lchov birligiga keltirish uchun indekslanayotgan ko’rsatkich vaznga ko’paytiriladi.Bu esa indekslarni agregat ko’rinishiga olib keladi.Umumiy indekslarning surati va maxrajiidagi ko’rsatkichlar har xil elementlardan tashkil topgan bo’lib,ularning o’zaro bog’lanishi agregat ko’rinishini ifodalaydi, shuning uchun ham ular agregat indekslar deb ataladi.
Agregat indekslarni hisoblashda faqat indekslashtirilayotgan miqdorlar o’zgaradi..Masalan, buni mahsulot miqdori agregat indeksida ko’rib chiqamiz:
Mavjud malumotlar asosida agregat indekslarni hisoblash imkoniyati bo’lmagan hollarda o’rtacha indekslar qo’llaniladi. Masalan,korxonalar hisobotlarida mavjud bo’lgan malumotlar malumki,yakuniy malumotlar tarzida o’z aksini topadi,bunday vaqtda agregat indekslarni qo’llash imkoni bo’lmaydi, chunki ularni tashkil qiluvchi elementlar mavjud bo’lishi talab qilinadi.Bunday hollarda o’rtacha indekslar qo’llanniladi. O’rtacha indekslar agregat indekslar asosida tashkil qilinadi.
Agregat indekslarning suratidagi indekslashtiridladigan miqdor nomalum bo’lib,hodisalarning bazis davridagi hajmi va indekslashtiriladigan miqdorning indeksi malum bo’lgan tag’dirda o’rtacha arifmetik indekslar qo’llaniladi . Buni mahsulot fizik miqdori o’rtacha arifmetik indeksi orqali ko’rsatamiz:
Agregat indekslarning axrajidagi indekslashtiridladigan miqdor nomalum bo’lib,hodisalarning hisobot davridagi hajmi va indekslashtiriladigan miqdorning indeksi malum bo’lgan tag’dirda o’rtacha garmonik indekslar qo’llaniladi. Buni baho o’rtacha garmonik indeksi misolida ko’rsatamiz:
O’rtacha indekslarning natijalari agregat indekslarning natijalariga teng kelishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |