A team of politicians


Европада уруш ўчоғининг юзага келиши



Download 0,8 Mb.
bet83/111
Sana25.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#286928
TuriДиплом
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   111
Bog'liq
YAKUNIY 2

81. Европада уруш ўчоғининг юзага келиши.
Germaniyada hokimiyat tepasiga Gitler boshchiligidagi natsional - sotsialistlar partiyasining kelishi xalqaro vaziyatni jiddiy tarzda murakkablashtirdi. Yaponiyaning Uzoq Sharqdagi tajovuzi boshlanganidan so‘ng bir yarim yildan kamroq vakt o‘tishi bilanoq Evropa markazida harbiy xatarning yangi o‘chog‘i paydo bo‘ldi. 1933 yilning oktyabrida Germaniya Millatlar Ligasi tarkibidan chiqdi. 1935 yilning mart oyida Germaniyada umumiy harbiy majburiyat joriy etildi. 1935 yilning iyunida imzolangan ingliz - german bitimi Germaniyaning dengizdagi qurollanishini qonunlashtirdi. Versal tizimini yo‘q qilishga qaratilgan Germaniyaning siyosati etakchi davlatlarning chinakam qarshiligiga uchramadi. Aksincha, AQSH va Angliyaning yirik monopoliyalari Germaniyaning harbiy -iqtisodiy saloxiyatini tiklanishiga yordam berishdi. Harbiy - iqtisodiy saloxiyatining o‘sishiga aholisi nemislardan iborat Saar sanoat viloyatining Germaniyaga qo‘shilishi ham ko‘maklashdi. Ushbu voqea 1935 yilning yanvarida o‘tkazilgan plebissit natijasida ro‘y berdi.Etakchi davlatlarning “tinchlantirish” va “aralashmaslik” beparvo siyosati Germaniya, Italiya va Yaponiyaning 1935 yildan boshlab to‘g‘ridan - to‘g‘ri ekspansiya siyosatiga o‘tishiga olib keldi. 1936 yilning bahoriga kelib Italiya Efiopiyani bosib oldi. 1936 yil 7 mart kuni german qo‘shinlari Reyn harbiysizlashtirilgan zonaga kirib kelishdi. Ushbu harakat Versal shartnomasini imzolagan buyuk davlatlarning bironta samarali qarashligiga uchramadi. Germaniya va Italiya Ispaniyadagi fuqarolar urushiga faol aralashishidi, bu esa respublikaning qulashi va ushbu mamlakatda Franko boshchiligidagi fashistlar tartibotining o‘rnatilishiga olib keldi. Tajovuzkor davlatlarning pozitsiyalari o‘zaro yaqinlashdi va bu holat 1937 yilning noyabriga kelib “Berlin - Rim - Tokio uchburchagi” ning (“Komiternga qarshi ahdnoma”) tashkil etilishiga olib keldi. Tajovuzkor davlatlar bloki rasmiylashtirilganidan so‘ng fashistlar Germaniyasi tajovuzlarining yangi bosqichi ham boshlandi. 1938 yil 12 martda german qo‘shinlari Avstriyaga bostirib kirishdi va mamlakatni egallashdi. Ertasi kuni Avstriyaning Germaniyaga yangi kansleri Zeyss - Inkvart Avstriyaning Germaniyaga qo‘shilishi to‘g‘risida e’lon qildi. 1938 yil aprel boshida Angliya, Fransiya va AQSH o‘zlarining Venadagi diplomatik missiyalarini tugatishdi va shu tariqa anshlyusni tan olishdi. Fashistlar tajovuziga qarshilik qilish masalasi eng asosiy xalqaro masalalardan biri bo‘lib qoldi. Biroq, o‘sha davrning yirik davlatlari, shu jumladan SSSR ham fashistlar tajovuziga qarshi birgalikda harakat qilishning yagona mexanizmlarini ishlab chiqishga qodir bo‘lmadi. Etakchi davlatlar delegatsiyalarining ko‘plab muzokaralari aniq natijalar bermadi. Ilgari imzolangan turli ahdnomalar va bitimlar, aslini olganda, bajarilmasdi. Ushbu holat tajovuzkor davlatlarni keyingi ekspansiya qadamlarini qo‘yishga turtkilardi. Avstriya anshlyus qilinganidan so‘ng Germaniya Chexoslavakiyani bosib olishga kirishdi. Gitler aholisining ko‘pchiligini nemislar tashkil etgan Sudet viloyatini Germaniyaga topshirish talabini ilgari surdi. Etakchi g‘arb davlatlari Chexoslavakiyaga hech qanday yordam berishmadi. SSSR Chexoslavakiyaga German tajovuziga uchragan taqdirda yordam berishga tayyorgarligini bayon etdi. Lekin, Chexoslavakiya rahbariyati yordam so‘rab SSSRga murojaat kilmadi. Chexoslavakiya hukumati Germaniyaning ultimativ talabiga rozi bo‘lish qarorini qabul qildi.



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish