74. Июль инқирози ва халқаро муносабатлар. Iyul inqilobi (1830) - Fransiyada Burbonlar monarxiyasiga barham bergan inqilob. I.i. natijasida Iyul monarxiyasi — fransuz qiroli Lui Filipp hukmronlik davri boshlanib, u to Fev. inqilobi (1848)gacha davom etdi. Belgiya inqilobi (1830) va Polsha qoʻzgʻoloni (1830— 31) ga bevosita turtki boʻldi. "Mukad-das ittifoq"ga qarshi keskin zarba berdi.
14-iyul Fransiyada milliy bayram kuni sifatida nishonlanadi. Bu sana tarixga Bastiliya qamoqxonasining ishg‘ol etilishi sifatida kirgan va Fransiyada milliy bayram kuni deb e’lon qilingan. Ayrim tarixchilar ushbu sanani Buyuk fransuz inqilobining boshlanishi deb e’tirof etgan. Ushbu sana munosabati bilan fransuz inqilobi qanday natijalarga olib kelgani, jahon tarixiga qanday ta’sir qilgani haqida “Daryo” kolumnisti Jahongir Ostonov so‘z yuritadi. Inqilobdan oldin Inqilob arafasida Fransiya aholisi 26 millionga yaqin edi. Aholi uch qismga bo‘lingandi: ruhoniylar, zodagonlar va past tabaqa (tiers état). Aholining eng ko‘p qismini tashkil qiladigan past tabaqa asosiy soliqlarni to‘lab yurgan bir paytda qolgan ikki tabaqa vakillari juda ko‘p imtiyozlarga ega hamda soliq to‘lamasdan yashab kelardi.
Past tabaqa vakillari mamlakat hayotida hech qanday haq-huquqlarga ega emas edi. Bu davrga kelib Fransiya iqtisodiyoti chuqur inqiroz yoqasiga kelib qolgan, mamlakat xazinasi Fransiya Amerikadagi ozodlik urushida ishtirok etishi tufayli bo‘shab qolgan edi. Ana shunday sharoitda qirol Lui XVI soliqlarni ko‘tarishga qaror qildi.
Inqilobning boshlanishi Buning uchun 1789-yil 5-may kuni General shtatlarni chaqirdi. General shtatlar aholining uch tabaqasi vakillarini o‘zida jamlagan parlamentga o‘xshagan katta majlis edi.
Maqsad soliqni ko‘tarish edi. Asosiy soliq to‘lovchi bo‘lmish uchinchi qatlam bunga norozilik bildirdi va Milliy assambleya tashkil etdi. “Ozodlik, tenglik, birodarlik” shiori ostida ko‘chaga chiqqan xalq 14-iyul kuni qo‘zg‘olon ko‘tardi va Fransiyadagi mutlaq monarxiya ramzi bo‘lmish Bastiliya qal’asini ishg‘ol etdi.
Bu qirolning cheklanmagan hokimiyati poyoniga yetayotgani nishonasi edi. Shu paytgacha hech qanday huquqqa ega bo‘lmagan uchinchi qatlam inqilobning asosiy kuchiga aylandi.
1789-yilning 4-avgust kuni feodal tuzum va ustunliklar bekor qilindi. Qirol cheklanmagan hokimiyatdan mahrum bo‘ldi, zodagonlarning ustunliklari bekor qilindi. 26-avgust kuni esa Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi e’lon qilindi. Ushbu hujjatda barcha insonlar teng huquqli va erkin deb e’lon qilindi.
Shunga qaramay, qirol darhol siyosiy sahnadan chetlatilmadi. Unda faqatgina ijro etuvchi hokimiyat saqlanib qoldi. Mamlakat endi konstitutsion monarxiyaga aylandi. Biroq bu monarxiya ham uzoq yashamadi.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, qirol qo‘shni qirolliklardan boshpana izlab, mamlakatni tark etmoqchi bo‘ldi. Ammo u sotqin deb e’lon qilindi va Varen shahrida ushlanib, 1793-yilda gilyotinada qatl etildi.