A. Xolliev Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana11.05.2022
Hajmi0,9 Mb.
#601934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
халқаро мносабатлар тарихи Холлиев

 
 
 
2 mavzu. Qadimgi Yunonistonda xalqaro munosabatlar va 
diplomatiya. 
Qadimgi Yunonistonda osoyishta xalqaro aloqalar huquqning eng qadimgi shakli 
“prokseniya” (ya’ni, mexmondo‘stlik) edi. Prokseniya alohida shaxslar, urug‘lar, 
qabilalar va davlatlar o‘rtasida mavjud bo‘lgandi. Proksenlar orqali diplomatik 
muzokaralar olib boriladi; shaharga etib kelgan elchiliklar birinchi galda o‘zining 
prokseniga murojaat qilardi.
Prokseniya qadimgi yunon dunyosining keyingi barcha xalqaro aloqalari uchun 
asos qilib olindi. 
“Amfiktioniya”lar ham xalqaro aloqalarning huddi shunday qadimiy shakli edi. 
Alohida izzat qilinadigan ilohning ibodatxonasi atrofida yuzaga kelgan diniy 
ittifoqlar amfiktoniyalar deb nomlanardi. Ushbu ittifoqlarga ibodatxona atrofida, 
qarindoshchilik munosabatlaridan qat’i nazar, istiqomat qiluvchi qabilalar kirardi.
Qabilalar to‘planib, bayramlar o‘tkazilgan paytda urush olib borish man 
etilardi, hamda “ilohiy tinchlik” e’lon qilinardi. Shunday qilib, amfiktoniyalar 
xalqaro tusdagi diniy - siyosiy tartibga aylanardi.


20 
Qadimiy Yunonistonda amfiktoniyalar bir nechta bo‘lib, ularning orasida eng 
qadimgisi va katta ta’sirga ega bo‘lgani Delfa - Fermopil amfiktoniyasi edi. Delfa 
shahridagi Appolon xudosi ibodatxonasi qoshidagi va Fermopil shahridagi Demetra 
xudosi ibodatxonasi qoshidagi amfiktoniyalarning birlashishi negizida ushbu ittifoq 
yuzaga keldi. Delfa - Fermopil amfiktoniyasi tarkibiga 12 qabila kirgandi. 
Delfa - Fermopil amfiktoniyasining asosiy maqsadi Delfa shahridagi Appolon 
xudosi ibodatxonasini, uning boyliklarini va er egaliklarini qo‘riqlash edi. Shu bilan 
bir qatorda, amfiktoniya ma’lum jihatdan umumyunon, ya’ni o‘ziga xos xalqaro 
qoidalarini o‘rnatishga harakat qilardi-ki, ularga amfiktoniyaning barcha a’zolari 
rioya qilishlari kerak edi. “Simmaxiya”-lar nomini olgan harbiy - siyosiy ittifoq 
to‘g‘risidagi shartnomalar qadimgi Yunonistonda xalqaro munosabatlarning o‘zgacha 
bir ko‘rinishini kasb etdilar. Ularning orasida eng yiriklari Lakedemon va Afina 
simmaxiyalari edi. 
Lakedemon simmaxiyasi miloddan avvalgi VI asrda Peloponnes shaharlari va 
jamoalarining ittifoqi sifatida vujudga keldi. Unga Sparta boshchilik qilardi. Afina 
shahri rahbarligidagi Afina (Delos) simmaxiyasi esa Yunoniston -Eron urushlari 
davrida eronliklarga qarshi kurashish uchun tuzilgandi. 
Jamoalar va polislar o‘rtasida yuzaga kelgan nizolar maxsus vakillar yoki 
elchilar, vositachiligida hal etilardi. Qadimgi Yunoniston tarixining “Gomer davrida” 
ular darakchilar (keryuks, angelos) deb atalgan bo‘lsa, klassik davrida esa oqsoqollar 
(presbeys) nomini olgandi. 
Elchilik a’zolarining soni turlicha bo‘lib, mavjud sharoitlardan kelib chiqib 
belgilanardi. Elchilik maqsadlari elchilarga berilgan yo‘riqnomalarda ma’lum 
qilinardi. Yo‘riqnomalar aniq o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilardi: bir - biriga 
birlashtirilib tahlangan ikki mumlangan taxtachalardan (diplomata) iborat yorliq 
shaklida edi. “Diplomatiya” atamasi ham shundan kelib chiqadi. 
Qadimgi Yunonistonning rivojlanishida ko‘zga tashlanadigan aniq uch davrni 
ko‘rsatish mumkin:
1)
Krit - Mikena davri (miloddan avvalgi II ming yillik); 
2)
Polis davri (miloddan avvalgi XI – IV asrlar);
3)
Ellinizm davri (miloddan avvalgi 334 – 30 yillar). 
Krit davlati va Axeyya podsholiklarining mavjud bo‘lishi birinchi davrga xos 
bo‘lgan holatdir. Kritning Misr kabi qudratli davlatlar bilan munosabatlari do‘stona 
edi, manbalarda elchiliklar bilan almashishlar ko‘rsatib o‘tiladi. Axeya podsholiklari 
qo‘shni davlatlarga nisbatan urushqoq siyosat yurgazardilar, urushlar olib borish 
yo‘lida birlashardilar (Troya urushlari - miloddan avvalgi 1240 – 1230 yillar). 
Qadimgi Yunoniston tarixining ikkinchi bosqichida ijtimoiy - iqtisodiy va 
siyosiy jihatdan jamiyatning ildamlik bilan rivojlanishi ro‘y berdi. Klassik qulchilik 
negizida rivojlangan quldorlik iqtisodiyotiga ega shaharlar - davlatlar - polislar paydo 
bo‘ldi. 
Yunon davlatlari siyosiy mustaqilikka ega bo‘lganligi sababli xalqaro 
munosabatlar tarixini polislararo munosabatlar sifatida, qo‘shni davlatlarga nisbatan 
esa tashqi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. 


21 
Ushbu bosqichning eng muhim voqealaridan biri Yunoniston - Eron urushlari 
edi. Eron ushbu urushlarni aholisi ko‘p va iqtisodiy rivojlangan boy yunon polislarni 
zabt etish maqsadida olib bordi. Yunonlarning Eron davlati bilan olib mil. avv.500 - 
449 yillardagi to‘qnashuvlari Yunoniston - Eron urushlari nomini olgan, chunki 
harbiy harakatlar bir necha kompaniyalarga bo‘linadi. 
Yunoniston - Eron urushlarining asosiy davrlari: 
I.
Miloddan avvalgi 500 – 494 yy. - Kichik Osiyoda joylashgan yunon 
shaharlarining 
eronliklarga qarshi qo‘zg‘oloni, Afina va Eretreyaning 
qo‘zg‘olonchilarga yordami; 
II.
Miloddan avvalgi 492 – 490 yy. - Eronliklarning Bolqon Yunonistoniga 
bostirib kirishga urinishlari. 
III.
Miloddan avvalgi 480 – 479 yy. - Kserksning Yunonistonga bosqini - 
Yunoniston - Eron urushlarining eng yuqori nuqtasi. 
IV.
Miloddan avvalgi 478 – 459 yy. - harbiy harakatlar xarakterining 
o‘zgarishi, harbiy tashabbusning yunonlar qo‘liga o‘tishi, Egey dengizi orollari va 
Kichik Osiyoda joylashgan yunon shaharlarining ozod etilishi. Afina harbiy 
qudratining o‘sishi. 
V.
Miloddan avvalgi 459 – 449 yy. - Afina va uning ittifoqchilarining Misrga 
yurishi, Yunoniston - Eron urushlarining yakunlashi. 
Yunoniston-Eron urushlarida yunonlarning vatanparvarligi va jasorati (mil. avv. 
490yilda Marafon yonidagi jang, mil. avv. 480 yilda Fermopil yo‘lagi yonidagi jang) 
yorqin namoyon bo‘ldi, birlashish zarurligi anglab etildi (Panellin ittifoqi - mil. avv. 
481 y., Delos ittifoqi - mil. avv. 478y.). Ushbu lahzalar polis iqtisodiyoti va 
jamiyatining yuksalishi, polis tuzilishining mukammalik davrini boshidan 
kechirayotganligi bilan izohlanadi. Ushbu jarayonlar natijasida yunonlar qadimgi 
dunyoning eng yirik davlati sifatida namoyon bo‘lgan Axamoniylar saltanati bilan 
bo‘lgan to‘qnashuvda g‘alabaga erishdilar. 
Miloddan avalgi 449 yilda “Kaliy” sulhi tuzildi. Eron podshohi bilan tinchlik 
tuzish maqsadida Kiprga yuborilgan Afina elchisining ismi Kaliy bo‘lganligi sababli 
ushbu bitim shunday nomlanadi. Tinchlik shartlari quyidagilardan iborat bo‘ldi: 
1.
Eron podshosi yunonlarning Kichik Osiyodagi barcha polislarning 
mustaqilligini tanidi va yunonlarga qarshi harbiy harakatlar olib bormaslik 
majburiyatini o‘z zimmasiga oldi.
2.
Eron davlati bundan buyon Egey dengizi va bo‘g‘ozlarga harbiy flotini kirita 
olmasdi.
3.
YUnon polislari Sharqiy O‘rta er dengizi mintaqasi va Misrga oid masalalarga 
aralashmaslik majburiyatini o‘z zimmasiga oldilar.
Miloddan avvalgi 478 yilda Delos simmaxiyasining (ittifoqining) tashkil etilishi 
urushning yana bir muhim natijalaridan biri bo‘ldi. Bu - tashqi siyosatdagi asosiy 
maqsadlari bir - biriga mos kelgan, tez sur’atlarda iqtisodiy rivojlanishdan 
manfaatdor bo‘lgan, bir xil demokratik tuzumga ega yunon shaharlarining 
mustahkam birlashmasi va harbiy ittifoqi edi. Ammo ushbu ittifoqning tashkil etilishi 
paytidan boshlab Afinaning ustunligi ko‘zga tashlandi. Chunki ushbu shahar yirik 


22 
boy polis bo‘lib, eronliklarga qarshi urushning asosiy og‘irligini o‘z gardaniga oldi. 
Miloddan avvalgi 454 yilda ittifoqining xazinasi Delos orolidan Afinaga 
o‘tkazilishdan so‘ng ushbu ustunlik yanada yaqqol bo‘lib qoldi.
Ittifoqchilar Afinaga teng a’zolar sifatida emas, balki ma’lum jihatdan 
fuqarolar sifatida ko‘rilardilar. Miloddan avvalgi 454 yil Delos simmaxiyasining 
Afina arxesiga (davlatiga) aylanish davrining chegarasi hisoblanadi. 
Urushdan so‘ng yunon polislarining gullab - yashnash davri boshlandi. Ushbu 
davr iqtisodiyotning o‘sishi va madaniyatning yuksak rivojlanishi bilan ifodalanadi. 
Afina davlatiga strateg sifatida boshchilik qilgan Perikl birinchi Afina dengiz 
ittifoqiga kirgan polislarni birlashtirishga va yagona ittifoqchi davlatni barpo etishga 
intildi. Bu esa dengiz ittifoqining ichida keskin nizolarga olib kelardi. Bir vaqtning 
o‘zida tashqi siyosiy tusdagi to‘qnashuvlar ham etilmoqda edi: Afina va Korinfning 
G‘arbga olib boradigan savdo yo‘llar uchun kurashi; Afina va Spartaning 
Yunonistonda gegemonlik qilish uchun kurashi. Ushbu barcha qarama- qarshiliklar 
yunon polislarning ko‘pchiligini o‘z domiga tortib ketgan Peloponnes urushiga (mil. 
avv. 431 - 404yy.) olib keldi. Peloponnes urushi ikki asosiy davrga bo‘linadi:
Birinchi davr - “Arxidam urushi” ( mil. avv.431 - 421yy. ); 
Ikkinchi davr - Afinaliklarning Sitsiliyaga qo‘shin yuborishi va “Dekeley” 
urushi (mil. avv. 415 – 404 yy.). 
Miloddan avvalgi 421 - 415 yillar davomida vaqtincha sulh saqlandi. Harbiy 
harakatlar bir paytning o‘zida turli hududlarda olib borildi: Egey dengizi havzasida, 
Peloponnesda, O‘rta Yunonistonda, G‘arbiy viloyatlarda, Sitsiliyada. Urushning 
ikkinchi davrida Sparta yordam so‘rab Eron davlatiga murojaat qildi. Ko‘mak berish 
evaziga eronliklar Kichik Osiyoda joylashgan yunon shaharlarini nazorat qilish 
huquqini talab qildilar. Sparta bunga rozi bo‘lmadi, biroq rad javobini ham bermadi. 
Bu - Yunonistonning milliy manfaatlariga nisbatan sotqinlik edi. Urush Spartaning 
g‘alabasi bilan yakunlandi. Birinchi Afina dengiz ittifoqi tarqatib yuborildi. 
Spartaning gegemonligi davri boshlandi. 
Polislar o‘rtasidagi doimiy urushlar ularning shundoq ham tang ahvolini 
yanada zaiflashtirardi.
Miloddan avvalgi 399 yilda Eron va Sparta o‘rtasida urush boshlandi. 
Axamoniylar orasidagi sulolaviy kurashga Spartaning aralashuvi ushbu urushni 
keltirib chiqardi. Sparta urushning oxirida qilgan sotqinligi tufayli o‘zini yunonlar 
oldida obro‘ - e’tiborini tiklashga va Kichik Osiyoda joylashgan yunon shaharlarini 
ozod etishga intildi. Biroq miloddan avvalgi 395 yilda Ahamoniylar yordamida 
tuzilgan koalitsiya (ittifoq) Spartaga qarshi urush boshladi. Ushbu ittifoqqa Afina, 
Korinf, Fiva kirdi. Polislarning zaiflashuvi va iqtisodiyotining tanazzulga yuz tutishi 
o‘sha davrda ularning barchasini boy Eron davlatiga nisbatan qaram qilib qo‘ygandi. 
Eron urushayotgan tomonlarini tinchlik shartlarini qabul qilishga faktik jihatdan 
majburladi (mil. avv. 387 yilda tuzilgan “Antalkid” sulhi); Eron davlati Kichik Osiyo 
shaharlari ustidan bo‘lgan hokimiyatini tikladi, eronliklar flotiga Egey dengiziga 
kirish ruxsat etildi, yunon polislari ustidan kuzatish va nazorat qilish Spartaga 
topshirildi. Spartaning siyosati davlatlar muhtoriyatini buzish, demokratlarga jazo 
berish, oligarxik tartiblarni o‘rnatish orqali o‘z ifodasini topdi. Sparta yunonlar 


23 
erkinligi va mustaqilligining asosiy dushmaniga aylandi. Miloddan avvalgi 382 yilda 
ro‘y bergan oligarxik to‘ntarishdan keyin Fiva demokratlari mil. avv. 379 yilda 
demokratik tuzumni tiklashdi va mil. avv.VI asrdayoq mavjud bo‘lgan Beotiya 
ittfoqini qaytadan vujudga keltirishdi. Miloddan avvalgi 378 - 377 yillarda Sparta 
bilan kurashish uchun Ikkinchi Afina dengiz ittifoqi tuzildi. Levktra shahri yonidagi 
jangda (mil. avv. 371 y.) fivaliklar Sparta qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratishdi va 
ushbu voqea Spartaning engilmasligi to‘g‘risidagi afsonani yo‘qqa chiqardi. 
Mantiney yonidagi jangda (mil. avv. 362y.) fivaliklar sarkardasi Epaminondning 
o‘limidan so‘ng Fiva shahrining qisqa muddatli yuksalishi yakunlandi. Bunga 
Fivaning kuchayishidan qo‘rqib qolgan Afinaning fivaliklarga nisbatan g‘arazli 
munosabati sabab bo‘ldi. Biroq, Afinaning Ikkinchi Afina dengiz ittifoqida o‘z 
ustivorligini o‘rnatishga qaratilgan urinishlari ittifoqchilarning qarshiligiga uchradi va 
“Ittifoqchilar urushi”ga olib keldi (mil. avv. 357 - 355yy.). Ushbu urush ittifoqning 
tarqalib ketishi bilan yakunlandi. 
Shu davrda Yunonistonning shimolida yangi harbiy - siyosiy kuch sifatida 
Makedoniya namoyon bo‘ldi. Miloddan avvalgi 346 yilga kelib Makedoniya 
podshosi Filipp II tomonidan oldin Fessaliya, so‘ngra Fokida, Xolkidika va Frakiya 
sohili bosib olindi. Afinada va Yunonistonning boshqa polislarida Makedoniyaga 
qarshi va tarafdor partiyalar o‘rtasida kurash bo‘lib o‘tardi. Demosfenning harakatlari 
tufayli yunon shaharlarining Makedoniyaga qarshi ittifoqi tuzildi. Ammo ushbu 
ittifoq mil. avv. 338 yilda Xeroneya shahri yonidagi jangda to‘la mag‘lubiyatga 
uchradi. Bu erda, Makedoniyaga qarshi partiyaning rahbarlaridan biri bo‘lgan 
Likurgning so‘zlariga ko‘ra, “halok bo‘lganlarning tanalari bilan birga yunonlarning 
erkinligi ham ko‘mildi”. Miloddan avvalgi 337 yilda Filipp II tomonidan Korinfda 
chaqirilgan kongress Yunonistonning Makedoniyaga bo‘ysunishini rasmiylashtirdi.
Ushbu voqealar bilan qadimgi Yunoniston tarixining III - bosqichi boshlandi. 
Aleksandr Makedonskiy (Iskandar) boshchiligidagi yunon - makedonlar armiyasi mil. 
avv. 334 yilda Eron davlatiga yurishni boshlaydi. Uch jangda (Granik daryosi 
yonidagi jang - mil. avv. 334, Iss yonidagi jang - mil. avv. 333 yilda, Gavgamela 
yonidagi jang - mil. avv. 331 y.) erishilgan g‘alabalar natijasida Eron davlatining 
katta qismi egallandi. 
Sharq tomon harakatlangan Aleksandr O‘rta Osiyoga, so‘ngra esa G‘arbiy 
Hindistonga bostirib kirdi. Aleksandrning sharqiy yurishi natijasida ulkan davlat 
barpo etildi.
Uning o‘limidan so‘ng (mil.avv. 323y.) sarkardalar - diadoxlar o‘rtasida kurash 
natijasida ellin davlatlari shakllandi. Ushbu kurash mil. avv. 321 yilda boshlandi va 
mil. avv. 281 yilda yakunlandi. Yirik davlatlar tashkil topdi - Ptolemeylar podsholigi 
(Misr), Salavkiylar davlati, Pont, so‘ngra Pergam, Kappadokiya, Yunon - Baqtriya 
podsholigi. 
Salavkiylar va Ptolemeylar davlatlari O‘rta er dengizining Sharqiy qismida o‘z 
hukmronligini o‘rnatish uchun raqobat qilardilar va Yunonistonda faol rol o‘ynashga 
intilardilar. Buning ustiga ular vaqti - vaqti bilan uchinchi ellin davlati - Makedoniya 
bilan murakkab munosabatlarga ega bo‘lardilar. Makedoniya Egeidani doimo o‘z 
nazorati ostida ushlab turishga to‘g‘ridan - to‘g‘ri manfaatdor edi. Salavkiylar 


24 
Ptolemeylar bilan Kelesiriya (Janubiy Suriya) uchun ayniqsa shiddatli kurash olib 
borishardi, chunki Hindiston va Sharqning boshqa mamlakatlaridan keladigan savdo 
yo‘llari O‘rta er dengizining sharqiy sohilida tugardi, Salavkiylar esa Suriyaning 
faqat shimoliy qismiga egalik qilardi. O‘z navbatida Ptolemeylar Keleseriyadan 
shimolga siljishga intilardilar. Keyinchalik 1 - Suriya urushi nomini olgan ushbu 
to‘qnashuvlarda ( mil.avv III asrning 80 – yillari ) omad u yoki bu tomonda bo‘ladi 
va Ptolemey II ning biroz ustunligi bilan yakunlandi, chunki Misr floti Salavkiylar 
flotiga nisbatan kuchliroq bo‘lib chiqdi. Biroq shu paytning o‘zida, Afrikada, Antiox 
I Salavkiy ko‘magida Kirenaika Misrdan ajralib chiqdi va mustaqil davlatga aylandi. 
Mileet, Kikladika orollari va boshqa nuqtalarga ega bo‘lgan Misr yunonlarning 
Makedoniyaga qarshi chiqishlarini qo‘llab - quvvatlardi. Lekin, tez orada 
Makedoniya, Salavkiylar va Rodos oroli Misrni Egey dengizi mintaqasidan surib 
chiqardilar. Makedoniya hatto Kirenaika bilan yaqinlashishga muvaffaqiyatsiz urinib 
ko‘rdi. Maqsad - Kirenaikadan Misrga qarshi foydalanish edi. Miloddan avvalgi III 
asrning 60 - yillarida Antiox II Misrga qarshi 2 - Suriya urushini boshladi. Biroq, 
Kaspiy dengizidan sharqda joylashgan ulkan hududlarning bosh ko‘tarishni va 
Salavkiylardan ajralib chiqishi (bu erlarda mustaqil Parfiya va Baqtriya davlatlari 
vujudga keldi) vaziyatni murakkablashtirdi.
Asosiy uch ellin davlatining ichki ahvoli ularning tashqi to‘qnashuvlarida 
kuchlar muvozanatining turg‘un emasligiga sabab bo‘lgandi. Ular doimo bosib 
olingan va asoratga solingan aholini bostirish tashvishida edi.
Miloddan avvalgi III asrning o‘rtalariga kelib Misr qudratining eng yuksak 
cho‘qqisiga etdi. Ptolemey III Everget sulolaviy nikoh orqali Kirenaikani yana bir bor 
qo‘shib oldi, 3 - Suriya urushi (mil. avv. 245 - 243 yy.) davrida esa Finikiya va 
Suriyani, Salavkiylar poytaxti Orontdagi Antioxiyani ishg‘ol etdi. Ayrim manbalarda 
u so‘ngra Mesopotamiyani bosib olganligi va Sharq tomon harakatlanganligi, ammo 
Ptolomeylarga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon tufayli Misrga qaytib kelganligi 
to‘g‘risida gapiriladi. 
3 - Suriya urushida mag‘lubiyatga uchragan Salavkiylar podsholigi 
zaiflashgandi. Bundan Pergam foydalandi va Kichik Osiyoda Salavkiylarga tegishli 
egaliklarning bir qismini bosib oldi. 30 - yillarning oxirida Antiox III (mil.avv. 223 – 
187 yy.) taxtga o‘tirganidan so‘ng Suriya va Finikiyani qaytarib olish va Misrni 
Kelesiriyadan surib chiqarish maqsadida 4 - Suriya urushi (mil.avv. 219 – 217 yy.) 
boshlandi. Biroq Salavkiylar to‘la mag‘lubiyatga uchradi. Bu - Misrning oxirgi 
harbiy muvafaqqiyati edi. Antiox III Kichik Osiyoda harbiy harakatlarni olib bordi va 
qo‘ldan ketgan sharqiy viloyatlar ustidan Salavkiylar hokimiyatini tiklash maqsadida 
o‘zining mashhur sharqiy yurishini (mil.avv. 212 – 205 yy.) boshladi. Natijada 
Parfiya va YUnon - Baqtriya bo‘ysundirildi va Salavkiylarning vassallariga 
aylantirildi. So‘ngra, Makedoniya bilan bo‘lgan ittifoqiga tayanib, Antiox III Janubiy 
Suriyani, Finikiyani, Falastinni, Kichik Osiyoda Ptolomeylarga tegishli qator 
shaharlarni bosib olishga erishdi. Aynan shu paytda Antiox III Rim bilan to‘qnash 
keldi. Chunki u, Frakiyani zabt etib, Yunonistonda Rim hokimiyatidan norozi 
bo‘lganlarning barchasini qo‘llab - quvvatladi. Salavkiylar sharqiy O‘rta er dengizi 
mintaqasida ustivorlikka ochiqdan - ochiq da’vogarlik qilardilar. Bu esa Rim bilan 


25 
urushga olib keldi. Rim bilan bo‘lgan urushda (mil.avv. 192 - 188yy) mag‘lubiyatga 
uchrashi va rimliklar tomonidan majburan qabul qildirilgan Apamey shartnomasi 
(mil.avv. 188 y.) Salavkiylarning Egey dengizi havzasidagi ta’sirini to‘laligigacha 
yo‘q qildi. Antiox IV Epifan (mil. avv. 175 – 163 yy.) Salavkiylar davlatining 
qudratini tiklashga (mil. avv. 170 va 168 yillarda Misrga yurishlar) va zo‘raki 
ellinlashtirish yo‘li bilan uning birligini mustahkamlashga urindi. Ushbu siyosat 
Yaxudiyada (mil.avv. 171, 167 – 160 yy) qo‘zg‘olonlarni keltirib chiqardi. Ezilgan 
ommaning kurashi va ichki sulolaviy nizolardan zaiflashgan Salavkiylar o‘z erlarini 
yo‘qotib bordilar. Miloddan avvalgi 64 yilda Salavkiylar davlatining oxirgi qismi 
(Suriya) Rimga tegishli viloyatga aylandi. 
Ichki ziddiyatlar va sulolaviy kurashlar oqibatida emirilgan Ptolemeylarning 
Misr davlati ham asta - sekin zaiflashib bordi va mil. avv. 30 yilda Rim tomonidan 
zabt etildi. 
Pergam, Vifiniya kabi boshqa ellin davlatlarining taqdiri shunga o‘xshash 
bo‘ldi. Ular Rimga qo‘shib olindi va viloyatlarga aylantirildi.
Yirik ellin davlatlarining tashkil topishi faqat sharqiy O‘rta er dengizi 
mintaqasiga xos holat emas. Miloddan avvalgi IV asrning oxiri va III asrning boshida 
o‘xshash davlatlar G‘arbda ham paydo bo‘ldi. Bular - Agafoklning Sitsiliya davlati 
va Pirr boshqaruvi davridagi Epir. Ammo ushbu yunon davlatlarining umri qisqa 
bo‘ldi - ichki ahvol mustahkam emasdi va ular Karfagen va Rim kabi qudratli 
qo‘shnilari bilan bo‘lgan kurashda o‘z mustaqilligini saqlab qolaolmadilar. 
Yunonistonda hukmronlik qilish uchun kurashni davom ettirgan davlatlar va 
harbiylashgan ittifoqlarning (Makedoniya, Axeya ittifoqi, Etoliya ittifoqi, ba’zi 
davrlarda – Sparta) ustunligi ellinizm davri Yunonistoni uchun xos holatdir. 
Davlatlarning ko‘pchiligida podsholar va oligarxiya mavjud edi. Aleksandrning 
o‘limidan so‘ng Afina boshchiligidagi davlatlarning Makedoniyaga qarshi kurashi 
(“Lamiya urushi” - mil.avv. 323\322 yy.) Makedoniyaning g‘alabasi va yunon 
demokratlarini jazolash bilan yakunlandi. Afina sarkardasi Xremonid nomini olgan 
urushda ( mil. avv. 267 – 261 yy.) ikkinchi marta mag‘lub etilganidan so‘ng Afina 
vayron etildi va butunlay Makedoniya monarxiyasiga qaram bo‘lib qoldi.
Biroq Makedoniya ham butun Bolqon yarim oroli ustidan hokimiyatini tiklay 
olmadi. Unga qarshi, goh bir - biri bilan birlashib, goh alohida - alohida, ikki yangi 
qudratli ittifoq - Axeyya ittifoqi (mil.avv. 280 yilda tashkil etilgan) va Etoliya ittifoqi 
(mil.avv. 367 yilda barpo etilgan) - kurash olib borardi. Axeyya ittifoqi 
Peloponnesning katta qismi (Spartadan tashqari ) va yirik shaharlarni (Sikion, Korinf, 
Megara) qamrab olgandi. Etoliya ittifoqiga Etoliyaning o‘zidan tashqari, O‘rta 
Yunoniston polislari (Afinadan tashqari), Janubiy Fessaliya va boshq. kirardi. 
Aleksandr vorislari, keyinchalik Makedoniya va ikki ittifoqning Yunonistonda 
hukmronlik qilish uchun olib borgan kurashi shaharlarning ommaviy vayron etilishi, 
aholini qul qilib sotilishi, iqtisodiyotning tanazzulga yuz tutishiga olib kelardi. 
Rimliklar, Makedoniyani Kinoskefal yonidagi jangda (mil.av. 197 y.) 
mag‘lubiyatga uchratganlaridan so‘ng, demokratiyaga qarshi oligarxiya qatlamlarini 
qo‘llab– quvvatlab, yunonlarning ichki ishlariga doimo aralashib keldilar.


26 
Miloddan avvalgi 196 yilda Istmiy o‘yinlarida e’lon qilingan “yunonlar 
erkinligiga” ishonch Rimning Yunonistondagi shuhratini qisqa muddatga ko‘tardi. 
Shu davrdan boshlab Yunoniston doimo Rim ta’siri ostida bo‘ldi. Makedoniya 
siyosiy ahamiyatini yo‘qotdi, mil.avv. 148 yilda Rimga qarshi qo‘zg‘olon 
bostirilganidan so‘ng esa, Illiriya va Epir bilan birgalikda, rimliklarning viloyatiga 
aylantirildi; Etoliya ittifoqini Rim tarqatib yubordi. Miloddan avvalgi 146 yilda 
rimliklarga qarshilik qilishga uringan Axeyya ittifoqi ham tor - mor etildi; shunday 
qilib, Yunoniston faktik jihatdan Rim hokimiyati ostida qoldi. Rimda imperiyaning 
qaror topishi bilan (mil.avv 27y.) Yunoniston rimliklarning Axeyya (rasman erkin 
shahar deb hisoblangan Afinadan tashqari) viloyatiga aylantirildi va Rim 
imperiyasining boshqa sharqiy viloyatlaridan kam farq qilardi. Milodiy IV asrdan 
boshlab Yunoniston Sharqiy Rim imperiyasi - Vizantiyaning o‘zagini tashkil etdi.

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish