A. Y. Pentin Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonligini baholash Tabiiy yo‘nalishdagi fan



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/53
Sana20.07.2022
Hajmi10,95 Mb.
#828632
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53
Bog'liq
“Xalqaro-tadqiqotlarda-o‘quvchilarning-tabiiy-fanlar-bo‘yicha-savodxonligini-baholash”-nomli-metodik-qo‘llanma

– 77 –
Har bir xulosa uchun “Ha” yoki “Yo‘q”ni aylanaga oling.
Diagrammada keltirilgan ma’lumotlar asosida quyidagi 
xulosalarga kelish mumkinmi?
Ha yoki 
Yo‘q
Agar o‘pkalar ko‘chirib o‘tkazilgan bo‘lsa, u holda yurakni ham 
ko‘chirib o‘tkazish zarur
Ha / Yo‘q
Buyraklar odam tanasidagi eng muhim a’zolardir
Ha / Yo‘q
Organlar ko‘chirib o‘tkazilgan aksariyat bemorlarning buyraklari 
kasallangan
Ha / Yo‘q
 
Baholash mezoni
Mazkur topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar diagrammada keltirilgan ma’lumotlarni 
talqin etishlari va xulosa chiqarishlari kerak: buyraklar eng ko‘p ko‘chirib o‘tkazilgan a’zo-
lardir, demak, ko‘pchilik odamlarning buyraklari kasallangan.
Agar o‘quvchilar quyidagi ketma-ketlikda uchta to‘g‘ri javobni belgilashsa, javob to‘liq 
qabul qilinadi (1 ball): Yo‘q, Yo‘q, Ha. Javob yo‘q yoki boshqa javoblar belgilangan bo‘lsa, 
javob qabul qilinmaydi (0 ball). 
Mazkur topshiriq o‘quvchilarning ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish
kompetensiyasini baholashga qaratilgan.
5-savol
Quyidagi ma’lumotlarga qanchalik darajada qiziqasiz?
Har bir qatordagi faqat bitta katakchani belgilang.
Juda 
qiziq
Qiziq
Unchalik 
qiziq emas
Qiziq 
emas
a) Jarrohlik asboblari qanday steril-
lanishini bilish
1
2
3
4
b) Anesteziya uchun ishlatiladigan 
turli xil preparatlar haqida bilish
1
2
3
4
c)
Jarrohlik amaliyoti vaqtida be-
morning onglilik darajasi qanday 
nazorat qilinishini bilish
1
2
3
4
Mazkur topshiriq 
o‘quvchilarning tabiiy 
fanlarga bo‘lgan mu-
nosabati, ya’ni fan ga 
qiziqishini aniq lashga 
qaratilgan.


– 78 –
M
alika va Davron qaysi vositalar terini Quyoshdan eng samarali 
himoya qilishini aniqlashga qiziqib qolishdi. Quyoshdan himoya 
qiluvchi vositalar SPF omil ko‘rsatkichi bilan tavsiflanadi, bu 
quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlarni qay darajada yutishni anglatadi. SPF 
(Sun Protection Factor – Quyoshdan himoya qiluvchi omil) ko‘rsatkichi yuqori 
bo‘lgan vositalar bunday ko‘rsatkichi pastroq bo‘lgan vositalarga qaraganda terini 
uzoqroq vaqt mobaynida himoya qiladi.
Malika Quyoshdan himoya qiluvchi turli vositalarni taqqoslash usullarini qidirishga 
tushdi. Buning uchun u Davron bilan quyidagilardan foydalanishga qaror qilishdi:

Quyosh nurini yutmaydigan ikkita shaffof plastina;
► 
yorug‘likka sezgir bo‘lgan bir varaq qog‘oz;
► 
mineral moyi (M) va tarkibida rux oksidi (ZnO) bo‘lgan krem;
► 
shartli ravishda C
1
, C
2
, C
3
va C
4
deb belgilangan Quyoshdan himoya qiluvchi
to‘rt xil vositalar.
Malika va Davron tajriba uchun Quyosh nurini deyarli to‘liq o‘tkazadigan mineral moyi 
(M) va Quyosh nurini deyarli o‘tkazmaydigan rux oksidi (ZnO)ni olishdi.
Davron plastikdan yasalgan plastinalarning biridagi doirachalar ichiga har bir vositadan 
bir tomchidan tomizdi. So‘ngra ikkinchi plastinani birinchisining ustiga joylashtirib, 
ularning ustiga katta kitobni bostirib qo‘ydi.
Shundan so‘ng Malika plastikdan yasalgan plastinalarni yorug‘likka sezgir qog‘oz ustiga 
joylashtirdi. Bunday qog‘oz Quyosh nurlari ostida qancha vaqt ushlab turilishiga bog‘liq 
holda o‘z rangini to‘q kulrangdan oq rang (yoki och kulrang)ga o‘zgartiradi. Barcha tayyor-
garlik ishlaridan keyin Davron plastinalarni quyoshga qo‘ydi.
2.15.
QUYOSHDAN HIMOYA
VOSITALARI
plastikdan 
tayyorlangan 
plastinalar
yorug‘likka 
sezgir qog‘oz


– 79 –
1-savol
Quyida keltirilganlardan qaysi biri Quyoshdan himoya qiluvchi 
vositalarning samaradorligini taqqoslash bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba-
da mineral moyi va rux oksidi (ZnO)ning ahamiyatini ilmiy jihatdan 
tavsiflaydi?
A Mineral moyi va rux oksidi tadqiqot obyekti hisoblanadi
B Mineral moyi tadqiqot obyekti bo‘lib, rux oksidi esa taqqoslash uchun kerakli modda
sanaladi
C Mineral moyi taqqoslash uchun zarur modda, rux oksidi esa tadqiqot obyekti hisobla-
nadi
D Mineral moyi hamda rux oksidi taqqoslash uchun kerakli moddalar hisoblanadi
 
Baholash mezoni
O‘quvchilar mazkur topshiriqni bajarishlari uchun matnni diqqat bilan o‘qib, tushu-
nishlari talab etiladi. Shuningdek, ular ilmiy tadqiqotning asosiy tushunchalari, jumladan, 
tadqiqot obyekti, predmeti, tadqiqotda qo‘llaniladigan vositalrni bilishlari, tushunishlari 
zarur.
Agar o‘quvchilar “D Mineral moyi hamda rux oksidi taqqoslash uchun kerakli modda-
lar hisoblanadi” degan javobni belgilashsa, javob to‘liq qabul qilinadi (1 ball). Javob yo‘q 
yoki boshqa javoblar bo‘lsa, javob qabul qilinmaydi (0 ball). Savolga javob berish uchun 
metodologik bilimlar talab etiladi.

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish