Deliriyda bemorlar psixomotor qo'zg'alish holatida bo'ladilar, biror
joyda tura olmaydilar, yorqin gallutsinatsiyalar yuzaga keladi, qo'rqadilar,
vaqt va makonga bo'lgan mo'ljalni yo'qotadilar, atrof-muhit illuzor idrok
etiladi. Bemorlar qo'rqinch to 'la sahnalami «boshlaridan kechiradilar»,
hayvonlar, odamlarni ko'radilar, ulardan qochadilar, yashirinadilar yoki
tashlanadilar. Bemorlar o'tkir holatda atrofdagilar uchun xavf tug'diradilar.
Deliriydan chiqqandan 50‘ng bemorlarda kechinm alari haqida qisman
xotiralar saqlanib qoladi. Deliriy holati ko'pincha alkogolizmda («oq
alahlash»), og'ir o 'tkir yuqumli va somatogen kasalliklarda («isitmadagi
alahlash») va h.k. uchraydi.
Oneyroid—
bu ongningtushsimon buzilishidir. Bemoming kechinmalari
fantastik: bemorlar o'zlarini do'zaxda, jannatda, boshqa dunyo yoki
sayyoralarda, fazoga uchayotganliklarini va hokazolami ko'radilar. Bunda
bemoriaming harakatlari ulaming kechinmalariga mos kelmaydi, harakatsiz
bo'ladilar yoki qo'zg'aluvchanlik holatida bo'ladilar. Nigohlari uzoqlaiga
tikilgan, «sehrlangandek», so'zlari uzuq-yuluq, bog'lanmagan bo'ladi. Be
morlar joyga, vaqtga, o'z shaxsiga bo'lgan mo'ljalini yo'qotadilar, o'zlarini
buyuk inson, avliyo, qo'mondon va hokazolar deb hisoblaydilar. Bemorlar
bu holatdan chiqqandan so'ng kechinmalarini yaxshi eslab qoladilar,
lekin real voqealami unutadilar. Oneyroid ko'pincha shizofreniyada uchraydi.
Ongning namozshomsimon buzilishi
epilepsiya va bosh miyaning organik
shikastlanishlari uchun xos. To'satdan boshlanib yakunlanadigan holat
hisoblanadi. B em or yorqin va rangli q o 'rq itu v c h i, sahnasim on
gallutsinatsiyalarni his etadilar, urush, zo'rlash sahnalarini ko'radilar,
qo'rquv, xavotirda, g'azabda bo'ladilar, himoyalanadilar yoki qochadilar.
Ko'pincha bunday holatda xavfli harakatlar, qonunbuzarliklar sodir etadilar.
Bu holat yakunlangandan so'ng bemorlar o 'z kechinma va harakatlarini,
shuningdek, real hodisalarni ham eslay olmaydilar.
Ongning amentiv buzilishida bemorlar atrof-muhitda umuman mo'ljal
ololmaydilar, hatto o'z shaxslarini anglash ham yo'qoladi. Ular atrofdagi
hodisa va predmetlar o'rtasidagi bog'liqliklarni tushunmaydilar. Bunday
h o latd a b e m o rlar bezo vta, h a d d a n tash q a ri holsiz, h a ra k a tla r
bem oriam ing yotgan o'm ida, chegaralangan bo'ladi, savollarga javob
bermaydilar, ulam ing nutqi tushunarsiz, o'zaro bog'lanm agan bo'ladi.
Amensiya holatidan chiqilgandan so'ng, bemorlarda to'liq amneziya
kuzatiladi. Bu holat yuqumli kasalliklar, zaharlanishlarda uchraydi.
Yosh bolalar va o'sm irlar uchun asosiy ruhiy kasalliklar sindromlari
faqatgina kasallikning nozologik tabiatini emas, balki mazkur yoshdagilar
uchun xarakterli bo'lgan nerv-ruhiy ta ’sirlanishni ham yoritadigan
sindromlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: