A team of politicians


Болқон урушлари ва халқаро муносабатлар



Download 0,8 Mb.
bet76/111
Sana25.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#286928
TuriДиплом
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   111
Bog'liq
YAKUNIY 2

73. Болқон урушлари ва халқаро муносабатлар.
1912 yilda Antantaning ko‘magida Bolgariya, Serbiya, Yunoniston, CHernogoriya ittifoq tuzishdi. Maqsad - Usmoniylar imperiyasiga qarshi kurash olib borish. 1912 yilning oktyabr oyida Bolqon ittifoqi davlatlari Turkiyaga qarshi urush boshladilar. Noyabr oyida bolgar qo‘shinlari Konstantinopolga (Stambul) yaqin kelishdi. Turkiya sulh tuzishni so‘radi. Tinchlik muzokaralari Londonda dekabr oyida boshlandi, biroq faqat 1913 yilning may oyida tinchlik shartnomasi imzolandi. Turkiya Bolqon ittifoqiga Bolqon yarimorolidagi Enos - Midiya chizig‘i bo‘ylab joylashgan egaliklarini topshirdi. Xaritada yangi davlat - Albaniya paydo bo‘ldi. Ushbu davlat de - fakto ( amalda ) Avstro - Vengriya va Italiyaga qaram bo‘lib qoldi. Turkiyaning mag‘lubiyati Avstriya - Germaniya blokining mavqeini zaiflashtirdi. Serbiya va Yunoniston Turkiyadan olingan erlarni bo‘lib olish paytida o‘zlarining ulushlarini ko‘paytirishni Bolgariyadan talab qildi. Avstro - Vengriya va Germaniya Bolgariya podshosini o‘zining sobiq ittifoqchilariga hujum qilishga turtkiladilar. Rossiya harbiy to‘qnashuvning oldini olishga va Bolqon ittifoqini saqlab qolishga iloji boricha harakat qildi. 1913 yil iyun oyida Bolgariya Serbiyaga qarshi urush boshladi. Ikkinchi Bolqon urushi Bolqon ittifoqining ichki ziddiyatlari va unga qarshi amalga oshirilgan qo‘poruvchilik ishi oqibati boshlandi. Bolgariyadan Janubiy Dobrudjani tortib olishni niyat qilgan Ruminiya Serbiya va Yunonistonga qo‘shildi. Turkiya ham, Adrianopolni qaytarib qo‘lga kiritish umidida bo‘lib, Bolgariyaga qarshi urush boshladi. Bolgariya bir necha kun ichida tor - mor etildi. 1913 yilning avgust oyida Buxarestda Bolgariyaning obro‘sini to‘kadigan shartnoma imzolandi. Unga binoan Makedoniya va Frakiyaning bir qismi Serbiya va Turkiyaga o‘tdi. Ruminiya Janubiy Dobrudjani qo‘lga kiritdi, Turkiyaga esa Adrianopol qaytarildi. Bolqon ittifoqi tarqab ketdi. Biroq Buxarestda o‘rnatilgan tinchlik uzoqqa cho‘zilmadi. Bolqonda yuzaga kelgan vaziyat “o‘z uchqunini” kutib turgan “Evropa qo‘rxonasini” eslatardi. 1914 yil 28 iyunda Saraevo shahrida Avstriya ersgersogi taxt vorisi Frans Ferdinandning “Mlada Bosna” deb nomlangan serb millatchilik tashkilotining a’zosi G. Prinsip tomonidan o‘ldirilishi aynan shunday uchqun vazifasini bajardi. Ushbu voqea Avstro - Vengriyanning Serbiyaga urush e’lon qilishiga bahona bo‘ldi. Rossiya slavyan xalqlarini yordamsiz qoldira olmasdi va 31 iyulda mamlakatda umumiy safarbarlik boshlandi. Germaniya ultimativ tarzda uni to‘xtatishni talab qildi. Hech qanday javob olmagach, 1914 yil 1 avgustda Rossiyaga urush e’lon qildi; 3 avgustda - Fransiya, 4 avgustda esa Angliya Germaniyaga urush e’lon qildilar. Tez orada urush Evropadan tashqari mintaqalarni qamrab oldi. Yaponiya, urushdan foydalanib, Xitoyni bo‘ysundirmoqchi, Tinch okeanidagi german mustamlakalarini bosib olmoqchi va Uzoq Sharqda o‘z hukmronligini o‘rnatmoqchi edi. 1914 yilning avgust oyida Yaponiya Germaniyaga urush e’lon qildi. Asta - sekin urush umumiy aholisi 1,5 mlrd kishini tashkil etgan 38 ta davlatni qamrab oldi va jahon urushiga aylandi. 1914 - 1915 yillarda Germaniya va Avstro - Vengriya blokiga Turkiya va Bolgariya qo‘shildi. Shu tariqa To‘rtlar ittifoqi yuzaga keldi. Antanta tomonida turib Italiya, Portugaliya, Ruminiya, AQSH, Yunoniston urush olib borishdi. Urushga kirgan buyuk davlatlar qanday maqsadlarni ko‘zlagan edilar? Germaniya Evropa va Yaqin Sharqning katta qismini bosib olishga intildi, shu jumladan ittifoqchi Turkiyani ham. Angliya, Fransiya va Belgiyadan ularning mustamlakalarini, Rossiyadan esa - Ukraina va Boltiq bo‘yini olmoqchi edi.



Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish