A team of politicians


АҚШ ва Лотин Америкаси мамлакатлари халқаро муносабатлар тизимида



Download 0,8 Mb.
bet69/111
Sana25.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#286928
TuriДиплом
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   111
Bog'liq
YAKUNIY 2

65. АҚШ ва Лотин Америкаси мамлакатлари халқаро муносабатлар тизимида.
Yangi davr XIX – XX asrlar chegarasida taqsimlanib bo‘lgan dunyoni qayta bo‘lib olishgacha qaratilgan urushlar olib keldi. Bular qatoriga Ispaniya - AQSH urushini (1898 y.), ingliz - burlar urushini (1898 - 1902 yy.) va rus - Yapon urushini (1904 - 1905 yy.) kiritish mumkin. 1895 yilda Kubada, 1896 yilda esa Filippinda ispan hukmronligiga qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘tarildi. AQSH ushbu voqealarni diqqat bilan kuzatardi. 1898 yil 25 aprelda AQSH Ispaniyaga urush e’lon qildi. Amerikaliklar floti ispan flotini tor - mor etdi. Amerika qo‘shinlari Kuba va Filippin orollarida tushirildi va mahalliy aholi bilan birgalikda ispanlarni mag‘lub etdi. Ispaniya tinchlikni so‘radi va sulh 1898 yilda imzolandi. Unga binoan AQSH Guam va Puerto - Riko orollarini qo‘lga kiritdi. Rasman “mustaqil respublika” deb hisoblangan Kuba AQSH ning protektoratiga aylandi. Keyin esa, AQSH, Ispaniyaga 20 mln dollar to‘lab Filippin orollarini qo‘lga kiritdi. Dunyo XX asrni ingliz - burlar urushi bilan ( 1899 - 1902 yy. ) kutib oldi. Ushbu urushni ko‘plar “I jahon urushining shafqatsiz repetitsiyasi” deb atardi. 1902 yilda Angliya burlar respublikalarini bosib oldi. 1910 yilda ularning erlarida Britaniyaning dominioni - Janubi - Afrika ittifoqi tuzildi va uning tarkibiga ingliz mustamlakalari Kapa va Natal kiritildi. 1908 yilda xalqaro munosabatlarda yana inqiroz holati yuzaga keldi. Avstro - Vengriya Turkiyaga tegishli bo‘lgan Bosniya va Gersegovinani bosib oldi. Bu esa Turkiya va Serbiyaning noroziligini keltirib chiqardi. Ushbu hududlarning egallanishi, Germaniya va Avstro - Vengriyaning mavqeini kuchaytirib, Antanta davlatlari manfaatlariga daxl qilardi va yagona mustaqil davlatga birlashishga intilgan janubiy slavyan xalqlarining xayotiy manfaatlariga zid edi.

66. XIX асрнинг охирги чораги – ХХ аср бошида “Буюк” давлатларнинг Осиёдаги мустамлакачилик сиёсати.
1789 yilda Fransiyada Lyudovik XVI absolyut monarxiyasining qulashiga olib kelgan inqilob ro‘y berdi. Ushbu voqea inqilobiy Fransiyaga qarshi birlashtirgan butun Evropani harakatga keltirdi. 1791 yil 27 avgustda Saksoniyaning Pilnits qasrida Avstriya va Prussiya o‘rtasida deklaratsiya imzolandi, 1792 yilning 7 fevralida esa – Fransiyaga qarshi harbiy ittifoq. Shu tariqa Fransiyaga qarshi Evropa davlatlarining birinchi koalitsiyasiga (ittifoqiga) asos solindi. Fransiyaning o‘zida ushbu xabar vatanparvarlik harakatini keltirib chiqardi. Federatlarning qurollangan otryadlari tuzila boshlandi. Qonun chiqaruvchi majlis “Vatan xavf ostida!” deb e’lon qildi va hujumni kutib o‘tirmasdan, Avstriyaga urush e’lon qildi. Harbiy harakatlar Fransiya uchun muvaffaqiyatsiz boshlandi. Avstriya bilan ittifoqda Prussiya ham harakatlar olib bordi. Uning armiyasi Fransiyaga bostirib kirdi va bir qator qal’alarni ishg‘ol etdi. Biroq, Fransiya qurollanmoqda va safarbarlikni amalga oshirmoqda edi. Va 1792 yilning 20 sentyabridayoq fransuzlar Valmi qishlog‘i yonida pruslarning hujumini qaytarishdi. Ushbu jangdan so‘ng, Fransiyaning inqilobiy armiyasi Belgiyani, Reyn daryosining chap sohilini, Nitssani, Savoyyani egalladi. Ushbu erlarning bir qismi Fransiyaga qo‘shib olindi. Ammo qirolning qatl qilinishi Evropa monarxlarini hayajonga soldi. Koalitsiyaga Angliya va Ispaniya qo‘shildi. Rossiya emigrantlar armiyasiga moliyaviy yordam ko‘rsatdi. Yakobinchilar diktaturasi o‘rnatilishi bilan, fransuz qo‘shinlari 1794 yilning boshiga kelib o‘z davlatining erlarini interventlardan tozalashga erishdi va urush dushman hududlariga ko‘chirildi. Iyun oyida Fleryus qishlog‘i (Belgiya) yonida fransuzlar Avstriya armiyasining asosiy kuchlarini tor - mor etishdi. Koalitsiya (ittifoq) mag‘lubiyatga uchradi. Fransiyaning o‘zida esa 9 termidor aksilinqilobiy to‘ntarilishi ro‘y berdi, yakobinchilar diktaturasi quladi. Biroq ushbu hokimiyat almashuvi ham uzoqqa cho‘zilmadi. Direktoriyaning o‘rniga Napoleon Bonapart keldi va o‘zining yakka hokimiyatini o‘rnatdi. Konsullik va Birinchi imperiya davrida Fransiya to‘xtovsiz urushlar olib bordi. Bosib olingan mamlakatlarni fransuz mollari sotiladigan bozorlarga va Fransiya sanoati uchun xomashyo manbasiga aylantirish siyosati olib borildi. Shuni ta’kidlash lozim-ki, Napoleon olib borgan urushlarning asosiy maqsadi - Evropada Fransiyaning ustunligini o‘rnatish uchun kurash edi. Fransiyaga qarshi ittifoqlarga kirgan mamlakatlar - Angliya, Rossiya, Avstriya va Prussiya - nafaqat fransuz gegemoniyasiga qarshi kurashdilar, balki o‘zlarining maqsadlariga ham ega edilar. Lekin XIX asr boshida xalqaro munosabatlarning markazida Angliya va Fransiya o‘rtasidagi raqobat turardi. 1800 yilda ichki ziddiyatlar tufayli Fransiyaga qarshi ikkinchi koalitsiya tarqab ketdi. 1801 yilda Rossiya va Avstriya bilan tinchlik shartnomalari imzolandi. Natijada Fransiyaning hokimiyatini endilikda butun Italiya, Belgiya, Gollandiya va bir qator german knyazliklariga yoyildi. 1802 yilda Amen shahrida Angliya bilan xalqaro shartnoma imzolandi. Uning bandlariga ko‘ra Fransiya va Angliya Evropada yuzaga kelgan tartibni saqlash majburiyatini oldilar. Biroq tinchlikning umri qisqa bo‘ldi. Va 1803 yilda harbiy harakatlar qaytadan boshlanib ketdi. 1805 yilda Evropa davlatlarining uchinchi koalitsiyasi (ittifoqi) shakllandi. Unga Angliya, Rossiya, Avstriya va Neapolitan qirolligi kirdi. 1805 yil 21 oktyabrda Trafalgar burni yonidagi jangda admiral Nelson qo‘mondonligidagi ingliz floti birlashgan fransuz - ispani flotini mag‘lub etganidan so‘ng, Napoleon barcha kuchlarini avstiryaliklarga qarshi qaratdi. 1805 yilning oktyabrida Avstriya armiyasi taslim bo‘ldi va fransuz qo‘shinlari Venaga kirib kelishdi. Dekabr boshida Austerlits yonidagi jangda Rossiya va Avstriyaning birlashgan kuchlari mag‘lubiyatga uchradi. Tez orada Avstriya va Fransiya o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolandi. 1806 yilda Napoleon protektorati ostida 16 german davlatidan iborat Reyn ittifoqi tashkil etildi. Shu tariqa German millatining Muqaddas Rim imperiyasi yo‘q qilindi. 1806 yilda Fransiyaga qarshi to‘rtinchi (Angliya, Prussiya, Rossiya va Shvetsiya) koalitsiya shakllandi. Lekin o‘sha yilning o‘zida Yena va Auershtedt yonidagi janglarda Prussiya armiyasi tor - mor etildi. 1806 yilning oktyabrida Bonapart Berlinga kirib keldi va bu erda, Evropa davlatlari iqtisodiyotiga jiddiy zarba bergan, kontinental (qit’aviy) qamal to‘g‘risidagi dekretni imzoladi (1806 yil 21 noyabr). Dekretga ko‘ra butun Fransiyada va unga qaram bo‘lgan mamlakatlarda Buyuk Britaniya bilan savdo qilish man etildi. O‘zining asosiy vazifasini - Angliyani tor - mor etish va Fransiyaning gegemoniyasini o‘rnatishni - Napoleon Rossiya bilan vaqtinchalik murosaga kelish yo‘li orqali xal etishga urindi. Tilzit shartnomasiga (1807 yil 7 iyul) binoan Rossiya Evropada Bonapart tomonidan amalga oshirilgan o‘zgarishlarni tan oldi va kontinental (qit’aviy) qamalga qo‘shildi. Shu erning o‘zida Fransiya - Prussiya tinchlik shartnomasi ham imzolandi-ki, unga ko‘ra Prussiya davlati qisqartirilgan ko‘rinishda saqlab qolindi. Prussiya ham kontinental (qit’aviy) qamalga qo‘shildi. 1848 - 1849 yillar inqiloblari “ 1815 yil traktatlari” ni (shartnoma, bitim ma’nosida) qo‘riqlash va “inqilobiy ruh” bilan kurashish bo‘yicha besh buyuk davlatning birgalikdagi harakatlarini nazarda tutgan “Vena tizimi” ning tamoyillariga yangi zarba berdi. Angliya boshqa buyuk davlatlar bilan umumiy siyosat yuritishda chetga chqib bo‘lgandi 30-yillarda shunga o‘xshash siyosatni Fransiya ham olib bordi. Prussiya va Avstriya hukmron doiralarining ruhi esa 1848 - 1849 yy. inqiloblari natijasida tushib ketgandi. 40 - yillar inqiloblaridan so‘ng Germaniyada keskinlashib ketgan Prussiya - Avstriya raqobati Muqaddas ittifoqning oxirgi tayanchi – Rossiya, Prussiya va Avstriya monarxlarining ittifoqchiligiga tarqab ketish tahdidini soldi. 1850 yilda Germaniyada raqobatning qaytadan o‘t olishi natijasida Avstriya - Prussiya urushi boshlanib ketishga sal qoldi. Biroq, Prussiya yon berishga majbur bo‘ldi. 1850 yilda Olmyusda Prussiyaning to‘la mag‘lubiyatini anglatgan Avstriya -Prussiya bitimi imzolandi. 1851 yilda Drezden shahrida umumgerman seymi (parlamenti) Avstriya boshchiligidagi German ittifoqini tikladi. 20 - 30 va 40 chi yillarda ro‘y bergan inqiloblar XIX asrning o‘rtalariga kelib “Vena tizimi”-ning asoslarini qo‘porib tashladi va uning chuqur inqirozini keltirib chiqardi. Napoleon urushlaridan so‘ng sharqiy masalaning birinchi keskinlashishi yunonlar qo‘zg‘oloni (1821 y.) bilan bog‘liq edi. Yunonistonda turk sultoni hokimiyatiga qarshi inqilobning dastlabki muhokamasi Muqaddas ittifoqning Verona kongressida (1822 yil oktyabr - dekabr) bo‘lib o‘tdi va hech qanday natija bermadi. Biroq vaziyat o‘zgardi. Sharqiy masala bo‘yicha inglizlarning harakatlari rus diplomatiyasini faollashtirdi.



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish