Birinchi respublika
Qirol qatl etilishidan oldin, 1792-yilning sentabr oyida Fransiya tarixda ilk bor respublika deb e’lon qilindi. Respublikaning eng ko‘zga ko‘ringan arbobi, shubhasiz, Maksimillian Robespyer edi.
Robespyer hukmronligi yillari Fransiya tarixiga “katta terror” nomi bilan kirgan. Buning sababi, u raqiblariga nisbatan ayovsiz munosabatda bo‘lganidir. Ammo uning o‘zi ham 1794-yil 28-iyul kuni Parijning Inqilob maydonida gilyotinada qatl etildi.
Respublika yosh edi. Hali monarxistlar hukumat uchun da’volaridan voz kechmagan edi. Respublika ularga qarshi kurashishiga to‘g‘ri keldi. Bunday kurashlarda o‘zini ko‘rsatgan yosh general Napoleon Bonapart 1799-yil 9-noyabr kuni davlat to‘ntarishini amalga oshirib, hokimiyatni qo‘lga oldi.
Shu bilan tarixga Buyuk fransuz inqilobi nomi bilan kirgan inqilob nihoyasiga yetdi. 1804-yilda Parijdagi Notr Dam de Parij ibodatxonasida Napoleon o‘zini imperator deb e’lon qildi. Respublika o‘rnini imperiyaga bo‘shatib berdi. Fransiya tarixida yangi davr boshlandi.
Ikkinchi va Uchinchi respublika
O‘zini imperator deb e’lon qilgan Napoleon tez fursatda istilochilik yurishlarini boshladi.
Lekin 1812-yilda Borodinodagi mag‘lubiyatdan so’ng o’zini qayta o‘nglay olmagan Napoleon unga qarshi birlashgan davlatlar qo‘shiniga qarshilik qila olmadi, natijada avval Elba oroliga, undan so‘ng Muqaddas Yelena oroliga surgun qilindi va o‘sha yerda kasallikdan vafot etdi.
75. Биринчи жаҳон уруши.
1914 yil 28 iyunda Saraevo shahrida Avstriya ersgersogi taxt vorisi Frans Ferdinandning “Mlada Bosna” deb nomlangan serb millatchilik tashkilotining a’zosi G. Prinsip tomonidan o‘ldirilishi aynan shunday uchqun vazifasini bajardi. Ushbu voqea Avstro - Vengriyanning Serbiyaga urush e’lon qilishiga bahona bo‘ldi. Rossiya slavyan xalqlarini yordamsiz qoldira olmasdi va 31 iyulda mamlakatda umumiy safarbarlik boshlandi. Germaniya ultimativ tarzda uni to‘xtatishni talab qildi. Hech qanday javob olmagach, 1914 yil 1 avgustda Rossiyaga urush e’lon qildi; 3 avgustda - Fransiya, 4 avgustda esa Angliya Germaniyaga urush e’lon qildilar. Tez orada urush Evropadan tashqari mintaqalarni qamrab oldi. Yaponiya, urushdan foydalanib, Xitoyni bo‘ysundirmoqchi, Tinch okeanidagi german mustamlakalarini bosib olmoqchi va Uzoq Sharqda o‘z hukmronligini o‘rnatmoqchi edi. 1914 yilning avgust oyida Yaponiya Germaniyaga urush e’lon qildi. Asta - sekin urush umumiy aholisi 1,5 mlrd kishini tashkil etgan 38 ta davlatni qamrab oldi va jahon urushiga aylandi. 1914 - 1915 yillarda Germaniya va Avstro - Vengriya blokiga Turkiya va Bolgariya qo‘shildi. Shu tariqa To‘rtlar ittifoqi yuzaga keldi. Antanta tomonida turib Italiya, Portugaliya, Ruminiya, AQSH, Yunoniston urush olib borishdi. Urushga kirgan buyuk davlatlar qanday maqsadlarni ko‘zlagan edilar? Germaniya Evropa va Yaqin Sharqning katta qismini bosib olishga intildi, shu jumladan ittifoqchi Turkiyani ham. Angliya, Fransiya va Belgiyadan ularning mustamlakalarini, Rossiyadan esa - Ukraina va Boltiq bo‘yini olmoqchi edi. Avstro - Vengriya Serbiya, Bolgariya va Chernogoriyani bo‘ysundirishni, Bolqon yarimorolida, hamda Qora, Adriatik va egey dengizlarida o‘z hukmronligini o‘rnatishni ko‘zlagandi. Angliya o‘z mustamlakalarini saqlab qolish va asosiy raqibi - Germaniyani zaiflashtirish uchun kurash olib bordi. Bundan tashqari, Angliya Turkiyadan Mesopotamiyani, Falastinni tortib olishni va Misrda mustahkam o‘rnashib olishni niyat qilgandi. Fransiya undan 1871 yilda Germaniya tomonidan tortib olingan Elzas va Lotaringiyani qaytarib olishga, hamda Saar ko‘mir havzasini va Reyn daryosining chap sohilidagi boshqa german viloyatlarni qo‘lga kiritishga intildi. Rossiya Konstantinopolni, Marmar dengizining g‘arbiy sohilini va Dardanellani o‘z ta’sir doirasiga kiritmoqchi edi. Avstro - Vengriyaning tarkibiy qismi Galitsiyani bosib olish ham Rossiyaning rejalariga kiritilgandi. German qo‘mondonligi o‘zi uchun qulay kelgan sharoitlarga asoslanib, “yashin tezligidagi urush” - “blitskrig” ga yoki “Shliffen rejasi” ga tayandi. Rejada dastavval betaraf Belgiya hududlari orqali Fransiyaga bostirib kirish ko‘zda tutilgandi. Fransiya tor - mor etilganidan so‘ng Rossiyaga yopirilmoq rejalashtirilgandi. Germaniya Avstriya - Vengriya bilan birgalikda hal qiluvchi zarbani shu erda bermoqchi edi. Nemislar, Belgiyaliklarning qarshiligini engib o‘tib, 1914 yilda tez orada Fransiya - Belgiya chegarasiga chiqdilar. Parij xavf ostida edi. Biroq voqealarning borishi german qo‘mondonligining rejalarini o‘zgartirib yubordi. Rus qo‘shinlarining Sharqiy Prussiyadagi faolligi, nemislarning yirik kuchlari orqada qolgan qal’alarni qamal qilish bilan ipsiz bog‘lanib qolganligi, Marna daryosi yonidagi jang ( 5 – 9 sentyabr 1914 y. ), Polsha va Germaniyadagi shiddatli janglar “blitskrigning” barbod bo‘lishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |