A toshmatov, sh sh. Magzumova



Download 3,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/102
Sana25.05.2023
Hajmi3,67 Mb.
#943643
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   102
Bog'liq
Psixiatriya va narkologiya va hamshiralik ishi. Toshmatov B.A

Eyforiya
holatida bem orda m uloqot va faoliyatga 
intilishsiz beg‘am, rohatbaxsh, ko'tarinki kayfiyat kuzatiladi. Bunday 
holat zaharlanish, yuqum li, bosh m iyaning organik kasalliklarida 
uchraydi.
Depressiyada
bem orlar kam harakat, mimikasi kamaygan, «tosh 
qotgan», yuz ifodasi g‘amgin, ko‘z yoshi yo‘q, savollarga sekin, lakonik 
javob beruvchi holatda bo‘ladilar. U larning turib yuvinishlari qiyin, 
cho'milishdan bosh tortadilar, kiyimlarini almashtirmaydilar, sochlarini 
taram aydilar, ovqatlanm aydilar, uzoq vaqt uxlay olm aydilar, ertalab 
barvaqt uyg‘onadilar. Tushkun kayfiyat bem orlarning tashqi ko‘rinishi 
va somatik holatida ham namoyon bo'ladi. U lar o ‘z yoshlariga nisbatan 
katta, ko‘z qarashlari nursiz, sochlari xira, yuz terilari kulrang ko'rinadi, 
til kulrang karash bilan qoplangan, og‘izdan yoqimsiz hid, ayrim 
vaqtlarda uzoq vaqt ovqat iste’mol qilinmaganda — chirigan olma hidi 
seziladi. Ish tahan ing keskin kam ayishi, qabziyatlar, q o rach iq lar 
kengayishi, yurak urishining tezlashuvi, am enoreya, potensiyaning 
pasayishi, tana vaznining kamayishi kuzatiladi. Bemorlarning so'zlarida 
pessimistik fikrlar ustunlik qiladi, o ‘zlarini noloyiq, gunohkordek 
hisoblaydilar, faqatgina o ‘lim ham m a azoblardan xalos etadi, deb 
o'ylaydilar va o ‘zlarini o'ldirishga harakat qiladilar. Bu haqdagi fikrlarini 
yashirishga harakat qilganliklari uchun, ularni doim o kuzatib yurish 
zarur. Ayrim bem orlar kuchli xavotir va qo‘rquvni his etadilar. Bunday 
bem orlar jonsarak b o ‘lib, bir joyda o ‘tira olm aydilar va suitsid xavfi 
yanada ortadi.
Maniakal holat
depressiyaga qarama-qarshi holat hisoblanadi. Bemorlar 
doimo ko'tarinki kayfiyatda bo ‘ladilar, atrofdagi m uhit yorqin, go'zal 
ko'rinadi. Bem orlar sababsiz haddan tashqari quvnoq, xushchaqchaq 
bo‘lib, ham m a narsadan to ‘liq qoniqish va baxtni, hayot energiyasini 
quyulib kelayotganligini sezadilar. Bunday b em orlar yuzaki, tez 
f ik rla y d ila r, ju m la la r n i o so n k e lis h tirib , s h e ’r y o z ish b ila n
31


shug‘ullanadilar, kuylaydilar, raqsga tushadilar, o ‘z!arining xizmatlarini 
bo‘rttirib ko'rsatadilar, o 'z imkoniyatlarini yuqori baholab, haqiqatdan 
yiroq, fantastik rejalar tuzadilar. Maniakal holatdagi bem orlar giper- 
aktiv, faoliyatga chanqoq, ko‘p ishlar bilan shug'ullanib, diqqatning 
chalg'uvchanligi sababli birortasini oxiriga yetkazmaydilar. Ularning 
yuqori faoliyati, odatda, mahsulsiz, hattoki bem or va uning qarin- 
doshlari uchun zararli ham dir (pullarni havoga sovuradilar, begona- 
larning ishiga aralashadilar va h.k.). Bunday bemorlar janjalkash, baqiroq 
bo'ladilar, kam uxlab, charchoqni sezmaydilar.
Hissiyotning qisqa muddatli kuchli ifodalanishi 
affekt
deb ataladi. 
Patologik affektda ong buzilishi yuzaga keladi va b em o r o g 'ir 
qonunbuzarliklar sodir etib, keyinchalik nimalar qilganini eslay olmaydi.
Ruhiy buzilishlardagi eng ko‘p uchraydigan hissiy kechinm alar — 
xavotir, qo'rquv va apatiyadir. 
Xavotir —
bu kuchli, noaniq ruhiy 
hayajonlanish bo'lib, sababsiz kutilayotgan halokat bilan asoslangan.
Qo'rquv
— bevosita konkret xavf ostida kelib chiqadi. Bemorlar 
qo'rquvni his etib, joylarida qotib qolishlari yoki qayoqqadir qochishga 
intilishlari mumkin. O g'ir kechuvchi, noaniq qo'rquv shaxsni «meni 
qam ashm oqchi», «ta’qib qilishyapti» kabi tushuntirishlarni izlashga 
harakat qiladi.
Apatiya —
o'ziga va atrofdagilarga nisbatan to'liq befarqlik, turli 
istaklarning um uman yo'qligi bilan namoyon bo'ladi. Bunday bemorlar 
o 'z tashqi ko'rinishlariga e ’tib or berm aydilar, irkit, pala-partish 
kiyinadilar, hech narsa bilan qiziqmaydilar, muloqotga kirishmaydilar, 
televizor ko'rmaydilar, mutolaa qilmaydilar. Fikrlash qobiliyatini saqlagan 
holda, ular deyarli faoliyat yuritish qobiliyatini yo'qotadilar. Apatiya 
shizofreniya va ayrim bosh miya organik shikastlanishlari uchun xosdir.

Download 3,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish