5 mavzu. O‘rta asrlarda Sharq mamlakatlarining xalqaro
munosabatlari va diplomatiyasi.
III asrda Xan imperiyasi parchalanib ketgandan so‘ng uning erlarida bir qator
davlatlar mavjud edi.
Ilk o‘rta asrlar zamonida Xitoyni birlashtirishga birinchi bo‘lib Suy sulolasi
589 yilda urindi. Bu sulolaning asoschisi Yanszyan (yoki Vendi) edi. 618 yilda esa
44
Shimoliy-g‘arbiy Xitoyning knyazlaridan biri Li Yuan yoki Gaotszu (u kelib chiqishi
jihatidan chala turk edi) hokimiyatni qo‘lga kiritdi va Tan sulolasiga asos soldi. Tan
imperiyasi Xitoyda 300 yilga yaqin, ya’ni 618 yildan 907 yilgacha hukmronlik qildi.
Mamlakatning birlashtirilishi, xo‘jalikning jonlanishi, harbiy qudratning o‘sishi Suy
va Tan imperiyalarining siyosatida tashqi aloqalarning faollashuviga ko‘mak berdi.
Markaziy Osiyoning ulkan kengliklaridan ko‘chmanchi qabilalarning ittifoqi –
Turk xoqonligi yuzaga keldi. Xitoy imperiyasi xali o‘ta zaif bo‘lganligi sababli
ko‘chmanchilarning qurollangan bosqinini oldini olish maqsadida an’anaviy “tinchlik
va qarindoshchilik” siyosatini yuritardi, ya’ni turk xoqonlarining turli ustunliklarini
tan olardi va hatto uzoq muddatga tinchlikni saqlash uchun o‘lpon to‘lashga tayyor
edi.
Shimoliy-Sharqda esa siyosat o‘zgacha ko‘rinish kasb etgandi. Bu erda Suy
imperatorlari Moxe qabilalari va shimoliy koreys davlati Koguryoga qarshi uzoq
davom etgan va unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan urushlarni boshladilar. Asosiy
maqsad – Lyaoninni va koreyslar o‘sha paytlarda ustivorlik qilgan Sariq dengizga
olib boruvchi dengiz yo‘llarni qo‘lga kiritish edi. Koreyaga qarshi urushlar deyarli bir
asr mobaynida davom etdi.
VII asrning boshida Xitoyning tashqi aloqalari kengaydi. 607 yilda Loyanga
Yaponiyadan elchilik etib keldi, 609 yilda esa – Siamdan tashrif buyurgan elchilik
sovg‘alar keltirdi. Hindi-Xitoyga (Vetnam) muvaffaqiyatli yurishlar amalga oshirildi.
Imperiya mustahkamlanib borgan sari, ilgari turk xoqonlari bilan do‘stona
munosabatlarda bo‘lgan hukmdorlar qo‘shnilariga qarshi urushlar olib borishga
o‘tdilar – dastavval mudofaa, keyinchalik esa bosqinchilik urushlariga.
VII asrning 30- va 40-yillarida Xitoy qo‘shinlari mo‘g‘ul dashtlariga va Buyuk
ipak yo‘li bo‘ylab yurishlar amalga oshirishdi. Xitoyning harbiy kuchlari Tyan–Shan
yonida to‘plandi. Tyan-Shan ortida hitoyliklar qirg‘izlar bilan munosabatlarni
o‘rnatishga erishdilar. 648 yilda esa qirg‘iz elchilari Chananga etib kelishdi.
O‘rtadagi imperiyaning hududiy jihatdan kengayishi va ayrim mamlakatlarning
Xitoy syuzerenitetini tan olishi turk va tibet qabilalarining doimiy bosimi, hamda
arab istilochilarining tahdidi ostida bo‘lgan xalqlarning hitoyliklardan yordam olish
niyati bilan izohlanadi. Hatto Sosoniylarning so‘nggi podshosi Yozdagir III, arab
istilochilaridan qochib, Eronni tark etdi va Xitoydan ko‘mak so‘radi. Uning o‘g‘li va
nevarasi o‘zlarini Tan davlatining vassallari deb tan olishdi, garchand hech qanday
erlarga egalik qilmasa ham.
Imperiyaning manfaatlari tibetliklar bilan Janubiy-g‘arbiy yo‘nalishida va
Kukunorda to‘qnashdi. VII asrda Tibetda dastlabki davlat vujudga keldi. Uning
podshosi Sronszangbo o‘zining katta qo‘shinini Sharqqa, Hitoyga etakladi. 641 yilda
Sronszangbo Li Shamin bilan bitim tuzdi, aftidan o‘zini Xitoy vassali deb tan oldi.
Endigina asos solingan Lxasaga Xitoylik amaldorlar, savdogarlar va harbiylar etib
kelardi.
Budda rohiblari va ayniqsa Syuan Szan tomonidan Shimoliy Hindiston
podsholigi bilan bog‘langan aloqalar Lxasa orqali ta’minlanardi. 641 yilda Shimoliy
Hindiston hukmdori Xarsha Xitoyga elchilik yubordi. Tuhfalar bilan etib kelgan
ushbu elchilik Chanan saroylarida izzat bilan kutib olindi. Ikki yildan so‘ng Li
45
Shamin javob elchiligini jo‘natdi. Ushbu elchilik ishtirokchisi, o‘qimishli buddist
(ya’ni budizm tarafdori), saroy gvardiyasi boshlig‘i Van Syuanse Lxasada qolib
ketdi. U 647 yilda yana bir bor Hindistonga safar qilganda Xarsha vorisi
Arudjinaning qo‘shini elchilikka hujum qildi. Van Syuanse, Tibetga qaytib kelib,
tibetliklar, xitoyliklar va gurkaslardan (Nepal aholisi) iborat qo‘shin to‘pladi. Ushbu
qo‘shin Gang bo‘ylab yurish qildi va Arutdjinani uning saroyi bilan qo‘lga kiritdi.
Asirlar Chananga jo‘natildi.
Shimoliy-sharqiy Hindiston zodagonlari, Tan imperiyasi bilan do‘stona
aloqalarini mustahkamlanishiga intilib, Xitoyga sovg‘alar sifatida otlar, qurollar,
qimmatbaho buyumlarni yuborardilar. Ikki mamlakat o‘rtasida savdo aloqalari
o‘rnatildi. Van Syuanse elchiliklar tarkibida yana ikki marotaba Hindistonga safar
qildi. 668 yilda Hind elchiligi Xitoydan harbiy yordam so‘ragan. Keyinroq Tibet
orqali olib boradigan yo‘l uzilib qoldi va ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar Birma va
dengiz orqali amalga oshirildi.
907 yildan Tan imperiyasi tugadi. Bir necha o‘n yilliklar davomida Xitoyda
to‘la tarqoqlik hukm surdi. 960 yilda Sun sulolasi hokimiyati ostida Xitoy qaytadan
birlashtirildi. Uning asoschisi Chjao Kuan-in edi.
Sun imperiyasi Tan imperiyasiga qaraganda kuchsizroq bo‘ldi. Turk, mo‘g‘ul
qabilalari va g‘arbdagi boshqa ko‘chmanchi qabilalar Sun imperiyasi chegaralariga
borgan sari kuchliroq xavf solib turdilar. Sun imperatorlari uyg‘urlarga, tangutlarga,
kudanlarga qarshi urushlar qildi. Biroq, bu urushlar natijasida Sunlar bu
mamlakatlarni Xitoyga bo‘ysundira olmadilar. Shunga qaramasdan, Sun sulolasi
davrida Xitoyning xalqaro aloqalari qaytadan mustahkamlandi. O‘rta Osiyo,
Hindiston va Hindi-Xitoy bilangina emas, balki Koreya, Yaponiya va Indoneziya
bilan ham keng miqyosda tashqi savdo olib borildi.
XII asrda Sun sulolasining ahvoli og‘ir edi. 1127 yildan boshlab Sunlar faqat
Janubiy Xitoyni o‘z nazorati ostida ushlab turdilar xolos. Shimoliy Xitoy
chjurchjenlarning Szin deb atalgan yangi bir katta davlati tarkibiga kirdi. XIII asr
boshlarida Shimoliy Xitoy mo‘g‘ullar tomonidan bosib olindi. Janubiy Xitoyning
faqat o‘zidan iborat bo‘lib qisqarib qolgan Sun imperiyasi (o‘shanda ham hamma
viloyatlar uning tarkibiga kirmas edi) 1279 yilgacha, ya’ni Chingizxonning nevarasi
Xubilay zabt etmaguncha umr ko‘rdi. Xubilay yangi mo‘g‘ul sulolasiga asos soldi, bu
solala xitoycha Yuan deb nomlandi.
XIII asr oxiri XIV asr boshlaridayoq mo‘g‘ullar Xitoyliklarning kuchli ta’siri
ostiga tushib qoldilar. Ikkinchi tomondan, Xitoyning mo‘g‘ul davlatlari tizimiga
kiritilganligi tufayli endilikda Xitoy avvalgi Tan va Sun “milliy” sulolalari
davridagidan ham ko‘proq darajada xalqaro savdo ishlarida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Xitoyning o‘zida Eron, arab, O‘rta Osiyo va Hind savdogarlari tez-tez paydo bo‘la
boshlailar. Marko Poloning so‘zlariga ko‘ra. Xitoy ipak, chinni, temir va misni
“dunyoning barcha chekkalariga” eksport qilishi amalga oshirilardi.
XIV asrning 50-60 yillarida butun mamlakatda mo‘g‘ul istilochilariga qarshi
qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tardi. 1368 yilda qo‘zg‘olonchi dehqon armiyasining
rahbarlaridan biri bo‘lmish Chju Yuan-Chjan imperator deb e’lon qilindi. U asos
46
solgan yangi sulola Min sulolasi deb ataladigan bo‘ldi. Ushbu sulola Xitoyni 1368
yildan to 1644 yilgacha idora qildi.
XIV asrning oxirgi choragi – XV asrda Min sulolasi Koreya, Tibet, Vetnam,
Indoneziya, Hindi-Xitoy, Malakkaga nisbatan faol tashqi siyosat olib bordi. Ushbu
mamlakatlarga bir necha bor harbiy ekspeditsiyalar uyushtirildi. Ayniqsa, 1403-1433
yillar mobaynida admiral Chjen-Xe boshchiligidagi ettita dengiz ekspeditsiyalarining
ko‘lami katta bo‘ldi. Min hukumati elchiliklar yuborish va qabul qilish vositasida
Yaponiya, Kampuchiya, Hindiston, Temuriylar davlati kabi mamlakatlar bilan
diplomatik munosabatlarni ta’minlashga urindi.
XVI asrda Min sulolasi mo‘g‘ul xonlarining mamlakat chekka hududlariga
qilgan hujumlarini bir necha bor qaytardi. 1570 yilda tuzilgan uzoq muddatli tinchlik
bitimidan so‘ng bosqinlar to‘xtatildi. Tinchlik shartnomalari xonlar va imperatorlar
o‘rtasida ilgari ham bir necha bor imzolangan edi, ular doim Xitoy uchun manfaatsiz
bo‘lgan: mo‘g‘ul xonlari shunday savdo-sotiqni majburan qabul qildirardilarki,
bunday savdo Xitoyga faqat zarar etkazardi. Xitoyliklar qimmat mahsulotlarni (ipak,
don, qimmatbaho xunarmandchilik buyumlari) arzon sotishga, chorva mollarni esa
ularning haqiqiy qiymatiga ko‘ra yuqoriroq narxlar bo‘yicha harid qilishga majbur
edilar. Shimolda va g‘arbda yashagan xalqlar bilan tashqi savdo aloqalar qaysidir
ma’noda urushlar yoki mo‘g‘ular bilan tuzilgan shartnomalarning xususiyati bilan
cheklangandi.
Xitoy-Yaponiya bilan savdo-sotiq aloqalariga ega edi. Min hukumatining
Yaponiya bilan savdoni cheklashga qaratilgan urinishlari shiddatli urushlarga sabab
bo‘ldi.
XVI asrning 90-yillarida Yaponiya –Koreya urushi davrida Min sulolasi
o‘zining vassalli – koreys imperatoriga yordam sifatida katta qo‘shin yuborishga
majbur bo‘ldi.
Min imperiyasi ayrim davlatlar bilan tinch savdo aloqalariga ega edi. Xitoy
xunarmandlarining maxorat bilan ishlangan buyumlari mamlakatdan anchagina
tashqarida sotilardi. Xitoy mahsulotlari rus davlatiga ham etib kelgan. Ivan Grozniy
tomonidan Sharqqa yuborgan ikki elchiligi ruslarning Xitoy to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo
yo‘lini izlab topishga qaratilgan intilishlaridan dalolat beradi. Mo‘g‘uliston orqali
Uzoq Sharqqa Tomsk shahridan chiqqan kazaklar elchilar sifatida jo‘nab ketishdi.
1618 yilda kazak Ivan Petrin va uning hamroxlari Pekinda to‘rt kun davomida
bo‘lishdi. Ular Min imperatori nomidan keltirgan bir nechta yorliqlarda rus
savdogarlariga Xitoyga savdo-sotiq ishlari bo‘yicha kelish ruxsat etilgandi. Uzoq
masofani va tilni bilmasligini bahona qilib “samo o‘g‘li” o‘z elchilarini Rossiyaga
yuborishni rad etdi. Imperator yorlig‘ining do‘stona tarzda bitilgani Xitoyning savdo
manfaatlari bilan izohlanadi, chunki g‘arb bilan quruqlik orqali savdo-sotiqning
o‘rnatilishi Xitoyliklar uchun foyda keltirishi mumkin edi.
III asr oxiri – IV asrning o‘rtalarida Yaponiyada Yamato qabilasi boshchiligida
umum qabilaviy ittifoq vujudga keldi. IV-VI asrlarda Yaponiyada ishlab chiqaruvchi
kuchlarni sezilarli darajada taraqqiyoti ko‘zga tashlandi. Jumladan kemasozlik
rivojlandi, savdo-sotiq jonlandi, shuni ham aytish kerakki, nafaqat ichki, balki tashqi
47
savdo aloqalari: Xitoy (ayniqsa VI asrning oxirida) va Koreya bilan amalga
oshirishdi.
VI asrda hokimiyat uchun kurash paytida So‘ga urug‘ining vakillari podshoni
o‘ldirdilar (592 yil) va hukmronlik mavqeini egalladilar. Syotoku-Taysi
boshchiligidagi guruh ularga qarshi kurash olib bordi. U horijdan ham siyosiy madad
olishni niyat qilgandi. Ushbu maqsadni ko‘zlab 607 yilda Xitoyga Suy sulolasi
saroyiga elchilik yubordi. Taysining imperator Yan Guanga yuborgan nomasi
quyidagi so‘zlar bilan boshlanardi: “Kun chiqar mamlakatining Samo o‘g‘lisi kun
botar mamlakatining Samo o‘g‘liga salom yo‘llaydi”. Xitoy solnomalaridan olingan
ma’lumotlarga ko‘ra, qudratli Xitoy imperatoriga nisbatan qandaydir Yaponiyaning
hukmdori o‘zini teng unvon bilan nomlagani Yan Guanning g‘azabini keltirib
chiqargan. Lekin shunga qaramay, javob elchiligi yuborildi. Ushbu elchilikning
Syotoku-Taysi 608 yilda izzat bilan qabul qildi. Suy elchisi Xitoyga qaytib kelishi
paytida u bilan birga yangi Yapon elchiligi jo‘natildi. Ushbu va keyingi
elchiliklarning maqsadi Suy imperatorlik xonadoni bilan mustahkam siyosiy
tabaqasini o‘rnatish va Yaponiya hukmron aloqasining Xitoy davlat boshqaruv tizimi
tajribasidan foydalanishga intilishi edi.
Taysi vorislari Xitoy imperiyasi tajribasidan foydalanish siyosatini davom
ettirdilar. Koreya bilan munosabatlar bir muncha o‘zgardi. Agar VI asrgacha
Yaponlar yarimorolda joylashgan uch davlat (Koguryo, Penche, Silla) o‘rtasidagi
o‘zaro urushga aralashib kelgan bo‘lsa, VI asrning ikkinchi yarmidan, Silla davlati
kuchayishi sababli, Yaponlarning aralashuvi pasaydi. Shu bilan bir qatorda tinchlik
munosabatlari ham to‘xtatilmadi, ikkala tomon elchiliklar yuborishni davom ettirdi.
645 yilda “Tayka to‘ntarilishi” ro‘y berdi. 645 yilda, koreys elchilarini qabul
qilish paytida, fitnaga boshchilik qilgan. Nakanoe va Kamatare, o‘zlarining
tarafdorlari bilan birgalikda, Soga Irukanga tajovuz qilishdi va uni o‘ldirishdi.
Taxtga “shoh xonadoni”-ga mansub Sumegari urug‘ining katta vakili – Karu
o‘tkazildi. U hokimiyat tepasiga kelgan yil “Taykaning birinchi yili” deb ataldi.
1260-1285 yillarda Yaponiyaga mo‘g‘ullar bosqini tahdid soldi. Ushbu tahdid
mamlakatni o‘ta keskinlik holatida ushlab turdi va hukumatni mudofaa uchun barcha
kuchlarni safarbar qilishga majburladi.
Mo‘g‘ul istilochilari itoatkorlikni ishor etilishini talab qilishdi. Biroq,
Yaponiya hukmdori Xodzyo Takimune Xubilay hukmronligini tan olishni rad qildi
va uning elchilarini qatl etdi. Mo‘g‘ullar, xitoyliklar va koreyslarni o‘z yurishlarida
ishtirok etishga majburlab, ulkan flot va armiyani to‘plashdi va ikki marotaba (1274
yil va 1281 yil) Yaponiya qirg‘oqlariga hujum qilishdi. Ular Kyusyu sohillariga
qo‘shin tushirdilar va son jihatdan ancha ustun bo‘lganliklari tufayli, mardonavor
himoyalanayotgan Yaponlarga qattiq zarbalar berishga erishdilar. Oxiri kelib, Yapon
qo‘shinlarining shiddatli qarshiligi, mo‘g‘ullarning dengizda operatsiyalar
o‘tkazishda no‘noqligi, shuningdek, flotning aksariyat qismi bo‘ronlardan halokatga
uchragani Yapon xalqini asoratdan saqlab qoldi. Ammo 1281 yil yurishidan keyin
ham bir necha yillar davomida Yaponiya mo‘g‘ullar bosqini tahdidi ostida bo‘ldi.
XIV-XV asrlarda tashqi savdo jadal rivojlandi va unda dengiz qaroqchilari
sezilarli rol o‘ynashdi. Yaponiya hukumati va zodagonlari nomidan Xitoy bilan olib
48
borilgan rasmiy savdo-sotiq aloqalari alohida o‘rin egallagan. Ushbu savdo Yapon
hukumatining Xitoy saroyiga elchiliklar yuborish vositasida amalga oshirilgan.
Elchiliklar bilan birgalikda mollar ortilgan 10-15 kema jo‘natilardi.
XVI asrda Yaponiyaga Evropaliklar kirib kela boshladilar – 1542 yilda
Portugallar, 1580 yilda ispanlar. Evropalik savdogarlar, dengiz qaroqchilari va
missionerlar Yaponiyaga Xitoy mahsulotlarini, asosan ipakni, olib kelishardi. Ular
Evropada ishlab chiqarilgan o‘q otar qurollar bilan ham Yaponiyada savdo qilardi.
Portugal va ispan savdogarlari bilan birlikda etib kelgan iezuitlar Yaponiyada
katolik dinini targ‘ib etishardi. Evropaliklar Yapon orollarida paydo bo‘lganidan
so‘ng Yaponiyaning Evropa mustamlakachilari tomonidan bo‘y sundirilishi havfi
ma’lum darajada yuzaga keldi. Ma’murlar evropaliklarning Yaponiyaga kira olishga
yo‘l qo‘ymaslikka qaror qilishdi.
XVI asrning ikkinchi yarmida Yaponiya avval Oda, Nobunaga, keyin esa
Toyotomi Xideyosi hokimiyati ostida birlashtirildi. Xideyosining tashqi siyosati
tajavuzkor tarzda olib borildi. Bu uning o‘z diktaturasini mustahkamlashga qaratilgan
intilishi bilan bog‘liq edi. 1592 va 1597 yilarda Xideyosi ikki yirik bosqinchilik
yurishini amalga oshirdi. Uning istilochilik rejalariga nafaqat Koreya, balki Xitoy,
Tayvan va Filippin ham kiritilgandi.
Xideyosi tomonidan to‘plangan va Koreyaga tushirilgan ulkan armiya, hamda
katta flot dastavval Yapon qo‘shinlariga muvaffaqiyatni ta’minlab berdi, ammo
keyinchalik ular baribir mag‘lubiyatga uchradilar.
Xideyosi o‘limidan so‘ng (1598 yil) Tokugava Ieyasu mamlakatni uchinchi bor
birlashtirdi. Tokugava urug‘idan bo‘lgan chinchi syogun – Ieyasu o‘zining birin-ketin
qabul qilgan farmonlari (1633, 1636, 1639 yy.) bilan, o‘lim jazosi tahdidi ostida,
Yaponlarning o‘z mamlakatini tark etishni, hamda uzoq masofaga suzadigan
kemalarning qurilishini ta’qiqladi. Shu paytning o‘zida mamlakat ajnabiylar uchun
ham yopildi. Bundan gollandlargina istisno bo‘lib, ularga cheklangan tarzda Nagasaki
portiga kirish uchun ruxsat etildi. Xitoy savdogarlari ham ana shunday imtiyoz
oldilar.
XVI asrda Yaponlar nafaqat Koreya, Xitoy, Siam, Filippin bilan aloqalarga ega
edi, balki hatto Evropaga elchiliklarini yuborishgan. Jumladan Kyusyu oroli knyazlari
1582-1590 yillarda Rimga elchilik yubordilar.
1587 yilda missionerlik targ‘iboti birinchi bor ta’qiqlangandan so‘ng
evropaliklar bilan munosabatlar to‘xtatilmadi. O‘z paytida Xideyosi evropaliklar
ko‘magida, ularning kemalari va qurollaridan foydalanib, Koreyaga qarshi yurishning
muvaffaqiyatini ta’minlamoqchi bo‘ldi. Ieyasu ham shunga o‘xshash siyosatni olib
bordi. Tokugava ispanlar va portugallarning ta’sirini zaiflashtirish maqsadida
(ularning missionerlik faoliyati bir necha farmonlar orqali ta’qiqlandi) gollandlar va
inglizlarga ko‘proq xomiylik qildi.
Garchand Iyasu 1610 yilda Meksikaga elchilik yuborgan bo‘lsa va hatto
Evropaga missiya yuborishga ruxsat etsa (1613-1629 yy.) ham, biroq
hukmronligining oxirida va uning o‘g‘li hokimiyat tepasida bo‘lgan davrda
evropaliklarning faoliyati yanada qat’iy sur’atda cheklanardi. Yaponiyaning tashqi
dunyodan sun’iy yakkalanish siyosati ikki yarim asr davomida olib borildi.
49
VII asrda yagona arab davlatining shakllanishiga shart-sharoitlar vujudga
keldi. Bunday birlashishga intilish mafkuraviy nuqtai nazardan yagona xudoga
sig‘inishni targ‘ib qilishda o‘z ifodasini topdi. Ushbu monoteistik (xudo yakkayu-
yagona deb e’tirof qiluvchi) ta’limot islom dini deb ataldi. Kelib chiqishi Makka
shahridan bo‘lgan Muhammad alayhissalom ushbu ta’limotning targ‘ibotchisi va
mafkuraviy asoschisi edi.
Makkadagi boy guruhlarining ayrimlari dastavval Muhammad alayhissalomga
qarshi chiqishdi. Ular hattoki Muhammad alayhissalom va uning tarafdorlarini
Makkadan YAsribga (hozirda Madina shahri) ketishga majbur qildilar (622 yilda).
Muhammad alayhissalomning ko‘chib ketishidan avval Anabada (Makka
yonidagi joy) Yasrib qabilalari bilan kelishuv tuzildi va aynan shu voqeani musulmon
diplomatiyasining boshlanishi deb hisoblasa bo‘ladi.
Hijriy 6-yoki 7-yilning oxirida Muhammad alayhissalom islom dinini qabul
qilishga da’vat etib, Vizantiya imperatori Irakliyga, Sosoniylar hukmdori Xusrov II-
ga, Efiopiya (Xabashiston) negusiga, Misr noibi al-Mukaukisga, Ummon “shohi”-ga,
Baxrayn va Yamam hukmdorlariga maktublar yubordi.
630 yilning yanvarida Muhammad alayhissalom Makkani bo‘ysundirdi va
ushbu shahar aholisi islom dinini qabul qilishga majbur bo‘ldi.
Hijriy 9 yilda qabilalarning aksariyat qismi islomni qabul qildilar. Bu paytga
kelib islom dini deyarli butun Arabiston hududlariga yoyildi. Ushbu yil musulmon
tarixiga “delegatsiyalar yili” sifatida kirdi. Muhammad alayhissalom 632 yil 8 iyunda
vafot etdi. Muhammad alayhissalomning vorislari Abu Bakrni xalifalik lavozimiga
(632-634 yy) saylashdi. Undan so‘ng Umar (634-644 yil), Usmon (644-656 yy) va
Ali (656-661 yy) xalifalik qildilar.
Muhammad alayhissalomning vafotidan so‘ng arablar keng miqyosdagi
istilolarni amalga oshirdilar. Sosoniylar Eronni va Vizantiyaning Osiyo va Shimoliy
Afrikadagi egaliklari arablar tomonidan zabt etildi. 661 yilda hokimiyat tepasiga
Ummaviylar sulolasi keldi. Ular istilochilik siyosatini davom ettirishdi.
Istilolar natijasida xalifalik Hind daryosidan Atlantika okeani sohillarigacha
etib borgan erlarni qo‘lga kiritdi. Ummaviylar davlati o‘zining madaniyatida,
boshqaruv usullarida, hamda tashqi munosabatlarni rivojlantirish usullarida Vizantiya
va qisman Sosoniylar Eroni an’analarining kuchli ta’siri ostida edi. Arab
xalifaligining, ayniqsa Ummaviylar hukmronligi davrida, qo‘shni mamlakatlar bilan
munosabatlari asosan harbiy to‘qnashuvlar tusini kasb etgan. G‘arbda Ummaviylar,
Vizantiya bilan davomli ixtilofda bo‘lib, doimo to‘qnashuvlarda ishtirok etishgan.
Garchi ba’zi hollarda Ummaviylar vizantiyaliklar bilan tinchlik bitimini tuzishga
majbur bo‘lishgan. Masalan, xalifalikda Ikkinchi fuqarolar urushi davrida
Ummaviylar xalifasi Abd al-Malik, davlat ichkarisidagi dushmanlarga qarshi kurash
olib borishda o‘ziga erkinlik tug‘dirish uchun, Vizantiyaliklar bilan tinchlik
shartnomasini tuzishga majbur bo‘ldi. Bitimga ko‘ra imperatorga bir qator erlar
berildi va o‘lpon to‘lash majburiyati olindi. Ummaviylardan bo‘lgan yana bir xalifa
Umar II (717-720) qo‘shnilar bilan osoyishtalik siyosatini olib bordi. Lekin undan
keyin hukmronlik qilgan xalifalar istilolar siyosatini qaytadan boshladilar.
50
750 yilda Ummaviylar ag‘darildi va ularning o‘rniga hokimiyat tepasiga
Abbosiylar kelishdi. Abbosiylar saroyida Eron an’analari ustunlik qilardi. Abbosiylar
xalifaligi davlat boshqaruvining murakkab tizimida tashqi ishlarni idora qilish o‘ta
muhim o‘rinni egallardi. Buyuk vazir qaramog‘ida bo‘lgan boshqaruvning etti
tarmog‘i, yoki “devonlari”, orasida “devon ar-rasolat” - tashqi ishlar vazirligi ko‘zga
ko‘rinarli rol o‘ynagan. Ushbu devonida ish yuritish va marosimlar tartibining
ma’lum shakllari ishlab chiqilgan. Biroz kechroq davrga oid manbalar – XI asr
siyosiy traktatlari (biror masalaga bag‘ishlangan ilmiy asarlar) va me’muarlari
(xotiralar, esdaliklar) – Abbosiylar diplomatiyasining usullarini tavsiflash uchun
qo‘llanishi mumkin, hamonki uning an’analari Sharqda uzoq umr ko‘rgan.
Elchilik xizmatiga yaqin turgan Abu-l-Fazl-Bayxaqiyning esdaliklarida elchilik
quyidagicha tasvirlanadi. Elchilar sifatida ikki kishi yuboriladi – ularning birisi saroy
a’yonlariga tegishli bo‘lsa, ikkinchisi o‘qimishli mullalardan saylanardi. Ularga ikki
maktub beriladi. Birinchi maktub elchilik yuborilayotgan hukmdor nomiga yozilgan.
Ushbu noma, qur’ondan olingan so‘zlar bilan boshlanib, unda ikki hukmdorning
unvonlari sanab o‘tilgandi, elchilarning tavsiyanomsi keltirilgandi va ularning
vakolatlari chegarasi belgilab berilgandi. Yakunida elchilarni uzoq vaqt davomida
ushlab turmaslik va tezroq orqaga jo‘natib yuborish iltimosining mavjudligi o‘ziga
xos holat edi. Ikkinchi maktub birinchi elchiga taalluqli edi va quyidagi so‘zlar bilan
boshlanardi: “O, bizning birodarimiz va vakilimiz.” Ushbu maktubda yo‘riqnomalar
mavjud edi. Elchi, noma va sovg‘alarni topshirib, shartnoma to‘g‘risida muzokaralar
olib borishi lozim edi. Buning ustiga, elchiga, avftidan hujjatning tayyor matni
topshirilgan va unga hech qanday o‘zgartirish kiritib bo‘lmadi. O‘zga davlat
hukmdori shartnomani imzolashga rozi bo‘lmasa, elchi muzokaralarni davom
ettirishga vakolatli edi. Shuni ham aytish kerakki, elchi o‘z hukmdoriga
muzokaralarning borishi haqidama’lumot berib turishi va zarurat tug‘ilganda, yangi
yo‘riqnomalar so‘rashi kerak edi. Elchi, shartnoma tuzilgan taqdirda, uning
qasamyod ichish orqali tasdiqlanishini ajnabiy hukmdordan, uning o‘g‘illaridan va
a’yonlaridan talab qilardi. Sovg‘alarni topshirish elchiga berilgan topshiriqlar orasida
muhim o‘rin egallardi. Elchi xorijiy hukmdor xuzuriga etib kelganda tuhfalarning bir
qismi topshirilardi, qolgan qismi esa – faqatgina elchilik muvaffaqiyat bilan
yakunlanganda. Topshiriladigan tuhfalarning ro‘yxati elchiga berilardi. Sovg‘alar
orasida ayniqsa qimmatbaho matolar va idishlar tez-tez uchrab turardi. Sovg‘alarni
ulashish va manzilga etkazib berish bilan maxsus xizmatchilar shug‘ullanardilar.
XI asrga oid boshqa manbada – Nizomumulkning “Siyosatnomasida” - elchilik
xizmatiga bag‘ishlangan alohida boblar mavjud. Ushbu asarda elchilar chegaraga etib
kelganda ularning soni va ular bilan necha kishi etib kelganligi haqidagi abar
choparlar orqali darhol yuborilishini talab qilingan. Elchilarga yo‘l ko‘rsatish, ularni
boshpana va oziq-ovqat bilan ta’minlash lozim edi. Elchilar g‘anim davlatdan kelgan
bo‘lsa ham, ularni haqoratlash mumkin emasdi.
Nizomulmulkning ta’kidlashicha, hukmdorlar bir-biroviga elchilarni yuborar
ekan, nafaqat oshkora, balki mahfiy maqsadlarni ham ko‘zlaydilar. “Ular
quyidagilarni
bilishni
xohlaydilar:
yo‘llarning, dalalarning, daryolarning,
zovurlarning, ichimlik suvlarning holati qanday, qo‘shin o‘ta oladimi yoki yo‘qmi,
51
qaerda em-xashak mavjud, qaerda esa yo‘q, amaldorlarning qaysi biri qaerda,
shohning qo‘shini qanday va uning soni va aslahalari qanday, uning (shohning)
mehmondorchiligi va yig‘inlari qanday o‘tadi, amallari tartibi qanday, o‘tirib-turish
tartibi qanday, to‘p o‘ynashi, ovga chiqish tartibi qanday. Uning xulq-atvori, hayoti,
sahiyligi, ko‘zi va qulog‘i, qilig‘i va harakati, marhamati, adolati va adolatsizligi
qanday. Qarimi u yoki yoshmi? O‘qimishlimi yoki nodonmi? Uning erlari gullab-
yashnaydimi yoki xarobmi, uning qo‘shini – mamnunmi yoki yo‘q? Uning vaziri –
munosibmi yoki yo‘q, taqvodormi, fazilatli hayot kechiradimi? Uning sarkardalari
tajribali va ishlarda mohir insonlarmi? Uning a’yonlari o‘qimishlimi? Iqtidorlimi yoki
yo‘q? Ular nimani yoqtiradi, nimadan nafratlanadi? Sharob ichganda shoh
xushchaqchaqmi va dilkashmi yoki yo‘q? Hamdardmi yoki loqayd? Vaqtichog‘lik
yoki jiddiylikka ko‘proq mayli bor? Askarlar yoki a’yonlar orasida ko‘proq bo‘lishni
avzal ko‘radi?”.
Bularning barchasidan ko‘rinib turibdiki, Vizantiya diplomatiyasi va unga
usullari bo‘yicha yaqin bo‘lgan Sosoniylar Eroni diplomatiyasining an’analari
Sharqda gullab yashnadi. g‘arb mamlakatlari va Qurdoba xalifaligi o‘rtasida
o‘rnatilgan ko‘plab aloqalar orqali, salb yurishlari davomida bo‘lib o‘tgan
to‘qnashuvlar va muzokaralar orqali Sharqning ta’siri orqada qolgan va
madaniyatsizroq bo‘lgan g‘arbga o‘tardi. Frank tarixchilari Buyuk Karl va Bag‘dod
xalifasi Xorun ar-Rashid o‘rtasida elchiliklar bilan o‘zaro almashuvi, bir-biriga
yuborgan tuhfalar haqida hikoyalar qilishadi. Biroq bu hikoyalarni to‘g‘rirog‘i
afsonalar qatoriga qo‘shish lozim. Sharq tarixchilari, Abbosiylarning turli
mamlakatlarga yuborgan ko‘plab elchiliklarni ta’riflab, Buyuk Karl huzuriga
yuborilgan elchiliklar haqida hech qanday ma’lumotlarni eslab o‘tmaydilar va hattoki
bunday hukmdorni bilmaydilar. Lekin Sharqdan Franklar davlatiga savdogarlar,
ayniqsa yahudiylar tez-tez kelib turgan va o‘zlari bilan noyob mollar olib kelgan. Bir
kuni keltirilgan fil shunchalik katta shov-shuvga sbabchi bo‘ldiki, frank
solnomalarida uning vafot etgan yili qayd etilgan. Balki Sharq savdogarlarining
ushbu tashriflari xalifa yuborgan elchiliklar to‘g‘risidagi afsonaga zamin yaratgandir.
Xalifalik Sharq va G‘arbning barcha mamlakatlari bilan savdo aloqalariga ega
bo‘lgan. Arab savdogarlari Hindiston Indoneziya Xitoyga dengiz orqali safarlarini
amalga oshirishgan va bu erlarda musulmon savdogarlarining yirik faktoriyalari
(savdo-sotiq olib boriladigan manzillar) paydo bo‘lgan. Qizg‘in savdo aloqalari
shimoliy mamlakatlar bilan ham yo‘lga qo‘yilgan. Arab savdogarlari o‘z mollarini
Volga daryosi va Boltiq dengizi sohillariga etkazib kelganlar.
943 yilda Gaochandagi uyg‘urlar hukmdori Buxoroda hukmronlik qilgan
Somoniylar bilan do‘stona aloqalarni o‘rnatdi-ki, bu esa musulmon savdogarlarini
Xitoyga olib boradigan xavfsiz yo‘l bilan ta’minladi.
Arab savdogarlarining manfaatlari bilan bog‘liq va xalifalik diplomatiyasiga
oid qiziqarli voqea ro‘y bergan. Ya’ni 921 yilda Bulg‘orlar podshosiga yuborilgan
elchilik haqida gap yuritiladi. Ushbu elchilik ishtirokchisi Axmad ibn Fadlan amalga
oshirilgan sayoxat to‘g‘risida qiziqarli esdaliklar qoldirgan. Balvatar o‘g‘li al-Xasan
ismli Bulg‘orlar podshosi xalifa al-Muqtadirga, islom xatiblarini yuborishni. qal’a
qurilishiga yordam ko‘rsatishni iltimos qilib, elchilik yuborganligi to‘g‘risidagi
52
ma’lumotnomalar Axmad ibn Fadlanning esdaliklarida qayd etilgan. Xalifa
Bulg‘orlar podshosining iltimosiga ijobiy javob qaytargan. Bulg‘or elchiligi bilan
birgalikda xalifa al-Muxtadirning elchiligi ham yo‘lga chiqqan. Manzilga etgach,
elchilar xalifaning Bulg‘orlar podshosiga yuborgan nomasini o‘qib eshittirishgan va
katta izzat bilan qabul qilingan. Shu tarzda ushbu mamlakat bilan diplomatik aloqalar
o‘rnatilgan. Keyingi yilda bulg‘orlar podshosi islomni qabul qilgan va bu o‘ta muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan, chunki endilikda musulmonlarga tegishli Shimoliy-Sharqiy
erlar birinchi bor mohir hukmdorlar qo‘li ostida birlashtirilgan. Bu esa chegaradagi
erlarni xavfsizligini ta’minlashga imkon yaratdi, ularning gullab-yashnashiga olib
keldi va horijlik savdogarlar uchun kafolatlangan istiqbollarini yuzaga keltirdi.
daromadlar
IX asrning 60-yillarida Misr amiri Axmad ibn Tulun, o‘z hokimiyatini
mustahkamlab, faktik jihatdan mustaqil davlatni barpo etdi. Marg‘ibda hokimiyat
tepasiga kelgan Fotmiylar sulolasi X asrdan boshlab Misrga da’vogarlik qildi. 969
yilda Fotmiylar qo‘shini Misr poytaxti Fustat shahrini egallashdi, keyin esa butun
mamlakatni bo‘ysundirishdi. Fotimiylar armiyasining bosh qo‘mondoni Djauxar
Suriyani zabt etishga qo‘shin yubordi. Fotimiylar qo‘shini Damashqqacha bo‘lgan
Suriya erlarining bir qismini egallashdi.
1037 yilda Fotimiylar bir necha yillar davomida musulmonlar hududlariga tez-
tez bosqinlar qilib turgan Vizantiya imperatori bilan yarash ahdini tuzishdi. Ushbu
ahdnomadan foydalanib, fotimiylar Xaleb (Aleppo) shahrini bosib olishdi, bu esa
ularga butun Suriyani, Antioxiyadan tashqari, bo‘ysundirish imkonini berdi.
Antioxiya, o‘z navbatida, Vizantiyaliklarga tegishli edi.
XI asrning 60-yillariga kelib fotimiylar imperiyasi deyarli mavjud emasdi.
Butun mamlakat bo‘ylab o‘zaro kurashlar bo‘lib o‘tardi. Vizantiya Misrga urush
e’lon qilgandi. Sitsiliya nasroniy istilochilar tomonidan bosib olingan. Ular Afrika
qirg‘oqlariga ham kelib turgandilar va Aleksandriya shahriga tahdid solgandilar.
Salibchilarning Suriyaga hujumi boshlanishi bilan Fotimiylar saljuqiylar
hukmdorlarini Quddusdan (Isruslim) haydab chiqara oldilar, biroq “muqaddas
shaharni” bir yil davomida o‘z qo‘llarida saqlab qoldilar. 1099 yilda Quddus
salibchilar tomonidan zabt etildi, fotimiylar qo‘shini esa chekindi. Garchand Qohira
xalifalari Quddus qirolligi bilan tinchlik munosabatlarini saqlab kelgan bo‘lsada,
baribir ularning ahvoli mustahkam emasdi
Bir necha yillar davomida Fotimiylar Suriyadagi egaliklaridan mahrum
bo‘ldilar. Salibchilar Misr chegarasidagi eng uzoq nuqtasi Askolonni egallashdi. 1171
yilda Fotimiylar sulolasi ag‘darildi va Misrda hokimiyat tepasiga mamlyuklar sardori
Saloxiddin keldi. O‘zaro ichki kurashlar salibchilarga Suriya va Falastinda katta
hududlarni egallash imkonini berdi. Bu joylarda markazlari Qudduz, Tripoli, Edessa
va Antioxiya hisoblangan salibchilarning to‘rtta yirik davlatiga asos solindi. Lekin
ularning hokimiyati mustahkam emasdi. Oqibatda salibchilarning barcha davlatlari
musulmonlar tomonidan zabt etildi. Ushbu sohada Misr sultoni, Ayyubiylar
sulolasiga asos solgan, Saloxiddinning ayniqsa omadi keldi.
Ayyubiylar hokimiyati zaiflashgandan so‘ng Misrda hokimiyat tepasiga
mamlyuklar keldilar. Mamlyuklar sardori Kutuz Misr mustaqilligiga tahdid solgan
53
mo‘g‘ullarni tor-mor etdi. 1260 yil 3 sentyabrda Falastindagi Ayn-Dalut deb atalgan
joyda mo‘g‘ullar to‘la mag‘lubiyatga uchradilar, ularning bosh qo‘mondoni asirga
olindi va qatl qilindi.
Kutuzdan so‘ng hokimiyatni egallagan sulton Beybars (1260-1277 yillar)
salibchilarning kuchlari qaqshatdi, hamda ularning asosiy shaharlarini tortib oldi.
Salibchilar qo‘lida faqatgina Tripoli va Akka shaharlari qoldi. Beybars Ismoiliylar –
assasinlarni ham mag‘lub eta oldi: 1273 yilga kelib assasinlarning oxirgi qal’alari
unga taslim bo‘ldilar. Beybars Xulagidlarning ashaddiy dushmani - qipchoqlar bilan
do‘stona munosabatlar o‘rnatdi va shu tariqa mo‘g‘ullar va salibchilar o‘rtasidagi
ehtimoliy ittifoqning oldini oldi. 1277 yilda Bibars ko‘p sonli armiya to‘pladi,
Tavrdan o‘tdi va mo‘g‘ullarni mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq u o‘z g‘alabasini
mustahkamlay olmadi va chekinishga majbur bo‘ldi. Chekinish paytida sulton vafot
etdi.
Beybarsdan so‘ng mamlyuklarning mashhur sultonlaridan biri Kalaun (1279-
1290 yy.) edi. Kalaun Genuya, Sitsiliya, Kastiliya bilan savdo shartnomalarini tuzdi.
Aleksandriya va qoxira g‘arb va Sharq o‘rtasidagi savdo-sotiqda vositachilik qila
boshladilar. Misr davlatining ta’siri Nubiya va Yamanga yoyildi. Makka shariflari
ham Kalaunga itoat etishdi. Bularning hammasi Hindistonga boruvchi savdo
yo‘llarning xavfsizligini ta’minladiki bu erlarga arab savdogarlari dengiz orqali etib
kela boshladilar.
XIV asrning boshida mo‘g‘ullar va mamlyuklar bir-biroviga hujumlar
uyushtirib turdilar. 1303 yilda Damashq yonida mamlyuklar mo‘g‘ullarni uzil-kesil
tor-mor qildilar va bu jang hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.
1323 yilda mo‘g‘ullar va mang‘itlar o‘rtasida tinchlik shartnomasi tuzildi.
Biroq keyinchalik, Ilxonlar davlati parchalanayotgan paytda, mamlyuklar sultonlari
qo‘shni davlatni emirayotgan ichki tartibsizliklar va o‘zaro urushlardan foyda
ko‘rishga intildilar. Ular noiblar va hukmdorlardan dam bir dam ikkinchisini qo‘llab-
quvvatlaganlar, elchiliklarni qabul qilganlar, amaliy yordam haqidakelishib olganlar,
ammo hech kimga amaliy ko‘mak ko‘rsatmaganlar.
XV asr boshlariga kelib Eron Amir Temur davlatining viloyatlaridan biri edi.
XV asrning ikkinchi choragida Ardabil shahrida, Janubiy Ozarbayjonda, “Safoviyyo”
nomli shia mazxabiga mansub merosiy shayxlarning ta’siri kuchaydi. 1494 yilda
Ardabilning, hamda bo‘ysundirilgan qo‘shni turk kabi qabilalarining shayxi bo‘lgan
Ismoil Safoviy XVI asrning boshlaridayoq butun janubiy Ozarbayjonni egallab, 1502
yilda Tabriz shahrini ishg‘ol qildi. Shu davrdan boshlab Ismoil o‘zini Eron shohi deb
e’lon qildi (1502-1524 yy.). Tabriz Safoviylar Eronining poytaxti bo‘ldi; Armaniston
va Kurdiston, so‘ngra esa Bog‘dod va Mesopotamiya bo‘ysundirildi. Ismoil davrida
yuz yildan ko‘proq davom etgan Eron-Turkiya urushlari boshlanib ketdi. Bu urushlar
XVII asr 30-yillarining oxirigacha davom etdi. Turkiya sultoni Salim I, o‘z
tomonidan. Kavkaz orti, Kurdiston va Mesopotamiyaga da’vogarlik qildi. Uzoq
davom etgan urushda (1514-1555) omad goh bir tomonda, goh ikkinchi tomonda
bo‘ldi va Amasiyada (Kichik Osiyoda joylashgan) sulh tuzilishi bilan yakunlandi.
Unga ko‘ra Safoviylar Iroqni, g‘arbiy Gruziyani, Arman tog‘lari tizmasi va
Vaspurakan tog‘laridan janubda joylashgan Armanistonning bir qismini Turkiyaga
54
topshirdilar. 1590 yilda shoh Abbos I Turklar bilan Stambul tinchlik shartnomasini
tuzdi va unga binoan Usmoniylar imperiyasi Sharqiy Gruziyani, Sharqiy
Armanistonni, Kurdistonni, butun Ozarbayjonni (Ardebil va Talishdan tashqari) va
qisman Luristonni qo‘lga kiritdi. Undan so‘ng Abbos I o‘z armiyasini sharqqa
yo‘naltirdi, bu erda Shayboniylarni mag‘lub etdi va Nishapur, Mashxad, Xirot va
Marvni (1597 y.) ishg‘ol etdi.
1602 yilda Abbos I Turkiyaga qarshi qaytadan urush boshladi. O‘n yil
davomida u Ozarbayjon, Luriston, Kurdistonning bir qismi, Sharqiy Armaniston va
Sharqiy Gruziyani qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu paytda Rossiya va Evropaning boshqa mamlakatlari, Turkiyaga qarshi
ittifoq tuzishdan manfaatdor bo‘lib, Eronga bir necha bor o‘z elchilarini yuborishgan.
Safoviylar ham turklarga qarshi kurashishda Evropaliklar bilan ittifoq tuzmoqchi
bo‘lganlar. Abbos I german imperatori Ispaniya va Portugaliya qiroli, Rim papasi,
Fransiya, Gollandiya va Rosiya bilan elchiliklar o‘zaro almashuvini amalga oshirgan.
Odatda elchilar o‘zlari bilan ko‘plab qimmatbaho sovg‘alar olib kelgan. Shuning
uchun ham elchiliklar almashinuvi o‘ziga xos tashqi savdo shaklini kasb etgan.
Safoviylar zamonida Moskva Rusi bilan muntazam aloqalar o‘rnatilgan.
Elchiliklar bilan o‘zaro almashuv XV asrning o‘rtalaridan boshlangan. XVI asrning
50-yillarida Rus davlati Volga bo‘yi erlarini qo‘shib olib va Kaspiy dengizi
sohillariga chiqib, Eron va Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan savdo aloqalarini
sezilarli darajada kengaytirdi. 1588-1676 yillarda Eronga 20 rus elchiligi yuborildi,
Erondan Rossiyaga esa 15 ta. Eron savdogarlari Astraxanga etib kelib, bu erda
doimiy savdo-sotiqni amalga oshirishni boshladilar. Usmoniylar imperiyasiga qarshi
kurash olib borishga qaratilgan umumiy siyosiy manfaatlar rus-eron savdo-
diplomatik aloqalarining rivojlanishiga ko‘mak berdi.
XVI asrda Fors ko‘rfazida ochiqdan-ochiq bosqinchilik yo‘liga o‘tgan birinchi
mustamlakachilar portugallar edi. Ular Ormuz orolida joylashgan yirik savdo portini
ishg‘ol etdilar.
Inglizlarning Moskva kompaniyasining maxfiy agentlari, Volga-Kaspiy
yo‘lidan foydalanib, shimol orqali Eron va Hindiston bilan savdo-sotiqni
rivojlantirishga urinardilar.
XVII asrning boshida Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi o‘z vakillarini
Eronga yubordi.
XVII asrning o‘rtalariga kelib inglizlar bilan muvaffaqiyatli raqobat qiluvchi
va ko‘pgina imtiyozlarni qo‘lga kiritgan Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyasi
inglizlarni ikkinchi o‘ringa surib chiqardi.
Salib yurishlari davrida Kichik Osiyoda Rum Sultonligi nomi ostida yashagan
saljuq turklari davlati XIII asr boshlariga kelib 10 ta amirlikka bo‘linib ketdi. XIII asr
oxiri-XIV asr boshlarida yangi davlat tashkil bo‘ldi. Unda ko‘chmanchi o‘g‘uzlar
etakchi rol o‘ynadilar. Dastlabki vaqtlarda Erto‘g‘rul, o‘g‘uz qabilalarining rahbari
bo‘lib, Vizantiya imperiyasi bilan chegaradosh Sakaryo bo‘yida kichik feodal
mulkiga (beylikka) egalik qilardi. Erto‘g‘rulning o‘g‘li va taxt vorisi – Usmon (1282-
1326) Vizantiyaga qarshi urush boshladi uning Kichik Osiyodagi mulklarining
ko‘pchiligini, shu jamladan, Brusu (yoki Bursu) shaharini bosib oldi. Brusu shaharini
55
Usmon o‘zining poytaxti qilib oldi. Vafotidan biroz burunroq Usmon Kichik
Osiyodagi boshqa amirliklarni o‘ziga itoat qildirdi.
Vizantiyaning zaiflashib qolganligidan va Bolqon yarim orolidagi boshqa
davlatlarning parchalanib ketganligidan foydalanib, Usmon turklari XIV asrda
dastlab Kichik Osiyoda, keyin esa Bolqon yarim orolda ham keng istilochilik
harakatlarini boshladilar. Usmonning vorisi – Urxon 1331 yilda Nikey shahrini, keyin
esa Vizantiyaning Kichik Osiyodagi boshqa barcha erlarini bosib olganidan so‘ng,
Evropada istilolar qilishga kirishdi. 1354 yili Urxon Dardanel bo‘g‘ozining Evropa
qirg‘og‘idagi Gallipol shahrini bosib oldi. So‘ngra turklar Frakiyaga kirib bordilar.
Bu viloyat keyingi sulton, ya’ni Murod I zamonida (1359-1389) batamom zabt etildi.
Murod I 1361 yilda Frakiyaning bosh shahri – Adrianopolni bosib oldi. 1371 yilda
serblar, bolgarlar valaxlar va vengrlardan iborat koalitsiya (ittifoq) Murodga qarshilik
ko‘rsatishga urindi. Biroq ittifoqchilar Maritsa daryosi bo‘yidagi jangda engildilar.
Shundan so‘ng Janubiy Serbiya sulton hokimiyati ostiga o‘tdi. Vizantiya imperatori
sultonga o‘lpon to‘lovchiga aylandi.
1389 yil 15 iyunda Kosovo maydonida (Janubiy Serbiya) serblar va ularning
ittifoqchilari turklarga qarshi hal qiluvchi jangga kirdilar. Serblarning jasorati va
Murod I-ning o‘ldirilishiga qaramay, turklar g‘alabaga erishdilar. Shundan so‘ng
Serbiyaning katta qismi Turkiyaga qo‘shib olindi.
Turkiya davlatining kengayishi Amir Temur tomonidan vaqtinchalik
to‘xtatildi. 1402 yilda Temur ulkan qo‘shin bilan Kichik Osiyoga kirib keldi. Boyazid
ham katta harbiy kuchga ega edi, biroq Kichik Osiyodagi turk amirlarining bir qismi
sultonga xiyonat qildi va Temur tomoniga o‘tib ketdi. Hal qiluvchi jang 1402 yil 28
iyunda Angor (hozirgi Anqara) shhri yonida bo‘lib o‘tdi va turklar to‘la
mag‘lubiyatga uchradilar. Boyazid qochish paytida qo‘lga tushdi va tez orada
asirlikda vafot etdi.
XV asrning 20-yillarida turklar yana qaddilarini rostlab oldilar. Sulton Murod
II (1421-1451) 20-yillarning boshlarida istilolarni yana qaytadan boshladi. 1422 yilda
u Konstantinopolni uch marta qamal qilsa-da, ammo uni qo‘lga ololmadi. 1430 yilda
Solun shahri olinib, uning barcha aholisi qullarga aylantirildi.
1444 yilda turklarga qarshi yangi salib yurishi uyushtirildi. Unda polyaklar,
chexlar, vengerlar, nemislar, qisman fransuzlar va boshqa g‘arbiy evropalik ritsarlar
qatnashgan edi. Varna yonidagi jangda (1444 yil 10 noyabr) ritsarlar tor-mor etildi.
Shuning o‘zi bilan Konstantinopolning halokati oldindan muqarrar qilib qo‘yildi.
Konstantinopol 1453 yil 29 mayda quladi. So‘nggi Vizantiya imperatori Konstantin
XI (1448-1453) edi. Sulton Murod II-ning taxt vorisi – sulton Muhammad (Mexmed
II) (1451-1481) Konstantinopolni zabt etdi.
Muhammad (Mexmed II) 50-60 yillarda Bolqon yarim orolida Dunay
bo‘yidagi Serbiyani, Bosniyani, Gersegovinani va Albaniyani zabt etdi. Bolqon yarim
oroliga qo‘shni bo‘lgan Valaxiya vassal sifatida qaram qilib qo‘yildi. 70-yillarning
o‘rtalarida turklar Qrimni va Tanu (Azov) shahrini bosib oldilar. Taxminan Shu
paytning o‘zida Kichik Osiyoda Trapezund shahri, deyarli butun Anatoliya to Frot
daryosigacha istilo qilindi. Biroq Muhammad (Mexmed II) ikki marta
muvaffaqiyatsizikka ham uchradi: u Belgradni ishg‘ol qila olmadi, turklar uni 1456
56
yilda qamal qilgan bo‘lsalar-da, maqsadlariga erisha olmadilar; shuningdek Rodos
orolini ham zabt eta olmadilar (1480 y.).
Muhammad (Mexmed) II-ning nabirasi Salim I zamonida (1512-1520)
turklarning istilolari yana boshlandi. Salim Eronga qarshi olib borgan g‘olibona
urushi natijasida Kavkaz orti mamlakatlaridan Ozarbayjonni, Armanistonning,
Gruziyaning bir qismini. Dog‘iston va Kurdistonni istilo qildi. Keyin esa Suriya va
Misrni bosib oldi (1517 y.). So‘ngra, butun islom dunyosining boshchisi sifatida
o‘ziga xalifa unvonini oldi. Krit, Kipr va O‘rta er dengizidagi erlarin o‘z qo‘lida
saqlab qolish uchun Venetsiya Turkiya sultoniga har yili katta hiroj to‘lab turishga
majbur edi.
Sulton
Sulaymon
I
Qonuniy
zamonida
(1520-1566)
Usmoniylar
imperiyasining qudrati o‘ta yuksak darajaga etdi. Sulaymon hukmronligining
boshlaridayoq Belgrad va Rodosni egalladi. Shundan so‘ng u 1526 yilda Moxach
yonida katta g‘alabaga erishdi, Bu erda turklar, chexlar va vengerlarning birlashgan
armiyasini mag‘lubiyatga uchratdilar. Vengriyaning kattagina qismi Turkiyaning
viloyati bo‘lib qoldi. Valaxiya va Moldaviya Portaga hiroj to‘laydigan davlatlarga,
unga har yili juda ko‘plab pul to‘lab turadigan va mustaqil tashqi siyosat yuritish
huquqidan mahrum etilgan va vassal knyazliklariga uzil-kesil aylantirilgan edi.
1529 yilda Sulaymon Venani qamal qildi, lekin uni ishg‘ol eta olmadi. Eronga
qarshi yana boshlanib ketgan urushda Sulaymon Bag‘dod bilan birga
Mesopotamiyani istilo qildi. Shu bilan bir paytda turklar Shimoliy Afrika bo‘ylab
g‘arbga tomon siljib bordilar. Ular Tripoli va Jazoirni zabt etdilar. Sulaymon davrida
Arabiston ham turklar tomonidan bosib olindi.
Turkiya XVI asr xalqaro xayotida ko‘zga ko‘rinarli rol o‘ynagan. Turklar
ko‘plab davlatlar bilan qizg‘in diplomatik va savdo aloqalariga ega edilar. Ushbu
davlatlar qatorida Venetsiya, Genuya, Vengriya, Eron, Avstriya, Polsha, Rossiyani
ta’kidlab o‘tsa bo‘ladi.
Avstriya va Ispaniyada hukmronlik qilgan Gabsburglarga qarshi uzoq davom
etgan shiddatli kurash Turkiyani Fransiya bilan yaqinlashtirdi. Fransiya qiroli
Fransisk I Sulaymon bilan rasmiy suratda Gabsburglarga qarshi ittifoq tuzdi. 1529
yilda Sulaymonning Avstriyaga qarshi qilgan yurishi Gabsburglar va Valua sulolalari
o‘rtasidagi “katta urush”ning bir bo‘g‘ini edi.
Gabsburglar imperiyasi va uning ittifoqchisi – Rim papasi tomonidan odatda
qo‘llab-quvvatlangan Venetsiya va Genuyaga qarshi Turkiyaning kurash olib
borishiga Fransiya hayrixohlik qilgan. Fransiyaning Shimoliy Italiyadagi harbiy
muvaffaqiyatsizliklari Fransiya-Turkiya yaqinlashuvining tezlashishiga jiddiy sabab
bo‘ldi. Avstriya va uning ittifoqchilariga qarshi kurashda fransuzlarning ko‘magini
olishga niyat qilgan sulton Sulaymon I Fransiyalik savdogarlarga sezilarli imtiyozlar
berdi. Fransiya va Turkiya o‘rtasida 1535 yilda tuzilgan “Tinchlik, do‘stlik va savdo
to‘g‘risidagi shartnoma” dastlabki “kapitulyasiya” (lotincha “kapitul”- modda, band,
paragraf) nomi bilan keng miqyosda ma’lum bo‘ldi.
Kapitulyasiyalarning bitimlardan farqi shunda ediki, ular o‘zaro foyda va yon
berishlarga asoslanmasdilar. Kapitulyasiyalar – bu bir tomondan in’om etilgan
imtiyozlar bo‘lib, ular muayyan hukumat tomonidan xohlagan paytda bekor qilinishi
57
mumkin edi. 1535 yil kapitulyasiyasiga ko‘ra Turkiyada fransuz savdosi uchun
alohida imtiyozli tartib yaratildi. unga binoan fransuz savdogarlariga turk suvlarida
bemalol qatnash, Turkiyaning barcha portlaridan, ozgina (5 foiz) boj to‘lash sharti
bilan bemalol savdo qilish huquqi berildi.
1580 yilda o‘zining Levant savdo kompaniyasini tashkil etish huquqini
Angliya ham qo‘lga kiritdi va Fransiya kabi imtiyozlarga erishdi.
Muhammad (Mexmed II) zamonida Qrim xoni vositachiligida, Moskva davlati
bilan aloqalarni o‘rnatishga dastlabki urinishlar qilindi. 1493 yilda Rossiyaga
yuborilgan birinchi turk elchiligi Polsha-Litva ma’murlari tomonidan ushlab qolindi
va Moskvaga etib bormadi. 1497 yilda Turkiyaga Mixail Pleщeev boshchiligida
elchilik yuborildi va Azov va Kafa orqali qora dengiz havzasida amalga oshiriladigan
rus savdosini tartibga solish masalasi turk ma’murlari oldiga qo‘yildi. Chunki,
mahalliy turk ma’murlari ushbu shaharlarda rus savdogarlariga to‘sqinlik qilardi.
Ikki yildan so‘ng Turkiyaga yuborilgan yana bir elchi axillikda yashash va turk
erlarida rus savdogarlari uchun oddiy sharoitlar yaratishga sultonning roziligini
olishga erishdi. Hech qanday siyosiy yoki hududiy masalalarni na Rossiya na Turkiya
ko‘tarib chiqmadi. Ammo 1514 yili sulton Salim I-ning o‘sha paytda Moskvada
bo‘lgan sobiq qozon xoni Abdullatifni Qrimga qo‘yib yuborish iltimosi bilan ruslarga
murojaat qilishi uning Qozon xonligi ishlariga aralashish niyati borligidan dalolat
berardi. Shu davrdan boshlab Moskva elchilari Azov turklarning chegaradagi rus
erlariga qilgan hujumlari to‘g‘risida Sultonga bir necha bor shikoyat qilganlar.
Astraxan va qozon xonliklarining, hamda Kaberdin xalqining Rossiya tarkibiga
kiritilishidan so‘ng qo‘shnilar o‘rtasidagi munosabatlar sezilarli darajada
murakkablashdi.
1569 yilda turklar Astraxonni kuch bilan bosib olmoqchi bo‘ldilar. Ammo bu
urinish muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. Livoniya urushida band bo‘lgan Rossiya
Turkiya bilan nizoni chuqurlashtirmoqchi emasdi va shuning uchun Ivan IV tinchlik
muzokaralarini olib borish maqsadida o‘z vakillarini sulton huzuriga yubordi.
Shundan so‘ng deyarli 70 yil davomida Usmoniylar imperiyasi va Rossiya o‘rtasida
yirik harbiy to‘qnashuvlar bo‘lmadi.
Turklar bilan ruslar o‘rtasida ikkinchi marta jiddiy to‘qnashuv XVII asrning
30-yillari oxiri va 40-yillarning boshida bo‘lgandi. Bu vaqtda Zaparoje kazaklari
Azovni (1637 yil) ishg‘ol qilib, uni bir necha yil davomida o‘z qo‘llarida tutib
turdilar (“Azovda o‘tirish”). Kazaklar yordam so‘rab Moskva podshosiga murojaat
qildilar. Biroq Moskva davlati, moliyaviy inqirozni boshidan kechirayotganligi va
Polsha qiroli bilan kurash tugamaganligidan, Turkiyaga qarshi katta urush olib borish
rejasidan voz kechishga majbur bo‘ldi. Podsho Mixail Fyodorovich kazaklarga
Azovni bo‘shatishni buyurdi (1643 yil). Lekin shunga qaramay, kazaklarning Qrim
va Turkiyaga qarshi kurashi XVII asr oxirigacha davom etdi.
Turklarning evropaliklardan birinchi marta mag‘lub bo‘lishi 1571 yilda
Lepanto yonida ro‘y berdi. Bu erda turklarning ulkan floti Ispaniya, Venetsiya va
Rim papasining birlashgan floti tomonidan tor-mor qilindi (Filipp II-ning ukasi-
shahzoda Don-Xuan Avstriyskiy birlashgan flotga boshchilik qildi). To‘g‘ri, bundan
keyin Turkiya venetsiyaliklardan Kipr orolini tortib olgan edi. Biroq bu mag‘lubiyat
58
mamlakatning ichki ahvoliga qattiq ta’sir qildi. 70-80 va 90-yillarda Turkiya keskin
ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni boshdan kechirdi. 1606 yilda Sitvatorokda imzolangan
tinchlik shartnomasi Avstriya-Turkiya urushiga yakun yasadi. Ushbu shartnomaga
binoan Avstriya-Turkiyaga 1547 yildan boshlab o‘ttiz ming dukat miqdorida to‘lab
kelayotgan har yillik hirojdan ozod bo‘ldi. Bundan tashqari. Turkiya birinchi marta
tinchlik shartnomasida nasroniy davlatni o‘ziga teng tomon deb e’tirof etishi lozim
edi. Bir necha yillardan so‘ng Avstriya o‘z fuqarolari uchun savdo sohasida sezilarli
imtiyozlar berilishiga erishdi.
Turkiya, Evropa davlatlari o‘rtasidagi ziddiyatlardan foydalanishga urinib,
Angliya va Gollandiyaga muhim iqtisodiy va siyosiy imtiyozlarni taqdim etdi. XVII
asrning birinchi yarmida ushbu mamlakatlar uchun “kapitulyasiyalar” bir necha bor
yangilanib, chet ellik savdogarlarning Turkiyada savdo qilish huquqlari kengaytirildi.
Usmoniylar imperiyasi hukmdorlari savdo imtiyozlari evaziga o‘zining istilochilik
rejalarini amalga oshirish davrida Evropa davlatlarining qo‘llab-quvvatlashiga
erishmoqchi edilar.
Turkiya Eronga qarshi uzoq muddat davomida kurash olib bordi. XVII asr
boshlarida Eron shohi Abbos I Kavkaz ortining katta qismini, Bog‘dod bilan birga
butun Iroqni turklardan tortib oldi. Ammo tez orada turklar sultoni Murod IV harbiy
harakatlar boshladi. To‘rt yillik urushlardan so‘ng Qasri- SHirinda tinchlik
shartnomasi imzolandi (1639 yil). Unga binoan Iroq (Bog‘dod bilan birga) Turkiyaga
qaytarildi; bundan tashqari g‘arbiy Gruziya, g‘arbiy Armaniston va Kurdistonning bir
qismi turklar qo‘lida qoldi. Eron va Turkiya o‘rtasidagi ushbu chegara keyinchalik
deyarli o‘zgarmadi.
Turkiya, Eronga qarshi urush bilan bir vaqtda Evropada Polshaga qarshi harbiy
harakatlar olib bordi. Ukrain erlari uchun tortishuv ushbu nizoga sabab bo‘lgandi.
1620 yilda turklar, polyaklar qo‘shinini tor-mor etib, Ukrainaga bostirib kirdilar.
Zaporoje kazaklarining mardligi va jasorati tufayli Xotin yonidagi jangda (1621 yil)
turklar mag‘lub bo‘ldilar. Biroq turklarning Polshaga qarshi bosimi pasaymadi va
ular Ukrainaga hujumini kengaytirib bordilar.
XVII asrning birinchi yarmida rus hukumati, umumiy raqib – Polshaga qarshi
ittifoq tuzish imkonini hisobga olib, Turkiya bilan tinchlik munosabatlarini tutib
turishga intildi.
XVII asr 50-yillarning boshlaridan Rossiya-Turkiya munosabatlari Bogdan
Xmelnitskiyning harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan yangi bosqichga o‘tdi. Turkiyaning
ushbu nizoga aralashuvi Rossiya bilan urushga olib keldi. Harbiy qudratning
pasayishi shubhasiz Usmoniylar imperiyasining tashqi siyosiy zaiflashuvi bilan
birgalikda bo‘lib o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |