– 80 –
Agar o‘quvchilar “A Quyoshdan himoya qiluvchi har bir vosi-
taning himoyalash xususiyatlarini qanday qilib o‘zaro solishtirish
mumkin?”
degan javobni belgilashsa, javob to‘liq qabul qilinadi. Javob
yo‘q yoki boshqa javoblar bo‘lsa, javob qabul qilinmaydi. Mazkur topshi-
riqni bajarish uchun o‘quvchilardan metodologik bilimlar talab etiladi.
Mazkur topshiriq o‘quvchilarning ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash
kompetensiyasini baholashga qaratilgan.
3-savol
Nima uchun plastikdan tayyorlangan ikkinchi plastinani
bostirib qo‘yishga zarurat tug‘ildi?
A Tomchilar qurib qolmasligi uchun
B Tomchilar imkon qadar
kengroq yoyilishi uchun
C Tomchilarni belgilangan doira ichida saqlash uchun
D Tomchilar bir xil qalinlikda bo‘lishi uchun
Baholash mezoni
O‘quvchilar mazkur topshiriqni bajarishda tajriba natijalarining obyektivligi va ishonch-
liligini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan usullarni bilishlari kerak.
Agar o‘quvchilar “D Tomchilar bir xil qalinlikda bo‘lishi uchun” javob variantini belgi-
lashsa, javob to‘liq qabul qilinadi (1 ball). Javob yo‘q yoki boshqa javoblar belgilangan bo‘lsa,
javob qabul qilinmaydi (0 ball).
Mazkur topshiriq o‘quvchilaring ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash
kompetensiyasini baholashga qaratilgan.
H
ayvonlarda chechak kasalligini qo‘zg‘atadigan chechak virusining ko‘pgina
turlari uchraydi. Odatda, virusning har bir turi faqat bitta hayvon turidagina ka-
sallik keltirib chiqaradi.
Jurnalda yozilishicha, olim sichqon chechagi DNKsini
modifikatsiya qilish uchun gen muhandisligidan foydalangan. O‘zgartirilgan virus yuqqan
barcha sichqonlar o‘ladi.
Olimning aytishi-cha, odamlarning oziq-ovqat mahsulotlarini buzadigan zararkunan-
dalarga qarshi kurashish uchun viruslarni modifikatsiyalash ustida tadqiqot o‘tkazish zarur.
Tadqiqot tanqidchilarining aytishlaricha, viruslar laboratoriyadan
tashqariga chiqib keti-
shi va boshqa hayvonlarga yuqishi mumkin. Shuningdek, ular bitta tur uchun modifikat-
siya qilin gan chechak virusi boshqa turlarga, ayniqsa, odamlarga yuqishi mumkinligidan
xavotirlanishmoqda.
Odamlarga tabiiy chechak deb nomlangan chechak virusi yuqadi. Tabiiy chechak
uni yuqtirganlardan ko‘pchiligining o‘limiga sabab bo‘ladi. Ko‘pchilik
aholi bunday
kasallik yo‘q qilingan deb o‘ylashlariga qaramasdan, virus namunalari butun dunyo
laboratoriya larida saqlanmoqda.
2.16.
SICHQONLARNING CHECHAK KASALLIGI
– 81 –
1-savol
Tanqidchilar sichqonlarning chechak virusi sichqonlardan bosh-
qa turlarga yuqishi mumkinligidan xavotirda ekanliklarini bildirish-
di. Quyi dagi jumlalarning qaysi biri ularning xavotir olish sabablari
uchun
eng
yaxshi
izohdir?
A Tabiiy chechak virusi va sichqonlarning modifikatsiyalangan chechak virusi gen
lari bir-biriga o‘xshashdir
B Sichqonlarning chechak virusi DNKsidagi mutatsiya natijasida virus boshqa hay-
vonlarga yuqishi mumkin
C Sichqonlarning chechak virusi DNKsi mutatsiya natijasida tabiiy chechak virusi
DNKsiga o‘xshab qolishi mumkin
D Sichqonlarning chechak virusidagi genlar soni chechakning
boshqa viruslarini-
kidek bo‘ladi
Baholash mezoni
Mazkur topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar matnni diqqat bilan o‘qib tushunishlari
talab etiladi. Matndagi «Shuningdek, ular bitta tur uchun modifikatsiya qilingan chechak
virusi boshqa turlarga, ayniqsa, odamlarga yuqishi mumkinligidan xavotirlanmoqda» de-
gan jumlani e’tiborga olish kerak.
Agar o‘quvchilar “B. Sichqonlarning chechak virusi DNKsidagi mutatsiya natijasida
virus boshqa hayvonlarga yuqishi mumkin degan javobni belgilashsa, javob to‘liq
qabul qili-
nadi (1 ball). Javob yo‘q yoki boshqa javoblar bo‘lsa, qabul qilinmaydi (0 ball).
Do'stlaringiz bilan baham: