A team of politicians


Иккинчи жаҳон урушининг бошланиши ва халқаро муносабатлар



Download 0,8 Mb.
bet85/111
Sana25.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#286928
TuriДиплом
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   111
Bog'liq
YAKUNIY 2

84. Иккинчи жаҳон урушининг бошланиши ва халқаро муносабатлар.
Иккинчи жаҳон урушининг бошланиши ва халқаро муносабатлар.
1939 yil 1 sentyabrda Germaniya Polshaga bostirib kirdi. 1939 yil3 sentyabrida esa Buyuk Britaniya va Fransiya Germaniyaga urush e’lon qilishdi. Ikkinchi jahon urushi boshlandi. Italiya Germaniyaning “urushmayotgan ittifoqchisi” o‘rnini egalladi. AQSH o‘zining betarafligi to‘g‘risida e’lon qildi. Nemis qo‘shinlarining son va texnik jihatdan kata ustunlikka ega bo‘lganligi sababli polyaklar armiyasi dushmanga qarshi turishga qurbi etmasdi. 17 - 18 sentyabrda Polsha hukumati va harbiy qo‘mondonligi Ruminiya hududlariga o‘tib ketdi. 1939 yilning 28 sentyabriga kelib nemis qo‘shinlari Varshavani egallashdi va oktyabr boshigacha polyaklar armiyasi qarshiligining oxiri o‘chog‘larini bostirishdi. Harbiy harakatlar to‘xtatildi. Polsha mag‘lubiyatga uchradi. Fransiya va Angliya, Germaniyaga urush e’lon qilib, hech qanday harbiy harakatlar olib borishmadi. Shu tariqa, G‘arbiy frontda “g‘alati urush” ro‘y bermoqda edi. 1939 yil 17 sentyabrda hujum qilmaslik to‘g‘risidagi sovet - German shartnomasining maxfiy qo‘shimcha protokoliga ko‘ra SSSR o‘z qo‘shinlarini G‘arbiy Ukraina va G‘arbiy Belorussiyaga kiritdi. Sovet qo‘shinlari 1919 yildayoq Polshaning Sharqiy chegarasi sifatida belgilangan “Kerzon chizig‘ida” to‘xtatildi. 1939 yil 28 sentyabrda SSSR va Germaniya o‘rtasida imzolangan “Do‘stlik va chegara to‘g‘risida” gi shartnomaga ko‘ra German va sovet qo‘shinlari o‘rtasidagi demarkatsion chizig‘i ( chegarasi ) San va G‘arbiy Bug daryolari bo‘ylab belgilandi. Polsha erlari Germaniya okkupatsiyasi ostida qoldi. Ukraina va Belorussiya erlari esa SSSRga qo‘shib olindi. SSSR, Germaniya bilan tuzilgan “Do‘stlik va chegara to‘g‘risida” gi shartnomaga tayanib, Boltiq bo‘yi mamlakatlardan o‘zaro yordam berish to‘g‘risidagi shartnomalarni imzolashni va o‘z hududlarida sovet harbiy bazalarini joylashtirishni talab qildi.1939 yilning sentyabr - oktyabrida Estoniya, Latviya va Litva bunga roziligini berishga majbur bo‘ldi. 1940 yil 14 - 16 iyunda Fransiyaning fashistlar Germaniyasi tomonidan faktik jihatdan tor - mor etilishidan so‘ng, Stalin Boltiq bo‘yining ushbu mamlakatlariga SSSR bilan tuzilgan shartnomalarni “halollik bilan” bajarishga tayyor yangi hukumatlarni shakllantirish va ushbu davlatlar hududlariga sovet qo‘shinlarini (“xavfsizlikni ta’minlash uchun”) kiritish to‘g‘risidagi ultimatumni qo‘ydi. Bir necha kundan so‘ng Estoniya, Latviya va Litvada “xalq hukumatlari” tuzildiki, ular mahalliy kommunistlar yordamida Boltiq bo‘yida Sovet hokimiyatini o‘rnatishdi. O‘z navbatida Finlyandiyaga qarshi urush Qizil armiyaning nisbatan kuchsizligini ochib tashlashi SSSR uchun sovet - german to‘qnashuvini iloji boricha keyinga surishga va Germaniya bilan yanada yaqinlashuviga kata turtqi bo‘ldi Nemis iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan neft, paxta, don, rangli metallarni katta ko‘lamda etkazib berib, SSSR Germaniyaga qaratilgan savdo qamaliga putur etkazardi. Uzoq davom etgan tanaffusdan so‘ng 30 - chi yillarda harbiy sohadagi sovet-german hamkorligi ham tiklandi. Sovet rahbariyati hatto Germaniyaga Murmansk sohilidagi harbiy - dengiz bazasini taqdim etdi, biroq Norvegiyani bosib olgandan so‘ng Gitler undan voz kechdi. Stalin va Molotovning rasmiy bayonotlarida fashistlar Germaniyasi sulhparvar qilib ko‘rsatilardi, Angliya va Fransiya esa urush olovini yoquvchilari va uni davom ettirish tarafdorlari sifatida qattiq tanqid qilinardi. Fransiyaning tor - mor etilishi munosabati bilan Molotov Sovet hukumati nomidan gitlerchilar rahbariyatini tabrikladi. Qolaversa, Stalin SSSR hududlarida panoh topgan 800 nemis va avstriyalik antifashistlarni Gitler qo‘liga topshirdi. Germaniya “G‘alati urushdan” foydalanib, faol harbiy harakatlarga tayyorlandi. 1940 yilning aprelida Daniya va Norvegiya okkupatsiya qilindi. 1940 yilning 10 maydan 22 iyunigacha Gollandiya, Belgiya va Fransiya bosib olindi. Italiya ham Angliya va Fransiyaga urush e’lon qildi. “Ochiq shahar” deb e’lon qilingan Parij nemis qo‘shinlariga jangsiz topshirildi. Fransiyaning o‘zi ikki zonaga bo‘lib tashlandi: okkupatsiya qilingan (mamlakatning shimoliy va markaziy qismlari) va okkupatsiya qilinmagan (mamlakatning janubiy qismi; bu erda marshal Peten tartiboti o‘rnatildi.) “Tinchlantirish” siyosatining to‘la barbod bo‘lganligi sababli Buyuk Britaniyada N.Chemberlen o‘rniga hokimiyat tepasiga Uinston Cherchill boshchiligidagi koalitsion hukumat keldi va mamlakatni nemis qo‘shinlaridan mudofaa qilishni tashkil etdi. Gitlerning vaxshiyona bomba yog‘dirishi yo‘li orqali Angliyani engish niyatlari barbod bo‘ldi. Britaniya orollariga qo‘shin tushirish rejasidan voz kechishga to‘g‘ri keldi. 1939 yilning o‘zidayoq AQSHda betaraflik to‘g‘risidagi qonun qayta ko‘rib chiqildi. Natijada urushayotgan mamlakatlar AQSHdan qurollar va harbiy materiallar sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 1941 yil 11 martda esa lend - liz to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra mudofaasi AQSH uchun o‘ta muhim bo‘lgan mamlakatlarga qurol - aslahalar qarzga yoki ijaraga taqdim etilardi. Ushbu qonun Angliyaga AQSH ning ulkan yordamini olish imkonini berdi. 1940 yilning sentyabrida Germaniya, Yaponiya va Italiya o‘rtasida siyosiy va harbiy - iqtisodiy ittifoq to‘g‘risidagi Uchlar ahdnomasi imzolandi. Shu paytning o‘zida, harbiy harakatlar Afrikada va O‘rta er dengizida ham olib borildi. Italyan qo‘shinlarining shimoli - sharqiy Afrikada ingliz armiyasidan mag‘lubiyati Germaniyani o‘zining ekspeditsion qo‘shinlarini Liviyaga tashlashga majbur qildi. Nemis qo‘shinlari, italyan qo‘shinlari bilan birgalikda britaniyaliklarni Misr chegarasi tomon chekinishiga majbur etdi. 1941 yilning mart oyiga kelib Germaniya Janubi - Sharqiy Evropa ustidan ham o‘z nazoratini o‘rnatdi. Ruminiya, Vengriya, Yhgoslaviya va Yunoniston bosib olindi. Nemis qo‘shinlari kiritilgan Bolgariya 1941 yilning martidayoq Uchlar ahdnomasiga qo‘shib olindi.SHunday qilib, SSSR ga bostirib kirish uchun qulay platsdarm yaratildi. 1941 yil 22 iyunda Germaniya, hujum qilmaslik to‘g‘risidagi shartnomani buzib, urush e’lon qilmasdan, SSSR- ga hujum boshladi. Qurolli kuchlarni qayta tashkil etishdagi qo‘pol xatolar va ushbu jarayonni oxiriga etkazilmaganligi, armiyaning qo‘mondonlik tarkibi orasidagi qatag‘onlar, Germaniya bilan imzolangan shartnomalarga ortiqcha baho berib yuborish urushning dastlabki yillarida SSSR ni mag‘lubiyat yoqasiga olib keldi. Biroq ulkan ichki resurslarni zo‘r berib ishlatib, SSSR urushda burilish yasashga erishdi. Butun urush davomi sovet -german fronti asosiy va hal qiluvchi front hisoblangan.Sovet - german frontida ro‘y bergan bir qator yirik janglarda ( Moskva ostonasidagi jang, Leningrad qamalini yorib o‘tish, Stalingrad jangi, Kursk jangi va boshq. ) nemis qo‘shinlarini qaqshatgich mag‘lubiyatga uchradi. Aslini olganda, Germaniyaning harbiy mashinasi ushbu janglarda singdirilgandi va urushning natijasi oldindan hal qilib qo‘yilgandi. Germaniyaning SSSRga hujumidan so‘ng Gitlerga qarshi koalitsiya (ittifoq) shakllana bordi. Shunday ittifoqning barpo etilishi 1942 yilning iyuniga kelib yakunlandi va uning negizini SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlar tashkil etdi. 1943 yilning yozida Kursk jangida german qo‘shinlarining qaqshatgich mag‘lubiyati, hamda ingliz - amerika qo‘shinlarinng Sitsiliyani egallashi va Appenin yarim orolining janubida tushirilishi natijasida Italiyaning o‘sha yilning sentyabrida taslim bo‘lishi fashistlar - militaristlar blokining parchalanishini boshlab berdi. Garchand asosiy janglar Evropa qit’asida ro‘y bergan bo‘lsa, Afrika, Osiyo va Tinch okeanida ham harbiy harakatlar avj oldi. 1941 yil 7 dekabrda Yapon aviatsiyasi AQSH ning harbiy - dengiz bazasi -Pyorl Xarborga ( Gavayi orollari ) yopirilib zarba berdi. Janubi - Sharqiy Osiyoda Yaponiya keng hujum boshladi. 1942 yilning may oyigacha Yapon qo‘shinlari Tinch okeaning ko‘plab orollarida joylashgan AQSH va Buyuk Britaniyaga tegishli harbiy -dengiz bazalarini egallashdi. Yaponlar Janubi - G‘arbiy Xitoy va Sharqiy Hindistonga ham bostirib kirdilar. Biroq 1942 yilning may - iyunida bo‘lib o‘tgan janglar natijasida AQSH Yaponiyani bir qator qaqshatgich mag‘lubiyatlarga uchrata oldi. Yaponiya harbiy - dengiz kuchlari o‘z qudratidan mahrum bo‘ldi va Tinch okeani havzasida mudofaaga o‘tishga majbur bo‘ldi. Nemislarning asosiy kuchlari sovet - german frontiga tortilganligi britan qo‘shinlari uchun Afrikada 1942 yilning kuzida hujumga o‘tish imkonini yaratdi. Yaqin Sharq mamlakatlariga solinayotgan natsistlar tahdidi bartaraf etildi. 1943 yilning may oyida Shimoliy Afrikadagi nemis - italyan qo‘shinlari to‘la taslim bo‘ldi. SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya davlatlari rahbarlarining Texron konferensiyasida (28 noyabr - 1 dekabr 1943 y.) ikkinchi frontni 1944 yilning may oyida G‘arbiy Evropada Fransiyada ochish qarori qabul qilingandi. Lekin ittifoqchi qo‘shinlarining tushirilishi bir - necha bor orqaga surildi. 1944 yilning birinchi yarmida sovet qo‘shinlari bir qator yirik harbiy operatsiyalarni amalga oshirishdi. Ikkinchi front ochilishini yana cho‘zishning imkoni qolmadi. 1944 yil 6 iyunda ittifoqchi ingliz - amerika qo‘shinlari Normandiyada (Fransiya) tushirildi va Sharqqa tomon asta - sekin harakatlana boshlashdi. 1944 yilning oxirigacha ittifoqchilar nemis qo‘shinlarini Fransiya, Belgiya va Markaziy Italiyadan xaydab chiqardilar. 1944 yilning ikkinchi yarmi - 1945 yil boshida Janubi - Sharqiy va Markaziy Evropa mamlakatlari sovet qo‘shinlari tomonidan ozod etildi. Germaniya, ittifoqchilari - Ruminiya, Bolgariya, Finlyandiya, Vengriyadan mahrum bo‘lib, yakkalanib qoldi. 1945 yilning fevralidan harbiy harakatlar Germaniya hududlariga ko‘chirildi.



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish