A. Xolliev Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana11.05.2022
Hajmi0,9 Mb.
#601934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
халқаро мносабатлар тарихи Холлиев

 
 
 
7 mavzu. XVIII asr oxiri – XX asr boshida xalqaro 
munosabatlar va diplomatiya. 
 
 
1789 yilda Fransiyada Lyudovik XVI absolyut monarxiyasining qulashiga olib 
kelgan inqilob ro‘y berdi. Ushbu voqea inqilobiy Fransiyaga qarshi birlashtirgan 
butun Evropani harakatga keltirdi. 1791 yil 27 avgustda Saksoniyaning Pilnits qasrida 
Avstriya va Prussiya o‘rtasida deklaratsiya imzolandi, 1792 yilning 7 fevralida esa – 
Fransiyaga qarshi harbiy ittifoq. Shu tariqa Fransiyaga qarshi Evropa davlatlarining 
birinchi koalitsiyasiga (ittifoqiga) asos solindi. 
Fransiyaning o‘zida ushbu xabar vatanparvarlik harakatini keltirib chiqardi. 
Federatlarning qurollangan otryadlari tuzila boshlandi. Qonun chiqaruvchi majlis 
“Vatan xavf ostida!” deb e’lon qildi va hujumni kutib o‘tirmasdan, Avstriyaga urush 
e’lon qildi. Harbiy harakatlar Fransiya uchun muvaffaqiyatsiz boshlandi. Avstriya 
bilan ittifoqda Prussiya ham harakatlar olib bordi. Uning armiyasi Fransiyaga bostirib 


68 
kirdi va bir qator qal’alarni ishg‘ol etdi. Biroq, Fransiya qurollanmoqda va 
safarbarlikni amalga oshirmoqda edi. Va 1792 yilning 20 sentyabridayoq fransuzlar 
Valmi qishlog‘i yonida pruslarning hujumini qaytarishdi. Ushbu jangdan so‘ng, 
Fransiyaning inqilobiy armiyasi Belgiyani, Reyn daryosining chap sohilini, Nitssani, 
Savoyyani egalladi. Ushbu erlarning bir qismi Fransiyaga qo‘shib olindi. Ammo 
qirolning qatl qilinishi Evropa monarxlarini hayajonga soldi. Koalitsiyaga Angliya va 
Ispaniya qo‘shildi. Rossiya emigrantlar armiyasiga moliyaviy yordam ko‘rsatdi.
Yakobinchilar diktaturasi o‘rnatilishi bilan, fransuz qo‘shinlari 1794 yilning 
boshiga kelib o‘z davlatining erlarini interventlardan tozalashga erishdi va urush 
dushman hududlariga ko‘chirildi. Iyun oyida Fleryus qishlog‘i (Belgiya) yonida 
fransuzlar Avstriya armiyasining asosiy kuchlarini tor - mor etishdi. Koalitsiya 
(ittifoq) mag‘lubiyatga uchradi. 
Fransiyaning o‘zida esa 9 termidor aksilinqilobiy to‘ntarilishi ro‘y berdi, 
yakobinchilar diktaturasi quladi. Biroq ushbu hokimiyat almashuvi ham uzoqqa 
cho‘zilmadi. Direktoriyaning o‘rniga Napoleon Bonapart keldi va o‘zining yakka 
hokimiyatini o‘rnatdi. Konsullik va Birinchi imperiya davrida Fransiya to‘xtovsiz 
urushlar olib bordi. Bosib olingan mamlakatlarni fransuz mollari sotiladigan 
bozorlarga va Fransiya sanoati uchun xomashyo manbasiga aylantirish siyosati olib 
borildi. 
Shuni ta’kidlash lozim-ki, Napoleon olib borgan urushlarning asosiy maqsadi
- Evropada Fransiyaning ustunligini o‘rnatish uchun kurash edi. Fransiyaga qarshi 
ittifoqlarga kirgan mamlakatlar - Angliya, Rossiya, Avstriya va Prussiya - nafaqat 
fransuz gegemoniyasiga qarshi kurashdilar, balki o‘zlarining maqsadlariga ham ega 
edilar. Lekin XIX asr boshida xalqaro munosabatlarning markazida Angliya va 
Fransiya o‘rtasidagi raqobat turardi. 
1800 yilda ichki ziddiyatlar tufayli Fransiyaga qarshi ikkinchi koalitsiya tarqab 
ketdi. 1801 yilda Rossiya va Avstriya bilan tinchlik shartnomalari imzolandi. 
Natijada Fransiyaning hokimiyatini endilikda butun Italiya, Belgiya, Gollandiya va 
bir qator german knyazliklariga yoyildi. 
1802 yilda Amen shahrida Angliya bilan xalqaro shartnoma imzolandi. Uning 
bandlariga ko‘ra Fransiya va Angliya Evropada yuzaga kelgan tartibni saqlash 
majburiyatini oldilar. Biroq tinchlikning umri qisqa bo‘ldi. Va 1803 yilda harbiy 
harakatlar qaytadan boshlanib ketdi. 1805 yilda Evropa davlatlarining uchinchi 
koalitsiyasi (ittifoqi) shakllandi. Unga Angliya, Rossiya, Avstriya va Neapolitan 
qirolligi kirdi. 
1805 yil 21 oktyabrda Trafalgar burni yonidagi jangda admiral Nelson 
qo‘mondonligidagi ingliz floti birlashgan fransuz - ispani flotini mag‘lub etganidan 
so‘ng, Napoleon barcha kuchlarini avstiryaliklarga qarshi qaratdi. 1805 yilning 
oktyabrida Avstriya armiyasi taslim bo‘ldi va fransuz qo‘shinlari Venaga kirib 
kelishdi. 
Dekabr boshida Austerlits yonidagi jangda Rossiya va Avstriyaning birlashgan 
kuchlari mag‘lubiyatga uchradi. Tez orada Avstriya va Fransiya o‘rtasida tinchlik 
shartnomasi imzolandi. 1806 yilda Napoleon protektorati ostida 16 german 


69 
davlatidan iborat Reyn ittifoqi tashkil etildi. Shu tariqa German millatining Muqaddas 
Rim imperiyasi yo‘q qilindi. 
1806 yilda Fransiyaga qarshi to‘rtinchi (Angliya, Prussiya, Rossiya va 
Shvetsiya) koalitsiya shakllandi. Lekin o‘sha yilning o‘zida Yena va Auershtedt 
yonidagi janglarda Prussiya armiyasi tor - mor etildi. 1806 yilning oktyabrida 
Bonapart Berlinga kirib keldi va bu erda, Evropa davlatlari iqtisodiyotiga jiddiy zarba 
bergan, kontinental (qit’aviy) qamal to‘g‘risidagi dekretni imzoladi (1806 yil 21 
noyabr). Dekretga ko‘ra butun Fransiyada va unga qaram bo‘lgan mamlakatlarda 
Buyuk Britaniya bilan savdo qilish man etildi.
O‘zining asosiy vazifasini - Angliyani tor - mor etish va Fransiyaning 
gegemoniyasini o‘rnatishni - Napoleon Rossiya bilan vaqtinchalik murosaga kelish 
yo‘li orqali xal etishga urindi. Tilzit shartnomasiga (1807 yil 7 iyul) binoan Rossiya 
Evropada Bonapart tomonidan amalga oshirilgan o‘zgarishlarni tan oldi va 
kontinental (qit’aviy) qamalga qo‘shildi. Shu erning o‘zida Fransiya - Prussiya 
tinchlik shartnomasi ham imzolandi-ki, unga ko‘ra Prussiya davlati qisqartirilgan 
ko‘rinishda saqlab qolindi. Prussiya ham kontinental (qit’aviy) qamalga qo‘shildi. 
1808 yilda boshlangan Ispaniyaning okkupatsiyasi natijasida, Napoleon 
Fransiyasiga qarshi beshinchi koalitsiya tuzildi (1809 y.) va uning tarkibiga faqat 
Angliya va Avstriya kirdi. 1809 yilning iyulida Vagram yonidagi jangda fransuzlar 
armiyasi avstriyaliklarni mag‘lub etdi. O‘sha yilning oktyabr oyida Shenburunn 
tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga binoan Avstriya hududlari qisqartirildi. 
Bundan tashqari, u armiyasining sonini kamaytirishi, kontributsiya (urushda engilgan 
davlat tomonidan g‘olib davlatga to‘lanadigan tovon) to‘lashi va kontinental 
(qit’aviy) qamalga qo‘shilishi majbur edi. 
1812 yilning boshiga kelib Fransiya - Rossiya munosabatlarinng keskinlashishi 
oqibatda urushga sabab bo‘ldi. Urush 1812 yil 24 iyunda boshlandi. 26 avgustda 
bo‘lib o‘tgan Borodino jangida fransuzlarning talafoti 60 ming askarni tashkil etdi. 
Garchand rus armiyasi chekingan bo‘lsa ham, lekin o‘z jangovarligini saqlab qoldi. 
1812 yilning 14 sentyabrida fransuzlar Moskvaga kirib kelishdi, biroq atrofda 
partizan urushi, xalq urushi avj olayotgan edi. 1812 yilning 12 oktyabrida Napoleon 
armiyasi Moskvani tark etishga majbur bo‘ldi. Keyinchalik Bonapartning o‘zi ham 
armiyasini tashlab, Parijga jo‘nab ketdi. Fransuzlar armiyasining Rossiyadagi 
mag‘lubiyati “engilmas” Napoleon imperiyasining qulashini boshlab berdi.
1813 yilning bahorida Fransiyaga qarshi oltinchi kaolitsiya tashkil etildi. Uning 
tarkibiga Rossiya, Angliya, Shvetsiya, Prussiya, Ispaniya, Portugaliya, Avstriya 
mamlakatlari kirdi. Hal qiluvchi jang 1813 yil 16 - 19 oktyabrda Leypsig shahri 
yonida ro‘y berdi. “Xalqlar jangi” natijasida Napoleon mag‘lub bo‘ldi va Reyn 
daryosi ortiga chekindi. 
1814 yil mart oyining boshida ittifoqchilar Napoleonni to‘la tor - mor 
qilmaguncha urush harakatlarini olib borish to‘g‘risidagi Shomon shartnomasini 
imzolashdi. 
31 martda ittifoqchilar Parijga kirib kelishdi. Napoleon o‘z o‘g‘li foydasiga 
taxtdan voz kechdi. Biroq, senat va Evropa davlatlari Fransiya taxtida Burbonlarni 
tiklashdi. Napoleon Elba oroliga badarg‘a qilindi. 1814 yil 30 mayda Parijda tinchlik 


70 
shartnomasi imzolandi. Unga binoan Fransiya 1792 yil chegaralariga qaytarildi. 
Napoleonga hayrixoh bo‘lgan kayfiyatlar yana jonlandi. 1815 yil 1 martda Napoleon 
Fransiyaning janubiga borib tushdi va 20 martda Parijga qaytib keldi. Imperiya 
tiklandi.
Napoleonga qarshi oxirgi, ettinchi kaolitsiya tashkil etildi. 1815 yil 18 iyunda 
Vaterloo yonidagi jangda Napoleon armiyasi batamom tor - mor etildi. Napoleonning 
o‘zi Muqaddas Elena oroliga surgun qilindi va bu erda 1821 yilda vafot etdi.
Napoleon ag‘darib tashlanganidan so‘ng Evropa davlatlari vakillari 1814 yilda 
Vena kongressiga yig‘ilishdi. Kongress qatnashchilari avvalgi sulolalarni va 
dvoryanlar hokimiyatini tiklashga, g‘olib chiqqan koalitsiya manfaatlariga mos tarzda 
erlarni qayta taqsimlashga intilishdi. Asosiy rolni Avstriya, Prussiya, Angliya va 
Rossiya vakillari o‘ynadi.
Natijada, Rossiya Polshaning bir qismini - Varshava gersogligini oldi; 
Prussiyaga boy va iqtisodiy rivojlangan viloyatlar - Reyn viloyati va Vestfaliya, 
hamda polyaklarning g‘arbiy erlarni tegdi. Italiyaning ikki viloyati - Lombardiya va 
Venetsiya Avstriyaga o‘tdi. 200 mayda knyazliklar o‘rniga 38 davlatdan iborat 
German ittifoqi barpo etildi. Ular orasida eng yiriklari Prussiya va Avstriya edi. 
Angliya O‘rta er dengizida muhim tayanch nuqtasi hisoblanmish Malta orolini va 
sobiq mustamlakalari - Hindiston qirg‘oqlari yonidagi Seylon orolini va Afrika 
janubidagi Kapa erini o‘zida saqlab qoldi. Lekin Angliyaning asosiy muvaffaqiyati 
uning asosiy raqibi - Fransiyaning zaiflashishi edi. 
Papaning Rim viloyati ustidan dunyoviy hokimiyati tiklandi, Neapolitan 
qirolligida esa avvalgi Burbonlar sulolasi taxtga chiqarildi. Burbonlar hokimiyati 
Ispaniyada ham tiklandi. Fransiya erlari avvalgi chegaralariga qaytarildi. Bundan 
tashqari, Fransiya ulkan kontributsiyani to‘lashga majbur edi. 
Vena kongressida, “din yo‘lida” inqilobiy harakatlar bilan kurashish uchun, 
Rossiya va Avstriya imperatorlari, hamda Prussiya qiroli “ Muqaddas ittifoqni” 
(Aleksandr I tashabbusi bilan) tuzishdi. Unga keyinchalik Evropa davlatlarining 
deyarli barcha monarxlari qo‘shildi. Birgalikda amalga oshirilgan harakatlar 
natijasida Ispaniya va Italiyada ro‘y bergan inqiloblar bo‘g‘ib tashlandi. 
“Vena tizimi” ning mustahkam emasligi 1815 yilda barpo etishi davridan 
boshlab ayon bo‘lib qoldi. Muqaddas ittifoq ishtrokchilari uni inqilobiy jarayonlariga 
qarshi samarali qurolga va ixtilofli xalqaro muammolarni hal etadigan forumga 
aylantira olmadilar. 
Axen kongressidan ( 1818 y. ) so‘ng Evropa davlatlari oldida turgan eng jiddiy 
masala - bu ko‘tarilib borayotgan inqilobiy to‘lqinni bartaraf etish muammosi edi. 
1819 yildan boshlab Evropaning qator mamlakatlarida ( german va italyan davlatlari, 
Ispaniya, Portugaliya va boshq ) feodal - absolyutik tartiblarga qarshi chiqishlar 
ko‘payib bordi. Muqaddas ittifoqning ushbu inqiloblarga nisbatan munosabatini 
belgilash maqsadida 1820 yilning oktyabrida Troppau (Opava) shahrida, Axen 
kongressidan keyin, ikkinchi kongress chaqirildi va u o‘z ishini 1821 yilda Laybaxda 
(Lyublyane) davom ettirdi. Avstriya, Rossiya, Prussiya, Angliya va Fransiya 
davlatlari qatnashgan kongressda markaziy o‘rinni Neopolitan qirolligidan 
voqealarning muhokamasi egalladi. Metternix inqilobni bostirish uchun Avstriya 


71 
qo‘shinlaridan foydalanishni taklif etdi. Ushbu masala bo‘yicha munozaralardan 
davlatlarning ichki ishlariga aralashishga qaratilgan aksilinqilobiy doktrinani 
qonunlashtirdi. 1821 yil 12 mayda uch davlat (Avstriya, Rossiya, Prussiya) 
monarxlari Muqaddas ittifoqning butun dunyoda inqilobiy harakatlar bilan ochiqdan -
ochiq harbiy kurash olib borish to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qilishdi. 
Muqaddas ittifoqning uchinchi kongressi Verona shahrida 1822 yilning 
okryabrida inqilobiy Ispaniyaga qarshi harbiy intervensiyani tashkil etish uchun 
to‘plandi. Rossiya, Avstriya va Prussiya yakdillik bilan harakat qilishdi. Veronada 
Fransiya ham ularga qo‘shildi. Ammo Angliya o‘zgacha nuqtai nazarga ega edi. 
Verona kongressining boshlanishi Yaqin Sharqda ingliz - rus ziddiyatlarning 
keskinlashishiga to‘g‘ri keldi. Angliya - Fransiya raqobati ham, qaytadan boshlandi-
ki, bu ayniqsa Pireney yarimorolida va Lotin Amerikasida ko‘zga tashlandi. 
Veronadagi kongress asosiy e’tiborni Pireneydagi inqiloblarga qaratdi. 
Muqaddas ittifoq ishtrokchilari inqiloblarni Fransiya kuchlari vositasida bostirish 
qarorini qabul qilishdi. Bunga faqat Angliya qarshi chiqdi. 1823 yilning bahorida 
fransuzlarning ekspeditsion korpusi Pireneylarni kesib o‘tdi va 1823 yilning may 
oyida Madridni egalladi. Inqilob bostrildi. Pentarxiya tomonidan amalga 
oshiriladigan muvofiqlashtirilgan harkatlardan Angliyaning chetga chiqishi jiddiy 
oqibatlarga ega edi; bunday holat Evropani separat itifoqlariga bo‘linib ketishiga olib 
kelardi. 
1848 - 1849 yillar inqiloblari “ 1815 yil traktatlari” ni (shartnoma, bitim 
ma’nosida) qo‘riqlash va “inqilobiy ruh” bilan kurashish bo‘yicha besh buyuk 
davlatning birgalikdagi harakatlarini nazarda tutgan “Vena tizimi” ning tamoyillariga 
yangi zarba berdi. Angliya boshqa buyuk davlatlar bilan umumiy siyosat yuritishda 
chetga chqib bo‘lgandi 30-yillarda shunga o‘xshash siyosatni Fransiya ham olib 
bordi. Prussiya va Avstriya hukmron doiralarining ruhi esa 1848 - 1849 yy. 
inqiloblari natijasida tushib ketgandi. 
40 - yillar inqiloblaridan so‘ng Germaniyada keskinlashib ketgan Prussiya - 
Avstriya raqobati Muqaddas ittifoqning oxirgi tayanchi – Rossiya, Prussiya va 
Avstriya monarxlarining ittifoqchiligiga tarqab ketish tahdidini soldi. 1850 yilda 
Germaniyada raqobatning qaytadan o‘t olishi natijasida Avstriya - Prussiya urushi 
boshlanib ketishga sal qoldi. Biroq, Prussiya yon berishga majbur bo‘ldi. 1850 yilda 
Olmyusda Prussiyaning to‘la mag‘lubiyatini anglatgan Avstriya -Prussiya bitimi 
imzolandi. 1851 yilda Drezden shahrida umumgerman seymi (parlamenti) Avstriya 
boshchiligidagi German ittifoqini tikladi. 
20 - 30 va 40 chi yillarda ro‘y bergan inqiloblar XIX asrning o‘rtalariga kelib 
“Vena tizimi”-ning asoslarini qo‘porib tashladi va uning chuqur inqirozini keltirib 
chiqardi.
Napoleon urushlaridan so‘ng sharqiy masalaning birinchi keskinlashishi 
yunonlar qo‘zg‘oloni (1821 y.) bilan bog‘liq edi. Yunonistonda turk sultoni 
hokimiyatiga qarshi inqilobning dastlabki muhokamasi Muqaddas ittifoqning Verona 
kongressida (1822 yil oktyabr - dekabr) bo‘lib o‘tdi va hech qanday natija bermadi. 
Biroq vaziyat o‘zgardi. Sharqiy masala bo‘yicha inglizlarning harakatlari rus 
diplomatiyasini faollashtirdi. Rossiya yunon - turk to‘qnashuviga ittifoqchi 


72 
davlatlarning birgalikdagi aralashishiga erishmoqchi edi. Ammo Rossiyaning 
urinishlari Angliya va Avstriyaning qarshililigiga uchradi. Biroq, Angliya o‘z 
manfaatlari yo‘lida yunon masalasi bo‘yicha Rossiya bilan ikki tomonlama 
kelishuvga (1824 yilning 4 aprelida imzolangan Peterburg protokoli) bordi. Ushbu 
kelishuvga ko‘ra Yunoniston muxtoriyatga ega bo‘lishi va Turkiyaga har yili o‘lpon 
to‘lashi lozim edi. Angliya esa yunon - turk ixtilofida vositachilik qilishi nazarda 
tutilgandi. 
Sulton bunga rad javobni berdi va keng qamrovli harbiy harakatlarni boshladi. 
1827 yilning iyunida Londonda yunon masalasi bo‘yicha Angliya, Rossiya va 
Fransiya o‘rtasida bitim imzolandi. Ittifoqchilavr urushga kirdilar va 20 oktyabrda 
Navarin yonidagi jangda turk - misr flotini tor - mor etdilar. 
1828 yil may oyida Rossiya Turkiyaga urush e’lon qildi va g‘alabaga erishdi. 
1829 yil 14 sentyabrda Andrianopol shartnomasi imzolandi. Unga binoan Serbiya, 
Valaxiya va Moldovaning muxtoriyatiga ega bo‘lish huquqlari tasdiqlandi. Rossiya 
Qora dengizda, Kavkazda va Kavkaz ortida mustahkam o‘rnashib oldi. Turkiyaning 
xristian aholisidan iborat qator erlari (Kars va boshq) Rossiya tasarrufiga o‘tdi. 1830 
yil 3 fevralda Londonda Bolqonda yunon qirolligini barpo etish to‘g‘risidagi protokol 
imzolandi.
Biroq, Usmoniylar imperiyasining ichkarisida sulton hokimiyatiga qarshi Misr 
podshosi bosh ko‘tardi. Bu 1832 yilda Suriyaning egallanishi bilan boshlandi; 1833 
yilda Misr qo‘shinlari Koniya yonidagi jangda sulton armiyasini mag‘lub etishdi. 
Sulton yordam so‘rab Angliya, Fransiya va Rossiyaga murojaat qildi. Ko‘mak faqat 
Rossiyadan keldi. 1833 yil 8 iyulda Unkyar - Iskelesida rus-turk shartnomasi 
imzolandi. Unda, misrliklarning Yangi bosqini ro‘y bergan taqdirda Rossiya 
Turkiyaga harbiy yordam berishi kafolatlangandi. Buning evaziga Maxmud II rus 
savdo va harbiy kemalarini bo‘g‘ozlardan o‘tkazish majburiyatini oldi.
Angliya va Fransiya ushbu shartnomani Qora dengiz bo‘g‘ozlariga oid boshqa 
bitim bilan almashtirishga harakat qilishdiki, bu erda ularning ta’siri ustunlikka 
erishish lozim edi. Angliya Turkiya va Misr o‘rtasida 1839 yilda Yangi urushning 
boshlanishiga erishdi. Ushbu urushda turklar to‘la mag‘lub bo‘ldilar. Sulton inglizlar 
ta’siri ostiga ko‘proq tushib bordi. Shu tariqa Usmoniylar imperiyasining hududiy 
yaxlitligi va Qora dengiz bo‘g‘ozlarining xalqaro huquqiy tartibga oid buyuk 
davlatlarning birgalikdagi kafolatlar to‘g‘risidagi London konvensiyalari (1840 - 
1841 yy.) paydo bo‘ldi.
Sharqiy masalining keskinlashishiga oid keyingi bosqich Qrim urushi (1853 - 
1856 yy.) bilan bog‘liqdir. Urushga bahona - Rossiyaning Turkiyadagi pravoslav 
xristianlariga va “Muqaddas joylar” ga (“Iso payg‘ambar qabri”) homiyligi edi. 1853 
yil yanvar oyida Rossiya Turkiyaga ultimatum talabini qo‘ydi. Turkiya uni rad etdi. 
1853 yilning oktyabrida Turkiya Rossiyaga urush e’lon qildi. 1853 yil 30 noyabrda 
Turklar floti Sinop ko‘rfazida admiral Naximov tomonidan cho‘ktirildi. Rossiyaning 
ushbu g‘alabasidan so‘ng, Angliya va Fransiya birgalikda harakatlar olib borish 
to‘g‘risida kelishib olishdi va 1854 yilning boshida o‘z eskadralarini Qora dengizga 
kiritishdi. 1854 yilning sentyabrida fransuz-ingliz-turk qo‘shinlari Qrimga tushirildi.


73 
Urush natijasida Rossiya mag‘lubiyatga uchradi. 1856 yil 30 martda Parijda 
imzolangan tinchlik shartnomasiga ko‘ra Rossiya Qora dengizda harbiy flotga ega 
bo‘lish huquqidan mahrum bo‘ldi. Aslini olganda, ushbu shartnoma “Vena tizimi” 
ning batamom barbod bo‘lganligini va Rossiya Evropa masalalariga nisbatan avvalgi 
ta’sirini yo‘qotganligini anglatardi.
Italiya va Germaniyadagi birlashish jarayoni “Vena tizimi” qulaganligining 
natijalaridan biri bo‘ldi. Modomiki Sardiniya qirolligi va Prussiyaning hukmron 
doiralari ushbu harakatni “yuqori” dan amalga oshiriladigan birlashtirish sifatida 
tasavvur qilishar ekan, ular bitta yoki bir necha buyuk davlatning ko‘magiga muhtoj 
edilar. Bunday siyosat ushbu mamlakatlardagi birlashish jarayonlarini xalqaro 
qarama - qarshiliklar ob’ektiga, diplomatik savdolashish va siyosiy murosalar 
mavzuiga aylantirishi muqarrar edi.
1861 yilda Sardiniya qirolligi atrofida aksariyat italyan erlarining 
birlashtirilishi Prussiyaning rejalari va niyatlari uchun o‘rnak, misol bo‘larli hodisa 
edi. XIX asrning 60 yillaridagi xalqaro vaziyat ham Germaniya davlatini barpo etish 
uchun qulay keldi. 1863 yilda Polshada qo‘zg‘olon ko‘tarildi. 1863 yilning yanvar 
oyida Prussiya va Rossiya qo‘zg‘olonchilariga qarshi birgalikda harakat qilish 
to‘g‘risidagi mahfiy konvensiyani imzolashdi. 1866 yilda Prussiya Avstriyaga qarshi 
urush olib bordi. Avstriya va Prussiya o‘rtasida imzolangan Praga sulhiga (1866 y. 24 
avgust) binoan Avstriya boshchiligidagi German ittifoqi yo‘q qilindi. Uning o‘rnida 
yuzaga kelgan Shimoliy Germaniya ittifoqi Prussiya boshchiligida kuchli davlatni 
barpo etardiki, uning chegaralaridan tashqarida janubiy german davlatlari (Bavariya, 
Vyurtemberg, Baden va boshq) qolgan edi.
Vena tartiblari batamom ko‘mib tashlandi.
Evropa davlatlarining Amerika masalalariga faol aralashishi Meksikaga 
nisbatan harbiy intervensiyani amalga oshirish bilan boshlandi. Ushbu mamlakatda 
1854 - 1860 yillarda inqilob ro‘y bergandi. 1861 yilda Angliya, Fransiya va Ispaniya 
Meksikaning Atlantika sohillarini preventiv
1
tarzda harbiy okkupatsiya qilish 
to‘g‘risida konvensiya tuzishdi. Ushbu harakat Meksika qarzlarining to‘planishini 
ta’minlaydigan kafolat sifatida e’lon qilindi. 1861 yil dekabr oyida Meksika 
qirg‘oqlariga avval ispan, keyin esa ingliz va fransuz qo‘shinlari tushirildi. Biroq 
Napoleon III Meksikani Fransiya protektorati ostidagi “lotin imperiyasi”-ning 
tayanch nuqtasiga aylantirish rejalariga ega edi. Lekin Fransiyaning Yangi Dunyoda 
kuchayishi Angliya va Ispaniyaning niyatlariga to‘g‘ri kelmasdi. 1862 yilning 
fevralida ular o‘z qo‘shinlarini Meksikadan olib chiqishdi va Xuares hukumati bilan 
qarzlarni to‘lanishini kechiktirish to‘g‘risidagi bitimni imzolashdi. Ammo Fransiya 
Angliya va Ispaniyadan o‘rnak olmadi va uzoqqa cho‘zilgan Meksika avantyurasiga 
(hatarli, qaltis ish) aralashib ketdi. Natijada Fransiya 1867 yilda mag‘lubiyatga 
uchradi. 
1862 yilda AQSH ga nisbatan qurollangan intervensiya tahdidi yuzaga keldi. 
Garchand Angliya 1861 yilda shimol va janub o‘rtasidagi urushga nisbatan o‘zining 
betarafligini e’lon qilgan bo‘lsa ham, amalda janubliklarni qo‘llab-quvvatladi, 
1
Preventiv - oldini oluvchi, ogohlantiruvchi. 


74 
Konfederatsiya tomonida turib fuqarolar urushida bevosita qatnashishga tayyorgarlik 
ko‘rgan holda. Fransiya ham Yangi Dunyo ishlariga qurol bilan aralashishga 
intilmoqda edi. Biroq Rossiya 1862 yilning noyabrida shimolliklarga qarshi 
intervensiyada qatnashishni rad etdi. Napoleon III ning shimolliklarga nisbatan 
bo‘lgan maqsadlari Evropa va Amerika demokratik jamoatchiligi orasida katta 
g‘azablanishni keltirib chiqardi. Bu holat ham yuzaga kelgan vaziyatga o‘z ta’sirini 
o‘tkazdi. Natijada Evropa davlatlarining AQSH ishlariga qurolli aralashish rejasi 
barbod bo‘ldi.
XIX asr 60 - yillarning oxirida Fransiya imperiyasi inqirozni boshidan 
kechirmoqda edi. Mamlakat ichkarisida respublikaning o‘rnatilishini talab qilgan 
muholifat kuchaymoqda edi. Napoleon III hokimiyati mustahkam emasdi. Ushbu 
sharoitda Fransiyaga g‘olibona urush zarur edi. Bismark ham tezroq urush bo‘lishni 
xohlardi. CHunki Germaniyaning g‘alabasi natijasida janubiy german erlari o‘z 
ixtiyoriga ko‘ra Shimoliy Germaniya ittifoqiga, qo‘shilishi ya’ni Prussiyaga 
qo‘shilishi mumkin edi. Biroq kansler urushni Fransiya boshlashini xohlardi. Va 
Napoleon III Bismarkning ushbu tuzog‘iga tushdi. 
1868 yilda Ispaniyada inqilob boshlandi. Qirolicha Izabella II Fransiyaga 
qochdi. Fransiya imperatorining xotini ispaniyalik ayol bo‘lganligi sababli Izabellaga 
taxtni qaytarib olishda yordam bermoqchi bo‘ldi. Lekin buning imkoniyati yo‘q edi, 
Evropada ispan toji uchun kurash boshlandi.
Napoleon III Ispaniya taxtiga shahzoda Ferdinand Saksen - Kaburskiyni 
o‘tkazib, do‘stona munosabatdagi Ispaniyaga ega bo‘lishni rejalashtirgandi. Bismark 
esa, Fransiyaning kuchayishidan qo‘rqib, ispan tojini qirol Vilgelmning qarindoshi 
bo‘lgan shahzoda Leopold Gogensollernga topshirishga intildi.
Voqealar 1870 yilning yozida avj oldi. Vilgelm I ning huzuriga kelgan 
Fransiya elchisi Leopold Gogensollernning nomzodini ispan tojiga da’vogarlikdan 
olib tashlashni taklif etdi. Vilgelm, Bismarkdan farqliroq, urushdan xavfsirab 
iltimosni bajarishni va’da qildi. Ammo masalani tinch yo‘l bilan hal etish mumkinligi 
Ikkinchi imperiya hukumatini qoniqtirmasdi. Fransiya elchisi Benedetti ikkinchi 
marotaba kayzer bilan uchrashdi va undan kelgusida qirol ispan taxtiga 
Gogensollernlar 
sulolasidan 
bo‘lgan shahzodaning nomzodini qo‘llab - 
quvvatlamasligi to‘g‘risida yozma ishontirshnoma berishni talab qildi. Vilgelm 
bunday va’dani bermadi, lekin ushbu masala bilan Emsdan Berlinga qaytib kelganida 
shug‘ullanishini aytdi. Biroq bunday qaror ikkala tomonga ham to‘g‘ri kelmasdi. 
Bismark harbiy vazir Roon va bosh shtab boshlig‘i Moltke bilan kengashib 
oldi. U, armiya urushga tayyor ekanligini bilgach, Vilgelm I va fransuz elchisi 
o‘rtasidagi uchrashuv haqida soxta ma’lumotlarni gazetalarga etkazdi, go‘yoki qirol 
elchiga orqasini o‘chirib oldi va u bilan hatto gaplashmadi. Ushbu xabar butun 
Evropaga tarqaldi. Prussiya elchisi Berlinga qaytarib chaqirib olindi. Parijda xavotir 
oshib bordi.
1870 yil 19 iyulda Fransiya Prussiyaga urush e’lon qildi. Angliya va Rossiya 
masalani tinch yo‘l bilan hal etish uchun xalqaro konferensiya chaqirishni taklif 
etishdi. Napoleon III urushda o‘ziga ittifoqchi qilib olmoqchi bo‘lgan Italiya va 
Avstro - Vengriya davlatlarining hukumatlari “qurollangan vositachilik” pozitsiyasini 


75 
egallashdi. Ular avval Fransiyaning g‘alabasiga ishonch hosil qilib, keyin esa 
Prussiyaga qarshi harakatlarni boshlashga umid bog‘lashgandi. Lekin Fransiya 
imperatori urushga intilmoqda edi.
Biroq birinchi janglar Fransiyaga ayanchli mag‘lubiyatlarni keltirdi. 1 
sentyabrda Sedan yonidagi jangda fransuzlar tor - mor etildi. 2 sentyabrda Napoleon 
III oq bayrog‘ni ko‘tarishni buyurdi va taslim bo‘ldi. Ikkinchi imperiya tugadi. 
Fransiyada inqilob boshlandi. 
1870 yil 27 oktyabrda marshal Bazen qo‘mondonligidagi fransuzlar armiyasi 
ham taslim bo‘ldi. Nemis qo‘shinlari Parij tomon harakatlanishdi va uni 1871 yilning 
yanvarida qurshab olishdi. Fransiyaning Muvaqqat hukumati mamlakatni, 
kamsitadigan shartlar asosida, Prussiya bilan yarash ahdini tuzdi. 26 fevralda Ter va 
Bismark tinchlik bitimini imzolashdi-ki, unda Elzas va Lotaringiyani Germaniyaga 
berilishi, hamda 5 milliard frank miqdorida kontributsiya to‘lanishi ko‘zda tutilgandi. 
Nemis qo‘shinlari esa kontributsiya batamom to‘lalgunga qadar Fransiyaning 
shimolida joylashtirildi. Fransiyaning Milliy kengashi ushbu shartlarni tasdiqladi.
1871 yilning yanvar oyida Versal saroyining oynali zalida Vilgelm I 
Germaniya imperiyasi barpo etilganligini e’lon qildi. Mamlakatni birlashtirish uchun 
olib borilgan kurash yakunlandi. 
Fransiya - Prussiya urushining muhim oqibatlaridan biri Italiyada ham 
birlashish jarayonining yakunlanishi edi. Urush natijalari Germaniya va Avstro - 
Vengriya o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sir etdi. Avstriya - Vengriyaning hukmron 
doiralari Avstriya - Prussiya urushidagi mag‘lubiyati uchun revansh olish (qarimta 
qaytarish) g‘oyasidan voz kechishdan va Germaniya imperiyasi bilan yaqinlashishga 
qaror qilishdi. 
Germaniya qudratining oshganligi ingliz - german munosabatlarining 
keskinlashuviga olib keldi, chunki mustamlakachilik siyosatida Angliyaga nisbatan 
yangi raqib paydo bo‘ldi. Yangi buyuk davlatning vujudga kelishi natijasida barcha 
qo‘shni davlatlar o‘z xavfsizligi uchun havotirga tushdi. Ayniqsa bunday holat 
yaqindagina prus armiyasining bosqinini boshidan kechirgan Fransiya uchun taaluqli 
edi.
Germaniya kanslerining tashqi siyosati Fransiyaga qarshi qaratilgan edi-ki, bu 
1873 yilda uch imperator ittifoqining tashkil etilishida o‘z ifodasini topdi. Bismark 
Fransiyani Rossiya va Avstro - Vengriya bilan ittifoq tuzish ehtimolidan mahrum 
qilish uchun, monarxlar birdamligi g‘oyasidan Evropada tartibni mustahkamlash 
yo‘lida foydalandi. Biroq Ittifoqqa kirgan har bir mamlakat o‘zining maqsadlariga 
ega edi. Jumladan Rossiya Fransiyani Germaniyaga qarshi turadigan kuch sifatida 
qo‘llab-quvvatlardi. Uch imperator ittifoqi tuzilganligiga qaramasdan, Rossiya va 
Germaniya o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashib borardi. Rossiya - Turkiya urushi 
(1877 - 1878 yy.) va Berlin kongressi ittifoqni qo‘porib tashladi. 
Bismark, “rus tahdidi” to‘g‘risidagi fikrlarni ilgari surib, 1879 yilda Rossiyaga 
qarshi qaratilgan ittifoqni Avstro - Vengriya bilan tuzishga erishdi. 
Fransiyani yakkalab qo‘yish bo‘yicha Bismarkning keyingi faoliyati Italiyani 
Germaniya tomoniga jalb etishda namoyon bo‘ldi. Bismark Italiyaning Tunisga 
nisbatan qiziqishini qo‘zg‘atardi va shu paytning o‘zida uni Fransiya tomonidan 


76 
bosib olinishi yoqlab chiqardi. Italiya 1882 yilda Germaniya va Avstro - Vengriya 
bilan birga Uchlar ittifoqini tuzishni afzal ko‘rganligiga ajablanmasa ham bo‘ladi. 
Bitim 5 yillik muddatga tuzilib, keyinchalik bir - necha bor qaytadan takrorlandi va 
1915 yilgacha mavjud bo‘ldi. Yangi koalitsiya (ittifoq), bir tomondan, - Fransiyaga, 
ikkinchi tomondan Rossiyaga qarshi qaratilgan edi. 
Tabiyki, umumiy dushman paydo bo‘lgan vaziyatda Fransiya va Rossiya bir - 
birovi bilan yaqinlashishga intilishdi. Bismark barcha vositalarni ishga solib Fransiya 
- Rossiya ittifoqining tashkil etilishini oldini olishga harakat qildi. Nemis 
diplomatiyasining urinishlari natijasida ittifoqning tuzilishi keyinga surildi. Fransiya 
va Rossiya o‘rtasidagi ittifoq faqatgina 1893 yilda shakllandi. 
Uchlar va Fransiya - Rossiya ittifoqlarining tashkil topishi bilan Evropa 
qit’asida buyuk davlatlarning kuch jihatidan deyarli teng bo‘lgan ikki guruhi yuzaga 
keldi. 
Ammo Angliya biron - bir harbiy ittifoqqa yoki guruhga qo‘shilmadi. Ingliz 
hukumati, an’anaviy “ajoyib yakkalanish” siyosatiga amal qilib, hech qanday 
majburiyatlar bilan o‘zini bog‘lamaslikni afzal ko‘rdi. Angliya o‘z manfaatlarini 
o‘zgalar qo‘li bilan himoya qilishga intildi. “Ajoyib yakkalanish” siyosati 
tarafdorlarining fikriga ko‘ra, bunga erishish uchun eng yaxshi vosita - bu boshqa 
buyuk davlatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni qo‘zg‘atish edi. Birisining qo‘llab - 
quvvatlashiga ega bo‘lib, boshqalarini zaiflashtirishga intildi. Angliya Uchlar 
ittifoqiga Fransiya va Rossiya uchun mo‘ljallangan jilov sifatida qarardi. Chunki XIX 
asrning 80 - 90 yillarida aynan ushbu mamlakatlar bilan Britaniyaning ko‘plab 
muammolari mavjud edi. 
“Ajoyib yakkalanish” siyosati Britaniyaning orol sifatida mustahkamligi va 
dengiz qudratiga tayanardi.
XIX asrda eng kuchli qarama - qarshilik Angliya va Fransiya o‘rtasida edi. Nil 
daryosining quyilishi joyi uchun olib borilgan uzoq muddatli kurash 1882 yilda 
Misrni Angliya tomonidan bosib olinishi bilan yakunlandi. Suvaysh, Malta va Kipr 
bilan birgalikda, Angliyaning Sharqiy O‘rta er dengizi mintaqasidagi strategik 
ustunligini mustahkamladi. 1881 yilda Fransiya Tunisni o‘z mustamlakasi deb e’lon 
qildi. 
Angliya va Fransiya o‘rtasidagi keyingi kurash Afrika va janubi - Sharqiy 
Osiyo uchun olib borildi. Inglizlarning Sudan mamlakatiga uyushtirilgan birinchi 
harbiy ekspeditsiyasi 1885 yilda muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Ikkinchi ekspeditsiya 
esa 1896 - 1897 yillarda arablarning tor - mor etilishi va Sudanning bo‘ysundirilishi 
bilan tugadi. Inglizlarning Nil daryosi bo‘ylab, yuqoriga harakatlanishi Fashoda 
yonida kapitan Marshan qo‘mondonligidagi fransuzlar otryadi bilan to‘qnashuviga 
olib keldi. Angliyaning flotini safarbar qilish to‘g‘risidagi qarori Fransiyaga nisbatan 
urush tahdidi keltirib chiqardi. Fransiya hukumati yon berishga majbur bo‘ldi. 1899 
yilda tuzilgan bitimga binoan Fransiya Fashoda va Nil daryosining butun vodiysidan 
voz kechdi, ammo Sudanning g‘arbiy viloyatlariga nisbatan “haq -huquq” ga ega 
bo‘ldi. 
Tunisni Fransiya tomonidan bosib olinishi fransuz - italyan munosabatlarning 
keskinlashishiga sabab bo‘ldi. Italiya - Efiopiya urushi (1895 - 1896 yy.) davrida 


77 
Fransiya va Rossiya Efiopiya negusiga diplomatik yordam ko‘rsatdi. Urush 1896 
yilda Adua yonidagi jangda italiyaliklarning mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Efiopiya 
o‘z mustaqilligini saqlab qoldi. 
To‘qnashuvning yana bir mintaqasi janubiy - sharqiy Osiyo edi. Hindixitoyda 
Fransiya Tonkin va Annamni bosib olishga intildi. Ammo bu hududlar Xitoyning 
suveriniteti ostida edi. Fransiyaning Xitoyga qarshi olib borgan urushi natijasida 
Annam va Tonkin fransuzlarning mustamlakasiga aylantirildi. 1887 yilda ushbu erlar, 
Nambo, Kambodja, hamda Laos (1898 y.) Fransiya tomonidan barpo etilgan 
Hindixitoy ittifoqiga kirdi. Fransiyaning Hindixitoydagi ekspansiyasi Angliyani 
tashvishga solardi. XIX asr 90 - yillarning boshida ikkala davlat ekspeditsiyalarni 
amalga oshirdi va Siamgacha etib borishdi. Ushbu mamlakatni egallashga bo‘lgan 
intilish urushni keltirib chiqarishiga sal qoldi. 1896 yilda imzolangan bitimga ko‘ra 
Siam mustaqil deb tan olindi va fransuzlar va inglizlarning erlari o‘rtasidagi qalqonga 
o‘xshab qoldi.
Ingliz - rus raqobati O‘rta Osiyo va O‘rta Sharqda bo‘lib o‘tardi. 1880 yilda 
ulkan harbiy urinishlar natijasida Afg‘oniston ustidan ingliz protektorati o‘rnatildi. 
Rossiya esa ushbu yillarda Turkmanistonni va Marvni qo‘shib oldi. 1885 yilda 
Londonda Afg‘onistonning shimoli - g‘arbiy chegarasini belgilash to‘g‘risida kelishib 
olindi, va 1887 yilda esa rus - afg‘on chegarasini belgilash to‘g‘risidagi yakuniy 
protokol imzolandi. 
Xalqaro maydonda ro‘y bergan voqealar Angliyani “ajoyib yakalanish” 
siyosatini o‘zgartirishga majbur qildi. Sanoat gegemoniyasini yo‘qotgan va qit’aviy 
davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan 
Angliya endilikda yakkalanish siyosatini ishga solaolmasdi. Eski raqiblari - Fransiya 
va Rossiya qatoriga yangi va yanada xavfli dushman - Germaniya qo‘shildi.
80 - yillarning oxiridan german mollari jahon bozorida ingliz fabrikalarining 
mahsulotlarini siqib chiqarishni boshladi. Qolaversa, Vilgelm II va uning 
atrofdagilari Germaniyani qudratli dengiz davlatiga aylantirishga intildilar. Bunga esa 
Angliya yo‘l qo‘ymoqchi emasdi. 
1905 yilda Angliyaning harbiy - dengiz vazirligi german flotining 
imkoniyatlaridan uzoq davrgacha ustunlikka erishishni niyat qilib, drednoutlar 
(linkorlar, ya’ni harbiy flotda - ko‘pincha yirik to‘plar bilan qurollangan qalin zirxli 
katta kemalar) qurilishni boshlab yubordi. Lekin bu niyatlar uchga aylandi. 1908 
yilda Angliyada tayyor bo‘lgan va qurilayotgan drednoutlarning umumiy soni 12 ga 
etgan bo‘lsa, Germaniyada esa - 9 edi. Angliya va Germaniya o‘rtasida dengizda 
qurollanish poygasi boshlandi. Britaniya hukumati Germaniyada qurilayotgan har bir 
dretnoutga 2 ingliz kemasi bilan javob berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Germaniya, imkoniyati mavjud joylarda, Angliyaning mustamlakachilik 
siyosatiga qarshi harakat qilishni boshladi. 1898 yilda Germaniya kayzeri Turkiyaga 
keldi. Ushbu tashrif natijasida nemis banki Bag‘dod temir yo‘lini qurishga buyurtma 
oldi. Angliyaning hukmron doiralari Germaniyaning Turkiyaga kirib kelishini 
o‘zlarining Hindiston va Misrdagi mavqelariga nisbatan tahdid deb hisoblashardi. 
Germaniya va Angliya o‘rtasidagi ziddiyatlar murosaga kelmaydigan holatga kirib 


78 
qolaverdi. Endi Angliya o‘ziga ittifoqchi qidirishni boshladi, chunki urush bo‘lishi 
turgan gap edi.
1904 yilning aprelida Angliya va Fransiya o‘rtasida asosiy mustamlakachilik 
masalalari bo‘yicha bitim tuzildi. Angliyaning Misrda hukmronlik qilish huquqi 
tasdiqlandi, Fransiyaning esa - Marokash Britaniya va Fransiya o‘rtasida harbiy - 
siyosiy ittifoq Antanta shakllandi. 1907 yilda Rossiya va Angliya o‘rtasida tuzilgan 
bitimga muvofiq Eron ta’sir doiralariga bo‘lib olindi; mamlakatning shimoliy qismi 
Rossiyaga, janubiy qismi Angliyaga tegdi, markaziy qismi esa xolis zona sifatida 
e’tirof qilindi. Afg‘oniston Angliyaning ta’sir doirasiga kiritildi. 1907 yil bitimi 
Antantaning yoki boshqacha qilib aytganlaridek, “uch davlat inoqligining” 
shakllanishini nihoyaga etkazdi. Ikki harbiy - siyosiy blokning barpo etilishi 
yakunlandi. 
Yangi davr XIX – XX asrlar chegarasida taqsimlanib bo‘lgan dunyoni qayta 
bo‘lib olishgacha qaratilgan urushlar olib keldi. Bular qatoriga Ispaniya - AQSH 
urushini (1898 y.), ingliz - burlar urushini (1898 - 1902 yy.) va rus - Yapon urushini 
(1904 - 1905 yy.) kiritish mumkin. 1895 yilda Kubada, 1896 yilda esa Filippinda 
ispan hukmronligiga qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘tarildi. AQSH ushbu voqealarni diqqat 
bilan kuzatardi. 1898 yil 25 aprelda AQSH Ispaniyaga urush e’lon qildi. 
Amerikaliklar floti ispan flotini tor - mor etdi. Amerika qo‘shinlari Kuba va Filippin 
orollarida tushirildi va mahalliy aholi bilan birgalikda ispanlarni mag‘lub etdi. 
Ispaniya tinchlikni so‘radi va sulh 1898 yilda imzolandi. Unga binoan AQSH Guam 
va Puerto - Riko orollarini qo‘lga kiritdi. Rasman “mustaqil respublika” deb 
hisoblangan Kuba AQSH ning protektoratiga aylandi. Keyin esa, AQSH, Ispaniyaga 
20 mln dollar to‘lab Filippin orollarini qo‘lga kiritdi. 
Dunyo XX asrni ingliz - burlar urushi bilan ( 1899 - 1902 yy. ) kutib oldi. 
Ushbu urushni ko‘plar “I jahon urushining shafqatsiz repetitsiyasi” deb atardi. 1902 
yilda Angliya burlar respublikalarini bosib oldi. 1910 yilda ularning erlarida 
Britaniyaning dominioni - Janubi - Afrika ittifoqi tuzildi va uning tarkibiga ingliz 
mustamlakalari Kapa va Natal kiritildi.
1908 yilda xalqaro munosabatlarda yana inqiroz holati yuzaga keldi. Avstro - 
Vengriya Turkiyaga tegishli bo‘lgan Bosniya va Gersegovinani bosib oldi. Bu esa 
Turkiya va Serbiyaning noroziligini keltirib chiqardi. Ushbu hududlarning 
egallanishi, Germaniya va Avstro - Vengriyaning mavqeini kuchaytirib, Antanta 
davlatlari manfaatlariga daxl qilardi va yagona mustaqil davlatga birlashishga intilgan 
janubiy slavyan xalqlarining xayotiy manfaatlariga zid edi.
Germaniya Rossiyadan Bosniya va Gersegovinaning bosib olinganligini tan 
olishni talab qildi. Urushga tayyor bo‘lmagan Rossiya bunga rozi bo‘ldi. Ushbu 
inqiroz Bolqonda ayniqsa Rossiya va Serbiya bir tomondan, hamda Avstro - 
Vengriya ikkinchi tomondan o‘rtasidagi ziddiyatlarning o‘ta keskinlashishiga olib 
keldi.
1912 yilda Antantaning ko‘magida Bolgariya, Serbiya, Yunoniston, 
CHernogoriya ittifoq tuzishdi. Maqsad - Usmoniylar imperiyasiga qarshi kurash olib 
borish. 1912 yilning oktyabr oyida Bolqon ittifoqi davlatlari Turkiyaga qarshi urush 
boshladilar. Noyabr oyida bolgar qo‘shinlari Konstantinopolga (Stambul) yaqin 


79 
kelishdi. Turkiya sulh tuzishni so‘radi. Tinchlik muzokaralari Londonda dekabr oyida 
boshlandi, biroq faqat 1913 yilning may oyida tinchlik shartnomasi imzolandi. 
Turkiya Bolqon ittifoqiga Bolqon yarimorolidagi Enos - Midiya chizig‘i 
bo‘ylab joylashgan egaliklarini topshirdi. Xaritada yangi davlat - Albaniya paydo 
bo‘ldi. Ushbu davlat de - fakto ( amalda ) Avstro - Vengriya va Italiyaga qaram 
bo‘lib qoldi. 
Turkiyaning mag‘lubiyati Avstriya - Germaniya blokining mavqeini 
zaiflashtirdi. Serbiya va Yunoniston Turkiyadan olingan erlarni bo‘lib olish paytida 
o‘zlarining ulushlarini ko‘paytirishni Bolgariyadan talab qildi. Avstro - Vengriya va 
Germaniya Bolgariya podshosini o‘zining sobiq ittifoqchilariga hujum qilishga 
turtkiladilar. Rossiya harbiy to‘qnashuvning oldini olishga va Bolqon ittifoqini saqlab 
qolishga iloji boricha harakat qildi. 
1913 yil iyun oyida Bolgariya Serbiyaga qarshi urush boshladi. Ikkinchi 
Bolqon urushi Bolqon ittifoqining ichki ziddiyatlari va unga qarshi amalga oshirilgan 
qo‘poruvchilik ishi oqibati boshlandi. Bolgariyadan Janubiy Dobrudjani tortib olishni 
niyat qilgan Ruminiya Serbiya va Yunonistonga qo‘shildi. Turkiya ham, 
Adrianopolni qaytarib qo‘lga kiritish umidida bo‘lib, Bolgariyaga qarshi urush 
boshladi. Bolgariya bir necha kun ichida tor - mor etildi. 1913 yilning avgust oyida 
Buxarestda Bolgariyaning obro‘sini to‘kadigan shartnoma imzolandi. Unga binoan 
Makedoniya va Frakiyaning bir qismi Serbiya va Turkiyaga o‘tdi. Ruminiya Janubiy 
Dobrudjani qo‘lga kiritdi, Turkiyaga esa Adrianopol qaytarildi. Bolqon ittifoqi tarqab 
ketdi. Biroq Buxarestda o‘rnatilgan tinchlik uzoqqa cho‘zilmadi. Bolqonda yuzaga 
kelgan vaziyat “o‘z uchqunini” kutib turgan “Evropa qo‘rxonasini” eslatardi. 1914 yil 
28 iyunda Saraevo shahrida Avstriya ersgersogi taxt vorisi Frans Ferdinandning 
“Mlada Bosna” deb nomlangan serb millatchilik tashkilotining a’zosi G. Prinsip 
tomonidan o‘ldirilishi aynan shunday uchqun vazifasini bajardi. Ushbu voqea Avstro 
- Vengriyanning Serbiyaga urush e’lon qilishiga bahona bo‘ldi. Rossiya slavyan 
xalqlarini yordamsiz qoldira olmasdi va 31 iyulda mamlakatda umumiy safarbarlik 
boshlandi. Germaniya ultimativ tarzda uni to‘xtatishni talab qildi. Hech qanday javob 
olmagach, 1914 yil 1 avgustda Rossiyaga urush e’lon qildi; 3 avgustda - Fransiya, 4 
avgustda esa Angliya Germaniyaga urush e’lon qildilar. 
Tez orada urush Evropadan tashqari mintaqalarni qamrab oldi. Yaponiya, 
urushdan foydalanib, Xitoyni bo‘ysundirmoqchi, Tinch okeanidagi german 
mustamlakalarini bosib olmoqchi va Uzoq Sharqda o‘z hukmronligini o‘rnatmoqchi 
edi. 1914 yilning avgust oyida Yaponiya Germaniyaga urush e’lon qildi. 
Asta - sekin urush umumiy aholisi 1,5 mlrd kishini tashkil etgan 38 ta davlatni 
qamrab oldi va jahon urushiga aylandi. 
1914 - 1915 yillarda Germaniya va Avstro - Vengriya blokiga Turkiya va 
Bolgariya qo‘shildi. Shu tariqa To‘rtlar ittifoqi yuzaga keldi. Antanta tomonida turib 
Italiya, Portugaliya, Ruminiya, AQSH, Yunoniston urush olib borishdi. Urushga 
kirgan buyuk davlatlar qanday maqsadlarni ko‘zlagan edilar?
Germaniya Evropa va Yaqin Sharqning katta qismini bosib olishga intildi, shu 
jumladan ittifoqchi Turkiyani ham. Angliya, Fransiya va Belgiyadan ularning 
mustamlakalarini, Rossiyadan esa - Ukraina va Boltiq bo‘yini olmoqchi edi.


80 
Avstro - Vengriya Serbiya, Bolgariya va Chernogoriyani bo‘ysundirishni, 
Bolqon yarimorolida, hamda Qora, Adriatik va egey dengizlarida o‘z hukmronligini 
o‘rnatishni ko‘zlagandi.
Angliya o‘z mustamlakalarini saqlab qolish va asosiy raqibi - Germaniyani 
zaiflashtirish uchun kurash olib bordi. Bundan tashqari, Angliya Turkiyadan 
Mesopotamiyani, Falastinni tortib olishni va Misrda mustahkam o‘rnashib olishni 
niyat qilgandi. 
Fransiya undan 1871 yilda Germaniya tomonidan tortib olingan Elzas va 
Lotaringiyani qaytarib olishga, hamda Saar ko‘mir havzasini va Reyn daryosining 
chap sohilidagi boshqa german viloyatlarni qo‘lga kiritishga intildi. 
Rossiya Konstantinopolni, Marmar dengizining g‘arbiy sohilini va 
Dardanellani o‘z ta’sir doirasiga kiritmoqchi edi. Avstro - Vengriyaning tarkibiy 
qismi Galitsiyani bosib olish ham Rossiyaning rejalariga kiritilgandi. 
German qo‘mondonligi o‘zi uchun qulay kelgan sharoitlarga asoslanib, “yashin 
tezligidagi urush” - “blitskrig” ga yoki “Shliffen rejasi” ga tayandi. Rejada dastavval 
betaraf Belgiya hududlari orqali Fransiyaga bostirib kirish ko‘zda tutilgandi. Fransiya 
tor - mor etilganidan so‘ng Rossiyaga yopirilmoq rejalashtirilgandi. Germaniya 
Avstriya - Vengriya bilan birgalikda hal qiluvchi zarbani shu erda bermoqchi edi.
Nemislar, Belgiyaliklarning qarshiligini engib o‘tib, 1914 yilda tez orada 
Fransiya - Belgiya chegarasiga chiqdilar. Parij xavf ostida edi. Biroq voqealarning 
borishi german qo‘mondonligining rejalarini o‘zgartirib yubordi. Rus qo‘shinlarining 
Sharqiy Prussiyadagi faolligi, nemislarning yirik kuchlari orqada qolgan qal’alarni 
qamal qilish bilan ipsiz bog‘lanib qolganligi, Marna daryosi yonidagi jang ( 5 – 9 
sentyabr 1914 y. ), Polsha va Germaniyadagi shiddatli janglar “blitskrigning” barbod 
bo‘lishiga olib keldi.
Italiya hukumati Antanta tomonida turib urushga kirishga qaror qildi. Buyuk 
davlatlar urushdan so‘ng Bolqondagi bir qator erlarni Italiyaga beradi deb umid 
qilgan Italiya davlati 1915 yilning may oyida Avstro - Vengriyaga urush e’lon qildi. 
1915 va 1916 yillarda urush o‘ta rahmsizlik va ulkan talafotlar bilan olib 
borildi. Sharqiy frontda rus qo‘shinlariga qarshi Avstro - Vengriya armiyasining katta 
qismi va saralangan german qo‘shinlari urushayotgan bo‘lsa, g‘arbiy frontda esa 
Fransiya va ingliz armiyasi nemislarga qarshi turardi. Ikki frontda urush olib borish 
Germaniya uchun tez orada mag‘lubiyatga uchrash bilan teng edi. Shuning uchun 
Germaniya rahbariyati va bosh shtab Antantaga kiruvchi mamlakatlarni bir - 
birovidan ajratib yuborishga qaror qabul qildi. Sharqda harbiy g‘alabalarga erishish 
orqali Rossiyani separat sulh (ittifoqdoshlar bilan kelishmay tuzilgan sulh; bir 
tomonlama sulh ) to‘g‘risida muzokaralar olib borishga majburlash mo‘ljallangandi. 
Shunga asoslanib, Germaniya 1915 yilda harbiy harakatlar og‘irligining markazini 
Sharqqa olib o‘tdi. 1915 yil 2 mayda nemislar Gorlitsa va Tarnovo oralig‘ida rus 
frontini yorib o‘tdilar. Iyul oyida ular Polsha va Litvada katta hujum boshladilar. 
Avgustda Varshava ishg‘ol etildi. Biroq rus qo‘shinlari nemislarning siljishini 
to‘xtatishdi. Rossiyani separat sulhini tuzishga majburlash imkoni bo‘lmadi.
1915 yilda G‘arbiy frontdagi harbiy harakatlar SHampani, Artua va 
Flandriyada nemislarning hujumlarini Antanta tomonidan qaytarishi bilan 


81 
ifodalanardi. Germaniya “suv osti urushi” yordamida Antantani tiz cho‘ktirishga 
urindi. “Luzitaniya” deb nomlangan ingliz kemasining cho‘ktirlishi oqibatida ko‘plab 
AQSH fuqarolari ham xalok bo‘lgan edi. AQSH va boshqa mamlakatlarning qat’iy 
noroziligi natijasida german qo‘mondonligi passajir ( yo‘lovchi ) kemalariga faqat 
ogohlantirishdan so‘ng hujum qilishni buyurdi.
1916 yilga kelib urushning cho‘zilib ketishi Germaniyani muqarrar halokatga 
olib kelishi german qo‘mondonligiga mutlaqo ravshan bo‘lib qolgandi. Boshi berk 
ko‘chadan chiqib ketishi yo‘lini izlagan nemislar hal qiluvchi zarbani g‘arb tomon 
olib o‘tishga qaror qilishdi. Bunday zarba beriladigan joy sifatida fransuzlar 
mudofaasining muhim bo‘g‘ini sanalmish Verden tanlab olindi. 1916 yil 21 fevralda 
boshlangan va o‘sha yilning oxirida yakunlangan “Verden qirg‘ini” zaxiradagi 
ko‘plab diviziyalarni yutib yubordi va german qo‘mondonligining hisob - kitoblarini 
oqlamadi.
May oyida Avstro - Vengriya Trentino yo‘nalishida hujumni amalga oshirdi va 
italyan armiyasini mag‘lubiyatga uchratdi. Antanta Rossiyadan yordam so‘radi. 1916 
yil 3 - 4 iyunda general Brusilov qo‘mondonligidagi janubi - g‘arbiy front qo‘shinlari 
Avstro -Vengriyaga qarshi katta hujum boshladi. Ular Lutsk, Chernovsi va boshqa 
shaharlarni egallashdi. Tarixga “Brusilov yorib o‘tishi” nomi bilan kirgan bu jang I 
jahon urushining eng yorqin hodisalaridan biri bo‘ldi. Ushbu yorib o‘tish ingliz - 
fransuz armiyalari Somma daryosida boshlagan ( 1916 y. 1 iyul ) qayta hujum uchun 
zamin yaratib berdi. Somma daryosidagi jang noyabrgacha davom etdi va harbiy 
harakatlarning umumiy ko‘rinishiga kam ta’sir etdi. 
Ikki yarim yil davomida olib borilgan janglar biror tomonga hal qiluvchi 
ustunlikni keltirmadi. Kurashni davom ettirish istiqbollari Germaniya uchun qayg‘uli 
ko‘rinish kasb etaverdi. Angliya va uning ittifoqchilari nafaqat barcha german 
mustamlakalarini egallashdi, balki yanada shiddatli tarzda dengiz qamali siyosatini 
olib borishdi. 1916 yilning oxirida Germaniyaning ahvoli “g‘oyat og‘ir va deyarli 
chorasiz” deb baholanardi. Ushbu sharoitlarda 1916 yilning 12 dekabrida kansler 
Betman reyxstagda “sulhparvar” bayonot bilan chiqdi. Shunga o‘xshash takliflarni 
AQSH prezidenti Vilson ham ilgari surdi. Ammo Antant mamlkatlari Betman va 
Vilson bayonotlari asosida har qanday muzokaralarni boshlashni rad etishdi.
Natijada, 1917 yilning bahoriga kelib sulh tuzish to‘g‘risidagi muzokaralar 
boshlanmadi, urushning ko‘lamlari esa kengayib bordi.
1917 yil 6 aprelda AQSH Germaniyaga urush e’lon qildi. German suv osti 
kemalarning Amerika kemalariga hujumlari bunga bahona bo‘ldi. AQSH ning 
Germaniya bilan ziddiyatlari Antanta bilan ziddiyatlarga nisbatan chuqurroq 
bo‘lganligi va nemislarning g‘alabasi Antantaning g‘alabasiga qaraganda Amerika 
manfaatlariga ko‘proq ziyon etkazishi urushga kirish uchun asosiy sabab edi.
AQSH dan so‘ng Kuba, Panama, Braziliya, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua, 
Peru, Urugvay, Kosta - Riko va Gaiti Germaniyaga urush e’lon qilishdi. 1917 yil 17 
avgustda ittifoqchilar tomonida turib, Xitoy ham urushga kirdi. 
Biroq, 1917 yilda Rossiyada ro‘y bergan inqilobiy voqealar ushbu mamlakatni 
urushdan chiqishiga sabab bo‘ldi. Rossiyaning sovet hukumati juda og‘ir shartlar 
asosida Germaniya va uning ittifoqchilari bilan Brest - Litovsk shartnomasini (1918 


82 
y.) imzoladi. Rossiyaning urushdan chiqishi bilan Germaniya oldida faqat g‘arbiy 
front qoldi.
1918 yilning mart oyida nemislar hujum boshlashdi. German qo‘shinlari yirik 
taktik muvaffaqiyatlarga erishdilar, ittifoqchilarning mudofaasini yorib o‘tishdi va 
iyun oyida Marna daryosi qirg‘oqlariga yana bir bor chiqishdi. Parij o‘qqa tutildi. 
Biroq, fransuzlar iyul oyida general Fosh qo‘mondonligi ostida qayta hujumni tashkil 
etishdi. Tashabbus Antanta qo‘liga o‘tdi.
Germaniyaning ittifoqchilari, ichki ziddiyatlar natijasida tang ahvolga tushib 
qolib, urushdan chiqishdi. 29 sentyabrda - Bolgariya, 30 oktyabrda Turkiya taslim 
bo‘lish to‘g‘risidagi shartnomani imzolashdi. 1918 yil 3 noyabrda Gabsburglar 
generalitetining vakillari Antantaga taslim bo‘lishdi. Imperiya tarkibiy qismlarga 
bo‘linib ketdi. Chexlar, xorvatlar, serblar, slovenlar va vengrlar oktyabrda o‘z 
mustaqilligini e’lon qildilar. 
5 oktyabrda Germaniya “Vilsonning 14 bandi” asosida muzokaralar boshlashga 
rozi ekanligi haqidabayon qildi. 3 noyabrda Germaniyada inqilob sodir bo‘ldi. 
Kayzer Vilgelm II ag‘darilganidan so‘ng Germaniyaning yangi hukumati urushni 
to‘xtatishga qaratilgan muzokaralarni yakunlashga shoshildi. 1918 yil 11 noyabrda 
Kompen o‘rmonida, marshal Foshning shtab poezdi turgan Retond stansiyasida 
Germaniya delegatsiyasi yarash ahdini imzoladi. Bitim 34 moddadan iborat edi: 
German qo‘shinlarining 15 kun ichida Fransiya, Lyuksemburg, Elzas va 
Lotaringiyadan chiqib ketishi; Germaniyaning Brest - Litovsk va Buxarest 
shartnomalaridan voz kechishi; harbiy aslaha - anjomlarni g‘olib mamlakatlarga 
topshirilishi va boshq.
Birinchi jahon urushi ( 1914 - 1918 yy. ) yakunlandi. Germaniya va uning 
ittifoqchilari mag‘lubiyatga uchradi.

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish