19-asr oʻrtalarida Amerika Qoʻshma Shtatlarida „ikki
partiyali tizim“ tarkib topdi. Endi hokimiyatni Demokratik partiya bilan Respublikachilar
partiyasi galmagal boshqaradigan boʻldi. Shimoliy burjuaziyasi bilan janub plantatorlari
oʻrtasidagi ziddiyat Amerika Qoʻshma Shtatlarida 1861–65-yillar fuqarolar urushiga olib
keldi, unda prezident A. Linkoln boshchiligidagi shimoliy shtatlar gʻalaba qozondi. Urush
davomida yer ulushlari haqida (1862), quldorlikni bekor qilish toʻgʻrisida (1865) qonunlar
qabul qilindi. Fuqarolar urushidan soʻng mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlana boshladi.
1867-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari chor Rossiyasidan Alyaska va Aleut orollarini sotib
oldi; 19-asr oxirida Filippin, Gavayi, Puerto-Riko va boshqalarni, 1903-yilda Panama kanali
zonasini qoʻlga kiritdi. Ikki asr boʻsagʻasida Amerika Qoʻshma Shtatlariga koʻchib kelishning
yangi toʻlqini boshlandi. Muhojirlarning aksariyati janubi-sharqiy Yevropadan edi. Birinchi
jahon urushi davri (1914– 18)da Amerika Qoʻshma Shtatlari avvaliga betaraflik mavqeida
turdi, 1917-yil aprelda Antanta tomonida turib harakat qildi. Urushdan keyin Amerika
Qoʻshma Shtatlari iqtisodiy yuksalish davriga kirdi. Ammo tez orada iqtisodiy inqiroz
(1929–33) boshlanib, ishsizlik kuchaydi (1933-yil 17 mln. ishsiz bor edi), korxonalar sindi,
ishlab chiqarish keskin pasaydi. Inqiroz sharoitida F. Ruzvelt (1933– 45-yillarda Amerika
Qoʻshma Shtatlari prezidenta) boshchiligidagi Demokratik partiya maʼmuriyati hokimiyat
tepasiga keldi. Uning tashabbusi bilan bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar amalga oshirildi,
„yangi yoʻl“ deb atalgan bu yoʻl Amerika Qoʻshma Shtatlarini inqirozdan olib chiqish
maqsadini koʻzlar edi. 1941-yilda Yaponiya Amerikaning PyorlXarbor harbiy-dengiz bazasiga
hujum qilganidan keyin Amerika Qoʻshma Shtatlari Ikkinchi jahon urushiga qoʻshildi va
Gitlerga qarshi koalitsiya tomoniga oʻtdi. Amerika qurolli kuchlari asosan Tinch okeanda
Yaponiyaga qarshi jangovar harakatlarda qatnashdi. 1943-yilda Italiyaga qoʻshin tushirdi.
Amerika Qoʻshma Shtatlari ittifoqchilarning xalqaro anjumanlarida (1943-yil Texron, 1945-yil
Qrim, 1945-yil Potsdam konferensiyalarida) qatnashdi. Nihoyat, 1944-yil 6 iyunda Amerika
Qoʻshma Shtatlari bilan Buyuk Britaniya ikkinchi frontni ochdi. 1945-yil avgustda G. Trumen
(1945–53-yillarda Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenta) buyrugʻi bilan Yaponiyaning
Xirosima va Nagasaki shlariga atom bombalari tashlandi; oʻn minglab tinch aholining
qirilishiga sabab boʻldi. 1950-53-yillarda Amerika Qoʻshma Shtatlari Koreya urushida
qatnashdi, 1956–75-yillarda Vyetnamda urush olib bordi. 1945-yildan Amerika Qoʻshma
Shtatlari – BMT, shuningdek Amerika davlatlari tashkiloti, NATO aʼzosi. Oʻzbekiston
Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 12 fevralda oʻrnatgan.
Milliy bayrami – Mustaqillik kuni – 4 iyul (1776).
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Tahrirlash
Respublikachilar partiyasi, 1854-yilda tuzilgan; Demokratik partiya, 1828-yilda tuzilgan;
Kommunistik partiya, 1919-yilda tuzilgan; Amerika Mehnat Federatsiyasi – ishlab chiqarish
kasaba uyushmalari Kongressi, 1955-yil tashkil etilgan. Amerika Qoʻshma Shtatlarida
salkam 40 mustaqil kasaba uyushmalari ham bor, ularga 4,5 mln. ishchi va xizmatchi aʼzo
boʻlib kirgan.
Xoʻjaligi
Amerika Qoʻshma Shtatlari – dunyoda iqtisodiy jihatdan eng yuksak darajada rivojlangan
mamlakat. Yalpi milliy mahsulot, sanoat va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish hajmi, tovar va
kapital eksport qilish, ishlab chiqarishning tuplanish va markazlashuvi, ilmiy tadqiqotlarga
sarf-xarajat va sh.k. boʻyicha 1-oʻrinda turadi. Butun dunyodagi sanoat ishlab chiqarishning
uchdan bir qismi Amerika Qoʻshma Shtatlari ulushiga toʻgʻri keladi. Xalqaro boshqaruv
taraqqiyoti instituti oʻtkazgan tadqiqot maʼlumotlariga koʻra, 1994–96-yillarda iqtisodiy
rivojlanish nuqtai nazaridan yetakchi davlatlar oʻrtasida ham Amerika Qoʻshma Shtatlari
birinchi oʻrinda turibdi.
Sanoati
1933-yil 16-iyunda kuchga kirgan sanoatni qayta tiklash haqidagi qonun “Yangi yoʻnalish”
doirasidagi yana bir muhim tadbir boʻldi .Bu qonun sanoatning davlat tomonidan joriy qildi.
Birinchi jahon urushi natijasida Amerika Qoʻshma Shtatlari Dunyodagi etakchi davlatga
aylanadi. Amerika kompaniyalari evropa mamlakatlariga ulkan miqdorda va yuqori narxlarda
harbiy jihozlar, qurol –yaroq va oziq ovqat etkazib berdi. Koʻplab evropa mamlakatlari
Amerika Qoʻshma Shtatlaridan urush olib borish uchun kredid oldilar va urushdan soʻng
Amerika Qoʻshma Shtatlari oldida qarzdor boʻlib qoldilar amerika kompaniyalari urush
davrida jami 35 mlrd. dollar foyda ko'rishdi. 1933-yil 12 mayda fermerlarga yordam haqidagi
qonnnnnnun qabul qilindi. Ularning mahsulotlariga boʻlgan narxlarni oshirish zarur edi.
Fermerlarga ekinzorlar maydonini va chorva turini qisqartirish haqida davlat bilan kontrakt
tuzish taklif etildi. Buning uchun ularga mukofotlar berildi. Fermerlarning qarzlari davlat
hisobiga qabul qilindi va nomaʼlum muddatga toʻxtatib qoʻyildi. Davlat yuzminglab
fermerlarga kredit berdi. Norentabel fermalar tugatildi. “Yangi yoʻnalish” Amerika Qoʻshma
Shtatlaridagi ijtimoiy munosabatlarni liberallashtirish uchun ijtimoiy qonnunchilik sohasida
muhim siljishni amalga oshirildi. 1935-yili Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressi “Vagner
qonuni ” ni qabul qildi.Mazkur qonun boʻyicha ishchilar jamoaviy shartnomalar tuzish
huquqiga va ish tashlash huquqiga ega boʻlishdi.Kasaba uyushmalari huquqlarining va ish
tashlash huquqining tan olinganligi ishchilar sinfining oʻz saflari birligi uchun kurashiga yangi
turtki berdi. Kasaba uyushmalari soni koʻpayib ketaboshladi. Tan olingan markaz – Amerika
mehnat federatsiyasi bilan birga yangi kasaba uyushma tashkiloti – Ishlab chiqarish kasaba
uyushmalari komiteti paydo boʻldi. Bu tashkilot 1938-yilda Ishlab chiqarish kasaba
uyushmalari kongressi deb nomlandi. Ruzvelt Prezidentligi davrida ichki siyosatning
liberallashtirilganligi tashqi siyosatda ham aks etdi. Amerika Qoʻshma Shtatlarining tashqi
siyosati yanada moslashuvchan va haqqoniyroq boʻlib qoldi. Yangi maʼmuriyatning tashqi
siyosatdagi birinchi yirik ishi – 1933-yil noyabrida Sovet Ittifoqi bbilan diplomatic
munosabatlar oʻrnatilganligidir. Ikki mamlakat oʻrtasida munosabatlar meʼyorlashganligi
ularning iqtisodiy aloqalarini faollashtirildi. 1935 va 1937-yillarda Amerika Qoʻshma Shtatlari
bilan SSSR oʻrtasida ikki mamlakatning oʻzaro foydali iqtisodiy munosabatlari rivojlanishiga
imkon beruvchi savdo bitimlati tuzildi.Ruzvelt 1937-yil 5 oktabr kuni Chikagoda soʻzlagan
nutqida agressorlar atrofida karantin oʻrnatishga chaqirdi. U fashistik davlatlarning
bosqinchilik harakatlarini ham keskin qoraladi. 1939-yil 26 iyul kuni Amerika Qoʻshma
Shtatlari Yaponiya bilan savdo shartnomasini bekor qildi. 1939-yil 4 noyabrda Ikkinchi jahon
urushi boshlangandan soʻng betaraflik haqidagi qonun qayta koʻrib chiqildi va bu Angliya
hamda Fransiyaga Amerika Qoʻshma Shtatlaridan qurol-yarogʻ sotib olish imkonini berdi.
Amerika Qoʻshma Shtatlari milliy daromadining 66,3 % sanoatda hosil qilinadi. Sanoat ishlab
chiqarishning yarmiga yaqini sanoat korporatsiyalari qoʻlida. Ular orasida: „Ekson“, „Mobil“,
„Teksako“, „Shevron“, „Standard oyl of Kaliforniya“, „Standard oyl of Indiana“, „Galf oyl“ neft,
„Jeneral motore“, „Ford motor“, „Kraysler“ avtomobil, „IBM“, „Jeneral elektrik“, „ITT“ elektr
mashinasozligi, „YU. S. Stil“ poʻlat quyish, „Dyupon de Nemur“ kimyo va boshqa
korporatsiyalar bor. Harbiy sanoat korporatsiyalari orasida „Jeneral daynemiks“, „Lokxid“,
„Makdonnel Duglas“, „Grumman“, „Xyuz eyrkraft“ yetakchi oʻrinni egallaydi.
Avia-raketa-kosmik, energomashinasozlik, elektron, shuningdek neft kimyosi, atom va
energetika sanoati gʻoyat tez suratlar bilan taraqqiy etmoqda. Elektr energiyaning 74 %
issiqlik elektr stansiyalarida, 12,1 % GESlarda, 14,1 % AESlarda hosil qilinadi. Neft (Meksika
qoʻltigʻi sohilidagi Galf, Kaliforniya, Alyaska), tabiiy gaz va oltingugurt (Galf), kumir
(Appalachi va Markaziy havzalar), temir ruda (Yuqori koʻl atrofi), fosforit (Florida), uran,
rangli metallar, kaliy tuzlari va sh.k. qazib olinadi. Qora metallurgiyaning asosiy markazlari –
Chikago, Pittsburg, Detroyt, Klivlend, Buffalo, Baltimor, Filadelfiya. Alyuminiy sanoati Galf
atrofida hamda Kolumbiya va Tennessi daryolari havzalarida joylashgan. Sanoatning
yetakchi tarmogʻi – mashinasozlik va metallsozlik. Sanoat va energetika asbob-uskunalari,
qurilish va qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish asosan shimoli-sharqiy shtatlarda,
elektrotexnika va aloqa vositalari ishlab chiqarish shimoli-sharq va Kaliforniyada Yoʻlga
qoʻyilgan. Avtomobilsozlikning bosh markazi Detroyt shahri Samolyotlar, raketa va kosmik
texnika ishlab chiqaruvchi zavodlar asosan Los-Anjeles, San-Diyego, Boston, Nyu-York,
Filadelfiya, Baltimor, Buffalo, Dallas, Atlanta va boshqa shaharlarda joylashgan. Kemasozlik
(asosan harbiy kemasozlik) Amerika Qoʻshma Shtatlari shimoli-sharqiy sohili portlarida
rivojlangan. Atom sanoatining asosiy markazlari – Ok-Rij, Padyuka, Portsmut, Eyken,
Xanford. Kimyo sanoati ximikatlar, plastmassalar, kimyoviy tola, sintetik kauchuk, loklar, kir
yuvish vositalari, boʻyoqlar, maʼdanli oʻgʻitlar va sh.k.ni ishlab chiqaradi. Mazkur tarmoq
korxonalari asosan shimoli-sharqiy shtatlarda, Meksika qoʻltigʻi sohilidagi shaharlarda
joylashgan. Harbiy sanoat asosan Kaliforniya, Nyu-York, Texas, Konnektikut, Missuri,
Massachusets, Virginiya shtatlarida. Yengil sanoat tarmoqlaridan eng salmoklisi
toʻqimachilik (koʻproq Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina va Jorjiya shtatlarida) va
tikuvchilik (Nyu-York va janubiy shtatlar). Charm-poyabzal sanoati yaxshi rivojlangan.
Oziq-ovqat sanoati oʻz xom ashyosi bilan yaxshi taʼminlangan. Uning yetakchi tarmoqlari –
goʻsht, sut, un, yogʻ, qand-shakar, konserva, alkogolli, alkogolsiz ichimliklar, tamaki.
Qishloq xoʻjaligi
Amerika Qoʻshma Shtatlari milliy daromadining 8 % dan koʻprogʻi qishloq xoʻjaligida hosil
qilinadi. Yirik fermalar yetakchi rol oʻynaydi. Umuman qishloq xoʻjaligi sermahsul va sertovar
boʻlib, muayyan hududlar ayrim mahsulot turlariga ixtisoslashgan va markazlashgan.
Mamlakatda 2 mln.ga yaqin fermer xoʻjaligi bor, bir fermer xoʻjaligi oʻrta hisobda 190 ga
yerda dehqonchilik qiladi. Mehnatga yaroqdi aholining 2,5 % qishloq xoʻjaligida band.
Amerika Qoʻshma Shtatlarida asosan makkajoʻxori, soya, paxta, tamaki, sholi, kartoshka,
kungaboqar, qand lavlagi, shakarqamish va boshqa ekiladi. Bugʻdoyzorlar („bugʻdoy
mintaqasi“) Buyuk tekisliklar va Kolumbiya platosida (asosan Kanzas va Shimoliy Dakota
shtatlari), makkajoʻxori („makkajoʻxori mintaqasi“) Buyuk koʻllarning janubiy va gʻarbida
(Ayova, Illinoys shtatlari) ustunlik qiladi, paxtazorlar faqat Missisipi daryosi vodiysi hamda
Texas, Arizona va Kaliforniya shtatlarida uchraydi. Qand lavlagi, shakarqamish Missisipi
daryosi etaklarida va Gavayi orollarida, tamaki Shimoliy Karolina, Virginiya va Kentukki
shtatlarida yetishtiriladi. Bogʻdorchilik va polizchilik Kaliforniya, Floridada, Atlantika okeani va
Buyuk koʻllar sohillarida koʻproq. Keng choʻllar va „makkajoʻxori mintaqasi“ shtatlarida
goʻshtbop chorvachilik, shimoli-sharqda va Kaliforniyada sut chorvachiligi rivojlangan.
Minnesota va Viskonsin shtatlarida sutning koʻp qismi qayta ishlanib, pishloq va sariyogʻ
ishlab chiqariladi. Qoʻychilik asosan qurgʻoqchil togʻli shtatlarda rivojlangan. Goʻshtbop joʻja
(broyler), tovuq, kurka yetishtirishga katta ahamiyat beriladi. Tuxum koʻproq janubi-sharqiy
shtatlardagi yirik parrandachilik fab-rikalarida yetishtiriladi. Amerika Qoʻshma Shtatlarida 102
mln. bosh qoramol, 51 mln. bosh choʻchqa, 10 mln. bosh qoʻy bor. Baliq ovlash rivojlangan.
Hamma turdagi yogʻoch tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |