3 mavzu. Qadimgi Rimda xalqaro munosabatlar
va diplomatiya.
Eng qadimgi davrlardan boshlab Rimda mehmondorchilik huquqi mavjud
bo‘lib, u Yunonistondagi prokseniyani eslatardi. Qabilalar va qabilaviy ittifoqlar
o‘rtasida yuzaga keladigan janjallar va anglashilmovchiliklarni tartibga solgan
kohinlarning fetsiallar kollegiyasi bor edi. Birorta tashqi siyosiy tashabbusni
fetsiallarning ijozatisiz na boshlab bo‘lardi, na yakunlab. Xalqaro kelishuvlarni
saqlash, urush e’lon qilishning va sulh tuzishning rasmiy marosimini o‘tkazish
fetsiallar vakolatlarining doirasiga kirardi.
Boshqa qabilaga mansub kishilar bilan bo‘lgan munosabatlarda Rim jamoasi
va alohida fuqarolarning manfaatlarini rekuperatorlar deb nomlangan martabali
shaxslar himoya qilgan. Ular, rimliklar va qo‘shni shaharlar va qabilalar vakillari
o‘rtasida paydo bo‘ladigan o‘zaro moddiy da’volar negizidagi janjallarni va
tortishuvlarni ko‘rib chiqadigan, soni 3 dan 5 gacha bo‘lgan saylanma hakamlar edi.
Keyinchalik, mil. avv. II – I asrlarda, rekuperatorlar sudi Rim viloyatlari aholisining
noiblar ustidan qilgan arzlari va shikoyatlarini ham ko‘rib chiqqan.
Xalqaro aloqalarning rivojlanishi munosabati bilan Rimda xalqaro huquqning
kurtaklari ham paydo bo‘lmoqda edi. Buni fetsiallar huquqida ko‘rish mumkin.
Iqtisodiy xayotning murakkablashishi va qo‘shnilar bilan tinchlik munosabatlarining
rivojlanishi sari faqat Rim fuqarolarga taaluqli bo‘lgan qadimgi “fuqarolar huquqi”
bilan bir qatorda “xalqlar huquqi” ham vujudga keldiki, u rimliklar va chet elliklar
o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soldi.
Antik davriga oid diplomatik muassasalarning tashkil etilishi va ichki tuzilishi
Rimda mavjud bo‘lgan siyosiy tuzumning xususiyatlarini aks ettirgan klassik
davridagi Rimda xalq yig‘ini faqat urush e’lon qilish va sulh tuzish masalalarini hal
qilardi, tashqi siyosatga esa Senat siyosiy rahbarlik qilardi.
27
Rim tarixining eng qadimgi (podsholik) davrida elchilik yuborish huquqi
podshoga tegishli bo‘lib, elchilar esa fetsiallardan iborat edi. Respublika davrida
ushbu huquq Senat qo‘liga o‘tdi. Elchilar legatlar va oratorlar deb nomlandi. Elchi
shaxsi odat va qonun bilan himoya qilingandi.
Elchiliklar turli maqsadlarga ega bo‘lishi mumkin edi: urush e’lon qilish va
sulh tuzish, shartnomalarni imzolash, bo‘ysundirilgan viloyatlarning boshqaruvini
yo‘lga qo‘yish, ihtiloflar va diniy kelishmovchiliklarni hal qilishda hakamlik qilish.
Senat nafaqat elchiliklarni yuborish, balki ularni qabul qilish huquqiga ega edi.
Rimga etib keladigan elchiliklar ikki toifaga bo‘linardi:
1)
G‘anim davlatlarning elchiliklari;
2)
Do‘stona davlatlarning elchiliklari;
Ichki diplomatiya so‘nggi antik davriga oid xalqaro munosabatlar tizimining
o‘ziga xos xususiyati sifatida namoyon bo‘lgan. Ichki diplomatiya rivojlanishining
eng yuqori cho‘qqisiga Rim imperiyasi davrida chiqqan. Rim imperiyasida markaz va
alohida qismlar o‘rtasidagi munosabatlarning mujmalligi sharoitida na faqat tashqi va
balki ichki siyosat o‘rtasidagi, na ichki va tashqi diplomatiya o‘rtasidagi aniq
chegarani belgilashning iloji yo‘qdir.
Rimda mavjud bo‘lgan davlat huquqi nuqtai nazardan, har bir shahar va hatto
mamlakatning maydaroq qismi mustaqil siyosiy sub’ekt, ya’ni davlat ichidagi davlat
sifatida ko‘rilardi. Ushbu mustaqillikning ko‘rinishlaridan biri elchilik huquqida o‘z
ifodasini topgandi. Yuqorida tilga olingan har bir shahar yoki ma’muriy qism
markazga elchilik yuborishi, qo‘shnilari bilan shartnoma tuzishi mumkin edi va
hokazo, bir so‘z bilan aytganda, huquqiy jihatdan mustaqil birlik yoki tomon sifatida
harakat qilardi. Natijada, ma’lum nuqtai nazardan yagona hisoblangan xalqlar huquqi
rivoj topdi.
Imperiya davrida davlat boshqaruvi butunlay imperator qo‘liga o‘tdi.
Respublika davrida davlatning boshqaruv muassasasi hisoblangan Senat mavjud
bo‘lib qolaverdi, lekin imperator qoshidagi kengashga aylanib qoldi.
Tashqi siyosat va diplomatiya masalalarini boshqarib borish ham shunga
muvofiq tarzda o‘zgardi. Imperatorlik davrida tashqi siyosiy masalalar imperatorning
(prinsepsning) qaramog‘ida edi. Diplomatiya imperator xizmatchilarining vazifasiga
aylanib qoldi. Imperiya davrida elchilar saylanmasdi, balki, barcha amaldorlar kabi,
prinseps tomonidan tayinlanardi. Klavdiy davridan boshlab, (milodiy I asr o‘rtalari)
elchilik ishlari bilan, imperator kotibi boshchiligidagi, imperatorning shaxsiy
devonxonasi shug‘ullanardi. Shu bilan bir qatorda, ushbu devonxona imperiyaning
oliy ma’muriy idorasi edi.
Ilk respublika davrida Rimning tashqi siyosati Latsiyada o‘z ta’sirini o‘rnatish
maqsadida olib borilgan to‘xtovsiz urushlar bilan tavsiflanadi. Etrusklar, gallar,
Italiya qabilalari qarshi urushlar O‘rta Italiya hududlarida Rim ta’sirining yoyilishiga
olib keldi.
Rim, O‘rta Italiyani zabt etib, Janubiy Italiyadagi yunon polislari bilan
urushlarni boshladi va ularda muvaffaqiyatga erishdi.
28
Natijada Rim boshchiligida Rim - Italiya konfederatsiyasi barpo etildi. Rim
butun Italiyani “divide et impera” - “bo‘lib tashla va hukmronlik qil” shiori ostida
boshqargan.
Shunday qilib, mil. avv. III asrda Rim o‘sha davrning yirik davlatlaridan biriga
aylandi va G‘arbiy O‘rta er dengizi mintaqasida hukmronlik qilish uchun kurashni
boshladi. Ushbu yo‘nalishda Rim mil. avv. IX asrda Finikiya koloniyasi negizida
asos solingan Karfagen Shimoliy Afrika oligarxik respublikasi bilan to‘qnashdi.
Shuni ta’kidlash lozimki, O‘rta er dengizi mintaqasidagi xalqaro munosabatlarni Rim
tarixidan ajralmas holda ko‘rib chiqish mumkin. Demak, 100 yilda ortiq davom etgan
Puni urushlari boshlandi. Birinchi Puni urushi (mil. avv. 264 - 241 yy.) natijasida
Rim dastlabki dengiz orti egaliklarini - Sitsiliya, Sardiniya, Korsikani qo‘lga kiritdi,
va ular Rim viloyatlariga aylantirildilar.
Ikkinchi Puni urushi (mil. avv. 218 - 201 yy.) davrida karfagenlik mashhur
sarkarda Gannibal Italiyaga bostirib kirdi va ushbu hududlarni 15 yil davomida
qiyratib, qator g‘alabalarga erishdi (Kann yonidagi jang - mil. avv. 216 y.). Urush
yillarida Rim diplomatiyasi o‘zini yuqori darajada namoyon qildiki, Karfagen
ittifoqchisi - Makedoniyaning harakatlari ma’lum davrga betaraf qilindi, Etoliya
ittifoqi bilan esa ittifoq tuzildi.
Rim, fojiali mag‘lubiyatlarga qaramasdan ham harbiy, ham diplomatik
usullardan foydalanib, ushbu urushda g‘olib chiqdi. Publiy Korneliy Stsipion
qo‘mondonligida rimliklarning g‘alabasi (Zam yonidagi jang - mil. avv. 202 y.)
oqibatida karfagenliklar mag‘lub etildi. Ispaniya Rim qo‘liga o‘tdi, Karfagen esa
harbiy - siyosiy qudratidan mahrum bo‘ldi. Rim yirik mamlakatdan G‘arbiy O‘rta er
dengizidagi eng yirik buyuk davlatga aylandi.
G‘arbiy O‘rta er dengizi mintaqasining Rim hokimiyati ostida birlashtirilishi
Yunonistonning Sitsiliya bilan, hamda Misr va Suriyaning Shimoliy Afrika va Italiya
bilan mil. avv. III asrda mustahkamlangan an’anaviy savdo aloqalariga sezilarli
o‘zgarishlar kiritdi. Savdo yo‘llari va iqtisodiy markazlarning boshqa joylarga
ko‘chishi jarayoni boshlandi. Ikkinchi Puni urushidan so‘ng Rim ekspansiyasining
yangi davri boshlandi: rimliklar Sharqdagi ellin mamlakatlariga kirib borishdi.
Murakkab xalqaro vaziyat va ellin davlatlaridagi ichki inqiroz bu jarayonini
engillashtirdi.
Rim tomonidan Sharqda olib borilgan hujumkor siyosatning sabablari va
maqsadlari Rim jamiyatining rivojlanishidan kelib chiqardi. G‘arbdagi muvaffaqiyatli
urushlar natijasida qulchilikning tez sur’atlarda o‘sishi ko‘zga tashlanadi. Ushbu
urushlar qullar va moddiy boyliklarning katta oqimini yuzaga keltirdi. Bu jarayon
iqtisodiyotda chuqur o‘zgarishlarga olib keldi; tovar xo‘jaligi rivojlandi. Shuning
uchun ham Rimning tajovuzkorligi kuchaydi.
Miloddan avvalgi III asrning oxirgi yillari Makedoniyaning siyosiy va iqtisodiy
jihatdan o‘ta kuchayishi davri hisoblanadi.
Misrning ichki qiyinchiliklaridan foydalanib, Makedoniya podshosi Filipp V
va Salavkiylar podshosi Antiox III ittifoq tuzishdi va Misrdan tashqarida joylashgan,
lekin ushbu davlatga tegishli bo‘lgan erlarni bo‘lib olishdi. Ptolemeylarning
Gellespont sohili Kichik Osiyo va Egey dengizi sohilidagi polislari Makedoniyaga
29
o‘tdi. Filippning istilolari va Makedoniyani Egey dengizidagi eng qudratli davlatga
aylanishi tahdidi Pergam, Rodos, Vizantiy, Afina va boshqa yunon shaharlarining
Filipp V ga qarshi chiqishiga sabab bo‘ldi. Shunday qilib, Egey dengizi havzasida
Makedoniyaga qarshi harbiy ittifoq shakllandi. Ittifoqchilar yordam so‘rab Rimga
murojaat qilishdi. Rimliklar Makedoniyaning kuchayishidan manfaatdor emasdi.
Birinchi Makedoniya urushi (mil. avv. 215 - 205\4 yy.) Bolqon yarimorolidagi
ziddiyatlarni keskinlashtirdi va Rimning Sharqqa ekspansiyasi davrini boshlab berdi.
Ikkinchi Makedoniya urushi (mil. avv. 200 - 197 yy.) Filipp V ning mag‘lubiyati va
Makedoniyaning Yunonistonda va Kichik Osiyoda ta’sirini yo‘qotishi bilan
yakunlandi.
Uchinchi Makedoniya urushi (mil. avv. 171 - 168 yy.) natijasida esa
Makedoniya va butun Bolqon yarimoroli Rimga bo‘ysundirildi (mil. avv. 168 y.)
Miloddan avvalgi III asrning oxiri - II asrning boshida Salavkiylar monarxiyasi
ellin dunyosining eng qudratli davlati edi va Sharqiy O‘rta er dengizida o‘z
gegemoniyasini o‘rnatishga da’vogarlik qilardi. Bu, albatta, huddi shunday
da’volarga ega bo‘lgan Rimga to‘g‘ri kelmasdi va mil. avv. 192 yilda ikki davlat
o‘rtasida harbiy harakatlar boshlandi (Suriya urushi - mil. avv. 192 - 188 yy.) Kichik
Osiyoda Magneziya yonidagi hal qiluvchi jangdan (mil. avv. 190 y.) so‘ng ushbu
mintaqada Rim ta’sirining o‘rnatilishiga asos solindi. Rim Makedoniya va
Salavkiylarga qarshi kurashish uchun Rodos va Pergam bilan bo‘lgan ittifoqdan
foydalandi. Ushbu ittifoq chorak asrdan ko‘proq davr davomida mavjud bo‘ldi.
Axeyya ittifoqi ham Rimning ittifoqchisi edi.
Sharqdagi tashqi siyosat Rim jamiyatning o‘zida keskin siyosiy kurashlarni
keltirib chiqardi. Miloddan avvalgi III asr oxiridan boshlab ikki siyosiy oqim
muayyan bo‘ldi-ki, ularning vakillari, Rim zodagonlari orasidagi har xil
qatlamlarning iqtisodiy manfaatlarini aks ettirib, davlatning tashqi siyosiy vazifalarini
va ichki siyosatini turlicha tushunardilar. Shunday guruhlarning biriga ikkinchi Puni
urushida Karfagenni mag‘lub etgan Pubiy Korneliy Stsipion Afrikanskiy boshchilik
qilardi. Uning guruhi tashqi siyosat bobida Rim tomonidan bosib olingan erlardan bir
qator qaram davlatlarni barpo etishni bu joylarda viloyat boshqaruvini joriy etmasdan
ularga sezilarli darajada mustaqillikni qoldirishni yoqlab chiqardi. Ikkinchi Puni
urushidan so‘ng Karfagen bilan, ikkinchi Makedoniya urushidan so‘ng Filipp bilan va
Antiox III bilan tuzilgan tinchlik shartonmalarni bir - biriga o‘xshab ketadi va tashqi
siyosatdagi ushbu yo‘nalishni aks ettiradi.
Stsipionga qarshi chiquvchilarga Mark Porsiy Katon rahbarlik qilgan. U,
birinchi galda Rimda o‘sib borayotgan quldorchilik xo‘jaligi va rivojlanayotgan tovar
ishlab chiqarishining manfaatlarini ilgari surardi, bu esa ko‘plab qullarni va yangi
tashqi bozorlarni talab qilardi. Katon zabt etilgan hududlarni provinsiyalarga
(viloyatlarga) aylantirish tarafdori bo‘lgandi; maqsad - mahalliy aholi va tabiiy
boyliklardan keng foydalanish edi. Bora - bora Katon guruhi ustun keldi.
Yagona Makedoniya davlatining yo‘q qilinishi (mil. avv. 168 y.) va qudratli
Salavkiylar davlatining zaiflashishi natijasida Sharqiy O‘rta er dengizida yangi
xalqaro vaziyat yuzaga keldi va Rimning Sharqdagi tashqi siyosati o‘zgardi.
30
Rodos - Pergam ittifoqining saqlanib qolishi va yanada kuchayishi endilikda
Rim manfaatlariga to‘g‘ri kelmasdi. Aksincha, Rim ularning zaiflashishidan
manfaatdor edi. Rim, o‘z paytida Pergam protektorati ostiga berib yuborilgan,
Galatiyaning mustaqilligini e’lon qildi, Paflagoniyani ozod deb tan oldi, Pergamning
doimiy dushmani Vifiniya va savdo raqibi sanalmish Pontdagi Gerakleya bilan ittifoq
tuzdi. Bora - bora Pergam Rimga qaram bo‘lgan ittifoqchiga, so‘ngra esa -
provinsiyaga (viloyatga ) aylandi (mil. avv. 133 y.).
Rimning Rodosga nisbatan siyosati yanada keskinroq edi. Uchinchi
Makedoniya urushi davrida Rodos katta zarar ko‘rdi. Shu sababdan Rodos hatto
Rimga qarshi urush olib borishga tayyor ediki, agar Makedoniya bilan urush
to‘xtatilmasa Rim. Rim, tabiyki, ushbu davlatning itoatsizligini kechira olmasdi.
Natijada Rodos Rimdan afv so‘rashga majbur bo‘ldi; undan Kichik Osiyodagi
egaliklari tortib olindi. Rodosga, odatda Rimga to‘g‘ridan - to‘g‘ri qaramligini
niqoblash uchun xizmat qilgan, “Rim xalqining do‘stlari va ittifoqchilari” deb
nomlangan unvon in’om qilindi. Delos oroli “erkin” port maqomini oldi. Savdo endi
ushbu port orqali olib borildi. Harakatlar Rodos iqtisodiyotiga yomon ta’sir ko‘rsatdi.
Ushbu mintaqada Rimga qarshi chiqishga qodir kuchlar qolmagandi. Biroq,
Rimning o‘zi ham jon talvasasida bo‘lgan ellin davlatlari – zaiflashgan Salavkiylar
davlati va Ptolemeylar podsholigini (Misrni) zabt eta olmadi. Rim ularga nisbatan
ichki ziddiyatlarni alanga oldirish, sulolaviy kurashga aralashish, davlatlarni bir -
biriga qarshi qo‘yish siyosatini ustalik bilan olib bordi. Rim o‘zining Sharqiy O‘rta er
dengizi mintaqasida asosiy raqibi - Salavkiylar davlatini izchillik bilan
kuchsizlantirardi. Buning uchun rimliklar ushbu davlatning ichkarisida ro‘y
beradigan qo‘zg‘olonlarni qo‘llab – quvvatlardilar-(Yaxudiyadagi qo‘zg‘olon),
sulolaviy nizolardan foydalanardilar, mamlakatning tashqi va ichki siyosatiga qo‘pol
ravishda aralashardilar.
Bunga Suriya - Misr urushi misol sifatida xizmat qilishi mumkin. Miloddan
avvalgi 168 yilda Suriya urushni muvaffaqiyatli olib bordi va Aleksandriyaga yaqin
keldi. Misrliklar yordam so‘rab Rimga murojaat qildilar. Suriya podshosi Antiox IV
xuzuriga etib kelgan Rim elchisi unga ma’lum muddat ichida bosib olganlarning
barchasini qaytarib berish va Misrni bo‘shatish talabidan iborat Senatning buyrug‘ini
topshirdi. Ushbu talab bajarildi.
Rim Yunonistonga nisbatan siyosatini ham o‘zgartirdi. Yunoniston rasman
erkin bo‘lib qolaverdiyu, lekin amalda esa mustaqilligining oxirgi qoldiqlaridan
mahrum bo‘ldi. Eng og‘ir qismatni Etoliya ittifoqi boshidan kechirdi: uning hududlari
Etoliyaning azaliy viloyatlari bilan cheklandi, Makedoniya tarafdorlarining bir qismi
siyosiy raqiblari tomonidan jazolandi, yana bir qismi esa Rimga jo‘natildi. Umuman
olganda, barcha yunon davlatlarida rimliklar nuqtai nazaridan shubhali hisoblangan
shaxslar garovga olinganlar deb e’lon qilinardi va Italiyaga jo‘natib yuborilardi.
Salavkiylar va Makedoniyaga qarshi kurashishda Rimga sodiq ittifoqchi
bo‘lgan Misrga nisbatan siyosat o‘zgacha edi. Ammo Misrning kuchayishi Rim
manfaatlariga to‘g‘ri kelmasdi. Sulolaviy kurashga aralashib kelgan Rim elchilari
birorta da’vogarning kuchayishiga yo‘l qo‘ymasdilar. Miloddan avvalgi II asrning
31
o‘rtalaridan Misr Rimning tazyiqini ko‘proq seza boshladi va asta - sekin qaram
davlatga aylana bordi.
Rim tajovuzining yangi bosqichi mil. avv. 149 - 146 yillarga to‘g‘ri keladi.
Perseyning Makedoniyadagi qo‘zg‘oloni bostirilganidan so‘ng ushbu mamlakat
viloyatiga aylantirildi (mil. avv. 148 y.). Endi rimliklar qaram davlatlar tizimidan voz
kechib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri hududlarni bosib olishga o‘tishdi. Rim, Axeyya ittifoqi va
Sparta o‘rtasidagi nizoga aralashib, bir qator muvaffaqiyatli janglardan so‘ng mil.
avv. 146 yilda barcha yunon ittifoqlarini tarqatib yubordi. Korinf shahri, Senatning
buyrug‘iga binoan, butunlay vayron qilindi va la’natlandi.
Uchinchi Puni urushi (mil. avv. 149 - 146 yy.) geosiyosiy va iqtisodiy raqobat
sababli emas, balki faqat siyosiy va harbiy o‘ch olishga qaratilgan intilishning
mavjudligi tufayli ro‘y berdi. Faktik jihatdan ushbu urush Karfagenni qamal qilish
bilan ifodalandi. Shahar Pubiy Korneliy Stsipion Emilian tomonidan shturm bilan
ishg‘ol qilindi, hamda Senatning qaroriga ko‘ra vayron etildi va kuydirildi.
Shunday qilib, mil. avv. II asrning o‘rtalarida rimliklar O‘rta er dengizini
batamom o‘z nazoratiga oldilar va jahon miqyosidagi buyuk davlati uchun zamin
yaratdilar. Mustaqilligini saqlab qolgan davlatlar va xalqlar yoki yaqin yillar ichida
zabt etildilar, yoki keyingi siyosiy hayotda sezilarli rol o‘ynamadilar (Misr, Suriya,
Numidiya).
Manfaatlari rimliklarning raqiblariga zid kelgan davlatlar bilan harbiy - siyosiy
ittifoqlar tuzish o‘sha davrdagi Rim diplomatiyasi uchun xos bo‘lgan xususiyatdir.
Rim o‘z maqsadiga erishganidan so‘ng, Rim ittifoqlardan voz kechardi va hattoki
sobiq ittifoqchilarga urush e’lon qilardi. Yugurtaga qarshi urush (mil. avv. 111 - 105
yy.) davomida Numidiya podsholigi yo‘q qilindi, chunki yirik davlatning Shimoliy
Afrikada mavjud bo‘lishi Rim manfaatlariga to‘g‘ri kelmasdi.
Miloddan avvalgi II asrda ellin dunyosining xalqaro jarayonlarida ilgari ishtrok
etmagan Parfiya, Armaniston, Pont podsholigining kuchayishi boshlandi.
Miloddan avvalgi II asrning oxiriga kelib Qora dengizning butun janubi -
sharqiy sohilini egallangan Pont podsholigi ayniqsa rivoj topdi.
Ajoyib sarkarda Mitridat VI Evpator mil. avv. 120 yilda Pont podshosi bo‘ldi.
Mitridat, Kichik Armaniston, Kolxida, Xersones va yana bir qator erlarni bosib olib,
Pont podsholigini Sharqiy O‘rta er dengizi mintaqasidagi eng yirik davlatlardan
biriga aylantirdi.
U Rimga nisbatan ehtiyotkorona siyosat olib bordi, ammo tez orada Kichik
Osiyoda o‘z ta’sirini o‘rnatishga qaratilgan jidddiy qadamlar qo‘ydi. Rim qo‘zg‘atib
chiqargan urushda Vifiniya podshosi va rimliklarning viloyatdagi armiyasini mag‘lub
etgan Mitridat “Osiyo” deb nom olgan Rim viloyatiga bostirib kirdi.
Miloddan avvalgi II asrning oxirida Makedoniya va Yunonistonda rimliklarga
qarshi harakat boshlandi. Deyarli butun Yunoniston Rimdan ajrab chiqdi.
Bu voqealar Rim va Pont podshosi o‘rtasidagi birinchi urushga (mil. avv. 88 -
85 yy.) olib keldi. Rimliklar ushbu urushda g‘alaba qozonishdi. Miloddan avvalgi 85
yilda Dardan shahrida sulh tuzildi. Unga ko‘ra, Mitridat VI Gaylisa daryosidan
g‘arbda ishg‘ol etgan erlardan voz kechishga, 3000 talant miqdorida harbiy
kontributsiya to‘lashga va flotning bir qismini rimliklarga topshirishga majbur bo‘ldi.
32
10 yil o‘tgach, 70 - yillarda Rimning ichki qiyinchiliklaridan foydalanib,
Mitridat Rimga qarshi yangi urushni diplomatik va harbiy jihatdan tayyorlay
boshladi. U Misr va O‘rta er dengizi qaroqchilari, hamda Armaniston bilan ittifoq
tuzdi.
Eng katta xavotirni Armaniston - Pont ittifoqi keltirib chiqarardi. Deyarli butun
Suriya, sharqiy Kilikiya, Finikiya va Yaxudiyaning katta qismi Tixron II Buyukning
hokimiyati ostiga o‘tdi, Salavkiylar poytaxti Antioxiya arman podshosining qarorgohi
bo‘lib qoldi. Shunday qilib, mil. avv. I asr 70 - yillarning o‘rtalarida Old Sharq
hududlarining kattaroq qismi Pont va Armaniston o‘rtasida bo‘lib olingandi.
Pont podshosi Rimga vasiyat qilingan Vifiniyani bosib oldi. Bu esa
Mitridatning Rimga qarshi Uchinchi urushini boshlab berdi (mil. avv. 74-64 yy.).
“Osiyo” viloyatidagi yunon shaharlari Rimdan ajrab chiqishdi. Dastlab harbiy
harakatlar Armanistonga qarshi urush olib borgan Rim uchun muvaffaqiyatli kechdi.
Lekin keyinchalik vaziyat Mitridat va Tixron II foydasiga o‘zgardi. Rim
qo‘shinlariga Pompey qo‘mondonlik qila boshlagidan so‘ng harbiy omad Rim
tomoniga o‘tdi. Pompey Armanistonga tahlikali bo‘lgan shartnomani Parfiya bilan
tuzishga erishdi. Ushbu shartnoma Armanistonning harakatlarini zararsizlantirdi.
Mitridat o‘z mag‘lubiyatini tan oldi va ilgarigi chegaralariga qaytdi; ushbu davlat
Rimning qudratli raqibidan katta bo‘lmagan va amalda Rimga qaram bo‘lgan
mamlakatga aylandi.
Pompeyga qarshilik ko‘rsatishga qodir bo‘lmagan Mitridat xalok bo‘ldi.
Pompey bosib olingan erlarda “Vifiniya va Pont” viloyatini barpo etdi, so‘ngra
janubga Suriyaga qarshi harakatlandi va uni zabt etib, viloyatga aylantirdi.
Yaxudiyada ro‘y bergan taxt uchun kurashga aralashib ushbu mamlakatni Rimga
qaram qilib qo‘ydi.
Natijada Old Sharq xaritasida o‘zgarishlar ro‘y berdi. Rim deyarli butun Kichik
Osiyoni o‘ziga bo‘ysundirdi. Armaniston va Parfiya Rimning sharqdagi qo‘shnilari
bo‘lib qolishdi. Shunday qilib, Rim Sharqiy O‘rta er dengizi havzasining hukmdoriga
aylandi.
Rim Miloddan avvalgi I asrda Parfiya bilan urushlar olib bordi. Rimliklar Pont
podshosi Mitridat VI Evpator bilan kurash olib borayotgan paytda parfiyaliklar
Rimga birinchi bor duch kelishdi. Miloddan avvalgi 92 yilda tuzilgan bitimga ko‘ra
Rim va Parfiya podsholigi o‘rtasidagi chegara sifatida Frot daryosi tan olingandi.
Miloddan avvalgi 53 yilda Mark Litsiniy Krass qo‘mondonligidagi Rim qo‘shnilari
Parfiya podsholigi tarkibidagi Mesopotamiyaga bostirib kirishdi, ammo Karra shahri
yonidagi jangda (mil. avv. 53 y.) qaqshatqich mag‘lubiyatga uchrashdi. Miloddan
avvalgi 40 yilga kelib parfiyaliklar deyarli butun Kichik Osiyoni, Suriyani va
Falastinni bosib olishdi. Bu esa Rimning Sharqdagi hukmronligiga tahdid solardi.
Miloddan aavalgi 37 yilda rimliklar ushbu viloyatlar ustidan o‘z nazoratini tikladilar.
Rimliklarning Frot daryosi ortiga harkatlanishi Antoniyning mil. avv. 36
yildagi mag‘lubiyatidan so‘ng to‘xtatildi.
Miloddan avvalgi 58 - 50 yillarda Transalp Galliyasi zabt etildi. ( YUliy Sezar
yurishlari ).
33
Milodiy I asrda Rim imperiyasi Kappadokiyani (17 y.), Mavrinatiyani (40 - 46
yy.), Britaniyani (43 y.), Frakiyani (46 y.) bosib oldi.
II asrda Dakiya (106 y.), Arabiston (106 y.), Armaniston (114 y.),
Mesopotamiya (115 y.), Ossuriya (115 y.) zabt etildi. Oxirgi uch viloyatdan rimliklar
tez orada chiqib ketishdi. Shunday qilib, II asrda imperiya hududiy jihatdan eng katta
kengayishiga erishdi.
Ilk imperiya davrida Rimning tashqi siyosatini Parfiya podsholigi, hamda
shimoliy va shimoliy - Sharqiy chegaralar (Reyn va Dunay daryolari) bo‘ylab
joylashgan qabilalar bilan bo‘lgan munosabatlar belgilab berardi. Parfiyaga qarshi 54
- 66, 114 - 117, 163 - 165 yillardagi urushlarda goh rimliklarning, goh
parfiyaliklarning qo‘li baland kelardi.
Qabilaviy ittifoqlarning asta - sekin kuchayishi sababli imperator Adrian
davrida rimliklar tajovuzdan mudofaaga - ya’ni siyosiy - strategik mudofaaga
o‘tishga majbur bo‘lishdi.
Rim Mesopotomiyadan ham voz kechishga majbur bo‘ldi va Parfiya bilan
chegara sifatida yana Frot daryosi belgilandi. Reyn va Dunay daryolari bo‘ylab
chegaralar mustahkamlandi. Britaniyada dengizdan dengizgacha cho‘zilgan va
shimoliy qabilalardan himoyalanish uchun mo‘ljallangan ulkan Adrian qo‘rg‘oni
barpo etildi.
Mark Avreliy (161 - 180 yy.) davrida Rim imperiyasi va varvarlar periferiyasi
(atrof o‘lka, markazdan chet, uzoqdagi joylar) o‘rtasidagi kuchlarning barqaror
muvozanati buzildi. Mark Avreliy davridan boshlab Rim mudofaalanuvchi tomon
sifatida namoyon bo‘ldi.
Markoman urushlari (167 - 180 yy.) kelgusi asrlarda ro‘y bergan varvarlar
bosqinining muqaddimasi edi. Varvarlarning bir qismi surib chiqarildi, ikkinchi
qismini esa Rim hukumati Dunay daryosi bo‘yidagi erlarda ittifoqchi federatlar
sifatida joylashtirishga majbur bo‘ldi. Shunday qilib, varvarlar nafaqat imperiyaga
bosqinlar uyushtirishardi, balki uning erlarida o‘rnashib olishardi.
III - asrning o‘rtalarida Rim imperiyasi og‘ir ahvolga tushib qoldi. Gotlar
Dunay daryosidan o‘tib, Meziya va Frakiyaga bostirib kirishdi. Ular bilan kurashda
imperator Detsey (249 - 251 yy.) halok bo‘ldi.
Imperator Valerian (253 - 260 yy.) va uning o‘g‘li, hamda otasi bilan birga
hukmdorlik qilgan imperator Galen (253 - 268 yy.) davrida gotlar va ularga ittifoqchi
bo‘lgan varvar qabilalari Rimning Dunay oldi viloyatlariga qirg‘in keltiradigan
bosqinlarini davom ettirardilar. Franklar va allemanlarning qabilaviy ittifoqlari
Reyndan Galliyaga o‘z bosqinlarini amalga oshirardilar va Pireneylargacha etib
borishardi. Sharqda Sosoniylar davlati hujumga o‘tdi - shoh Shopur 260 yilda
Mesopatomiyaga bostirib kirdi. Shimoliy Mesopotamiyadagi Edessa shahri yonidagi
hal qiluvchi jangda rimliklar qaqshatgich mag‘lubiyatga uchradilar. Imperator
Valerian asirga tushdi. Mesopotamiyani egallash uchun Rim va Eron o‘rtasidagi
kurash keyinchalik ham - Rim imperiasining tugashigacha davom etdi; omad esa goh
bu tomon, goh u tomonda bo‘ldi.
III asr o‘rtalarida Gallien hukmronligi davrida Galliya va Ispaniya (259 y.)
Rimdan ajrab chiqdi va Galliya imperiyasini tashkil etishdi (259 - 273 yy.) Palmira
34
ham 262 yilda ajrab chiqdi. Ushbu hududlar faqatgina 272 - 273 yillarda Rimga qayta
bo‘ysundirildi. Imperiyaning tiklanishi imperatorlar Diokletian va Konstantin davrida
ro‘y berdi. Lekin shunga qaramasdan markazdan qochirma (harakat vaqtida
markazdan chetga tomon yo‘nalish, qochish) tendensiyalar kuchayib bordi. Imperator
Feodosiyning o‘g‘illari davrida imperiya uzil - kesil ikki qismga bo‘linib ketdi (395
y.).
G‘arbiy Rim imperiyasining tarixi quldorchilik munosabatlarining inqirozi va
varvarlar qabilalarining bosqini sababli iqtisodiyotning va davlat boshqaruvining
jontalashishi bilan bog‘liqdir. Britaniya, Ispaniya, Afrika birin - ketin Galliyaning
tarkibiy qismlari varvarlar qo‘l ostiga asta - sekin o‘tdi.
G‘arbiy Rim imperiyasi 476 yilda batamom quladi. Vizantiya deb nomlangan
Sharqiy Rim imperiyasi yana 1000 yil atrofida umr ko‘rdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |