79. Совет Россияси ва Ғарб мамлакатлари.
Совет Россиясининг халқаро майдонга чиқиши урушдан кейинги тинчлик тартибини барпо этиш даврида бўлиб ўтаётганди. Ушбу давлатнинг асосий ташқи сиёсий вазифаси - мамлакатнинг янги хукуматини халқаро тан олинишига эришиш эди. 1918 йилда бошланган чет - эл интервенцияси 20 - чи йилларнинг дастлабкиларига келиб деярли тугади. Совет Россияси Эстония, Латвия, Литва ва Финляндия билан тинчлик шартномаларини имзолади. 1920 йилнинг январида Антанта Олий Кенгашининг қарорига кўра Россиянинг иқтисодий қамали бекор қилинди. Польша билан рўй берган харбий тўқнашув 1921 йил 18 мартда сулх тузилиши билан якунланди.
Дунёнинг етакчи давлатлари билан алоқаларини ўрнатишга олиб борадиган энг амалий йўл - савдо эди. 1920 - 1921 йилларда Шўролар Россияси бир қатор иқтисодий, сиёсий ва савдо битимларини имзолашга эришди. Энг мухимларидан бири хисобланган Англия ва Совет Россияси ўртасида имзоланган шартноманинг (март 1921 й.) ахамияти савдо сохаси доирасидан кенгроқ эди. Ушбу шартнома Совет давлатини де - факто (амалда) тан олинишини англатарди. 1921 йил 6 май куни Германия билан вақтинчалик битим имзоландики, унда Берлиндаги совет элчихонаси “Россиянинг ягона қонуний вакили” сифатида тан олинарди. Германия ва Буюк Британиядан сўнг савдо шартномалари қатор мамлакатлар билан имзоланди.
Европанинг йирик давлати билан Совет Россиясининг расман (де - юре) ўзаро тан олиш тўғрисидаги дастлабки шартномаси Германия билан 1922 йил 16 апрелда Рапаллода (Генуя яқинида) Генуя конференцияси давомида (10 апрель - 19 май 1922 й.) имзоланди.
80. Жаҳон иқтисодий инқирози йилларида халқаро муносабатлар ва дипломатия.
Jahon iqtisodiy inqirozi yillarida AQSH
Mamlakat iqtisodini o‘rganish uchun G.Guver boshchiligida tuzilgan maxsus hukumat komiteti 1929 yil fevralida o‘zining tekshirish ishini tamomlab, «yuqori iqtisodiy aktivlik», «barqarorlik» va «mustahkam iqtisod», «ajoyib taraqqiyot» haqida hisobot yozdi. Ammo oradan ko‘p o‘tmasdan, 1929 yil oktabridayoq zo‘r iqtisodiy inqiroz boshlanib ketdi. AQSH 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozning asosiy o‘chog‘i bo‘lib qoldi. 1929-1933 yillar iqtisodiy inqirozi AQSH sanoat mahsulotini 56% kamaytirib, 1905-1906 yillardagi ishlab chiqarish darajasiga tushirib qo‘ydi. Po‘lat quyish 76% qisqardi, ya’ni 1901 yilgi darajaga tushib qoldi. Sanoat ishlab chiqarishi deyarli yarmiga qisqardi, avtomobillar chiqarish 80%ga, eksport, import, chakana savdo aylanmasi ikki barobarga kamaydi. Ushbu inqiroz «Buyuk depressiya» deb nomlandi, zero, 1929-1932 yillarda 130 mingga yaqin firmalar bankrotlikka uchradi.
Qishloq xo‘jaligidagi vaziyat ham keskin yomonlashdi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining xarid narxlari tushib ketganligi fermer xo‘jaliklarining ommaviy inqiroziga sabab bo‘ldi. Inqiroz yillarida milliondan ortiq fermer xo‘jaliklarining bor-budi sotib yuborildi. Ularning egalari esa ishsizlar safiga qo‘shilishdi. Ishsizlik amerikaliklar uchun haqiqiy ofatga aylandi. 1933 yili mamlakatda 17 mln. ishsiz bo‘lib, har uchinchi ishchi ish haqidan mahrum edi.
Buyuk depressiya ommaviy ish tashlashchilik harakatiga turtki berdi, ishchilar va fermerlarning chiqishlari boshlandi. 1931 yil dekabrida va 1932 yili ishsizlarning Vashingtonga yurishlari tashkil etildi. Ular «ocharchilik yurishlari» deb nomlandi. G‘alayonlar qishloq xo‘jalik hududlariga ham tarqaldi. 22 shtatni fermerlarning chiqishlari qamrab oldi. Davlat beshafqat qatag‘on yo‘li bilan chiqishlarni bostirdi. 130 mingga yaqin savdo va sanoat firmasi, 58 ta temir yo‘l kompaniyasi, 10 ming bank (hamma banklarning 40%) sindi. Inqiroz va sinfiy kurash eng kuchaygan, 1932 yili navbatdagi prezident salovi o‘tkazildi. Respublikachi Guver bu saylovda mag‘lubiyatga uchradi. Demokratlar partiyasi tajribali va tadbirli siyosatchi bo‘lgan Franklin Ruzveltni prezidentlikka nomzod qilib ko‘rsatdi. Amerika burjuaziyasi shunday prezident bo‘lishini talab qilmoqda edi. Chunki burjuaziya oldida iqtisodiy inqirozning jiddiy sotsial va siyosiy inqirozga aylanib ketish xavfi tug‘ilgan edi. F.Ruzvelt moliya magnatlari bilan qarindoshlik aloqasida bo‘lgan, burjua siyosiy arboblaridan bo‘lib, Nyu-York shtatining gubernatori edi.
F.Ruzvelt AQShning o‘ttiz ikkinchi prezidenti hamda Amerika tarixidagi eng mashhur prezidentlardan biri edi. U 1932 yildan 1944 yilgacha prezidentlikka to‘rt marta saylangan yagona prezident ham edi. Zero, konstitutsiyaga ko‘ra, prezident faqat ikki muddatga saylanishi mumkin. Ruzvelt prezident bo‘lgach, Amerika iqtisodiyotida «yangi yo‘nalish» sifatida shuhrat qozongan keng miqyosli islohotlarni boshladi. Bu yo‘lning mohiyati ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik to‘liq saqlangan holda davlat boshqaruvini iqtisodiyotga va ijtimoiy munosabatlarga keng joriy etishdan iborat edi. Ruzvelt hamda uni quvvatlovchi siyosiy arboblar dadil qadam tashlay olishdi - mamlakat iqtisodiyotini boshqarishning davlat dastaklarini qo‘llash ko‘zda tutilar, mehnat huquqini jiddiy qayta ko‘rish, ishsizlikka qarshi kurashga katta mablag‘lar ajratish va ijtimoiy sug‘urta asoslarini yaratish (pensiyalar, kasallik bo‘yicha nafaqalar, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi tizimini takomillashtirish) rejalashtirilgandi. Shunday qilib, Ruzveltning «yangi yo‘nalish»idagi asosiy vazifa davlatning iqtisodiy faoliyat jarayoniga faol aralashuvi yo‘li orqali mamlakatni inqirozdan chiqarishdan iborat edi.
1933 yil 16 iyunda kuchga kirgan «Sanoatni qayta tiklash haqidagi qonun» «yangi yo‘nalish» doirasidagi yana bir muhim tadbir bo‘ldi. Bu qonun sanoatning davlat tomonidan boshqarilishi tizimini joriy qildi. Sanoatning har bir sohasi uchun davlat qonuni sifatida tadbiq qilingan «halol raqobat kodekslari» ishlab chiqildi. Mazkur kodekslar har bir korxona uchun muayyan ishlab chiqarish xajmini, mahsulot narxini, savdo bozorini belgilab berardi.
Qonun ishbilarmonlarga ish haqining eng kam darajasini va ish haftasining maksimal vaqtini kodekslarda qat’iy qayd etishni ham belgilardi. Shuningdek, ishchilarning kasaba uyushmalar vujudga keltirish va jamoaviy shartnomalar tuzish huquqi e’lon qilingandi. Sanoatni qayta tiklash haqidagi qonun bo‘yicha ishsizlarga yordam choralari ko‘zda tutilgandi. Ijtimoiy ishlar maxsus qo‘mitasi tuzilib, uning ixtiyoriga yo‘llar qurish, maktablarni ta’mirlash, sport majmualari va boshqa inshootlar barpo etish uchun katta miqdorda mablag‘ berildi. mazkur tadbirlar 8 mln. amerikaliklarni ish bilan ta’minladi. Ajratilgan mablag‘larga 10.000 km. katta yo‘llar qurildi. 77 ming ko‘prik va 800 ta aerodrom barpo etildi, o‘nlab harbiy kemalar yaratildi. Qashshoq oilalardagi 18 dan 25 yoshgacha bo‘lgan ishsizlar uchun maxsus lagerlar barpo etildi. Bu yerda davlat hisobidan ta’lim olib, sanoatning yangi tarmoqlari uchun zarur ixtisosliklarni egallashardi. Har bir shtatga ishsizlarga yordam ko‘rsatish uchun dotatsiyalar ajratildi.
Ruzvelt amerikalik fermerlarni qutqarishga alohida e’tibor qaratdi. Inqiroz AQSH qishloq xo‘jaligiga ulkan ziyon yetkazdi. An’anaviy bozorlaridan mahrum bo‘lgan, bank kreditlarini yo‘qotgan ko‘plab fermer xo‘jaliklari halokatga uchradi. Jorjiya, Alabama, Oklaxoma, Texas fermerlari o‘z fermalarini tark etib, boshqa shtatlarga ish va yer topish uchun jo‘nab ketishdi.
1933 yil 12 mayda «Fermerlarga yordam haqidagi qonun» qabul qilindi. Ularning mahsulotlariga bo‘lgan narxlarni oshirish zarur edi. Fermerlarga ekinzor maydonini va chorva sonini qisqartirish haqida davlat bilan kontrakt tuzish taklif etildi. Buning uchun ularga mukofotlar berildi. Fermerlarning qarzlari davlat hisobiga qabul qilindi va noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yildi. Davlat yuzminglab fermerlarga kreditlar berdi.
«Yangi yo‘nalish» AQShdagi ijtimoiy munosabatlarni liberallashtirish uchun ijtimoiy qonunchilik sohasida muhim siljishni amalga oshirdi. 1935 yili AQSH Kongressi «Vagner qonuni»ni qabul qildi, mazkur qonun bo‘yicha ishchilar jamoaviy shartnomalar tuzish huquqiga va ish tashlash huquqiga ega bo‘lishdi. Bundan buyon ish tashlashda qatnashganligi uchun ta’qib qilish man qilindi. Xuddi shu yili AQSH tarixida birinchi marta ijtimoiy sug‘urtalash haqidagi qonun qabul qilindi. Bu qonunda keksalarni ta’minlash va ishsizlik bo‘yicha kompensatsiya to‘lash, ko‘zi ojizlarga, majruhlarga, yolg‘iz onalarga va yetimlarga yordam berish ko‘zda tutildi.
AQSH kongressi 1933 yilda 3,5 oy ichida 70 ta qonun qabul qildi. Bular orasida ayniqsa «Milliy sanoatni tiklash to‘g‘risida akt», «Qishloq xo‘jaligini tartibga solish to‘g‘risida akt» («Fermerlarga yordam berish to‘g‘risida qonun») muxim qonunlar edi. Ruzvelt hukumati sanoat, savdo va transport kompaniyalarini, banklarni, sug‘urta jamiyatlarini halokatdan qutqarishga urindi va shu maqsadda ssuda (qarz)lar berildi. Hukumat qishloq xo‘jalik mahsuloti narxlarini oshirishni ko‘zda tutdi. Kongress tomonidan qabul qilingan va 1933 yil 12 mayda kuchga kirgan 2 chi asosiy qonunga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi sohasida «Qishloq xo‘jaligini tartibga solish to‘g‘risida» AAA va qishloq xo‘jaligi krediti ma’muriyati tuzildi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni «rejali ravishda» kamaytirish va ularning narxlarini oshirish vazifasi ana shu ma’muriyatga (AAAga) yuklandi. AAA qishloq xo‘jalik mahsulotlarining narxini oshirish bilan birga, fermerlarning xarid quvvatini ham oshirishni va ichki bozorni kengaytirishni, shu bilan bir qatorda fermerlar harakatining yuksalishiga yo‘l qo‘ymaslikni nazarda tutdi. «Yangi yo‘l» siyosati AQShda davlat-monopolistik kapitalizmini kuchaytirish va mustahkamlanishida, burjuaziyaning zaiflashib qolgan pozitsiyasini kuchaytirishda ularning inqirozdan chiqib olishda rol o‘ynadi. 1936 yilda ishlab chiqarish jamlana boshladi. Agar 1932 yilda sanoat kompaniyalari 3,42 mlrd. dollar defitsit bilan yakunlangan bo‘lsa, 1936 yilda kompaniyalarning sof foydasi 4,27 mlrd. dollarni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |