A. Y. Pentin Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonligini baholash Tabiiy yo‘nalishdagi fan



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/53
Sana20.07.2022
Hajmi10,95 Mb.
#828632
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53
Bog'liq
“Xalqaro-tadqiqotlarda-o‘quvchilarning-tabiiy-fanlar-bo‘yicha-savodxonligini-baholash”-nomli-metodik-qo‘llanma

Anesteziya uchun ishlatiladigan gazlar odam 
organizmining quyida keltirilgan organlar sistemasiga 
ta’sir ko‘rsatadimi?
Ha yoki Yo‘q?
Ovqat hazm qilish sistemasi
Ha / Yo‘q
Nerv sistemasi
Ha / Yo‘q
Nafas olish sistemasi
Ha / Yo‘q
2.14.
JARROHLIK AMALIYOTI


– 75 –
 
Baholash mezoni
Mazkur topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar matnni diqqat bilan o‘qib tushunishlari 
talab etiladi. Matnda anesteziya uchun ishlatiladigan gaz bemorga yuzdagi niqob yorda-
mida nafas olish yo‘llari orqali yuborilishi aytilgan. Bu gaz bemorning nafas yo‘llari orqali 
o‘pkaga, undan esa nerv sistemasiga boradi.
Agar o‘quvchilar quyidagi ketma-ketlikda uchta to‘g‘ri javobni belgilashsa, javob to‘liq qa-
bul qilinadi (1 ball): Yo‘q, Ha, Ha. Javob yo‘q yoki boshqa javoblar bo‘lsa, javob qabul qilin-
maydi (0 ball). 
Mazkur topshiriq o‘quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompeten-
siyasini baholashga qaratilgan.
2-savol
Operatsiyada ishlatiladigan jarrohlik asboblari nima sababdan ste-
rillanishini tushuntiring.
____________________________________________________________________
____________________________________________________________________
 
Baholash mezoni
Mazkur topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar biologiya fanidan kasallik qo‘zg‘atuvchi 
ko‘plab mikroblar havoda, atrofdagi buyumlarda bo‘lishi, mikroblar sterillanmagan 
jarrohlik asboblari orqali bir bemordan boshqasiga yuqishini bilishlari kerak. Jarrohlik 
asboblari sterillanganda ulardagi mikroorganizmlar o‘ladi. Shu tariqa mikroblarning bemor 
organizmiga tushishining oldi olinadi.
Agar o‘quvchilar o‘z javoblarida jarrohlik asboblarida bakteriyalar yoki mikroblar 
yo‘qligiga ishonch hosil qilish, bu esa kasalliklar tarqalishining oldini olishni qayd etishgan 
bo‘lsa, javob to‘liq qabul qilinadi (2 ball). To‘g‘ri javoblar quyidagicha bo‘lishi mumkin:

bakteriyalar bemor tanasiga tushib, uni zararlantirishining oldini olish uchun;

operatsiya qilinadigan bemor tanasiga bakteriyalar tushmasligi uchun.
Agar o‘quvchilar o‘z javoblarida jarrohlik asboblarida bakteriyalar yoki mikroblar 
yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun degan fikrni qayd etishsa-yu, ammo kasallik 
tarqalishining oldini olish haqida aytilmagan bo‘lsa, javob qisman qabul qilinadi (1 ball). 
Bunday javob quyidagicha bo‘lishi mumkin:

ulardagi barcha mikroblarni o‘ldirish uchun.
Agar javobda kasallik tarqalishining oldini olish uchun, degan fikr bo‘lsa-yu, ammo bu 
jarrohlik asboblarida bakteriyalar yo‘q qilinganligi sababli ekani qayd etilmagan bo‘lsa, javob 
qisman qabul qilinadi. Bunday javob quyidagicha bo‘lishi mumkin:

kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun.
Javob yo‘q yoki boshqa javoblar (masalan, jarrohlik asboblarini toza holda saqlash uchun) 
bo‘lsa, javob qabul qilinmaydi (0 ball).
Mazkur topshiriq o‘quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish 
kompetensiyasini baholashga qaratilgan.


– 76 –
3-savol
Bemorlar operatsiyadan keyin ovqat va suv 
iste’mol qila olmaganliklari sababli ularga tarkibida 
suv, glukoza va minerallar bo‘lgan tomchi qo‘yiladi. 
Ba’zi hollarda tomchiga antibiotiklar va tinchlanti-
ruvchi vositalar ham qo‘shiladi.
Nima sababdan tomchiga qo‘shiladigan glukoza operatsiyadan ke-
yin bemorlar uchun nihoyatda zarur sanaladi?
A Suvsizlanishning oldini olish uchun
B Operatsiyadan keyingi og‘riqni kamaytirish uchun
C Operatsiyadan keyingi infeksiyalarni davolash uchun
D Zarur bo‘lgan oziq moddalar bilan ta’minlash uchun
 
Baholash mezoni
Mazkur topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar biologiyadan tegishli bilimlarni yodga 
olishlari kerak: iste’mol qilingan oziq-ovqat tarkibidagi uglevodlar glukozagacha parcha-
lanib, qonga so‘riladi. Bu jarayon uchun ko‘p vaqt talab etiladi. Tomchi orqali yuborilgan 
glukoza parchalanib, undan energiya hosil bo‘lishiga esa nisbatan kamroq vaqt sarflanadi. 
Operatsiyadan keyin ovqat hazm qilish sistemasi o‘z funksiyasini to‘liqligicha davom ettiri-
shi uchun esa ko‘p vaqt talab etiladi.
Agar o‘quvchilar “D Zarur bo‘lgan oziq moddalar bilan ta’minlash uchun” javob varian-
tini belgilashsa, javob to‘liq qabul qilinadi (1 ball) . Javob yo‘q yoki boshqa javoblar bo‘lsa, 
javob qabul qilinmaydi (0 ball).
Mazkur topshiriq o‘quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish
 kompetensiyasini baholashga qaratilgan.
4-savol
Organlarni ko‘chirib o‘tkazish jarrohlik amaliyoti yordamida amal-
ga oshiriladi va bu holat keng tarqalmoqda. Quyidagi diagrammada 
2003-yil davomida shifoxonalardan birida ko‘chirib o‘tkazilgan or-
ganlar soni ko‘rsatilgan. 
Yuqoridagi diagrammaga asos lanib
, quyidagi xulosalarga kelish 
mumkinmi?
Ko‘chirib o‘tkazilgan organlar
K
o`ch
irib o`t
ka
zil
ga
n o
rg
an
la
r so
ni
Buyraklar
Jigar Yurak O‘pkalar
70 

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish